Mavzu: XVII xviii asrlarda xalqaro munosabatlar va diplomatiya


Download 1.16 Mb.
Sana26.11.2020
Hajmi1.16 Mb.
#152658
Bog'liq
Yangi davr ppt


Mavzu: XVII - XVIII asrlarda xalqaro munosabatlar va diplomatiya.

Reja:


1. Yangi davrda xalqaro munosabatlar va diplomatiyaning tavsifi.

2.O‘ttiz yillik urush. Vestfaliya sulxi.

3.Yevropada Fransiyaning tashqi siyosiy ustivorligi.

4.Shimoliy urush.

5.Avstriya - Prussiya raqobati.

6.Xalqaro munosabatlar tizimida “sharqiy” va “polyak” masalalari (XVIII

asrning 60 - 90 yillari).

7.AQSH ning tashkil topishi va xalqaro munosabatlar.

8.Mustamlakachilik siyosati.

XVII asrning xususiyati uning ilk yangi davrning qoq markazida bo‘lganligidadir. Ushbu asrdagi xalqaro siyosatning mazmuni va tamoyillarini xosil qilgan davlatlararo ziddiyatlar, bir tomondan, XVI asrning merosiga tayanardi, ikkinchi tomondan - ushbu siyosatning kelgusi asrdagi rivojlanishini, ma’lum darajada, belgilab berardi.


Ushbu davrda

diplomatiyaning tutgan o‘rni yanada axamiyatli bo‘lib bordi, diplomatik xizmatning oyoqqa

turishi va takomillashishi ro‘y bermoqda edi. Fransuz tili diplomatik aloqalarning rasmiy

tiliga aylandi. XVII asrda paydo bo‘lgan dastlabki gazeta va jurnallardan siyosiy va diniy

kurashda, demak xalqaro munosabatlarda xam, keng foydalanildi. Bundan tashqari, diniy

omilning xalqaro munosabatlar xolatiga ta’sir ko‘rsatishi davom etardi. XVII asrning

o‘rtalarigacha davlatlararo ittifoqlarning shakllanishi va harbiy to‘qnashuvlarning yuzaga

kelishi asosan diniy tamoyillar negizida ro‘y berardi. Ko‘p xollarda xristian dinidagi turli

konfessiyalarning (yo‘nalishlarning, oqimlarning) vakillari prinsipial raqiblar sifatida

namoyon bo‘lardi.

Tashqi siyosatning asosiy ko‘rinishlaridan biri - bu davlatlar tomonidan olib boriladigan

urushlar edi. Xalqaro nizolarni keltirib chiqaradigan sabablar orasida chegara mojarolari,

sulolaviy da’volar, savdo molnopoliyasi uchun kurash va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.

Uzoqqa cho‘ziladigan tavsifga ega bo‘lgan harbiy operatsiyalarning ko‘lami kengayib bordi.

Bu esa asosan yollanma askarlardan iborat doimiy armiyalarning mavjud bo‘lishini talab

qilardi.

O‘ttiz yillik urush (1618 – 1648 yy.) XVII asrdagi xalqaro xayotning eng yirik voqeasi

bo‘ldi. Bu urush umumYevropa miqyosdagi birinchi urush edi. Uning girdobiga ko‘plab

mamlakatlar tortilib ketdi.

O‘ttiz yillik urushning boshlanishidan oldin Germaniyada ichki kurash avj oldi.


1608 - 1609 yillarda bu yerda nemis knyazlarining, konfessional (diniy) negizdagi, ikki harbiy-siyosiy ittifoqi yuzaga keldi - Evangeliya uniyasi (Injilchilar ittifoqi) va Katolik ligasi. Ikkala ittifoq xam xorijiy davlatlarning ko‘magini oldi.

1648 yilning 24 oktyabrida Myunster va Osnabryukda imzolangan tinchlik shartnomalari nafaqat ushbu o‘ttiz yillikga, balki reformatsion kuchlari va ularning raqiblari o‘rtasidagi qarama - qarshiligi davriga yakun yasadi. Vestfaliya sulxida Yevropada xududiy o‘zgarishlar masalalari xal etilgandi. Bundan tashqari, Germaniya imperiyasining siyosiy tuzilishi, uning xududlaridagi din masalasi, Gollandiya va Shveysariyaning mustaqilligini xalqaro huquq tomonidan tasdiqlanishi xam sulxida o‘z aksini topdi. Tinchlik Yevropa .davlatlari tartibiga va Germaniyadagi vaziyatga sezilarli o‘zgarishlarni kiritgan majburiy yon berishlar natijasida tuzildi


XVII asrning o‘rtalari xalqaro va diplomatik munosabatlarda yangi davrni ochib berdi.

Xukmdorlarning sulolaviy manfaatlari, o‘zining davlatiga Yangi yerlarni qo‘shib olishga

intilish XVII asrning ikkinchi yarmi - XVIII asrda xalqaro munosabatlarga katta ta’sir

ko‘rsatishni davom etardi. Shu bilan bir qatorda yangi omil kuchayib bordi - dengiz orti

mustamlakalari va dengiz yullarini egallash uchun kurash; Yevropada va undan tashqarida

xom ashyo va mol chiqarib sotish bozorlari orqasidan raqobat.


XVII asrning ikkinchi yarmi - XVIII asrning boshida G‘arbiy Yevropada Fransiya etakchilik qilardi. Yevropaning xalqaro xayotidagi yangi vaziyat Lyudovik XIV xukmronligining boshlanishiga to‘g‘ri keldi. Fransiya tomonidan Yevropada ustivorlikka intilishi bir qator urushlarni keltirib chiqardi-ki, ularda Yevropaning ko‘plab davlatlari qatnashdi. Ular turli, lekin albatta Fransiyaga qarshi koalitsiyalarga (ittifoqlarga) birlashishdi. Fransiyaning Yevropada tashqi siyosiy ustivorligining o‘rnatilishiga qator qulay sharoitlar yordam berdi. Angliyada Styuartlarning tiklanishidan so‘ng (1660 y.) Karl II va Yakov II muxolifat bilan kurashish uchun xorijdan, birinchi galda Lyudovik XIVdan, yordam izlashni boshladilar. Fransiya ingliz qirollariga doimiy tarzda pul subsidiyalarini berardi. Shunday “moliyaviy diplomatiya” orqali Lyudovik XIV Angliyani qit’adagi faol siyosatdan 30 yilga (1688 yildagi davlat to‘ntarilishigacha) chetlatib qo‘ydi.

XVIII asrning oxirgi o‘n yilligida xalqaro munosabatlar maydonida Fransuz

  • inqilobining boshlanishi bilan bog‘liq umumiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Fransiyaga qarshi
  • kurash Yevropa davlatlari orasida yirik qayta guruxlanishni keltirib chiqardi. Ular Fransiyaga
  • qarshi ittifoqlar tuzishni boshlashdi. 1792 yildan (ushbu yilda Fransiyaga qarshi birinchi
  • koalitsiya tuzildi) xalqaro munosabatlarda yangi davr - inqilobiy va Napoleon urushlari davri
  • - boshlandi.
  • XVII - XVIII asrlar xalqaro munosabatlarning muhim yo‘sini sifatida mustamlakachilik
  • masalasi gavdalandi. “Eski” mustamlakachi davlatlari xisoblanmish Ispaniya va Portugaliyaga
  • qarshi Angliya va Gollandiya kabi “yosh” davlatlar chiqishdi, Fransiya xam savdo-
  • mustamlakachilik raqobatida faol qatnashdi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling