Mavzu. Turizmda axborot texnologiyalari va tizimlarining tasnifi


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana10.09.2022
Hajmi0.59 Mb.
#803901
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-3-maruzalar
xrpt m1r2e2bhxg5itt7skfz6va6pgb6adi3p0ige0ilvog6022rc8f8sg40n56n9efndouin5uai36h, xrpt m1r2e2bhxg5itt7skfz6va6pgb6adi3p0ige0ilvog6022rc8f8sg40n56n9efndouin5uai36h, Fan dasturi, AIB va A baholash mezonlari, 1, M 2 temp, M 3, M 16, Azizbek, Azizbek, Inomov Jasurbek 2-lab, Inomov Jasurbek 2-lab, 1-mavzu (2), 5-sinf portfolio, 7


2 – Mavzu. Turizmda axborot texnologiyalari va tizimlarining tasnifi
(2-3-ma’ruzalar– 4 soat) 
Reja: 
1. Axborot mahsulotlari. 
2. Kommunikatsiyada axborot xossalari. 
3. Texnologiyalarning umumnazariy jihatlari.
4. Axborot texnologiyasi. 
5. Turizmda axborot texnologiyalarining tasnifi. 
6. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalarining turizmdagi ahamiyati. 
7. Turizm tashkilotining axborot ta’minoti 
Tayanch so‘z va iboralar: Axborot xizmati ; Axborot mahsuloti; Ta’lim xizmatlari; Axborot 
jarayoni; Axborot muhiti; Telekommunikatsiya; Xabar; Axborot tashuvchi; Axborot; Ma’lumot; 
Iqtisodiy axborot; rеkvizit; Rеkvizit bеlgi; Rеkvizit asos; Texnologiya; Tashkiliy ta’minot;
Axborot ta’minoti; Matematik va dasturiy ta’minot; Texnologik ta’minot; Lingvistik ta’minot; 
Ergonomik ta’minot; Huquqiy ta’minot; Texnik ta’minot; Mutaxassislik ta’minot; Axborot 
texnologiyasi; telekommunikasiyalar tarmog‘i; Videotexnologiya; Multimedia texnologiya
Neyrokompyuterli texnologiyalar; Internet texnologiyasi; Turizmning axborot ta’minoti;
1-savol bayoni 
1-savol bo‘yicha dars (o‘qituvchi) maqsadi: Turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan 
tashkilotlarda mavjud axborot mahsulotlari haqida ma’lumot berish. 
1. Axborot mahsulotlari
Axborot zahiralariga axborot texnologiyalari va tizimlarni tadbiq etish natijasida yangi 
axborot yoki axborotning yangi shakli hosil qilinadi, sifati esa o‘zgaradi. Hosil qilingan mahsulot 
axborot mahsuloti va bu mahsulotni yetkazib berish esa axborot xizmati deyiladi.
Axborot xizmati - foydalanuvchiga axborot mahsulotini taqdim etish yoki qabul qilishdir.
Axborot mahsuloti va xizmati bu maxsus xizmat bo‘lib, iste’molchilarni foydalanishi 
uchun ishlab chiqilgan va ular orasida tarqatish uchun mo‘ljallangan axborotiy ma’lumotlar 
to‘plami va kommunikatsiyalardir. Axborot mahsuloti qattiq jismlarda aks ettiriladi. Axborot 
mahsuloti va xizmatiga quyidagilar kiradi: 

Aloqa. 

Axborot, masalan ma’lumotlar, bilimlar, dasturiy ta’minotlar. Hozirgi kunda axborot 
bozorida quyidagi tipdagi axborotlar mavjud: 
Ishbilarmonlik axborot , ya’ni birja axborotlari, moliyaviy, siyosat va xo‘jalik axborotlari 
(qimmatbaho qog‘ozlar narxi, valyutalarning kurslari va boshqalar), statistik axborotlar (ijtimoiy, 
demografik, ekologik va boshqalar), tijorat axborotlari (korxonalar, mahsulotlar, narxlar va
boshqalar bo‘yicha). 
Professional axborot – yuristlar, vrachlar va boshqalar uchun mo‘ljallangan maxsus 
ma’lumotlar, ilmiy-texnik axborotlar. 
Iste’mol axborot – yangiliklar, adabiyotlar, kompyuter o‘yinlari, videofilmlar va audio 
mahsulotlar. 
Ta’lim xizmatlari – elektron darsliklar, uslubiy ko‘rsatmalar va boshqalar. 
Axborot tizimlari va vositalarini ta’minlovchi – dasturiy mahsu-lotlar, texnik vositalar, 
axborot tizimlari va texnologiyalari ishlab chiqish va ularga xizmat qilish, ma’lumotlar bazasini 
ishlab chiqish va boshqalar. 
Xordiq chiqarish – dam va rohat olish uchun ijodiy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan 
axborot mahsuloti. 
Axborot mahsuloti va xizmatiga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin: 


Kutiladigan funksiyasi 
Mahsulot turi 
Xizmat ko‘rsatish 
Kompyuter xizmatlari 
Shaxsiy kompyuter 
Mashina vaqtini taqsimlan 
Bibliografiya 
Doimiy ma’lumotlarni saqlash 
qurilmalari 
Ma’lumotlar bazasi 
Televideniya dasturlari 
Videoplenka 
Teleko‘rsatuvlar 
Qo‘riqlash vositalari 
Qo‘riqlash 
uskunalari
(indikatorlar, signal uzatish 
uskunalari) 
Masofaviy o‘qish qurilmalari 
Xabarlarni sintezatori 
Mini EHM 
Ma’lumotlarni 
jam-lashga 
mo‘ljallangan tarmoqlar 
Kompyuter dasturlari 
Diskovodlar 
Dasturlarni yuklash 
O‘yinlar 
Oddiy “kompyuter” 
Videoteka 
Ma’lumotlar bazasiga tayangan quyidagi axborot xizmatlarini misol qilsa bo‘ladi: 

axborotiy nashriyotlarni chop qilish; 

buyurtma bo‘yicha ma’lumotlarni qidirish; 

ilmiy-texnikaviy ma’lumotlarni qayta ishlash (tarjima, umumlashtirish); 

ma’lumotlar bazasiga masofadan murojaat qilish; 

dasturiy ta’minotlarni o‘rnatish; 

aloqaviy xizmatlar; 

asosiy manbani taqdim etish. 
Axborot muhiti – subyekt faoliyati uchun axborotni yaratish, uzatish, to‘plash, saqlash, 
ishlov berish va tasvirlashlarni ta’minlovchi axborot tizimlari, axborot infratuzilmasi, axborot 
tashuvchilari va boshqa vositalar jamlanmasidir. 
Ushbu ta’rifdan axborot muhiti bevosita axborot jarayoni bilan bog‘liq bo‘layapti.
Axborot jarayoni – axborotni yaratish, yig‘ish, ishlov berish, to‘plash, saqlash, izlash, tarqatish, 
va iste’mol qilish jarayonlari. 
Hozirgi zamonaviy rivojlanish bevosita axborotlashgan jamiyatning shakllanishi bilan 
bevosita bog‘lik bo‘lib, davlat chegaralari kabi to‘siqlardan bemalol o‘tib, har xil madaniyat, 
iqtisodiy rivojlangan va rivojlanmagan jamiyatlarni birlashtirish qobiliyati yaqqol namoyon 
bo‘lmoqda. Bunday holat, albatta, turizm sohasiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Turizmni 
rivojlanishida axborotiy jarayonlarining ahamiyatini, unda quyidagi jihatlarni namoyon qilmoqda: 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling