Мавзу: Қуйи табақа сингониялари шаклларини билиш. Кристалларни триклин, моноклин, ромбик сингонияларга ажратиш
Download 278.87 Kb.
|
Документ (4)
Мавзу: Қуйи табақа сингониялари шаклларини билиш. Кристалларни триклин, моноклин, ромбик сингонияларга ажратиш. Режа: 1. Сингониялар. 2. Қуйи табақа сингониялари шаклларини билиш. 3. Кристалларни триклин, моноклин, ромбик сингонияларга ажратиш. Singoniyalar Simmetriya ko‘rinishlarining o‘xshashligiga qarab ajratilgan gruppalari – singoniya (o‘xshash burchakli demakdir) deb aytiladi. Shu bilan birga, xar qaysi singoniya o‘ziga hos kristall shakllari va kristallarni tashkil etuvchi fazoviy panjara elementar yacheykasining qiyofasi bilan ham boshqa singoniya kristallaridan farq qiladi. Singoniyalarning hammasi ettita bo‘lib, ularning nomi fazoviy panjara - elementar yacheykasining – elementar parallelopipedlarning geometrik xususiyatlariga asoslanadi. Quyida shu singoniyalarning nomlari sanab o‘tiladi: 1)triklin singoniya. Nomi grekcha tri-uch va klin-qiyshiq degan so‘zlardan tashkil topgan. Chunki bu singoniya kristallarining elementar yacheykasi 16 parallelopipedlar qirralari orasidagi burchaklarning uchtasi ham to‘g‘ri emas (90ºga teng emas); 2) monoklin singoniya (grekcha mono-bir). Elementar yacheykasi qirralari orasidagi burchakning ikkitasi to‘g‘ri (90ºli), uchinchisi esa 90º ga teng emas; 3) rombik singoniya. Bu singoniya kristallarining ko‘pchiligida ikkinchi darajali simmetriya o‘qiga tik olingan ko‘ndalang kesimi romb ko‘rinishida bo‘lganligi uchun shunday nom berilgan; 4) trigonal singoniya; 5) tetragonal singoniya; 6) geksagonal singoniya; Bu so‘nggi uch singoniyaning nomi shu singoniya kristallarining o‘ziga hos simmetriyalik darajasiga qarab berilgan. 7) kubik singoniya. Bu singoniya kristallarining elementar yacheykasi kub shaklida bo‘ladi. Yuqorida sanab o‘tilgan singoniyalar simmetriyalik darajasiga qarab quyidagicha uchta kategoriyaga: 1) simmetriklik darajasi past bo‘lgan kategoriya; 2) simmetriklik darajasi o‘rtacha va 3) simmetriklik darajasi yuqori bo‘lgan kategoriyalarga bo‘linadi. Simmetriklik darajasi past kategoriyaga mansub kristallarda yagona yo‘nalishning uchta yoki undan ortiq bo‘lishi xarakterlidir. Shunga ko‘ra, shu kategoriya kristall shakllarida simmetriya elementlarining bo‘lmasligi ham, bo‘lishi ham mumkin. Mavjud simmetriya o‘qlarining darajasi ikkinchidan ortiq bo‘lmaydi; Simmetriklik darajasi o‘rtacha kategoriya kristall shakllarida birdan-bir yagona yo‘nalish mavjud bo‘lib, u yuqori darajali simmetriya o‘qi bilan mos yo‘nalishda o‘tadi. Demak, shu kategoriya uchun xos kristall shakllarida yuqori darajali (ikkinchidan ortiq) bitta simmetriya o‘qining bo‘lishi shart. Simmetriklik darajasi yuqori kategoriya kristall shakllarida yagona yo‘nalish yo‘q va yuqori darajali o‘qlarning soni bittadan ortiq – ko‘p Қуйи табақа - ромбик, моноклин ва триклин сингонияларидан иборат. Шу табақага хос кристалл томонлари учта кристаллографик ўқлари бўйича такомиллашган ассимметрик шаклда бўлади. а≠б≠с Қуйи табақа кристалларидан юқори тартибли симметрия ўқи ўтмайди, чунки бундай табақа кристаллари шаклларини тўла бир марта айлантирсак, симметрик томонлари икки мартадан ортиқ, такрорланмайди. Масалан, топазнинг призма ва дипирамида комбинациясидан иборат шаклдаги кристали иккинчи тартибли L2 паст даражали симметрия ўқи орқали ўтади. Ромбик сингониясида юқори даражали симметрия ўқи бўлмайди, балки улардан паст даражали иккинчи тартибли L2 битта ёки учта симметрия ўқи ва энг кўпи билан учта симметрия текислиги ўтказиш мумкин бўлади. Шунинг учун ромбик сингонияси қўйидаги формула билан ифодаланади: 3L2 3РС. Ромбик сингонияси учун - характерли бўлган кристалл шаклларга: ромбик тетраэдр, ромбик призма ва ромб дипирамидалар киради. Бу сингонияларнинг кўндаланг кесими юзаси ромбик шаклини беради. Шундай сингонияли минералларга барит, топаз, марказит, антимонит, арсенопирит, колумбит, соф олтингугурт кабилар мисол бўлади. 1— ромбик призма; 2 — ромбик дипирамида; 3 —ставролит кристалли; 4,5 — крестсимон қўшимча кўринишидаги ставролит кристалли; б —призма, дипирамида ва пинакоид комбинацияси (оливин); 7 —иккита призма ва дипирамида комбинациси (топаз); 8 —топаз кристалли; 9, 10 —арсенопирит кристалли; 11, 12 —андалузит кристалли; 13, 14 — колумбит-танталит; 15 — самарскит Моноклин сингонияга, биргина иккинчи тартибли оғма симметрия ўқи, томонлар орқали биттадан симметрия текислиги ва симметрия маркази бўлган кристаллар киради. Шу сабабли моноклин сингония кристалларидан ўтган симметрия элементларининг кўриниши L2 Р С га тенгдир. Бу шаклларга ортоклаз, слюдалар, гипс, ангидрит, оливин, амфибол гуруҳига кирувчи минерал к ристаллари. 1 —учта пинакоид комбинацияси; 2,4 —пироксен кристалари; 3 —призма ва пинакоид комбинацияси (гипс, амфибол); 5, б — сфен; 7,8 — монацит; 9 — вольфрамит; 10, 11 — эпидот Триклин сингония кристаллари носимметрик қиёфада белгиланган, чунки триклин сингония кристалларида симметрия элементлари мутлақо бўлмаслиги ҳам мумкин, айрим холларда эса фақат симметрия маркази бўлади, холос. Триклин сингониясини пинакоид, моноэдр, диэдр каби оддий шакллар ташкил этади. Дистен, плагиоклаз гуруҳи, аксинит ва кианитлар триклин кристали шаклида учрайди. Quyi kategoriyali singoniyalar. Quyi kategoriya – romba, monoklin va triklin singoniyalaridan iborat. Shy kategoriyaga xos kristall yoqlari uchta kristallografik o‘qlari bo‘yicha takomillashgan assimmetrik shaklda (a≠b≠c) bo‘ladi. Quyi kategoriya kristallaridan yuqori tartibli simmetriya o‘qi o‘tmaydi. Chunki bunday kategoriya kristallar shakllarini to‘la bir marta aylantirsak, simmetrik yoqlari 2 martadan ortik takrorlanmaydi. Masalan topazning prizma va dipiramida kombinatsiyasidan iborat shakldagi kristali ikkinchi tartibli L2 past darajali simmetriya o‘qi orqali o‘tadi. Quyi kategoriyaga kiruvchi singoniyalarning tavsifi quyidagicha: romba singoniyasida yuqori darajali simmetriya o‘qi bo‘lmaydi, balki ulardan past darajali ikkinchi tartibli L2 bitta yoki uchta simmetriya o‘qi va eng ko‘pi bilan uchta simmetriya tekisligi o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Shuning uchun romba singoniyasi tubandagi formula bilan ifodalanadi: 3L2,3P, C. Romba singoniyasi uchun xarakterli bo‘lgan kristall shakllarga: romba tetraedr, romba prizma va romba dipiramidalar kiradi. Bu singoniyalarning ko‘ndalang kesimi romba shaklida tuzilgan bo‘ladi. Shunday minerallarga barit, topaz, markazit, antimonit, arsenopirit, kolumbit, sof oltingugurt, barit kabilar misol bo‘ladi. Monoklin singoniyaga birgina ikkinchi tartibli og‘ma simmetriya o‘qi, yoqlar orqali bittadan simmetriya tekisligi va simmetriya markazi bo‘lgan kristallar kiradi. Shu sababli monoklin singoniya kristallaridan o‘tgan simmetriya elementlarining eng katta yig‘indisi L2,P, C ga tengdir. Bu shakllarga ortoklaz, slyudalar: gips, angidrit, olivin, amfibol gruppasiga kiruvchi ba’zi mineral kristallari xosdir. Triklin singoniya kristallari nosimmetrik qiyofada belgilangan.Chunki triklin singoniya kristallarida simmetriya element-lari mutlaqo bo‘lmaganlari ham bor; ba’zilarida esa faqat simmetriya markazi bo‘ladi, xolos. Pinakoid va monoedr kombinatsiyasi triklin singoniyasini tashkil etadi. Disten, plagioklaz gruppasi, aksinit va kianitlar triklin kristali shaklida uchraydi. Download 278.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling