Mavzu: Yiringli yallig’lanish kasalliklarida hamshiralik ishi. Reja
Download 19.52 Kb.
|
Yiringli yallig’lanish kasalliklarida hamshiralik ishi
Mavzu: Yiringli yallig’lanish kasalliklarida hamshiralik ishi. Reja: Xirurgik infeksiya haqida tushuncha. Xirurgik infeksiyani tasniflash. O'tkir xirurgik infeksiyalar. Xirurgik infeksiya haqida tushuncha «Xirurgik infeksiya» (shu jumladan, jarohat infeksiyasi) tushunchasi kasal qo'zg'atuvchi aerob va anaerob infeksiyaning spesifik hanida nospesifik turlari keltirib chiqaradigan xirurgik kasalliklarni o'z ichiga oladi. Bu kasalliklarga odatda, jarrohlik yo'li bilan kompleks davo qilinadi. Organizmning fiziologik funksiyasiga, tashqi ta'sirga immunobiologik javob berish qobiliyatiga va qarshilik ko'rsatishiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi tashqi muhitning turli-tuman omillari yoki kuchli qo'zg'atuvchilar xirurgik infeksiyaning ko'payishiga imkoniyat yaratadi. Kasallikning avj olishida kasallik tug'diradigan mikroblar katta rol o'ynaydi. Xirurgik infeksiyani qo'zg'ovchi mikroblar atrof-muhitda ham, inson badani sirtida ham, shuningdek, nafas olish yo'llari va ichaklar bo'shlig'ining shilliq pardasida ham mavjud. Ular organizmga kirish darvozasi deb ataluvchi teri va shilliq pardalarning shikastlanishi tufayli yoki nafas olish, me'daichak va tanosil yo'llari orqali tushadi. Organizmga tushgan mikroorganizmlar miqdori qanchalik ko'p, ular qanchalik virulentli va organizmning tashqi ta'sirga qarshilik ko'rsatishi nechog'lik zaif bo'lsa, xirurgik infeksiyaning rivojlanish ehtimoli shunchalik ko'p bo'ladi. Yiringli yallig'lanish kasalliklari va jarohat infeksiyasi necha-necha asrlardan buyon umumiy jarrohlikning asosiy muammolaridan biri bo'lib keldi va shunday bo'libqolmoqda. Muammoningmuhimligi faqat yiringli kasalliklar bo'yicha yaratilgan asosiy qo'llanmalardagina (V.F.VoynoYaseneskiy, 1956; V.I.Struchkov va boshqa hammualliflar, 1984) emas, balki yiringli jarrohlikning alohida mustaqil bo'lim qilib ajratilishi (shu jumladan, xirurgik klinikalarda maxsus bo'limlarning tashkil etilishi) bilan ham ta'kidlanadi. Shuni ham unutmashk kerakki, xirurgik infeksiya keng tarqalgan bo'lib, u xirurgik kasalliklar umumiy miqdorining 1/3 dan ko'prog'ini tashkil etadi.Aholining moddiy farovonligi va sanitariya-gigiyena darajasi yaxshilanganligi, Ikkinchi jahon urushidan so'ng (1946-1955-y.) yiringli kasalliklarni davolashda antibiotiklarning keng qo'llanishi xirurgik infeksiyaning ko'payishi darajasini sezilarli ravishda kamaytirishga imkon yaratdi. Chamasi, muammo deyarli hal qilingandek edi. Ammo keyingi yillardagi kuzatuvlar shuni ko'rsatdiki, antibiotiklarni asoslanmagan holda keng qo'llash, shuningdek, qishloq xo'jaligini kimyolashtirish sababli mikroblar reaktivligining o'zgarishi antibiotiklarning foydaliekanligiga bo'lgan ishonchni oqlamadi. Kasallik qo'zg'atuvchi infeksiya yangi, noqulay sharoitlarga moslashib, antibiotiklarga qarshi rezistentlikni anchagina tez vujudga keltirdi. Antibiotiklarga chidamli yangi mikroblar shtammlari paydo bo'ldi. Natijada jarrohlik yo'li bilan davolashni talab qiluvchi yiringli yallig'lanish kasalliklari ko'payganligi qaytadan e'tiborni o'ziga jalb qildi. Shu sababli hozirgi kunda ham xuddi ilgarilari bo'lganidek, xirurgik infeksiya klinikada eng muhim muammolardan biri hisoblanadi.Keyingi o'n yilliklarda asosiy e'tibor organizmning himoya kuchlarini faollashtirish va kuchaytirishga qaratilgan tadbirlarga bcrilyapti. Hozirgi vaqtda tibbiyotning yangi sohasi - xirurgik infeksiyaning oldini olish va uni davolashda muhim rol o'ynayotgan klinik immunologiya taraqqiy etmoqda. Qorin va ko'krak bo'shliqlari a'zolari, tomirlar operatsiya qilinganda, shuningdek, a'zolar ko'chirib o'tkazilganda paydo bo'ladigan jarohat asoratlari (xuddi boshqa ko'pdan-ko'p yiringli yallig'lanish kasalliklari kabi) bemor hayotiga to'g'ridan-to'g'ri xavf soladi. Xuddi mana shu o'rinda organizmning immun sistemasi holatini tadqiq qilish kasallikning oldini olish muhim rol o'ynaydi. Organizmning immunologik parametrlarini boshqarish murakkab jarayon bo'lib, u maxsus bilimni talab qiladi. Immunologik himoya omillarini fagotsitoz, komplement gavda tuzilish va lizotsim, antitoksik antitanalar titri, T-va Vlimfotsitlarning populyatsiyasi va subpopulyatsiyasi tashkil etadi. Eng yaxshi natija beradigan bir-biriga mos kelgan donor-resipiyentni tanlash va boshqalarni aniqlash juda muhim hisoblanadi, buning uchun esa hozirgi zamon klinikalarida mutaxassis-immunologlarning yordamiga tayaniladi.Immunologik faollik bemorda o'tkir yoki surunkali xirurgik infeksiya holati yuz bergan hollarda odatda past bo'ladi. Shuning uchun operatsiyadan oldin va jarrohlik yo'li bilan davolayotganda yiringli asoratlar darajasini kamaytirishga yordam beradigan giperimmun plazma, gammaglobulin, pentoksil, prodigiozan va boshqa preparatlarni qo'yish bilan immunobiologik faollikni oshirish maqsadga muvofiqdir. Tlimfotsitlari yetishmaganda (V-limfotsitlari kam darajada bo'lganda) qo'yilgan leykotsit massasi ijobiy natija ko'rsatgan; immunomodulyatorlar-levamizol (dekaris) va timus preparatlari (Taktivin, timalin, timozin va karis) va timu preparatlari (t-aktivin, timalin, timozin va b.) aniq rag'batlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Download 19.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling