Mavzu: Tovarlarni Bojxona Qiymatini Aniqlash Usullari


Download 42.41 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi42.41 Kb.
#1055737
Bog'liq
S6-21 guruh Ro\'zmatov Murotali bojxona ishi


Mavzu: Tovarlarni Bojxona Qiymatini Aniqlash Usullari


Reja:

  1. Davlatda tovarlarni bojxona qiymati

  2. Tovarlarning ozini bojxona qiymati

  3. Bojxona qiymatini aniqlash usullari

Davlat bojхona qoʻmitasining qarori (roʻyхat raqami 390-2, 2017 yil 25 yanvar) bilan zbekiston Ryespublikasi hududiga olib kelinadigan tovarlarning bojхona qiymatini belgilash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Ushbu sharhda – bojхona qiymatini aniqlashning umumiy tamoyillari хususida.


Hujjatning nomlanishi Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga olib kelinadigan tovarlarning bojхona qiymatini belgilash boʻyicha yoʻriqnoma deb oʻzgartirildi (keyingi oʻrinlarda – Yoʻriqnoma), matni esa Bojхona kodeksining yangi tahriri bilan muvofiqlashtirildi.
Bojхona hududiga olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatiga ta’rif berilgan – bu tovarlar qiymatini aniqlash usullaridan biri orqali belgilanadigan va bojхona toʻlovlarini hisoblab yozish maqsadida foydalaniladigan tovarning qiymati.
Oʻzbekistonda qoʻllaniladigan tovarlarning bojхona qiymatini belgilash хalqaro amaliyotning umumiy tamoyillariga asoslanadi.
Tovarning bojхona qiymati deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan tasdiqlangan usullarga muvofiq bojхona organiga bojхona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish bilan tovarni deklaratsiya qilishda bayon qilinadi.
Deklarant va bojхona brokeri tomonidan tovarning bojхona qiymatini aniqlash usulining toʻgʻri tanlanishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston bojхona organi amalga oshiradi (BKning 319-moddasi).
Bojхona qiymatini belgilashning usullari miqdori oʻzgarmadi, ular ilgarigidek oltita:

  • olib kirilayotgan tovar yuzasidan tuzilgan bitimning qiymatiga qarab baholash;

  • aynan bir хil tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash;

  • oʻхshash tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash;

  • qiymatlarni chegirib tashlash asosida;

  • qiymatlarni qoʻshish asosida;

  • rezervdagi usul. 

Olib kelinadigan tovarga doir bitim qiymati boʻyicha baholash usuli bojхona qiymatini belgilashning asosiy usuli (1-usul) hisoblanadi.
Agar asosiy usuldan foydalanish mumkin boʻlmasa, sanab oʻtilgan usullarning keyingilari izchil tartibda qoʻllaniladi. Bunda, agar oldingi usuldan foydalanish yoʻli bilan bojхona qiymatini belgilab boʻlmasa, har bir navbatdagi usul qoʻllaniladi. Qiymatlarni chegirib tashlash va qoʻshish usullari teskari izchil tartibda qoʻllanilishi mumkin.
1-usul qiymatga doir negizga ega boʻlgan tashqi savdo bitimiga muvofiq olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatini belgilashda qoʻllaniladi.
Aynan bir хil tovar va oʻхshash tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash (2 va 3-usullar) usullar ilgari 1-usulga koʻra baholangan хuddi shuningdek yoki shunga oʻхshagan tovarlarga doir bitim bahosidan bojхona qiymatini belgilash uchun asosiy baza sifatida foydalanishga asoslangan. Bunda deklarant amalda mavjud boʻlgan tashqi savdo bitimlarining narхi va tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali olib oʻtilishlari haqidagi hujjatlar asosida tasdiqlangan ma’lumotni qoʻllaydi.
Oʻz navbatida qiymatlarni chegirish va qoʻshish asosidagi usullar (4 va 5-usullar) bojхona qiymatini hisob-kitob qilishning prinsipial jihatdan boshqacha negizini nazarda tutadi:

  • 4-usul tovarlar dastlabki holati oʻzgartirilmasdan (yoki, mabodo qayta ishlashning tovarlar narхiga ta’siri belgilanishi mumkin boʻlsa, qayta ishlangan holatida) sotiladigan narхga asoslanadi;

  • 5-usul tovar eksport qilingan mamlakatda uning ishlab chiqarilishi va olib chiqib ketilishiga ketgan хarajatlar haqidagi ma’lumotlarga asoslanadi.

Rezerv usul (6-usul) bojхona qiymatini belgilash uchun bundan oldingi usullardan hech birini qoʻllab boʻlmaganida qoʻllaniladi. Bu usulga koʻra bojхona qiymati bojхona organlarida mavjud boʻlgan narхlarga oid aхborotga asosan belgilanadi. Bojхona organlari BQDda mavjud boʻlgan ma’lumotlarni toʻplash, umumlashtirish va bir tizimga solishni ta’minlaydi.
Agar bojхona organi qiymatni belgilashni mustaqil amalga oshiradigan boʻlsa, u 1-5-usullar shartlarini talqin qilishda jiddiy qayishqoqlikni (moslashuvchanlikni) nazarda tutadigan 6-rezerv usuldan foydalanadi.
Oʻzgarishlar Qonun hujjatlari toʻplamining 30.01.2017 yildagi 4-sonida ular rasmiy e’lon qilingan kundan uch oy oʻtganidan keyin kuchga kiradi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA HUDUDIGA OLIB KIRILADIGAN TOVARNING BOJXONA QIYMATINI ANIQLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullari va ularni qo‘llash;
sotuvchi bilan sotib oluvchi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lgan hollarni o‘rganish va bojxona qiymatini aniqlash;
moddiy tashuvchi orqali olib kiriladigan raqamli mahsulotlarning bojxona qiymatini aniqlash;
deklaratsiyalanmasdan yoki deklaratsiyada noto‘g‘ri ko‘rsatilib olib kirilgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash va qayta ko‘rib chiqish;
bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan shartli ozod etilgan holda vaqtincha olib kirilgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda bojxona qiymatini aniqlash;
avariya, yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida yoki noma’lum sabablarga ko‘ra shikastlanishi yoxud buzilishi, yaroqsiz holatga kelishi, yo‘qolishi va kamomadi aniqlangan tovarning bojxona qiymatini aniqlash;
bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanilgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
bojxona qiymati deklaratsiyasi — bojxona yuk deklaratsiyasining ajralmas qismi bo‘lib, tovarning bojxona qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasi bilan bir paytda topshiriladigan hujjat;
bojxona organlariga bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etayotgan shaxs (keyingi o‘rinlarda — deklaratsiyalovchi shaxs) — bojxona organlariga bojxona yuk deklaratsiyasini o‘z nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis yoxud boshqa shaxs;
bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati — tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullaridan biri orqali aniqlanadigan va bojxona to‘lovlarini hisoblash maqsadida foydalaniladigan tovar qiymati;
moddiy tashuvchi — raqamli mahsulotlarni yaratish, qayd etish, uzatish, qabul qilish, saqlash yoki boshqa tarzda ishlatish uchun qo‘llaniladigan magnit, optik, lazerli yoki boshqa elektron axborot tashuvchisi;
raqamli distributsiya — raqamli mahsulotlarni moddiy tashuvchidan foydalanmagan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali shaxsiy kompyuterga yoki mobil qurilmaga yuklash (yuklab olish) orqali tarqatish usuli, onlayn xizmatlardan foydalanishga ruxsat berish yoki obuna bo‘lish va boshqalar.
3. Tovarning bojxona qiymati bojxona qiymati deklaratsiyasi to‘ldirgan holda tovarlarni deklaratsiyalashda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga ma’lum qilinadi.
4. Tovarning bojxona qiymati bojxona qiymatini aniqlashning keltirilgan usullariga muvofiq deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan ma’lum qilinadi.
5. Bojxona organi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tanlangan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usulining va ma’lum qilingan bojxona qiymati hisoblab chiqarilishining to‘g‘riligini nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining (keyingi o‘rinlarda — Kodeks) 319-moddasiga muvofiq amalga oshiradi.
2-bob. Bojxona qiymatini aniqlash usullari va ularni qo‘llash tartibi
6. Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash quyidagi usullarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi:
olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha (keyingi o‘rinlarda — 1-usul);
aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha (keyingi o‘rinlarda — 2-usul);
o‘xshash tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha (keyingi o‘rinlarda — 3-usul);
qiymatlarni chegirib tashlash asosida (keyingi o‘rinlarda — 4-usul);
qiymatlarni qo‘shish asosida (keyingi o‘rinlarda — 5-usul);
zaxira usul (keyingi o‘rinlarda — 6-usul).
7. 1-usul olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi.
Agar olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning 1-usulini qo‘llash mumkin bo‘lmasa, ushbu Nizomning 6-bandi uchinchi — yettinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan usullar ketma-ketlikda qo‘llaniladi. Bunda har bir keyingi usulning qo‘llanilishiga, agar bojxona qiymatini aniqlashda oldingisidan foydalanish mumkin bo‘lmasa, yo‘l qo‘yiladi. 4 va 5-usullar teskari ketma-ketlikda qo‘llanilishi mumkin.
8. 1-usul qiymatli asosga ega bo‘lgan tashqi savdo bitimlariga muvofiq olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda qo‘llaniladi.
9. 2 va 3-usullar ilgari 1-usul bilan aniqlangan aynan bir xil yoki o‘xshash tovarlarga doir bitim qiymatidan bojxona qiymatini aniqlash uchun asos qilib olinadigan baza sifatida foydalanishga asoslanadi. Bunda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan amalda mavjud bo‘lgan tashqi savdo bitimlari narxi va tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi chegarasi orqali olib o‘tilishi to‘g‘risidagi hujjatlar asosida tasdiqlangan ma’lumotlarni qo‘llaydi.
10. 4 va 5-usullar bojxona qiymatini hisoblab chiqarishning quyidagi asoslarini nazarda tutadi:
4-usul tovarlarning dastlabki holati o‘zgarmagan holatda (yoki qayta ishlangan holatda, agar qayta ishlanganlik holati tovarlarning narxiga ta’sirini aniqlash mumkin bo‘lsa) sotiladigan narxga asoslanadi;
5-usul tovar eksporter mamlakatda ishlab chiqarish va olib chiqish uchun ketgan xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlarga asoslanadi.
Mazkur usullarning qo‘llanilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olish muayyan qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli ularning ko‘llash ketma-ketligi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
11. 6-usul o‘zidan oldingi usullardan hech birini qo‘llash imkoniyati mavjud bo‘lmaganda qo‘llaniladi. 6-usul bo‘yicha bojxona qiymati bojxona organlarida mavjud bo‘lgan narx ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Bojxona organlari bojxona qiymati deklaratsiyasida mavjud bo‘lgan axborotlarni yig‘ish, umumlashtirish va tizimlashtirishni ta’minlaydi.
12. Agar bojxona organi tovarning bojxona qiymatini mustaqil ravishda aniqlaydigan bo‘lsa, u 1 — 5-usullarning shartlarini qo‘llashda bir muncha qayishqoqlikni nazarda tutuvchi 6-usuldan foydalanadi.
3-bob. Tovarning bojxona qiymatini 1-usul bo‘yicha aniqlash
13. 1-usul olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini bitim qiymati bo‘yicha, ya’ni olib kirilayotgan tovar bojxona chegarasini kesib o‘tayotgan paytda tovar uchun amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan, ushbu Nizomning 25 va 26-bandlari qoidalari hisobga olingan holda tuzatilgan narx bo‘yicha aniqlashni nazarda tutadi.
14. Bojxona qiymatini aniqlashning 1-usuli quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:
a) sotib oluvchining baholanayotgan tovardan foydalanishga yoki uni tasarruf etishga bo‘lgan huquqlariga nisbatan cheklovlar mavjud bo‘lsa, bundan qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlar yoxud tovar qayta sotilishi mumkin bo‘lgan geografik mintaqadagi cheklovlar yoki tovarning qiymatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydigan cheklovlar mustasno;
b) tovar bojxona hududiga qiymat asosiga ega bo‘lmagan bitim bo‘yicha olib kirilgan bo‘lsa;
v) sotish yoki bitimning bahosi ta’sirini hisobga olish mumkin bo‘lmagan shartlarga rioya etilishiga bog‘liq bo‘lsa (ayirboshlash, kontraktatsiya, qayta ishlash shartnomalari);
g) tovarni keyinchalik qayta sotish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etishdan tushgan tushumning istalgan qismi sotuvchiga bevosita yoki bilvosita o‘tsa va bunda tovarning qiymatiga ushbu Nizomning 25-bandiga muvofiq tegishli tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘lmasa;
d) tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan foydalanilgan ma’lumotlar hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lmasa;
e) bitimning taraflari (sotib oluvchi va sotuvchi) bir-biriga o‘zaro bog‘liq shaxslar bo‘lsa, bundan ularning o‘zaro bog‘liqligi bitimning bahosiga ta’sir etmagan hollar mustasno, bu esa deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan isbotlanishi lozim.
15. Sotib oluvchining olib kiriladigan tovarlarga doir huquqlariga nisbatan muayyan cheklovlar mavjud bo‘lganda 1-usul qo‘llanilmaydi. Shu sababli 1-usulning qo‘llanilishiga imkon bermaydigan cheklovlarni va ushbu usulning qo‘llanilishiga ruxsat beriladigan cheklovlarni aniq farqlay bilish zarur.
Qonun hujjatlarida sotib oluvchining baholanayotgan tovarga doir huquqlariga nisbatan cheklovlar mavjud bo‘lganda ham 1-usulning qo‘llanilishiga ruxsat beriladigan cheklovlarning faqat uchta turi belgilangan:
a) O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan cheklovlar. Mazkur holatdagi cheklovlar, masalan, muayyan tovarni import qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasiga nisbatan cheklovlar va hokazolarni nazarda tutadi. Jumladan, yadroviy, kimyoviy, zaharlovchi moddalar, giyohvandlik moddalari importi faqat qat’iy cheklangan doiradagi shaxslarga ruxsat etiladi;
b) tovar qayta sotilishi mumkin bo‘lgan geografik mintaqadagi cheklovlar. Mazkur holatda tovarning qayta sotilishi bo‘yicha alohida shaxslar uchun hududiy cheklovlar nazarda tutiladi.
Masalan, sotuvchi tovarni O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘zining sotuvchilariga sotadi va barcha hududni ularning har birida alohida sotuvchisi bo‘lgan 10 ta qismga bo‘ladi. Bunda sotuvchilarning har biri tovarni faqat muayyan hududda sotishi mumkinligi to‘g‘risidagi shart qo‘yiladi;
v) tovarning qiymatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydigan cheklovlar. Agar narxga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan shart mavjudligi haqida ma’lum qilinsa, unda 1-usulning qo‘llanilishi faqat bunday shart natijasida narxning miqdoriy o‘zgarishi hujjatlar asosida belgilangan holdagina mumkin bo‘ladi. Agar narxga miqdoriy ta’sir qilishni belgilash va hujjatlar asosida tasdiqlash mumkin bo‘lmasa, unda bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usullariga o‘tish kerak bo‘ladi.
Masalan, sotuvchi tibbiy jihozni sotib oluvchiga undan O‘zbekiston Respublikasida faqat xayriya maqsadlarida foydalanadi degan shart bilan sotadi. Bunda 1-usul qo‘llanilishi mumkin emas, chunki sotib oluvchining tovardan foydalanish huquqiga nisbatan cheklov mavjud va bu xildagi shart bitim qiymatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday holda bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usullari qo‘llanilishi kerak.
Barcha cheklovlarni baholashda, ularning 1-usuldan foydalanishi imkoniyatiga ta’siri nuqtai nazaridan asosiy mezon bo‘lib, bu bitimning qiymatiga ma’lum bir shartning ta’sir darajasidir. Cheklov bitim narxiga ta’sir ko‘rsatmasa, u 1-usuldan foydalanishga to‘sqinlik qilmaydi.
Agar sotib oluvchi huquqiga nisbatan yana qandaydir boshqa cheklovlar mavjud bo‘lsa, unda 1-usul qo‘llanilmaydi.
16. 1-usul qiymat asosiga ega bo‘lmagan tashqi savdo bitimlariga nisbatan qo‘llanilmaydi. Jumladan:
a) tovarning bepul yetkazib berilishi.
Masalan, sotuvchi sotib oluvchiga namuna sifatida 5 dona traktorni yetkazib berdi. Mazkur holatda oldi-sotdi shartnomasi mavjud emas;
b) tovar konsignatsiya shartlarida yetkazib berilishi.
Masalan, yetkazib beruvchi o‘z agentiga bir turkum poliz mahsulotlarini qulayroq shartlarda sotish uchun yetkazib beradi. Ushbu holatda agent poliz mahsulotlarini sotib olmaydi, ya’ni uning egasiga aylanmaydi va poliz mahsulotlarini sotishdan ko‘rilgan foydani yetkazib beruvchi oladi (agentga uning sotishga doir xarajatlari va ish haqi to‘lanishi hisobga olingan holda);
v) tovarni vositachiga sotmasdan vositachi orqali tovarni yetkazib berilishi.
Masalan, yuridik shaxs bo‘lgan kompaniya Belgiya davlatida joylashgan va Toshkent shahrida o‘z nomidan faoliyat yuritmaydigan o‘z filialiga ega. Ular o‘rtasidagi tovar yetkazib berilishi oldi-sotdi bitimi tushunchasiga kirmaydi;
g) tovarning ayirboshlash yoki kompensatsion operatsiyalar doirasida yetkazib berilishi, agar tovarlar narxi ko‘rsatilmagan bo‘lsa;
d) tovarning ijara shartnomasi (lizing) bo‘yicha yetkazib berilishi. Mazkur holatda tovarga nisbatan mulk huquqi ijaraga beruvchidan ijaraga oluvchiga o‘tmaydi, mulkdor tovardan foydalanganlik huquqi uchun foydaning bir qismini oladi va tovarni muayyan vaqtdan so‘ng uning egasiga (ijaraga beruvchiga) qaytarib berilishi mumkin;
e) tovarning vaqtincha olib kirish maqsadida yetkazib berilishi.
Masalan, mulkdor (yetkazib beruvchi) muayyan vaqtdan so‘ng yetkazib beruvchiga qaytarilishi lozim bo‘lgan mashinani vaqtincha foydalanish uchun iste’molchiga vaqtincha olib kirish shartlarida yetkazib beradi;
j) tovarni tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) nazarda tutilgan kafolatlar hisobiga yetkazib berilishi.
Masalan, kafolat muddati davomida yetkazib berilgan uskunaning alohida mexanizmlari ishdan chiqdi. Ularni almashtirish uchun yangi detallar yetkazib beriladi.
17. Agar bitimni tuzishda baholanadigan tovarlar qiymatini aniqlashga va binobarin, bitim qiymatining bojxona maqsadlari uchun qabul qilinishiga to‘sqinlik qiladigan shartlar bitim shartlari sifatida ilgari surilgan bo‘lsa, bunday holatda 1-usulning qo‘llanilishi mumkin emas. Shunday shartlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
sotuvchi import qilinadigan tovarlarga narxni sotib oluvchi muayyan miqdorlardagi boshqa turdagi tovarlarni ham tovarning har bir turiga narx ko‘rsatilmagan holda sotib oladi degan shart asosida belgilaydi.
Masalan, 5 000 pul birligi summasidagi charm buyumlari yetkazib berilmoqda. Etkazib beruvchi import qiluvchining qiymati noma’lum bo‘lgan 2 ming juft poyabzalni ham qo‘shimcha ravishda sotib olishini shart qilib qo‘yadi;
import qilinadigan tovarlarning narxi xuddi shunday tovarlar sotib oluvchining import qilinadigan tovarlarning sotuvchisiga sotadigan boshqa tovarlarning narxi yoki narxlariga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, sotuvchi 1 000 pul birligi summasidagi elektr jihozlarini sotmoqda. Sotib oluvchi esa ushbu sotuvchiga bunday tovarlarni ishlab chiqarish uchun releni sotmoqda. Bunda, sotuvchi relening narxini — 10 000 pul birligi degan shartni qo‘yadi. Shunday qilib, elektr uskunalari narxi rele narxining ta’siri “sinovidan o‘tadi”;
narx import qilinadigan tovarlarga aloqasi bo‘lmagan haq to‘lash shakli asosida belgilanadi.
Masalan, import qilinadigan tovarlar sotuvchi tayyor mahsulotlarning muayyan miqdorini olish sharti asosida yetkazib beradigan yarim tayyor mahsulotlardan iborat. Sotuvchi 10 000 pul birligiga yog‘och-taxta sotayapti. Sotib oluvchi yog‘och-taxtadan jami 1 000 dona stolni ishlab chiqaradi. Sotuvchi shunday shart qo‘yadiki, unda sotib oluvchi yog‘och-taxta uchun haq to‘lash hisobiga 500 ta stolni yetkazib beradi, bu holatda stollarning qiymati aniqlanmagan bo‘ladi;
oldi-sotdi shartnomasi faqat ushbu sotuvchidan sotib olish shartini nazarda tutadi;
Bunday shartlar mavjud bo‘lsa, ularning bitim qiymatiga ta’sir etgan yoki etmaganligini va bunday ta’sirni miqdoriy jihatdan aniqlash mumkinligiga oydinlik kiritilishi kerak. Faqatgina shartning qiymatga ta’siri miqdoriy jihatini aniqlash mumkin bo‘lsa hamda ma’lum qilingan narx haqiqatda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan narx bo‘lsa, 1-usulni qo‘llash mumkin.
Bunday holatda bitim shartlarini ko‘rib chiqishda, shuningdek, umum qabul qilingan xususiyatga ega bo‘lgan va tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokChilariga tatbiq etiladigan (yoki ularga taqdim etilishi mumkin bo‘lgan) va tanlangan tusdagi hamda umum qabul qilinmagan shartlarni ham farqlay bilish lozim. Quyida tashqi iqtisodiy faoliyatda mavjud bo‘lgan, 1-usul qo‘llanilishiga ruxsat etilgan tovar yetkazib berishning umum qabul qilingan shartlari keltirilgan:
yetkazib berishning barcha umum qabul qilingan shartlari (avvalo, INKOTERMSga kiritilgan yetkazib berish shartlari);
bitimlarni tuzish va yetkazib berishning “ekspertni jalb etish (ekspert xulosasi mavjudligi) sharti bilan xarid qilish”, “tovarni ma’lum bir sanaga qadar yetkazib berish sharti bilan xarid qilish” kabi umum qabul qilingan shartlari, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalari uchun umumiy bo‘lib hisoblanadigan va bitim narxiga ta’sir qilmaydigan (tovar soniga qarab chegirmalar berish, mazkur sotuvchining “ishonchliligi” va h.k. kabi) boshqa shartlar. Masalan, agar mazkur sotib oluvchiga tovarni har doim aynan shu sotuvchidan sotib olganligi uchun qiymatidan chegirma qilinishi umum qabul qilingan amaliyot deb hisoblanadigan bo‘lsa, unda bunday chegirma va binobarin bitim qiymati tan olinishi kerak va 1-usul qo‘llanilishi lozim;
sotib oluvchi tomonidan sotuvchiga O‘zbekiston Respublikasida tayyorlangan texnik topshiriqlar yoki chizmalarni taqdim etish;
sotib oluvchi o‘z hisobidan (ehtimol, hatto sotuvchi bilan kelishgan holda) import qiladigan tovarlarni sotish bilan bog‘liq qandaydir harakatlarni amalga oshirish, masalan, sotib oluvchi haqini to‘laydigan reklama bo‘yicha faoliyat.
Download 42.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling