Mavzu: Undosh tovushlar va harflar


Download 267 Kb.
Sana23.05.2020
Hajmi267 Kb.
#109368
Bog'liq
1488898417 65780

MAVZU: Undosh tovushlar va harflar

DARSNING MAQSADI: O’quvchilarning undosh tovushlar va undosh harflar haqidagi bilimlarni aniqlash va mustahkamlash. Undoshlarni so’z tarkibida aniqlay olishga o’rgatish, tabiat ne’matlarining foydasi haqida elementlar tushuncha hosil qilib, ularni asrashga, parvarishlashga odatlantirish.

Darsning turi : mustahkamlovchi dars. Dars metodi: suhbat metodi. Darsning jihozi: predmed rasmlar Darsning borishi:

1.Tovushlar haqiqida suhbat: O’zbek tilida nechta tovush bor? Tovushlar necha turga ajratiladi? Nimasiga qarabunli va undosh tovushlarni farqlaymiz? Undosh tovushlarga qaysi tovushlar kiradi?

2.24-mashq matni doskaga yozib qo’yiladi: YONG”OQ. Kuz kelganda pishaman, Qoqsang, tap-tap tushaman. Yog’li qilib noningni, Tozalayman qoningni.

She’r o’quvchilarga o’qitiladi. Yong’oq so’zidagi undoshlar tagiga chizish topshirig’i beriladi, o’quvchilar mustaqil bajaradilar. Nechta undosh borligi va qaysi undoshlar ishtirok etmayotganligi aniqlatiladiladi (y,n,g’,q,k,z,I,d,p,sh,m,s,t,b,ng-15 xil undosh ishtirok etyapti.9 ta undosh ishtirok etmagan)

Undosh tovushlar qanday aytiladi? Nima uchun? Undosh tovushlar tarkibida nima ishtirok etadi? Savollar yordamida o’quvchilar bilimi mustahkamlanadi.

3.25-mashq asosida rasm diktant o’tkaziladi. “so’z tuz!”o’yini so’zdagi n undoshini, in, bosh yangi so’zlar tuzdiriladi: in,il,ish,it…undoshlar o’zgarsa so’z ma’nosi o’zgaradimi? Yoki yo’qmi? Savoliga o’quvchilardan javob olinadi.

4.26-mashq shartiga ko’ra uyda bajariladi. O’quvchilar undosh tovushlarni aniqlaydilar, ular ichidan harf birikmalarini ajratib tagiga chizadilar (sh,ch,ng,).Harf birikmalariga nechta katakcha ajratilishi (1ta),nima uchun 1ta katakcha (chunki u bitta tovushni ifodalashi) ajratilishini bilib kelish topshirig’ beriladi.

Keyingi darsda kungaboqar so’zining 2ta so’zdan tuzilgani, bu so’zlar qo’shib yozilishi suhbat yo’li bilan amliy aniqlanadi.Nima uchun kungaboqar deb nom olganini topishmoq matnidan aniqlatiladi. Undosh tovushlar yod ayttiriladi.

5.Darsni yakunlashda kesma harflar ichidan undosh tovushini ifodalovchi undosh harflarni ajratib olib ko’rsatish va o’qish topshirig’I beriladi. Undosh tovushlarga qoida chiqariladi:undosh tovushlar og’izda to’siqqa uchraydi,qisqa aytiladi,ovoz va shovqindan hosil bo’ladi.

6.O’quvchilarni rag’batlantirish.


Download 267 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling