Internetning WWW xizmati, asosan, web-sayt yoki web-sahifalarga bog‘liq ekan, “Web-sahifalar qanday tayyorlanadi?” deb savol berishingiz tabiiy. Web-sahifalar maxsus dasturlar asosida tayyorlanadi. Masalan, Microsoft FrontPage, Macromedia HomeSite, Macromedia Dreamweaver kabi muharrirlar, PHP, ASP, JavaScript kabi server skriptlari (ssenariylar tili), XML, HTML va boshqalar. Bu dasturularning barchasi HTML (Hypertext Markup Language – Gipermatnli markerlash tili) tiliga asoslanadi. HTML dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (web-sahifa) tayyorlash uchun Windowsning Bloknot kabi oddiy matn muharriri yetarli.
HTML tilining buyruqlari “<” va “>” belgilari orasiga yoziladi va
deskriptor (ing. tavsiflovchi) yoki
teg (ing. tag – yorliq, belgi, alomat) deb ataladi. Masalan, <
HTML> yozuvi HTML tilidagi hujjatning boshlanishini anglatadi. Teglarni lotin alifbosi
harflari yordamida yoziladi, bunda yuqori yoki quyi registrdan foydalanishning farqi yo`q, ya’ni
va bir xil tegdir. Umuman, teglar ikki turga bo’linadi:
Juft teglar (yoki konteyner-teglar): tegi uchun tegi mavjud bo‘lib, birinchisi biror amal boshlanishini bildirsa, ikkinchisi shu amal yakunlanganini bildiradi.
Juftmas teglar: ko‘rinishdagi teg ochiladi, yopilishi shart emas, masalan, o’zidan keyingi matnni yangi satrga o’tkazuvchi
tegi kabi.
HTML-hujjat – “
html” yoki “
htm” kengaytmali matnli fayl bo‘lib, u oddiy matn muharririda teglar qo‘llab yozilgan matn. HTML-hujjat va teglari orasida yozilgan bo‘ladi.
HTML-hujjat xotiraga yuklansa, u ekranda web-brauzer yordamida web-sahifa ko‘rinishida aks etadi.
HTML-hujjat, odatda, ikkita bo‘limdan iborat bo‘ladi. Birinchisi
HEAD (ing. bosh qism yoki sarlavha) bo‘limi bo‘lib u va teglari orasida joylashadi.
Ikkinchi BODY (tana) bo‘limi hujjatni mazmuni aks etadi va u va juft teglarini
yozish tavsiya etiladi, lekin majburiy emas.
Eng sodda web-sahifa faqat matndan iborat bo‘ladi. Biz ham web-sahifa tayyorlashni matn joylashtirishdan boshlaymiz. Buning uchun Windowsning Bloknot matn muharririni ishga tushiramiz (boshqa matn muharriridan foydalansa ham bo‘ladi). Web-sahifa, odatda, matnlar kabi sarlavhadan boshlanadi. Bu