Mavzu: Umumiy o’rta ta’lim muassasalarini boshqarish. Reja


Download 304.92 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.10.2020
Hajmi304.92 Kb.
#138751
Bog'liq
4.2 maruza menejment


Mavzu: Umumiy o’rta ta’lim muassasalarini boshqarish. 

Reja: 

1.Umumiy  o’rta  ta’lim  muassasalarini  boshqarishning  pedagogik-psixologik 

asoslari. 

2.Maktab ichidagi  boshqaruv tizimi va tuzilishi. 

3.Rahbar va uning o’rinbosarlarining vazifalari. 

1.Umumiy o’rta ta’lim muassasalarini boshqarishning pedagogik-psixologik 

asoslari. 

O‘quv-tarbiya ishlariga rahbarlik. Prezident I.A. Karimov rahbar ma'suliyati 

xususida  shunday  yozadi:  “Ayniqsa,  zamonning  yurishi,  o  ‘zgarishi  bilan  avvalo 

rahbarlar, yetakchilar o ‘zgarishi kerak. Biz XXI asr - inteluktual taraqqiyot asri, deb 

ko‘p gapiramiz.Modomiki,  shunday  ekan,  bugungi kunda  rahbar  nafaqat  aniq bir 

kasb-hunarrning  egasi  avvalo,  o‘zining  faoliyati  va  insoniyligi  bilan  xalqning 

ishonchiga  munosib  bo’lishi  yuksak  intelektual  tafakkur  sohibi,  uzoqni  ko‘ra 

oladigan,  doimo  yangilikka  intilib,  zamon  bilan  hamqadam  bo'ib  yashaydigan 

qattiyatli  shaxs  bo’lishi  lozim”.  Ta'lim  muassasasi  uning  rahbari  (direktor  yoki 

rektor) tomonidan boshqariladi. Ta'lim muassasasi direktori o‘quvchilarni  ma'naviy 

barkamol, 

jismonan 

sog‘lom 

bo‘lishlari, 

fan 

asoslarini 



puxta                           

o‘zlashtirishlari,  umumiy  ta'lim  muassasasining  bugun  faoliyati  uchun  javobgar 

shaxs sanaladi. Tashkilotchi oily ma'lumotli, kamida uch yillik pedagog ish stajiga 

ega bo ‘lgan eng yaxshi o ‘qituvchi tuman xalq bo‘limi tavsiyasiga binoan viloyat 

xalq  ta'limi  (Toshkent  shahrida  shahar  xalq  ta'limi)  bo‘limi  tomonidan  direktor 

tayinlanadi.  Bir  maktabdan  ikkinchi  maktabga  ko‘chiriladi,  ishdan  bo‘shatiladi. 

Viloyat  xalq  ta'limi  bo‘limi  bu  haqida  O‘zbekiston  Respublikasi  xalq  ta'limi 

bo‘limiga ma'lum qiladi. Maktab direktori ta'lim muassasasi boshqaruvni zamonaviy 

usullarda  tashkil  etishi  zarur.  Bu  esa  ilg‘or  tajriblarni  va  fan  texnika  yutuqlarini 

muntazam  o‘rganib  o‘z  faoliyatiga  tatbiq  etib  borishni,  kasbiy  faoliyatiga  ijodiy 

yondoshuvni  talab  qiladi. Xalqimizda  rahbar  kadrlar va  ularga  xos  xususiyatlarga 

sharqona yondashuvning boy tarixiy-madaniy an’analari mavjud. Abu Nasr Forobiy 

rahbar tabiatan nozik, farosatli bo‘lib, umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur 

qila olishi; voqea-hodisalarni xotirasida to ‘la-to‘kis saqlab qoladigan; zehni o‘tkir 

zukko, o‘z fikrini chiroyli so‘zlar bilan ifodalaydigan,ravshan tushuntira oladigan; 

talim  olishga,  bilim  va  ma'rifatga  havasli  bo‘lib,  uning  mashaqqatlaridan  haq  va 

haqiqatni, odil va haqiqiy odamlami sevadigan, yolg‘on va yolg‘onchilami yomon 

ko‘radigan;  o'z  qadrini  biluvchi,  oriyatli;  tabiatan  adolatparvar  va  o'zi  zarur  deb 

hisoblaganda  chora-tadbirlarni  amalga  oshirishda  qat'iyatli,  sabotli,  jur'atli  kabi 

insoniy hislatlarga ega bo‘lishi 

kerakligini  ta'kidlab  o'tilgan.  Zamonaviy  maktab  faoliyatini  tashkil  etish  va 

boshqarishda  ta’lim  muassasasi  barcha  xodimlarini  o‘z  mehriat  faoliyati 

natijalaridan  birdek  qoniqish  hosil  qilishlari  jamoadagi  to'g'ri  mehnat  taqsimoti, 


xodimlarni  o‘z  vazifalariga  nisbatan  ma'suliyat  hissining  shakllanishi  o‘quv 

jarayonini  hozirgi  zamon  talabfari  darajasida  ilmiy  asosda  tashkil  etish 

samaradorligi ko'p jihatdan ta’lim muassasasi rahbarlarining funksional vazifalarini 

qay darajada tushunib yetish va amalga oshirishga bog‘liq bo'ladi 

Rahbar  xodim  ta'lim  muassasasidagi  mavjud  munosabatlar,  o‘quvchilarning 

jismoniy,  ruhiy  va  intellektual  rivojlanishiga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  omillar,  ya'ni 

o'qituvchilar bilan o'quvchilar, ota-onalar bilan ta’lim muassasasi hamda o'quvchilar 

o'rtasidagi  munosabatlardan  yaxshi  xabardor  bo'lishi  lozim.  Jarayonda  yuzaga 

kelishi  mumkin  bo'lgan  salbiy  xolatlarni  o  'z  vaqtida  aniqlash  hamda  unga  ta'sir 

ko'rsatishning eng maqbul yo'llarini belgilash, ta'lim tarbiya jarayonining holati to 

‘g‘risida  ishonchli  axborotlar  to'plash,qayta  ishlash  va  obyektiv  baholash  muhim 

ahamiyatga ega.  



Rahbar va uning o’rinbosarlarining vazifalari. 

Rahbarning ta'lim muassasasidagi vazifalari asosan quyidagilardan iborat: o'quv 

muassasasining pedagogik jamoasiga rahbarlik qilish, kadrlami to 'g 'ri tanlash, joy-

joyiga qo'yish,xodimlaming ijtimoiy-g'oyaviy saviyasini, malakasini oshirish uchun 

zarur  shart-sharoitni  yaratish,  o'quvchilar  bilimi  va  tarbiyasi  sifatli  bo'lishini 

ta’minlash,  sinfdan  va  maktabdan  tashqari  ishlarning  tashkil  etilishiga  rahbarlik 

qilish  va  tegishli  nazorat  o'rnatish.O'quvchilarning  to'g'ri  kasb  tanlashini 

ta’minlashni yo'lga qo'yish, ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan ishlarni 

tashkil etish. Maktabda ichki intizom, sanitariya gigiena, mehnatni muhofaza qilish, 

umumiy  tartib  va  texnika  xavfsizligi  qoidalariga  rioya  etishni  ta’minlash  va 

hokazolar. Maktab direktori o'qituvchi yoki yordamchi xodimlarni ishga qabul qiladi 

va ishdan bo'shatadi,xodimlar va o'qituvchilami rag'batlantiradi, shunitigdek, ayrim 

holatlarda ularni jazolaydi, alohida o'rnak ko'rsatgan o'qituvchi va xodimlarni davlat 

mukofotlariga  tavsiya  etadi.  Rahbar  muayyan  masalalarni  hal  etishda  pedagogik 

jamoa  fikr-mulohazalarini  inobatga  oladi.  Ta'lim  muassasasi  faoliyati  yuzasidan 

tegishli  masalalarni  hal  qiladi,  davlat  oldida  javob  beradi.  Ta'lim  muassasasi 

faoliyatini tashkil etishda rahbarga o ‘quv hamda tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor 

o ‘rinbosarlari ko‘maklashadilar. 

O'quv ishlar bo‘yicha direktor o ‘rinbosari  ta'lim muassasasining o ‘quv ishlari 

bo‘yicha  mas'ul  shaxsdir.  U  o‘quv  ishlariga  bevosita  rahbarlik  qiladi.  Oliy 

ma'lumotli,  kamida  uch  yillik  pedagogik  stajga  ega  bo‘lgan  eng  yaxshi 

o‘qituvchilargina  mazkur  lavozimda  ishlashlari  mumkin.Uning  nomzodini  ta'lim 

muassasasi  rahbari  tavsiya  etadi,  tuman,(shahar)  xalq  ta’limi  bo‘limi  tasdiqlaydi.   

O‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  maktabdagi  ta'lim  jarayonining  to‘g'ri 

tashkil  etilishi,  o‘quv  dasturlari  talablarining  bajarilishi,  dars  mashg‘ulotlarning    

to'g‘ri  tashkil  etilishi  hamda  o  ‘quvchilarning  bilimlarni  o‘zlashtirishlari  uchun 



javobgar  bo‘lib  ,  ta'lim  ishini  yo‘lga  qo‘yilishi  o  ‘quvchilar  bilim  darajasining         

o‘sishi ustidan nazorat olib boradi.O ‘qituvchilarga metodik yo‘l-yo‘riq ko'rsatadi, 

ta'lim  ishining  uyushtirilishini  rejalashtiradi,  metod  birlashmalarning  ishiga 

rahbarlik qiladi. 



Ma'naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ta'lim muassasalarining tarbiyaviy 

ishlarga  bevosita  rahbarlik  qiluvchi  mas'ul  shaxsdir.  Oliy  ma'lumotli, kamida  uch 

yillik pedagogik stajga ega bo‘lgan eng yaxshi o‘qituvchilargina mazkur lavozimda 

ishlashlari mumkin. Uning nomzodini ta'lim muassasasi rahbari 

tavsiya etadi, tuman, (shahar) xalq ta'limi bo‘limi tomonidan tasdiqlanadi. Ma'naviy 

ishlar  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  ta'lim  muassasasida  tarbiyaviy  jarayonning 

to‘g‘ri tashkil etilishini,tarbiyaviy ishlaming yillik rejasini ishlab chiqarish va uning 

bajarilishi  ustidan  nazorat  o‘rnatish,  ichki  tartib  qoidalariga  rioya  etilishini 

ta'minlash,  o'quvchi  va  xodimlarning  ma'naviy  qiyofasini  shakllantirish,  ularning 

xulq-atvorlari ustidan nazoratni tashkil etish kabi ishlarni olib boradi. 



Xojalik  ishlari  bo‘yicha  direktor  o  ‘rinbosari  ta'lim  muassasasining  xo‘jalik-

moliyaviy  ishlarini  yuritish  ishiga  mas'ul  sanalgan  shaxsdir.  Ushbu  lavozimga 

nomzodni  ta’lim  muassasasi  rahbari  tavsiya  etadi  va  tuman  (shahar)  xalq  ta'limi    

bo‘limi  tasdiqlaydi.  Uning  asosiy  vazifasi  moliyaviy  mablag‘  bilan  o‘quv 

muassasasining ta'minlanishi, qo‘shimcha daromad manbalarini  yaratish borasidagi 

takliflar  bilan  chiqish,  ta'lim  muassasasining  o‘quv  jihozlar  bilan  ta'minlanishi, 

binoning  joriy  hamda  to‘la  ta'mirlanishiga  erishish  kabi  masalalarni  hal  etishdan 

iboratdir. 



Maktab 

direktorining 

funksional 

vazifalari. 

Maktab 


direktori 

ta'lim 


muassasasining  asosiy    maqsadi  bo‘lgan  ta'lim-tarbiya  ishini  tashkil  etish 

rivojlantirishda  o‘ziga  xos  bo‘lgan  axborot-taxlil,  maqsadli-motivlashtirish, 

oldindan  ko‘rish,  rejalashtirish,  tashkiliy    ijrochilik,  nazorat-tashxis  va  tartibga 

solish, muvofiqlashtirish funksiyalarini tizimli va to‘g‘ri amalga oshirishi zarur. 



Axborot- taxlil funksiyasi boshqaruvda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, axborotlarni 

olish  va  taxlil  qilish  nazarda  tutiladi.  Bundan  ko'zlangan  birinchi  maqsad  - 

pedagogik tizimlar to‘g‘risida muntazam ravishda axborotlar to‘plab borish, ularni 

chuqur  o‘rganish  hamda  obyektiv  baholashdan  iborat.  Olingan  xulosalar  asosida 

boshqaruv  faoliyatining  strategiyasi,  rivojlanish  omillarini  aniqlash,  chora-

tadbirlarini belgilash, ularning bajarilishini tashkil etish va nazorat qilib borishni y 

o ‘lga qo'yish lozim. Bunda axborotlar ishonchli, yangi bo‘lishi zarur. 

Maqsadli - motivlashtirish funksiyasi  am alga oshirishda, avvalo, ta'lim muassasasi 

oldiga  qo‘yilgan  maqsad  umumiy  ekanligini  hamda  mavjud  shart  -  sharoitlar  va 

vaziyatlarni  hisobga  olish  zarur.  Shuningdek,  vazifalarni  taqsimlashda 

maqsadlarning birligini saqlash, topshiriqlarning bajaruvchilar tomonidan o ‘z 



vaqtida va samarali bajarilishi uchun maqsadni belgilash jarayoniga ulami ham jalb 

etish, kutilayotgan natija yuzasidan oldindan tushunchaga ega bo‘lish, topshiriqlar 

taxlil qilinib ularning bajarilish muddatini aniq belgilash zarur. Bunda motivlarning 

xususiyatlarini hisobga olish, ya'ni ularning qaysi biri boshqaruv faoliyatini to ‘g‘ri 

yo‘naltirishga, qaysilari samarali harakatlar rejasini tuzishga imkoniyat yaratishini 

bilish o ‘ziga xos ahamiyatga ega. 



Oldindan ko'ra bilish rejalashtirish funksiyasi tashkiliy shakllar, usullar bo‘lib, 

ta'sir  etuvchi  vositalarni  aniqlaydi,nazoratning  me'yori  va  natijalarini  baholashga 

xizmat qiladi.Shuningdek, pedagogik tizim va uning ishtirokchilari faoliyatini 

muvofiqlashtirish,  tartibga  solishga  imkoniyat  yaratadi.  Demak,rahbar  tomonidan 

ta'lim  muassasasining  holatini,  erishgan  natijalarini,  rivojlanish  imkoniyatlari  va 

dinamikasini  aniqlash,  jamoadagi  ruhiy  muhit,  o  ‘zaro  munosabat  va  ehtiyojlarni   

o‘rganish  hamda  barcha  uchun  qulay  bo‘lgan  o‘zaro  ta'sir  jarayonini  vujudga 

keltirish  strategiyasini  belgilash  oldindan  ko‘rish-rejalashtirish  funksiyasining 

asosini tashkil etadi. 

Tashkiliy  -  ijrochilik  funksiyasi    boshqaruv  faoliyatining  barcha  yo‘nalishlarida   

o‘z  ifodasini  topadi.  Bu  funksiyaning  mohiyati  kadrlarni  tanlash,  ulami  joyiga    

qo‘yish,  ijrochilarning  o  ‘zaro  ta'sir  etish  tizimini  shakllantirish,  axborotlar                 

to‘plash  va  ularga  ishlov  berish  bilan  bog‘liq.  Bu  faoliyat  natijasida  ma'lum  bir 

pedagogic  boshqaruvga  xos  tarkibiy  tizim  vujudga  keladi.  Uni  samarali  amalga 

oshirish        o‘zaro  ishonch  va  yordam,  har  kimga  tanlash  huquqini  berish,  faqat 

maqsadni  emas,  balki  unga  erishish  mezonlarini  ham    belgilash,  xodimlarning 

kasbiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini to‘la namoyon etish uchun sharoitlar yaratish, 

tashabbuskorlikni rag'batlantirish va har bir xodimning mehnatini obyektiv baholash 

bilan  bog’  liq  bo‘lib,  jamoada  sog‘lom  ijtimoiy-psixologik  muhitning  vujudga 

kelishida o ‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. 

Nazorat  -  tashxis  funksiyasi.  Nazorat  boshqaruv  jarayonida  amalga  oshiriladigan 

barcha funksiyalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik tizimni boshqarish jarayonida 

ko‘zlangan yo'nalishdan ma'lum bir ma'noda og‘ishlar ham vujudga kelishi mumkin. 

Aynan  shunday vaziyatlarda yo ‘l qo'yilayotgan xatolarning sababini o‘z 

vaqtida aniqlash va tuzatish usullarini belgilashda nazoratning o ‘rni muhim. 

Tartibga solish-muvofiqlashtirish funksiyasi pedagogik tizimning holatini zaruriy, 

belgilangan darajada ushlab turish, uni yangi sifat darajasiga ko‘tarish va pedagogik 

jarayonda  yo‘l    qo‘yilayotgan  xatolarni  tuzatish  hamda  ishtirokchilarning  xatti  -

harakatlarini  tartibga  solish  uchun  xizmat  qiladi.  Mazkur  funksiya  yordamida 

pedagogik tizim subyektlarning faoliyati o‘zaro muvofiqlashtiriladi. O‘z navbatida 

muvofiqlashtirish  pedagogik  tizimnining  harakat  yo‘nalishi  bilan  birga  barcha 

bo‘g‘inlarning  o‘zoro  uyg'unlashuvida  yuqori  darajadagi  tezkorlikni  talab  etadi. 

Maktab  rahbari  boshqaruvda  pedagogik  jamoaning  ilmiy  –pedagogik  faoliyati 



maqsadlarini aniqlaydi va shakllantiradi, rejalashtiradi, rag'batlantirish vositalari va 

usullarini  belgilaydi,  shu  jarayonlarni  nazorat  qilib  boradi.  Jumladan  yosh 

pedagogning o‘zi tanlagan kasbiga mehr qo‘yishi, o'qituvchilik kasbining sirlarini 

mukammal  o‘rganishi  va  unda  o‘z  kelajagiga  nisbatan  ishonch  tuyg'ulari 

rivojlanishida ham maktab direktori katta ta'sir kuchiga ega shaxs hisoblanadi.  

Nazorat uchun savol va topshiriqlar. 

1. Maktab direktori maktabni boshqarishda nimalarni hisobga olishi kerak? 

2. Rahbarning ta'lim muassasasidagi vazifasi nimalardan iborat? 

3.  Maktab direktorining funksional vazifalarini sanab o ‘ting? 

 

Adabiyotlar: 

1.Toxtaxodjayeva  M.,  Nishonova  S.  “Pedagogika”  1-qism.  Toshkent,  Oʻzbekiston 

faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010, 400 b. 

 2.Mirqosimov  M.“Maktabni  boshqarishning  nazariy    va  pedagogik  asoslari”. 

Toshkent:,O’qituvchi nashriyoti, 1995. 

3.  R  .Valijonov,  O.  Qobulov,  A.  Ergashev  “Menejment  asoslari”.  –  .  Toshkent,  Sharq 

nashriyoti,2002.208b 

4.M.Mahkamova va  boshqalar  “Menejment”.–.Toshkent, Sharq nashriyoti,2007.200b  

5N. Yo’ldoshev, V.Nabokov, O.  Aripov,O.  Ahmedov   “  Menejment  nazariyasi”-2016 

436 b 

6.G’.  Nabiyev,  S.B.  G’oyipnazarov,  N.E.Alimxodjayeva    “Menejment  marketing” 

Toshkent 2019   586 b 

7.Mavlonova R., Rahmonqulova N., Matnazarova K., Shirinov M.,Hafizov S.“ Umumiy 

pedagogika” darslik. Toshkent, 2018., 528 b. 



 

Download 304.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling