Mavzu: Yurak, qon aylanishi. Limfa tizimi


Download 14.81 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi14.81 Kb.
#1445277
Bog'liq
maruza 4


– Mavzu: Yurak, qon aylanishi. Limfa tizimi

R e j a:
Yurakning tuzilishi va ishi.


Qon tomirlari.
Qon aylanish tizimi.
Limfa tizimi.

Tayanch so’zlar: yurak, endokard, miokard, perikard, epikard, ikki tavaqali klapan, uch tavaqali klapan, yarimoysimon klapan, sistola, diastola, arteriya, vena, kapillyar, limfa tomirlari


Qon aylanish sistemasiga yurak, arteriya, kapillyarlar, vena va limfa tomirlari kiradi. Yurak va tomirlar odam organizmida qonning to’xtovsiz harakatlanishini ta’minlaydi.


Yurakning tuzilishi va ishi. Yurak konus shaklidagi kovak a’zo bo’lib, ko’krak qafasida joylashgan. Uning 2/3 qismi tananing o’rta chizig’idan chapda, 1/3 qismi shu chiziqning o’ng tomonida joylashgan. Yurakning og’irligi taxminan 220-300 gr. Chaqaloq bolaning yuragi nisbatan katta va og’irligi 20-25 g bo’ladi. 1,5-2 yoshgacha bo’lgan bolalarda ko’ndalang va birmuncha baland joylashgan bo’ladi. 2 yoshdan keyin yurak qiyshiq holatga o’ta boshlaydi. Emadigan va go’dak bolalarda yurak oval yoki sharsimon shaklda bo’lishi mumkin. 6 yoshdan keyin yurak kattalarnikidek konus shakliga kiradi. Yurakning qon tomirlar chiqadigan qismi yurak tubi(asosi), torayib ketgan qismi yurakning uchi deyiladi.
Yurak devori uch qatlamdan iborat: 1-ichki qatlam – endokard, 2- o’rta mushak qatlami – miokard, 3-tashqi qatlam - epikard. Epikard yurakka yopishib turadi. Yurak tashqi tomondan yurak yoni xaltasi- Perikard bilan o’ralgan. Perikard bilan epikard o’rtasida yoriqsimon bo’shliq bo’lib, unda bir oz seroz suyuqlik bo’ladi. Bu suyuqlik ikki qavatni bir-biriga ishqalanishdan saqlaydi. Odam yuragi to’rt kamerali bo’lib, o’ng va chap bo’lma bilan o’ng va chap qorinchadan iborat. Yurak uzunasiga tushgan to’siq yordamida ikkiga bo’linadi. Shu sababli o’ng va chap yurak bir-biri bilan aloqada bo’lmaydi. O’ng bo’lma o’ng qorincha bilan, chap bo’lma chap qorincha bilan atrioventrikulyar teshik yordamida qo’shilgan. Har qaysi teshik fibroz xalqa bilan o’ralgan bo’lib, bu halqalardan bo’lma va qorinchalar o’rtasidagi klapanlarning tavaqalari boshlanadi. O’ng bo’lma bilan o’ng qorincha o’rtasida uch tavaqali klapan, chap bo’lma bilan chap qorincha o’rtasida ikki tavaqali (mitral) klapan joylashgan. Tavaqalarning bo’sh tomonlarida pay ipchalari bo’lib, ular qorinchalardagi so’rg’ichsimon mushaklarga birikadi. Tavaqalardagi klapanlar qorinchalardagi qonni qaytadan bo’lmalarga o’tkazmaydi. Tavaqali klapanlardan tashqari aorta va o’pka o’zagining boshlanish joyida yarim oysimon klapanlar bor. Ular cho’ntak shaklida bo’ladi. Bu klapanlar tomirlarga chiqqan qonni yurakka qaytishiga to’sqinlik qiladi. Yurakning o’ng bo’lmasiga yuqorigi va pastki kovak venalar quyiladi. O’ng qorinchadan o’pka arteriyasi boshlanadi. Yurakning chap bo’lmasiga to’rtta o’pka venasi quyiladi. Chap qorinchadan aorta boshlanadi.
Yurakning ishi. Yurakning bo’lma va qorinchalari ritmik qiqarib va bo’shashib turadi. Yurakning ritmik ketma-ket qisqarib turishi yurak sikli deyiladi. Yurakning qisqarishi – sistola, bo’shashishi diastola deb ataladi. Tinch turganda yurak bir daqiqada 70-75 marta uradi. Yurakning sikli 3 ta fazadan iborat: 1- fazada ikki bo’lma birdan qisqaradi va bo’lmalardagi qon qorinchalarga o’tadi. Bunga 0,1 soniya vaqt ketadi. 2- fazada ikki qorincha birdan qisqaradi va qorinchalardagi qon aorta va o’pka arteriyasiga o’tadi. Bunga 0,3 soniya vaqt ketadi. 3-fazada bo’lma va qorinchalar bo’shashib, yurak dam oladi (pauza). Bu faza 0,3-0,4 soniya davom etadi. Pauza vaqtida bo’lma va qisman qorinchalarga qon o’tadi. Yurak ishining bir sikli 0,8 soniya davom etadi. Yurak ishlab turganda o’ziga xos tovushlar-tonlar hosil bo’ladi. Ularni stetoskop yoki fonendoskop yordamida eshitish mumkin. Yurak tonlari ikki xil: 1-ton qorinchalar qisqarganda hosil bo’ladigan sistolik ton, bu ton bo’g’iq va cho’ziq bo’lib, tavaqali klapanlarning berkilishi, pay iplarining titrashi va qorincha mushaklarining qisqarishidan hosil bo’ladi. 2-ton qorinchalar bo’shashganda sodir bo’ladigan diastolik ton, bu ton qisqa, tiniq va ingichka bo’ladi va yarim oysimon klapanlarning berkilishidan kelib chiqadi. Yurakning ritmli ishlashida yurakning o’tkazuvchi sistemasi katta rol o’ynaydi. Yurak ishini boshqaradigan markaz uzunchoq miyada joylashgan.
Yurak ko’krak qafasida to’sh suyagining orqasida, ikkala o’pkaning o’rtasida joylashgan bo’lib, uning ko’proq qismi ko’krak bo’shlig’ining chap tomonida turadi. Yurak devori uch qavatdan: ichki – endokard, o’rta – mushak ya’ni miokard va tashqi – perikarddan iborat. Tashqi pardasi – perikard ikki qavat bo’lib, ichki qavati yurak muskuliga yog’pishib turadi, u epikard deb ataladi. Tashqi qavati xalta sifatida yurakni o’rab turadi. Ikkala qavat o’rtasidagi bo’shliqda suyuqlik bo’lib, yurakni qisqaish va kengayish harakatlariga qulaylik tudiradi.
Yurak to’rt kameradan tashkil topgan o’ng va chap bo’lmacha, o’ng va chap qorincha. Bo’lmachalarning devori yupqaroq, qorinchalar, ayniqsa chap qorinchaning devori qalin bo’ladi, chunki chap qorincha aorta qon tomiriga yuqori bosim bilan qon haydab, katta qon aylanish doirasi orqali tananing
hamma organ va to’qimalarini arteriya qoni bilan ta’minlaydi. Yurakda to’rtta klapan bo’lib, chap bo’lmacha bilan chap qorincha o’rtasida ikki tavaqali klapan, o’ng bo’lmacha bilan o’ng qorincha o’rtasida uch tavaqali klapan, chap qorincha bilan aorta qon tomiri o’rtasida hamda o’ng qorincha bilan o’pka arteriyasi o’rtasida yarimoysimon klapanlar joylashgan. Yurakni klapanlari shunday tuzilganki, ular orqali qon faqat bir tomonga harakatlanadi, ya’ni qon bo’lmachalardan qorinchalarga, ulardan esa aorta va o’pka arteriyasi tomon harakatlanadi.
Yurak orqali bir daqiqada 5 litr qon o’tadi, lekin bu qondan o’z ehtiyoji uchun foydalanmaydi. Yurak muskullari ikkita maxsus tojsimon arteriya orqali qon bilan ta’minlanadi.
Yurakning asosiy ishi nasos singari vena qon tomirlaridagi qonni so’rib, arteriya qon tomirlariga o’tkazishdan iborat. Yurakning bu ishi uning bo’lmacha va qorinchalari devoridagi muskullarning ritmik ravishda qisqarishi va kengayishi orqali amalga oshadi. Bo’lmacha va qorinchalar muskullarining qisqarishi sistola, kengayishi diastola deb ataladi. Yurakning bo’lmacha va qorinchalarining bir marta qisqarib – bo’shashishi yurakning bir ish sikli deb ataladi. Katta odam tinch holatida yuragi bir daqiqada 70-72 marta qisqaradi va kengayadi, uning har bir qisqarib-kengayishidan bitta puls hosil bo’ladi. Uning ana shu har bir ish sikliga 0,8 soniya sarflanadi.
Download 14.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling