Mavzu: Yaxlit pedagogik jarayoni. Reja. Yaxlit pedagogik jarayoni tushunchasi vauning tuzulishi


Download 109 Kb.
bet1/4
Sana01.01.2023
Hajmi109 Kb.
#1074444
  1   2   3   4
Bog'liq
1-Amaliy.Nazariy malumot


Mavzu:Yaxlit pedagogik jarayoni.


Reja.
1.Yaxlit pedagogik jarayoni tushunchasi vauning tuzulishi.
2.Pedagogik jarayon qonuniyatlari va tamoyillari.
3. Pedagogik jarayonda tarbiyaning mohiyat va maqsadi.
4.Yaxlit pedagogik jarayon tushunchasi va uning tuzilishi
Pedagoglik kasbining paydo bo‘lishiga e’tibor qaratilsa, shu narsa ko‘rinadiki, dastlab uning doirasida differensiallashuv va integratsiyalashuv jarayoni chegaralangan bo‘lsa, keyinchalik ochiqchasiga ta’lim va tarbiya qarama-qarshi qo‘yila boshladi: o‘qituvchi o‘qitadi, tarbiyachi esa tarbiyalaydi. Lekin XIX asrga kelib, taraqqiyparvar pedagoglarning ishlarida argumentlarni asoslashda ob’ektiv nuqtai nazardan ta’lim va tarbiyaga bir butun, yaxlit hodisa sifatida qarala boshladi. I.F. Gerbartning fikricha, tarbiyasiz ta’limda vosita bor, lekin maqsad yo‘q, ta’limsiz esa maqsad bor, vosita yetishmaydi.
Nemis pedagogi A. Disterveg, ta’limni tarbiyaning bir qismi sifatida qaraydi: “Ta’lim prinsiplari bor ekan, hamisha tarbiya prinsiplari ham bo‘ladi, yoki aksincha”.
Pedagogik jarayonning yagonaligi g‘oyasi K.D ushinskiy g‘oyalarida chuqur ifodalangan. U pedagogik jarayonni maktab faoliyatining ma’muriy, o‘quv va tarbiya elementlarini bir butun tizim sifatida tushundi. K. D. Ushinskiyning taraqiyparvar g‘oYalari uning izdoshlari: N.F. Bunakov, P.F. Lesgaft, K.B Elniskiy, V.P Baxterov va boshqalarning ishlarida o‘z aksini topgan.
Pedagogik jarayon muammosi bilan P.F. Kapterev alohida shug‘ullandi. U pedagogik jarayonlarning ko‘ptomonlama ham ichki, ham tashqi jihatlarini tahlil qiladi va quyidagi xulosalarga keldi: “Ta’lim, o‘qitish, o‘rgatish, tarbiya, pand-nasihat, o‘git va boshqa bir qator so‘zlar turli xususiyat, jihatlar, vosita va vaziyatlarni ifodalaydi, lekin ularning hammasi yagona pedagogik jarayondir.
N.K.KrupskaYa, A.P.Pinkvich, S.T.Shaskiy, P.P.Blonskiy, A.S.Makarenko, M.M.rubinshteyn Yagona pedagogik jarayonning taraqqiyotiga katta hissa qo‘shishdi.
XX asrning 70-yillarida Yu.K.Babanskiy, B.S.Ilin, V.M.Korotov, B.V.Kraevskiy, B.T.Lixachev, YU.P. Sokolnikov va boshqalar Yagona pedagogik jarayonga ilmiy qiziqish bilan qarashdi.
Birinchi prezidentimiz I.Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’lim-tarbiya xususida quyidagi fikrlarni keltirib o’tgan: “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”1. Darhaqiqat ta’lim va tarbiyani yaxlit pedagogik jarayon sifatida qarash sharqda ustivorlik kasb etib kelgan, buni biz o’rta asrlar mutafakkirlari asarlarida ham, jadid ma’rifatparvarlari qarashlarida ham ko’rishimiz mumkin.
Pedagogik jarayonning mohiyat tizimli metodologik yondashuv asosidagina zamonaviy mualliflar tomonidan ochib berildi. U pedagogik ob’ektlarni tizimlar sifatida qarashni taklif etadi, aynan: tarkibiy qismlarining tuzilishini, ular orasidagi o‘zaro aloqadorlikni aniqlash kabilarni o‘zida jamlaydi.

Download 109 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling