1-MAVZU: «MARKETING” FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA VAZIFALARI Reja Reja - Marketing faning predmeti, mazmuni va vazifalari.
- Marketingni vujudga kelishi.
- Marketing tushunchasi.
- Marketingning ayrim muammolari va ularni hal qilish yo’llari
1. Marketing faning predmeti, mazmuni va vazifalari Marketing ("marketing") - (ingliz tilidan market - bozor va ing qo’shimchasi - harakat, faoliyat ma’nosini anglatadi) "bozor bilan bog’liq faoliyat" ma’nosida tarjima qilinadi. Marketing - ayirboshlash yo’li bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga yo’naltirilgan inson faoliyatining turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o’zaro manfaatlariga asoslangan harakatlarini, talabni shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir. Marketing - bu tovar harakatining barcha bosqichlarini o’z ichiga oluvchi, talab va taklifni o’rganish, mahsulot ishlab chiqarish dasturini yaratish, sotish va iste’mol qilish bilan bog’liq bo’lgan turli xildagi xizmatlar ko’rsatish va iste’moldan chiqqandan keyin utilizasiyalashni tashkil qilish kabi bozor muammolarini yechishda yaxlit-tizimli (kompleks-sistemali) yondashishdir. Marketing XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida xaridor talabini qondirishga mo’ljallangan, korxonalarning ishlab chiqarish-sotish, savdo faoliyatlarini tashkil qilish va boshqarish tizimi sifatida paydo bo’lgan. Marketing XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida xaridor talabini qondirishga mo’ljallangan, korxonalarning ishlab chiqarish-sotish, savdo faoliyatlarini tashkil qilish va boshqarish tizimi sifatida paydo bo’lgan. Marketingli qarorlar qabul qilish korxonalardan bozorga mumkin qadar moslashishni va davlat iqtisodiy siyosatiga to’liq javob berish bilan birga, ishlab chiqarishning samaradorligi va foydaliligini oshirish, mehnat natijalaridan moddiy manfaatdorlikni oshirishga asoslangan, o’zining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishni har vaqt talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |