Mavzu: Yoqilg'ilarni yonishdan oldin quritilishi reja


Download 77.5 Kb.
Sana13.11.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1769918
Bog'liq
marjan 1


MAVZU: Yoqilg'ilarni yonishdan oldin quritilishi

REJA:

1. Energetik yoqilg’i.Yoqilg’i turlari
2. Yoqilg’ining namliligi va kuli
3.Yoqilg'ining yonish issiqligi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil-7


fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar Strategiyasi”da iqtisodiyotda energiya hamda resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish masalalari ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.Respublikamiz taraqiyo'tida energetika etakchi o'rinda turadi.
Shuningdek, sanoatning, xalq xo'jaligining boshqa sohalari rivojlanishi va jamiyat taraqqiyoti darajasi energetikaga, ayniqsa issiqlik energetikasi darajasiga bog'liqdir.Ma'lumki mustaqillik yillarida respublikamizga neft, tabiiy gazni qazib olish va qayta ishlash, mazut ishlab chiqarish ancha ortdi.O'zbekiston yoqilg'i – energetika kompleksiga asoslangan yirik issiqlik elektr stansiyalari ishlab turibdi.Masalan, Sirdaryo IES, yangi Angren IES, Navoiy IESi shular jumlasidandir.Bundan tashqari Markaziy Osiyo eng yirik energetik inshoatlaridan biri 800 Mvt blokli 3200 Mvt quvvatga ega bo'lgan Tallimarjon IESining qurilishi davom etmoqda. Hozirda bug' – gazli qurilmalarning ishlatilishi va elektr energiyasini hosil qilishning yangi usullaridan foydalanishda juda yuqori samara bermoqda
Asosiy tarkibiy qismi ugleroddan iborat bo'lgan yonuvchan moddaga YOQILG'I deyiladi.Yoqilg'i agregat holatiga ko'ra - qattiq, suyuq, va gazsimon bo'ladi.Hosil bo'lishiga ko'ra - tabiiy va sun'iy yoqilg'ilarga bo'linadi. Tabiiy yoqilg'ilar sifatida kondan olinadigan (antrasit, tosh va ko'ng'ir) ko'mirlar, neft, gaz, yonuvchi slaneslar, torf, o'tin, o'simlik chiqindilaridan ko'proq foydalaniladi, Sun'iy yoqilg'iga esa domna pechlarining kokslari, motor yonilg'ilari, koks, generator gazlari va boshqalar kiradi.Yoqilg'i - organik modda bo'lib, kislorod bilan birikish natijasida katta issiqlik ajratib chiqaradi.
Yoqilg'idan energetikada foydalanish uchun, u arzon va maqsadga muvofiq bo'lishi kerak.Hozirgi vaqtda asosiy yoqilg'ilar neft, tabiiy gaz va ko'mirdir. Dunyo bo'yicha ishlab chiqariladigan energiyaning 47% neft, 30% ko'mir va 17% gazdan olinadi. Energiyaning qolgan 6% esa energiya manbalarining boshqa turlaridan (boshqa yoqilg'ilar, gidro- va atom elektr stansiyalarida olingan energiya, quyosh, shamol, dengiz suvining ko'tarilishi (pasayishi) va boshqa energiya hosil qiluvchi manbalardan) hosil qilinadi.Qattiq va suyuq yoqilg'ining asosiy kimyoviy tarkibiy qismlari: uglerod С, vodorod Н kislorod O, kam miqdorda azot N va S oltingugurtdir. Bularning hammasi organik massa tarkibiga kiruvchi moddalardir. Bundan tashqari bu massaga suv Н2O /W/ va nihoyat yonish jarayonidan keyin qoladigan noorganik qoldiq - kul A kiradi. Namlik va kul yokilg'ining texnik tavsifi deb ataladi.Amaliy hisoblarda, yoqilg'ilar har-xil massalar orqali ifodalanadi: ishchi, quruq yonuvchi va analitik massalar. Agar ishchi massadan namlik va mineral moddalarni olib tashlasak, u holda quruq va yonuvchi massalar hosil bo'ladi. Bu massalarga kiruvchi elementlar miqdori foiz hisobida 100% ga teng va quyidagi tenglamalar shaklida yoziladi:
Ci+ Hi+ Oi+ Si+ Ni+ Wi+ Ai= 100%;
Cq+ Hq+ Oq+ Sq+ Nq+ Aq= 100%;
Cyo+ Hyo + Oyo + Syo + Nyo = 100%

Tabiiy gazning asosan 86-95% metan СН4 dan tarkib topgan. Tarkibida ancha (9 - 4%) og'ir uglevodorodlar СmНn (etan, propan, butan va boshqalar), azot N2 (5 - 1%) va karbonat angidrid (ular umuman foydasiz, lekin zarari ham yo'q), suv bug'lari, geliy va boshqa inert gazlarning qo'shimchalari bo'ladi.Tabiiy gazning energetik qiymati uning tarkibidagi uglevodorodlarning miqdori bilan aniqlanadi va uning foiz tarkibi quyidagiga teng bo'ladi:


Yoqilg'ilarning uchuvchan moddalari
Agar ko'mir moddasiga havosiz idishda termik ishlov berilsa, bu moddada har-xil gaz va bug'larning ajralib chiqishi bilan kuzatiluvchi murakkab o'zgarishlar yuz beradi. Uchuvchan moddalarga vodorod Н, har-xil СmНn tipidagi uglevodorodlar, uglerod oksidlari SO va SO2, suv Н2O, yog'li va qatronli (smolali) moddalarning bug'lari kiradi.Bu uchuvchan moddalarning chiqishi birinchidan, ko'mir moddasining ichki tuzilishi haqida tasavvur bersa, ikkinchidan, yoqilg'i yonishida katta rol uynaydi.
Shuning uchun ham uchuvchan moddalarning chiqishi, yoqilg'ining asosiy ko'rsatkichlaridan biri deb hisoblanadi. Termik parchalanish va engil moddalarning yoqilg'idan chiqarib tashlagandan keyin qolgan koks qoldig'i, asosan ugleroddan (97%) tashkil topgan bo'ladi. Koks qoldig'i yopishgan, quyma holatda yoki alohida-alohida bo'laklardan tashkil topgan bo'lishi mumkin.
Uchuvchan moddalarning chiqishi va qattiq yokilg'ilarning qoldiq (koks) tavsifi Uchuvchan moddalar qanchalik ko'p chiqsa, ko'mir shunchalik tez yonadi. Agar antrasitni yonishi uni barabanli tegirmonda maydalashni va yondiruvchi belbog'li qurilmalarni talab etsa, qo'ng'ir ko'mirni shaxtali tegirmonlarda yirikroq maydalab yoqish mumkin.
Yopishqoqlik xususiyati ham termik ishlov berish natijasida paydo bo'ladi. Erigan, yumshoq holatdagi ko'mir qismi, erimagan ko'mir qismini o'ziga biriktirib, evtektik massani tashkil etadi. Haroratni yanada oshirilishi natijasida bu massa qota boshlaydi va yopishgan, quyma va kukun qoldiqlarini hosil qiladi. Qoldiqning mustaqkamligi eruvchan va erimaydigan ko'mir komponentlarining nisbatiga, ya'ni uning kimyoviy tarkibiy qismiga bog'liq bo'ladi.Shunday qilib, uchuvchan moddalarning chiqishi va yopishuvchanligi, yoqilg'ining zarur tavsiflaridan biri bo'lib, uning kimyoviy tarkibiy tuzilishini bildiradi.Shartli yoqilg'i yonish issiqligi - qattiq, suyuq yoki gazsimon yoqilg'i to'la yonganda ajraladigan issiqlik miqdorini bildiradi. Yonish issiqligining quyi, yuqori va hajmiy xillari bor. Quyi yonish issiqligi yuqori yonish issiqligidan yoqilg'i yonganda hosil bo'ladigan suv hamda undagi namn bug'latish uchun sarflanadigan issiqlik miqdoriga kichik bo'ladi.
Yuqori yonish issiqligi - yonish jarayonida hosil bo'luvchi suv va yoqilg'i namligini bug'lantirish uchun sarf bo'lgan issiqlik miqdorini o'z ichiga olgan bo'lib, past yonish issiqligida bu issiqlik miqdori hisobga olinmaydi.Xullas, yuqori yonish issiqligidan pastki yonish issiqligini ayirsa, yoqilg'idan ajralgan namlikni bug'lantirishga sarflangan taxminiy issiqlik miqdori kelib chiqadi.Shartli yoqilg'i - turli organik yoqilg'ilarni taqqoslash uchun ishlatiladigan tushuncha. Shartli yoqilg'ining yonish issiqligi 29,3∙103 kJ/kg (7000 kkal/kg) ga teng deb qabul qilingan.Shartli yoqilg'i bilan tabiiy yoqilg'i orasidagi nisbat quyidagicha ifodalanadi
Yoqilg’ining namliligi va kuli
Issiqlik ajratish xususiyati turlicha bo‘lgan yoqilg‘ilarni taqqoslash uchun «shartli yoqilg‘i» tushunchasidan foydalaniladi. Yonish issiqligi 29300 kJ/kg yoki -30000 kJ/kg bo‘lgan yoqilg‘i shartli yoqilg‘i deyiladi. Berilgan yoqil-g‘ini shartli yoqilg‘iga aylantirib hisoblashda va aksincha shartli yoqilg‘ini berilgan yoqilg‘iga aylantirib hisoblashda yoqilg‘i ekvivalenti deyiladigan kattalikdan foydalaniladi.Namlik bir necha xil turlarga bo'linadi: adsorbsion, kolloid, kristallogidrat va mexanik namliklar. Adsorbsion namlik - ko'mir sirtidagi atom kuchlarining tengsizligi hisobiga ushlanib turiladi. Adsorbsiya hodisasida ko'mir ichidagi zarrachaga ta'sir qiluvchi kuchlar muvozanatda bo'lib, tashqi qatlamda esa faqatgina ichkarigi tekislik bo'yicha yo'nalgan kuchlar muvozanatda bo'ladilar.Havo harorati qancha yuqori va namligi qancha kam bo'lsa, ko'mir yuzasida shunchalik kam namlik ushlanadi. Xona haroratida yoqilg'ini mutloq quruq holgacha quritish mumkin emas. Yoqilg'ida havodagi suv bug'larining parsial bosimiga va uning haroratiga mos keluvchi ma'lum miqdorda namlik qolaveradi.Havoda quritilgan yoqilgini "quruq - havoli" namligini adsorbsion yoki gigroskopik namlik deb ataladi. Gigroskopik namlik uning fizik tarkibiy qismini namoyon kiladi, shuning uchun u asosiy tavsifdir. Kolloid namlik deganda, kolloid tarkibiy qismiga kiruvchi namlik tushuniladi. Kolloidli namlik, yangi ko'mirlarda ko'proq, eski ko'mirlarda kamroq. bo'ladi.Kristallizasion namlik kristallogidratlar tarkibiga kiradi. Ko'pchilik yoqilg'ilarda bu namlik kam bo'lgani uchun, faqat ko'p kulli yoqilg'i - slaneslarda hisobga olinadi.
Kul yoqilg'ining yonishi natijasida hosil bo'ladigan mineral qoldiqdan iborat. Kul hosil bo'lishining asosi mineral aralashmalarning mavjudligidir. Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi kulni farq qiladilar. Birlamchi kul yoqilg'ini hosil qiluvchi moddalar tarkibidagi mineral aralashmalardan hosil bo'ladi; ikkilamchi kul yoqilg'ining hosil bo'lish jarayonida unga kirib qolgan mineral aralashmalardan va uchlamchi kul esa - qazib olish paytida qo'shilgan aralashmalardan hosil bo'ladi. Bunday aralashmalarga sulfatlar, karbonlar, silikatlar, fosfatlar, xloridlar, piritlar va boshqa birikmalar kiradi. Kul tarkibiga AI2O2 , SaO, Na2O , K2O , SiO2 , FeO va boshqalar kabi oksidlar kiradi.Qattiq yoqilg'ilardagi mineral aralashmalarning miqdori keng chegaralarda o'zgaradi: o'tinda 1–2 % , yonuvchi slaneslarda 70 % gacha, ko'mirda 10–40 %, suyuq yoqilg'ida 1 % gacha.Yoqilg'ining kulliligini oldindan quritilgan namunani laboratoriya sharoitida yoqib, keyin hosil bo'lgan qoldiqni platina idish, ya'ni tigelda 500 0 C (mazut uchun) yoki 850 0 C (qattiq yoqilg'i uchun) haroratda o'zgarmas massa holatigacha qizdirib aniqlanadi.
Yonmaydigan qoldiq og'irligini o'lchash berilgan yoqilg'idagi kul miqdorini aniqlash imkonini beradi.Yoqilg'ining yonishi jarayonida mineral aralashmalar qattiq holatdan suyuq holatga o'tishi mumkin; bu paytda minerallar eritmasi hosil bo'ladi, uni toshqol (shlak) deb ataladi. Kulning eruvchanligi uning muhim ko'rsatkichi hisoblanadi. Kulning eruvchanligini laboratoriya sharoitida aniqlash uchun sinaladigan kulning maydalangan namunasidan standart o'lchamlarda shakllantirilgan kichik piramidalarni elektr pechida yarim tiklanuvchan muhitda (SO-60%, SO2 - 40%) qizdiriladi. Piramidalar bukila boshlagan yoki uning uchi dumaloqlasha boshlangan harorat kulning deformasiyalanishi harorati t1 deyiladi. Piramidalarning uchi uning asosigacha egilib tushadigan harorat kulning yumshash harorati t2 deyiladi. Kul piramidasi erib oqa boshlagan harorat t3 deb belgilanadi .
Kulning eruvchanlik ko'rsatkichi bo'yicha qattiq yoqilg'ilar quyidagi guruhlarga bo'linadi: yengil eriydigan kulli (t3 1350 0 C), o'rta eriydigan kulli (t3 =1350-1450 0C), qiyin eriydigan kulli (t3  1450 0C). Yoqilg'i tarkibida kulning ko'p bo'lishi yoqilg'idan foydalanuvchi qurilmalarning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini pasaytiradi, chunki toshqol va kulni chiqarib tashlash xarajatlari va shuningdek, toshqol va kul bilan issiqlik yo'qotishlari ortadi.Qattiq yoqilg'i namligini ichki va va tashqi turlarga bo'lish qabul qilingan.Yoqilg'ini tashish va saqlash paytida uning sirtini namlaydigan, ayniqsa, torf va ko'ng'ir ko'mirlarda juda rivojlangan kapillyar va kovakchalarga singib kiradigan atmosfera havosining namligi, yer yuzi va zamin suvlari tashqi namlikni shakllantiradi. Bo'lakchalarning o'lchami kamayishi bilan yoqilg'ining solishtirma yuzasi keskin ortadi, bu tashqi namlikning ko'payishiga sabab bo'ladi. Yoqilg'ining tashqi namligi quritish yo'li bilan undan chiqarilishi mumkin.Ichki namlik kolloid va gidrat (kristallgidrat) namlikdan iborat. Kolloid namlik yoqilg'ining butun massasi bo'ylab bir tekisda taqsimlangan bo'lib, uning miqdori yoqilg'ining kimyoviy tuzilishi (tabiati) va tarkibiga bog'liq. Yoqilg'ining geologik yoshi ortishi bilan undagi kolloid namlikning miqdori sezilarli darajada kamayib boradi. Gidrat namlik yoqilg'i mineral qismining kimyoviy birikmalari (asosan kalsiy sulfati) tarkibiga kiradi. Yoqilg'idagi gidrat namlikning miqdori unchalik ko'p emas, ammo uni chiqarish uchun yoqilg'ini juda yuqori haroratlargacha qizdirish talab qilinadi.Ochiq havoda saqlanganda juda nam yoqilg'i o'zidan namlikni yo'qotadi, quruq yoqilg'i esa havodan namlikni yutadi; bu yutilish yoqilg'i sirtidagi to'yingan suv bug'ining bosimi nam havodagi bug'ning parsial bosimi bilan tenglashguncha davom etadi. Tabiiy sharoitlarda qaror topgan namlikga ega bo'lgan yoqilg'i quruq deb ataladi.

Yoqilg'ining yonish issiqligi


Yoqilg'i massa (hajm) birligining to'la yonishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori (MJ/kg yoki MJ/m3) yoqilg'ining yonish issiqligi deyiladi. Yoqilg'i yonganda issiqlik uning yonuvchi massasining komponentlari oksidlanishning ekzotermik reaksiyasi natijasida ajralib chiqadi.Yonish issiqligi yoqilg'ining ishchi, analitik, quruq, yonuvchi yoki organik massasiga nisbatan olinishi mumkin va tegishlicha Qi ,Qa ,Qq ,Qyo va Qo bilan belgilanadi. Texnik hisoblarda yonish issiqligining yoqilg'i ishchi massasiga nisbatan olingan qiymatidan foydalaniladi.Qattiq va suyuq yoqilg'ilarda yonuvchi elementlar juda murakkab va kimyoviy tuzilishga ega va ularning barcha turlarini hisobga olish amalda mumkin. emas. Shuning uchun bu yoqilg'ilarning yonish issiqligini aniq hisoblab bo'lmaydi, uni tajriba yo'li bilan kalorimetrik usulda aniqlash mumkin. Buning uchun maxsus idishda (kalorimetrik bomba) ichida kislorod atmosferasida ma'lum miqdordagi yoqilg'i yoqiladi va suv kalorimetri yordamida ajralib chiqqan issiqlik miqdori aniqlanadi. Shu asosda yoqilg'ining yonish issiqligi hisoblab topiladi.Yoqilg'ining to'la yonishi natijasida ajralib chiqqan issiqlik miqdori yonish mahsulotlarida namlik qanday agregat holatda-bug'simon yoki suyuq-ekanligiga bog'liq bo'ladi. Agar yonish mahsulotlarida suv bug'lari kondensasiyalanib, suyuq faza hosil qilsa, (gazlar harorti suv bug'ining shudringlanish nuqtasidan past) , u holda bu issiqlik yuqori yonish issiqligi Qyu deyiladi. Agar suv bug'i kondensasiyalanmasa, u holda bu issiqlik quyi yonish issiqligi Qq deb ataladi. Quyi va yuqori yonish issiqliklari orasidagi farq yonish mahsulotlaridagi suv bug'larining kondensasiyalanish issiqligiga teng bo'ladi,bunda: GH2O – bir kilogramm yoqilg'ining yonish mahsulotlari tarkibidagi namlik massasi, kg; qb - bug'lanish (kondensasiyalanish) issiqligi, 2,51 MJ/kg ga teng
Qozon o'txonasida qattiq yoqilg‘ini yo'qish
Qattiq yoqilg‘ilar jumlasiga yog‘och, torf, yonuvchan slanetslar va qazib olinadigan ko‘mirlar kiradi. Har qanday qattiq yoqilg‘ining boshlang‘ich materiali yog‘ochdir. Qazib olinadigan qattiq yoqilg‘i yonuvchan massasining tarkibi uning paydo bo‘lish sharoitlariga va geologik yoshiga bog‘liq. Geologik yoshining ortib borishi tartibida qattiq yoqilg‘ini shunday joylashtirish mumkin: yog‘och, torf, yonuvchan slanetslar, qo‘ng‘ir ko‘mir, toshko‘mir, antratsit.Torf suv ostida havosiz sharoitda botqoqlik o‘simliklaridan hosil bo‘ladi. U yer sirtidan unchalik chuqur bo‘lmagan joyda qalinligi 10 gacha qatlamlar hosil qiladi.Yonuvchan slanetslar oson o‘t oladi va uzun tutaydigan alanga hosil qilib yonadi. Ular quruq haydalganda koks, smola va qo‘shimcha mahsulotlarga parchalanadi. Yonuvchan slanetslar qimmatli mahalliy yoqilg‘i va kimyoviy hom ashyo hisoblanadi. Tabiiy qattiq yoqilg‘ining asosiy turi qazib olinadigan ko‘mirlardir. Ular uzoq toshko‘mir davrida daraxt va o‘simliklardan hosil bo‘ladi. Qazib olinadigan ko‘mirlar geologik yoshiga ko‘ra qo‘ng‘ir ko‘mir, toshko‘mir va antratsementga bo‘linadi. O‘zbekistonda ko‘mirni sanoat usulida qazib olish 1930 yillar oxiridan boshlangan. Toshkent viloyatida (Angren) qo‘ng‘ir ko‘mir, Surxondaryo viloyatida SHarg‘un, Boysuntog‘ toshko‘mir konlari bor. Mamlakatimiz xalq xo‘jaligida har yili 8 – 9 mln t ko‘mir iste’mol qilinadi.7. Qozon o'txonasida suyuq va gaz yoqilg’larining yo'qishSuyuq yoqilg‘i. Tabiiy suyuq yoqilg‘i neftdir. Lekin, u odatda tabiiy holda yoqilg‘i sifatida ishlatilmaydi. Suyuq yoqilg‘i asosan neftni 300 – 370 0 Ctemperaturaga qizdirishdan hosil bo‘lgan bug‘ni har xil fraktsiyalarga ajratish va ularni kondensatsiyalash yo‘li bilan olinadi. Karbyuratorli dvigatellar uchun benzin, ligroin, kerosin; dizel dvigatellari uchun gazoylp va solyar moyi; reaktiv dvigatellar uchun kerosin – gazoilli fraktsiyalar olinadi. Qozon agregati va sanoat pechlari o‘txonalarida asosan mazut ishlatiladi. Mazutning asosiy tavsiflaridan biri uning qovushoqligidir. O‘txonalarda asosan M40, M100 va M200 markali mazut ishlatiladi. Mazut markasi uning 353 K temperaturadagi qovushoqligi orqali aniqlanadi. Mazut tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab: kam oltingugurtli (0,5 % gacha), oltingugurtli (2 % gacha) va ko‘p oltingugurtli (3,5 – 4,3 % ) mazutlarga ajratiladi.O‘zbekistonda dastlabki Neft koni 1904 yilda ochilgan (Farg‘ona vodiysidagi Chimyon Neft konida 278 m chuqurlikdan kuniga 130 t Neft olingan). O‘sha yili Vannovskda (hozirgi Oltiariq) neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi.O‘zbekiston Neft sanoatining paydo bo‘lishi shu sanadan boshlanadi. Bugungi kunda Respublika Neft sanoati xalq xo‘jaligining neftga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish imkoniyatlariga ega.Gaz yoqilg‘isi. Tabiiy gaz yer kurrasining juda ko‘p joylarida uchraydi. U faqat maxsus gaz quduqlaridangina emas, balki Neft qazib chiqarishda qo‘shimcha mahsulot sifatida ham olinadi. Neft bilan birga chiqadigan tabiiy gaz yo‘lakay gaz deyiladi.
Tabiiy gazning asosiy tarkibiy qismini metan СN4 (98% gacha) tashkil etadi. Bundan tashqari uning tarkibida etan С2H6, propan С3H8, butan С4H10, etilen С2H4 va propilen С3H8 bo‘ladi. O2 va N2 lar odatda oz miqdorni tashkil etadi. Gaz sanoati – yoqilg‘i – energetika majmuasining eng rivojlangan tarmog‘i. Uning Respublikada qazib olinayotgan yoqilg‘i balansidagi hissasi 87,2 % ni tashkil etadi. 1955 yilda Jarqoq, 1956 yilda Gazli Neft konlarining ochilishi natijasida gaz sanoatining moddiy bazasi yaratildi. 1995 yili Respublika gaz sanoatida 48,6mlrd m3 tabiiy gaz, 7600,6 ming tonna Neft va gaz kondensati olishga erishildi, 3053, 7 ming tonna ko‘mir qazib olindi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



1.Алимов Х.А.,МингазовР.Ф.,Ахмедов К.Х.Иссиқлик станцияларинингқозон қурилмалари.-Тошкент: Янги нашр.2012 й.192б.
2. Mingazov R.F., X.A. Alimov.Issiqlik elektrostansiyalarning qozon qurilmalari –Toshkent DTU. 2011 yil.194 b.
3. Mingazov R.F., Saidaxmedov S.S ”IESning issiqlik stansiyalarida issiqlik energetika qurilmalarini ishlatilish va ta’mirlash”, Voris, Toshkent - 2007 yil.
4.Алимбоев А.У.,Шаисламов А.Ш.,Тешабаев Н.Т.Ёқилғи ва ёниш асослари.Ўқув қўлланма.-Тошкент:ТошДТУ.2002 й.
5. Rahimjonov R.T. Yoqilg'i va yonish asoslari. -Toshkent, 2002
6. Yusupaliev R.M. IESlarda suv tozalash. –Toshkent, TDTU, 2003.
http://hozir.org
Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling