Mavzu: undalmalar uslubiyati
Download 18.42 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:В1
- Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:В1 ona tili fanining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish.В1+
- IX. O’tilgan mavzuni takrorlash X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni
- XI.Yangi mavzuni mustahkamlash
- ONA TILI VA ADABIYOT FANI O’QITUVCHISI KARIMOVA LOLA ZAYNIDDINOVNANING “ UNDALMALAR USLUBIYATI ” MAVZUSIDA 10 – SINFI UCHUN
Sana ___ ______”_________-yil ONA TILI fani Sinf: 10_______ Mavzu: UNDALMALAR USLUBIYATI O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:В1 mavjud axborot manbalarini (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar (audio-video yozuv) va boshq.) o‘quv maqsadlari doirasida izlab topa olish, saralash, qayta ishlash va foydalana olish, xulosa chiqarish va o‘z faoliyatida qo‘llash; media-madaniyatga rioya qilish;В1+ mavjud axborot manbalarini (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar (audio-video yozuv) va boshq) o‘quv maqsadlari doirasida izlab topa olish, saralash va foydalana olish, xulosa chiqarish, ibrat olish va o‘z faoliyatida qo‘llash; media-madaniyatga rioya qilish; O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:В1 bilimlarini mustaqil ravishda oshirib borish, kundalik faoliyatda til qoidalariga amal qilish hamda nutqiy jarayonda egallagan bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash; shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish.В1+ shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish; o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:В1 ona tili fanining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish.В1+ ona tili fanining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish. I. Darsning maqsadi: a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish. b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish. II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy. III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash. IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar. V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar. VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran. VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa: Darsning texnik chizmasi:
VIII. Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi. 2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. IX. O’tilgan mavzuni takrorlash X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni: Topshiriq. Undalmalarning nechanchi shaxsga qaratilgani, gapning qaysi o‘rinlarida kelishiga e’tibor bering.1. Hurmatli Xolposhsha! Boshingga tushgan tashvishdan, anchagina betob bo‘lib yotganingdan xabarimiz bor. Qayg‘urma. (O‘. Umarbekov) 2. Gapiraver, qizim, qulog‘imiz senda. (O‘. Umarbekov) 3. Ich, jigarim, qo‘rqqansan... (Abdulla Qahhor) 4. Endi, o‘g‘lim, dabdurustdan majlis deding... asli, shu gapni avval o‘zaro jo‘n gaplashib, pishiqtirib olsag-u, keyin majlisga solsang bo‘lar edi. (Abdulla Qahhor)Ma’lumki, undalmalar so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yyookkii pprreeddmmeettnnii bbiillddiirraaddi Masalan, rasmiy uslubda qo‘llangan undalmalarda rasmiylik bo‘yog‘i sezilib turadi: Hurmatli Ahmad Rahmatovich, Sizga shuni ma’lum qilamizki... Undalmalar so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda, asosan, emotsional-ekspressivlik bo‘yog‘iga ega bo‘ladi. Masalan: Odamlar, siz mening hayotim, Har biringiz umrim parchasi. (E. Vohidov) Bo‘tam, orqaga qayt. Manavilarni uyga tashlab, keyin boramiz. (Said Ahmad) Bunday birliklardagi undash ma’nosini yanada kuchaytirish uchun turli undovlar ham birga qo‘llanishi, undalmalar takror holda kelishi mumkin. Masalan: Ey Vatan, bag‘ringda shod Erkin o‘g‘loning bo‘lib Yurm oqni istaydir ko‘ngil. (E. Vohidov) Hoy qizginam-ey, qizginamey. Nimalar qilib qo‘yding, qizginam-ey. (O. Yoqub ov) Sendan farzandingga bog‘ qolsin, ey do‘st, Bog‘ing Vatan degan nom olsin, ey do‘st. (E. Vohidov)Undalmalar gapning ichida yoki oxirida kelganda, emotsionallik bo‘yog‘i ortiqroq bo‘ladi. Masalan: Endi sen chorlasang, toki tanda jon, Labbay deyajakman, Vat an – onajon. (A. Oripov) Oq yo‘l bo‘lsin sizlarga, yosh do‘stlarim. (E. Vohi dov) Qutida, – dedi Zulayho. – Xud-di shunaqa zirak ham bor. Kumush bo‘lsa kerak-a, dada? (O‘. Umar- b ekov) Biz eskichasiga Hanifa deyaveraylik, o‘g‘lim, qishloqchilik emasmi, bilgan undoq deydi, bilmagan mundoq deydi. (Said Ahmad) A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan vaqt so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi ma’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. VAQT, payt, zamon, fursat, mahal, chog‘, kez, kezak, mavrid, palla, muddat, dam, on, lahza. Yuz beradigan voqea-hodisa va narsalarning asrlar, yillar, soatlar, daqiqalar va h.k. bilan o‘lchanadigan davomiyligi. Vaqt so‘zi qolganlaridan keng tushunchaga ega. Payt, zamon, mahal, chog‘, kez, kezak, palla, muddat, dam, on, lahza so‘zlari ma’lum chegaralangan vaqtni bildiradi. Shun ing uchun bu so‘zlar ifodalanayotgan vaqt chegarasini aniql ab ko‘rsatuvchi so‘zlar bilan birga qo‘llanadi: yoz payti, bir zamon, har mahal, shu on, shu chog‘, o‘sha kezda, har lahz a, kuz pallasi kabi. Muddat o‘lchangan, belgilangan vaqtni bildiradi. Zamon biror voqea-hodisa bilan xarakterli bo‘lgan vaqt oralig‘ini ham bildiradi. Lahza, on vaqtning juda qisqa darajasini bildiradi va ko‘proq kitobiy uslubga xos. Fursat, ko‘pincha, ma’lum ish uchun lozim bo‘lgan, shu ishga belgilangan vaqt ma’nosini bildiradi. XI.Yangi mavzuni mustahkamlash: 1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi? 2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
“Tasdiqlayman” Maktab direktori ______ M.A.Baratova TOSHKENT VILOYATI YUQORI CHIRCHIQ TUMANI XALQ TA’LIMI BO’LIMI 20- SONLI UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI ONA TILI VA ADABIYOT FANI O’QITUVCHISI KARIMOVA LOLA ZAYNIDDINOVNANING “UNDALMALAR USLUBIYATI ” MAVZUSIDA 10 – SINFI UCHUN OCHIQ DARS ISHLANMASI O’IBRO’ Ortiqova D.S. Metod birlashma rahbari Xasanova Sh. Download 18.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling