Mavzu: uyushgan gapning badiiy matnda qo'llanishi. Reja: kirish


Download 36.13 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi36.13 Kb.
#308701
Uyushiq bolak kurs ishi
Bog'liq
25-мактаб камтаъмин, agrofizika., 8-mavzu. yer soligi, Структура булакчалари механик каттиклиги ва сувга чидамлилигини аниклаш., Структура булакчалари механик каттиклиги ва сувга чидамлилигини аниклаш., Структура булакчалари механик каттиклиги ва сувга чидамлилигини аниклаш., 1., Theme 9, 12.1.DINSHUNOSLIK fanidan тест, maqolalar, JAHON TARIXI YAPONIYA XITOY, JAHON TARIXI YAPONIYA XITOY, kvant sonlar, it works, How Denmark made it to the top in e

MAVZU: UYUSHGAN GAPNING BADIIY MATNDA QO'LLANISHI.
REJA:
1.KIRISH:

1.1. Uyushiq bo'lak haqida.



2. ASOSIY QISM:

2.1.Uyushib kelgan gap bo'laklari haqida.

2.2. Uyushiq bo'laklarda umumlashtiruvchi so'z.

2.3. Uyushgan gap.

2.4.Uyushgan gaplarning badiiy matnda kelishi.

3. XULOSA.
Gapning biror bir bo'lagiga nisbatan ayni bir xil sintaktik munosabatda bo'ladigan birdan ortiq bo'laklar uyushiq bo'laklar deyiladi.Uyushiq bo'laklar ko'pincha bir xil so'z turkumi bilan ifodalanib,bir xil so'roqqa javob bo'ladi.Ular birlashtiruvchi,ajratuvchi,sanash,chog'ishtirish intonatsiyasi bilan,shuningdek, teng bog'lovchilar vositasida bog'lanadi. Uyushiq bo'laklar jins tushunchasiga nisbatan tur tushunchasini ajratib ko'rsatadi: Bog'da olma,o'rik,shaftoli gulladi gapida bog'da gullashi mumkin bo'lgan umuman mevalarning turlari, qismlari sanaladi. Yana misollar keltiradigan bo'lsak, Qizning yuzi,og'zi,ko'zi,qoshi chiroyli edi. Ishkomda husayni,chilgi,qoramag'iz kabi uzumlarning shoxlari yerga egilgan edi.

Turli tushunchalarni anglatuvchi so'zlar bilan ifodalangan bo'laklar bir xil vazifani bajarib,bir xil so'roqqa javob bo'lib kelsa-da,uyushiq bo'lak sanalmaydi: Katta qizil olmalar chiroyli tovlanib turibdi gapida katta va qizil so'zlari uyushiq hisoblanmaydi,chunki katta hajm tushunchasini,qizil rang tushunchasini ifodalaydi.

Takrorlanib kelgan bo'laklar ham uyushiq hisoblanmaydi. Do'stlik kuyin yangratamiz biz yoshlar,biz yoshlar. Bu gapda ham biz yoshlar uyushiq bo'lak emas. Uyushiq bo'laklar yolg'iz so'zlar bilan ifodalanib,yig'iq holda shuningdek,boshqa so'zlar olib so'z birikmalari holida kengayib,yoyiq bo'lib keladi.Kaltakesaklar,kalamushlar, sichqonlar dumlarini likilatib yugurishib yurardilar.Bolalari miz-ko'zimizning nuri,belimizning quvvati.Qiz silliq,tekis, o'rilgan uzun,ko'rkam,ipakday mayin,qo'sh kokilini bir qo'liga olib ko'rdi-da,o'rnidan xursand turdi.

Uyushiq bo'laklarni shakllantiradigan grammatik vositalar ham bir uyushiq bo'lakka yoki uyushiq bo'laklarning eng keyingisiga qo'shiladi.So'nggi grammatik vosita oldingi uyushiq bo'laklar uchun ham umumiy bo'ladi. Atrofdagi yam-yashil paxta dalalari kolxoz bog'lari va ekinzorlarida tinchlik hukm suradi.Oyqiz erining vijdoni,yuragi ,fazilatlari ni- butun ichki dunyosini chuqur bilar edi.

Grammatik vositalar quydagi hollarda har bir uyushiq bo'lakda takrorlanib keladi:

1.Tinglovchining diqqati har bir uyushiq bo'lakka alohida jalb qilinganda: Yo'lchi ham Qora Ahmadning basharasiga, qorniga to'qmoqdey mushtumi bilan to'xtovsiz tushira boshladi.

2. Uyushiq bo'laklar distant holatda bo'lganda: Jonajon Vatanimizning shonli poytaxti Toshkentda,,respublikalar poytaxtlarida,shuningdek Buxoroda,respublikamizning shahar va rayonlarida 9-may bayrami umumxalq tantanasiga aylandi.

3. Uyushiq bo'laklar yuklamalar bilan takrorlanib qo'llanganda: Endi u ust-boshiga ham,minib yurgan otiga ham,ichadigan ovqatiga ham hech qaramas edi. Gapning hamma bo'laklari uyushib keladi:

1. Ega uyushadi: O'zbek xalqi orasidan atoqli olimlar,yo zuvchilar,doktorlar,o'qituvchilar,injenerlar,agronomlar va xalq xo'jaligining boshqa mutaxassislari yetishib chiqdi. 2.Kesim uyushadi: Yodgor ham qul edi,ham oshiq. G'o'za dehqonning ham g'ururi,ham sururi edi.

3. Sifatlovchi aniqlovchilar uyushadi: Xullas,tabiat go'zal,yoqimli,issiq kunlardan xabar berar edi. Kichik va oriq,epchil va g'ayratli bog'bon Murodali qazib qo'ygan chuqurlarga ko'chat o'tqazar edi. Uyushiq sifatlovchi aniqlovchining aniqlanmish bilan bo'lgan munosabatini quydagicha ifodalash mumkin.Sariq,zangori,gunafsha,qizil, ola-bula,oq- gullar.Bunda sariq gullar,oq gullar,zangori gullar,gunafsha gullar,ola-bula gullar tarzida bog'lanadi hamdi so'z birikmasini ham hosil qiladi.

4.Belgili va belgisiz qaratqich aniqlovchilar uyushadi: Dang'illama klub va choyxona binolari shu kunlarda ajoyib bezatilgan. Munisxonning ko'zlarida norozilik,nafrat,g'azab alomatlarini ko'rdi.

Vositali va vositasiz to'ldiruvchilar uyushib keladi. Uyushiq to'ldiruvchilar ko'pincha kelishik va ko'makchilar bilan ( ba'zan belgisiz formada shakllanadi: Saodat yoshĺigidan o'z qishlog'ini, o'z opasini, jonajon singlisini sevadi,meva zor bog'ni,uning har bir tup olmasi,gilosi,gulini,qushlarini, quyosh,oy yulduz va oqim suvlarini jo'shqin yuragidan yaxshi ko'radi.

Hollar uyushib keladi: Nayning mayin ohangi qir,jilg'a va tog'-u toshlarda uzoq-uzoqlarga yangrab tarqalmoqda.Ona bechora hech bir shikoyat qilmay,kun sayin,soat sayin so'lib borardi.

Gapning uyushiq bo'laklari o'zaro intonatsiya va teng bog'lovchilar vositasida bog'lanib keladi.Ifodalagan grammatik munosabatlariga ko'ra teng bog'lovchilar 4 turga bo'linadi:

1.biriktiruv bog'lovchilar: va,ham,hamda,bilan;

2.zidlov bog'lovchilar: lekin,ammo,biroq;

3.ayiruv bog'lovchilar: goh-goh,dam-dam,ba'zan,yo,yoxud, yoki,xali-xali,

4.inkor bog'lovchilar: na...na;

Biriktiruv bog'lovchilar mazmun jihatdan uyg'un,bir xil sintaktik munosabat ifodalovchi uyushiq bo'laklarni bog'lash uchun xizmat qiladi.Biriktiruvchilar ikki uyushiq bo'lak orasida yoki ikkidan ortiq uyushiq bo'laklarning eng keyingisi oldida kelib,keyingi uyushiq bo'lakni oldingilari bilan bog'laydi hamda uyushiq bo'laklarning tugaganini bildiradi: Juda ko'p yigitlar va qizlar parashyut sportiga qiziqib,avtoklublarda sportning shu turi bilan shug'ullan moqdalar.Abdurasul bilan Xolmurodov bir oz kitob varaqladilar.

Biriktiruvchilar uyushiq bo'laklarni juftlab bog'lashi ham mumkin: Erk va muhabbat, Vatan va xalq,do'stlik va sado qat,jang va mehnat,shodlik va baxt, jasorat va g'alaba,o'tmish va kelajak,yoshlik va hayot, tabiat va bahor-hammasi ham uning ijodida o'zining ifodasini topgan.

Va,bilan bog'lovchilari ba'zan qarama-qarshi tushunchalar ni anglatgan bo'laklarni bog'lash uchun ham ishlatiladi.Bi roq bu odatdagi zidlashdan farq qiladi: Navoiyning o'tkir fik ri chigallarni oson hal qilar,chin davo bilan tuhmatni,haqi qat bilan yolg'onni tez ayirar edi.

Zidlovchi bog'lovchilar uyushiq bo'laklar orasidagi zid munosabatni ifodalaydi: Butun kuchimni ikki ko'zimga yig'dim-da,uning bevafo,biroq g'amgin,sho'x lekin,mayus ko'zlariga tikildim.

Ko'pincha biriktiruvchi va zidlovchilar vazifasida u,yu da yuklamalari ham qo'llanadi.Munisxon pastga tushdi-da,An-var bilan vagondan sal nariga borib to'xtadi.

Ayiruv bog'lovchilarda yo,yoki,yoxud uyushiq bo'lak o'rtasi da yakka holda ham,har bir uyushiq bo'lak oldidan takrorlanib ishlatiladi.Bu holda uyushiq bo'lak anglatgan ma'nolarning biri yuzaga chiqishi,ikkinchisini esa istisno qilinishi yuzaga chiqadi.U xatto bir oz pul jamg'arib,kitobni o'qish uchun Tabrizga yoki Tehronga yuborish fikriga ham tushgan edi.

Ba'zan ayiruvchilar bilan bog'langan bo'laklar voqealikning hammasi real ekanligini,yuzaga chiqqanligini,biroq bu yuzaga chiqish birgalikda va bir payt ichida emas,balki turli paytlarda sodir bo'lganligini anglatadi. Shoir el-ulus ishi dan qutulgan damlarda bekor o'tirmas edi: u o'qir,yo yozar,yo xattotlikda mashq qilar,yo musiqada yangi kuylar yaratishga urinar edi.

Dam,goh,goho,ba'zan,bir,hali,ayiruvchilari hamma vaqt uyushiq bo'laklar oldidan takrorlanib keladi,va uyushiq bo'laklarda ifodalangan hodisaning galma-gal yuz berishini ifodalaydi.Konsertga kelgan bugungi yosh tomoshabinlar goh quvontirar,goh hayajonga solar edi. Quyosh dam bulut orasiga kirib,dam sekin yarqirab chaqnar edi.

Inkor bog'lovchisi uyushiq bo'laklar oldida takrorlangan holda qo'llanadi va shu bo'laklar orqali anglashilgan voqealikning bo'lishsizligini anaglatadi. Bu yerda,na g'urbat,na ofat,na g'am. Bunda bor harorat,muhabbat,shafqat...

Bu bog'lovchi bir turdagi uyushiq bo'laklarni guruppalab ham bog'laydi: Anglakim,na dumlar,shoxlar,tumorlar, na chirkin daraxtlar,zaharli morlar,na jodu,na sehr,na xurofot qo'rqitar yuragi otash Hamzani.

2. Uyushiq ega. Gapda ikki va undan ortiq ega bitta yoki bir necha kesim bilan bir xil sintaktik aloqada bo'lsa,bunday egalar uyushgan hisoblanadi.Uyushgan egalar grammatik tomondan o'zaro teng bo'ladi,boshqa bo'laklarni aniqlovchi va kesimni ergashtiradi.Aniqlovchi uyushiq egalarning hamma komponentlariga baravar ergashishi yoki ularning ma'lum komponentlariga ergashib,boshqa komponentlari ga ergashmasligi mumkin.Kesim bo'lsa uyushiq egalarning hamma komponentlariga baravar ergashadi.Uyushiq egalar uyushmagan yakka kesimladan tashqari uyushiq kesimlarni ham ergashtirib kela oladi. Masalan qizning ko'zlarida goh cheksiz quvonch,g'urur,goh g'amginlik allaqanday tashvish akslanar edi. Uyushiq egalar tuzilish jihatdan so'z yoki so'zlar birikmasidan iborat bo'lishi mumkin.Ikkilanib berilgan bu javobdan Homid bilan Rahmat bir-birlariga qarashib oldilar.Takrorlanib kelgan egalar uyushiq ega hisoblanmaydi.Men men bajaraman. Takrorlanib kelgan egalarning bir elementi takrorlangan birikmali uyushiq egalardan farq qilishi lozim: O'z-o'zini tanqid va quyidan bo'ladigan tanqid har taraflama qo'llab quvvatlansin. Uyushiq egalarning kesimlari ba'zan tushib qoladi,grammatik tomondan ifodalanmaydi.Lekin ular gapning umumiy mazmunidan anglashilib turadi: Stol ustida yangi gazeta va jurnallar...Uyushgan egalar bir birlariga bog'lovchisiz,ya'ni biriktiruvchi pauza va sanash intonatsiyasi orqali yoki bog'lovchili biriktiruvchi va boshqa bog'lovchilar yordamida bog'lanishi mumkin.Ba'zan ko'p komponentli uyushiq egalar intonatsiya va bog'lovchilar yordami bilan aralash holda o'zaro teng bog'lanadi.Bunda uyushiq eganing mazmunan o'zaro mustahkam birikkan komponentlar esai intonatsiya yordami bilan bog'lanadi. Farg'onada qurilajak yangi kanallar,suv omborlari,gidro stansiyalar va cho'llarda yashnaydigan o'rmonlar,bog'lar cholni quvontirdi,to'lqinlatdi.

Uyushiq egalar odatda biriktiruvchi va ayiruvchi bog'lovch lar bilan o'zaro bog'lanadi.Uyushiq egalar orasida odatda bir-biriga zid munosabat bo'lmaydi,shu sabab ularning aloqasida,lekin,ammo biroq kabi zidlovchi bog'lovchilar va shu vazifasidagi u,yu yuklamalari,ishlatilmaydi.Zidlovchi bog'lovchilar ko'pincha uyushiq kesimlarda qo'llanadi.

Uyushiq egalar sostavidagi bo'laklar ko'pincha bir xil so'z turkumlari bilan ifodalanadi.Otdan ifodalangan uyushiq egalar egalik va ko'plik qo'shimchalarini qabul qilganda bu qo'shimchalar har bir uyushiq ega komponentlariga yoki uyushiq egalarning oxirgisiga qo'shilib keladi.

Uyushiq egalar ba'zan turli so'z turkumlaridan ham ifodalanib kelishi mumkin. Kengashda- viloyat qo'mitasining raisi a'zolari- Salimxon,Abbosxon,Muxtorxon, Muxtorxo'ja domla va boshqalar bor.

Uyushiq kesimlar.

Grammatik tomondan uyushiq kesimlar o'zaro teng bo'lib,bir egaga yoki uyushgan egaga tobelanadi, va ikkinchi darajali bo'laklarni ham ergashtiradi.Bugungi tilimizda uyishiq kesimlar ifodalanish materialiga ko'ra ikki turga: 1).fe'l uyushiq kesim.2) ot uyushiq kesimga bo'linadi.

Fe'l- uyushiq kesimning fe'l bilan ifodalangan boshqa so'zlar bilan ifodalanganiga qaraganda ancha ko'p uchraydi,sababi fe'lning asosiy sintaktik funksiyasi kesim bo'lib kelishidadir.

Fe'l bilan ifodalangan uyushiq kesimlar shaxs-son,zamon nuqtai nazaridan bir xil bo'lishi bilan birga,ba'zan turli zamon shakli bilan ifodalanadi: Bu gapni bir aytdingiz yana qaytarib gapirmang.Ot uyushiq kesimlar egani biror jihatdan harakterlab beradi,ya'ni eganing kimligi,nimaligi, miqdori va tartibi kabi belgilarni ko'rsatadi.

Ot uyushiq kesimlarda bog'lama ro'lida,asosan,bo'l fe'lining turli shakllari,edi ekan emish kabi to'liqsiz fe'llar,sanaladi, hisoblanadi kabi so'zlar qo'llanadi. Ular bir birlari bilan do'st,hamjihat,ittifoq bo'lishadi.Husayn Bayqaro hazratlari ham shoir,ham ilmparvar emishlar.

Uyushgan aniqlovchilar: Uyushgan aniqlovchining o'zaro bog'lanishi va aniqlanmishga bo'lgan munosabati quyidagicha bo'ladi. Uyushgan aniqlovchi bitta predmetning har xil belgilarini ko'rsatib,bir tomondan aniqlaydi. U sodda,uyatchang,kamtarin yigit edi.

Uyushgan aniqlovchilar bir turdagi predmetlarning farqli belgilarini ifodalaydi. Cho'lning orasida 4 tomoni tog' bilan o'ralgan ko'l bo'lib,uning ichida 4 xil: oq,qizil,ko'k,sariq baliqlar ko'rinib turar edi.

Qaratqichli uyushgan aniqlovchilarda bir yoki bir necha qaralmish bir necha qaratqichli aniqlovchi tomonidan aniqlanadi. Sifatlovchili uyushgan aniqlovchilar,asosan mazmunan bir turdagi sifatlar va sifat funksiyasidagi so'zlar bilan ifodalanadi. To'g'onbek iyagidagi siyrak, dag'al soqolini qashib sukut etdi.

Uyushiq bo'lakli gaplarda umumlashtiruvchi so'z:

Uyushiq bo'lakli gaplarda umumlashtiruvchi so'zlar ham kelishi mumkin.Umumlashtiruvchi so'zlar uyushiq bo'lakning vositasi bilan izohlangan bo'lakning mazmuniga mos holda shakllanadi.Gap hamma biladigan oddiy narsalardan - temiryo'l,bozor,mirshablar,qovoqxona singarilardan boshlandi. Bu chang butun mahallani tomlarni ham,devorlarni ham suvsizlikdan qaqrab qolgan yakkami-dukkami daraxtlarni bir turdagi jonsiz,oqish rangga bo'yardi.Umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'laklar dan oldin keladi,bu holda u doim izohni talab qiladi,ya'ni umumlashtiruvchi so'z sanaluvchi bo'laklar tomonidan izohlanadi.Masalan: Xolmurodning do'stlari: Ergash,Jo'ra va Omontoy ham birin-ketin otpuskadan qaytishdi.

Umumlashtiruvchi so'zlar uyushiq bo'laklardan keyin keladi.Bunda ular uyushiq bo'lakning ma'nolarini va vazifalarini yig'ib,jamlab,izohlab beradi.Bunday umumlash tiruvchi so'zlar uyushiq bo'laklarning ma'no va vazifalarini yig'uvchi yoki yakunlovchi umumlashtiruvchi bo'lak hisoblanadi. Anorxon,Ergash,Sodiq- uchovi uch tomonga-traktorchilar-universalchilar tomonga jo'nadi.

Umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'laklardan keyin kelganda,umumlashtiruvchi so'zdan oldin,ba'zan xullas, qisqasi kabi so'zlar kelishi mumkin.

Uyushgan gapning badiiy matnda qo'llanishi quyidagicha:

1.Otam rais,onam brigadir bo'lgan edi. 2.Do'kondorlar ning ba'zilari kitob o'qib,ba'zilari tasbeh o'girib,ba'zilari esnab o'tirishar edi.3. Uning qo'llari ishda,ko'zi shudgorda ammo xayoli Zebixonda edi. 4.Chakkasi qizarib,ko'zi tirishib ketdi.

5. U baroqqosh,ko'zi chaqchaygan,afti ishshaygan. 6.Jamshid tez,Isroil sekin yozar edi. 7.Kun qaytgan, bahor kunlarining uchdan ikki qismi o'tgan edi. 8. Erta yog'ib o'tgan yomg'ir,chang va g'uborni yuvib ketgan,daraxtlarning yaproqlari tiniq va toza edi. 9. Paxta dalalarida endi salqin kuchaygan,tungi yellar esar...edi. 10. Siddiqjon o'ziga bundoq savol bermas va bundoq savol xayoliga ham kelmas edi. 11.Sayyora birinchi,ukam ikkinchi ekan. 12.Ahmad tikuvchi,Salim bog'da qorovul emishmi? 13.Alpomishu,Rustamlar sizga yor, Ravshan bek va Avazxonlar madadkor bo'lsin. 14. Doklad ishning borishi,munozara esa butunlay boshqa masala edi. 15.Yaxshi topib,yomon qopib so'zlar. 16.Onasi o'qisin,opa si ishlasin dedi.17. Savr oyining bulutlari havoda o'kirib,sellar quyub o'tdi. 18. Jamshid bittalab, Jahongir juftlab sanay boshladi.

XULOSA. Xulosa qilib aytganda, Uyushgan gapni hosil qilishda,uyushtiruvchi qism juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'lum bo'ldiki, uyushgan gap qo'shma gap tarkibida bo'ladi.Uyushgan gap esa,o'zbek tilida sodda va qo'shma gaplar orasidagi alohida sintaktik qurilmadir. Sodda va qo'shma gapni aniqlash usuli gapdagi kesimning nechta ekanligiga bog'liqligidir. Eganing bor yo'qligi ahamiyatsizdir. Uyushgan gapni aniqlashda esa bosh omil 2 ta:

1. Bitta shakllangan kesimning mavjudligi;

2.birdan ortiq uyushgan eganing mavjudligi;



Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Hozirgi o'zbek adabiy tili 2.(1966).

2.Hozirgi o'zbek adabiy tili Sayfullayeva Mengliyev,Boqiyev.

3.Hozirgi o'zbek adabiy tili.Sintaksis.( 2-jild.Toshkent.1966-yil).

4.Hozirgi o'zbek adabiy tili.Sintaksis Abdurahmonov,Sulaymonov.

5.Dunyoning ishlari. O'tkir Hoshimov.

6.Saodat asri qissalari.

7.O'tkan kunlar.Abdulla Qodiriy.



8.Va boshqa badiiy asarlardan foydalanildi.


Download 36.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling