Mavzu: yorug'likning qutblanish hodisasini o'rganish
Download 82.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Fizika 4- labaratoriya elekrtonni
180-19 guruh talabasi Mamatov Bobur 4- labaratoriya ishi MAVZU:YORUG'LIKNING QUTBLANISH HODISASINI O'RGANISH Savollar 1. Tabiiy, yassi, elliptik va doiraviy qutblangan yorug‘lik to‘lqinlariga ta'rif bering. 2. Qutblangan yorug‘lik olishning qanday uslublari bor? 3. Ikki muhit chegarasiga tushayotgan nurning qanday tushish burchagida singan nur to‘la qutblangan bo‘ladi?
4. Nima uchun yorug‘lik nuri anizotrop muhitdan o‘tayotib oddiy va g‘ayrioddiy nurlarga ajraladi? 5. Oddiy va g‘ayrioddiy nurlar qanday xususiyatlarga ega?
Javoblar 1)Elektromagnit yorug‘lik to‘lqinida elektr va magnit vektorlari tartibli ravishda tebransa bunday to‘lqinga qutblangan to‘lqin deyiladi. Agar berilgan nuqtadan elektromagnit to‘lqini o‘tayotganda elektr maydon kuchlanganligi ma'lum yo‘nalishdagi tekislikda tebranayotgan bo‘lsa, bunday to‘lqinni yassi yoki chiziqli qutblangan deyiladi. Agar berilgan nuqtadan elektromagnit to‘lqin o‘tayotganda, uning elktr maydon kuchlanganligi E modul jihatdan o‘zgarmas bo‘lib, tarqalish o‘qi yo‘nalishi atrofida doira bo‘ylab aylansa bunday to‘lqinga doiraviy qutblangan to‘lqin deyiladi 3)Tabiiy yorug’lik nuri ikki dielektrikni ajratib turuvchi chegaraga tushayotgan bo’lsin ). U qisman qaytadi (1 nur) va qisman sinadi (1 nur). Tajribalarda 1 va 1 nurlar o’zaro perpendikulyar bo’lgan holda qaytuvchi nur tula qutblangan bo’lib, uning tebranishlari tushish tekisligiga perpendikulyar bo’lgan tekislikda sodir bo’ladi (rasmda bu tebranishlar nuqtalar yordamida tasvirlangan). 4)Tekshirishlarning ko’rsatishicha, oddiy va gayrioddiy nurlar yassi qutblangan ekan. Lekin ularning tebranishlari o’zaro perpendikulyar tekisliklarda sodir bo’ladi. Bundan tashkari, island shpatining oddiy nur uchun sindirish ko’rsatkichi 1,658 ga, gayrioddiy nur uchun esa sindirish ko’rsatkichining qiymati nurning yo’nalishiga bog’liq bo’lib, kristallning optik o’qi yo’nalishida 1, 658 ga, kristallning optik ukiga perpendikulyar yo’nalishda 1,486 ga tengligi aniqlandi. E’tibor bersangiz, nurning yo’nalishi kristallning opti ukiga nisbatan aniqlanyapdi. 5)Island shpati bilan o’tkazilgan tajribalarning ko’rsatishicha, faqat kristallning optik ukiga parallel ravishda yorug’lik tushgan takdirda nurning ikkiga ajralib sinishi ko’zatilmas ekan, xolos. Boshqa barcha yo’nalishlarda nur ikkiga ajralib sinadi. Bu holda kristallning optik o’qi O1O2 va tushuvchi nur o’zaro parallel bo’lmaganligi uchun nur kristallda ikkiga ajraladi. Snellius qonuniga buysunuvchi oddiy nur o’z yo’nalishini o’zgartirmaydi. Gayrioddiy nur esa uzining «gayrioddiy» xususiyatini namoyish qilib, normal yo’nalishdan ogadi. Shuni aloxida qayd kilmoq lozimki, bu nurning «gayrioddiy» ligi kristallga kirish va chikishda hamda kristall ichida namoyon bo’ladi. Kristalddan chikkandan sung bu nur «g’ayrioddiy» ligini yo’qotib, huddi oddiy nur kabi yassi qutblangan nur bo’lib koladi. Ammo bu nurning tebranish tekisligi oddiy nurning tebranish tekisligiga perpendikulyar. Tekshirishlarning ko’rsatishicha, oddiy nur E vektorining tebranishlari kristall bosh tekisligiga perpendikulyar yo’nalishda, gayrioddiy nurniki esa kristall bosh tekisligida sodir bo’ladi. Download 82.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling