Mavzu yuzasidan nazorat savollari: Ilk buddizm ta'limoti nimalardan iborat? 2


Download 10.74 Kb.
Sana28.09.2020
Hajmi10.74 Kb.
#131666
Bog'liq
Dinshunoslik 4-mavzu savollarga javoblar


Mavzu yuzasidan nazorat savollari:

1. Ilk buddizm ta'limoti nimalardan iborat?

2. Buddizm amaliyotida meditatsiya qanday o‘rin tutadi ?

3. Xinayana va Maxayana orasidagi asosiy farqlar nimalardan

iborat?


4. Buddizm o‘zga ssivilizatsiyalar ichiga qanday kirib borgan?

5. Markaziy Osiyoda buddizm tarixini o‘rganishning qanday ilmiy

muammolari bor?



Javoblar:

1. buddaviylik ta'limoti asosan uch qismdan iborat: 1. Meditasiya; 2. Axloq; 3. Donolik.

1. Meditasiya:

1) To‘g‘ri tushunish;

2) To‘g‘ri niyat qilish;

3) To‘g‘ri o‘zini tutish;

4) To‘g‘ri anglash;

5) To‘g‘ri harakat qilish;

6) To‘g‘ri muomalada bo‘lish;

7) To‘g‘ri fikr yuritish;

8) To‘g‘ri gapirish;
2. Axloq normalari - Budda «Pancha SHila» nasihati:

1) Qotillikdan saqlanish;

2) O‘g‘rilikdan saqlanish;

3) Gumrohlikdan saqlanish;

4) YOlg‘on, qalbaki narsalardan saqlanish;

5) Mast qiluvchi narsalardan saqlanish;

6) Tushdan keyin ovqatlanishdan saqlanish;

7) O‘yin - kulgudan saqlanish;

8) Zebu-ziynat, atir-upalardan saqlanish;
3. Donishmandlik - bu buddaviylikning asosiy maqsadi bo‘lib, narsalar tabiatini to‘g‘ri tushunish.
2. Meditasiya:

1) To‘g‘ri tushunish;

2) To‘g‘ri niyat qilish;

3) To‘g‘ri o‘zini tutish;

4) To‘g‘ri anglash;

5) To‘g‘ri harakat qilish;

6) To‘g‘ri muomalada bo‘lish;

7) To‘g‘ri fikr yuritish;

8) To‘g‘ri gapirish;
3. Xinayana buddizmning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Xinayana «kichik arava» ma'nosini anglatib, u diniy yo‘nalish sifatida mil. av. I asrda shakllangan. Biroq uning asosiy qoidalari ancha avval, shu jumladan, Tripitakada bayon qilingan.
Xinayana ta'limotiga ko‘ra, dharmalar tabiatini o‘rganishga va nirvanaga ma'naviy yo‘l bilan erishiladi. Bu yo‘l juda og‘ir, shu sababli faqat monaxlargina nirvana holatiga etishi mumkin. Keyinchalik Xinayanada juda ham murakkab va dabdabali ibodatlar (masalan, «Budda tishiga sig‘inish»), buddizmning muqaddas joylariga ommaviy ziyoratlar joriy qilingan. Bu yo‘nalish SHarqiy Hindistonda, SHri Lanka, Hindi-xitoy davlatlarida tarqalgan.
Maxayana Xinayana bilan bir qatorda buddizmdagi ikkinchi asosiy yo‘nalish bo‘lib, u ruhiy kamolot ahdiga rioya etuvchi, xudoga iltijo qiluvchi rohiblarga in'omlar berib yordam ko‘rsatuvchi har qanday oddiy dindor najot topishi mumkin, degan ta'limotga asoslanadi. Unga ko‘ra, Budda tanasi jonzotlarni azobdan qutqarish uchun turli maxluqotlar shakliga kirishi va hayot zanjirining barcha vakillari uni o‘rganishi, anglashi mumkin. Bu narsa cheksiz Budda ramlarining, xudolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Bu xudolarga ishonish yo‘llari barcha uchun mumkin bo‘lganligi sababli u «katta arava» nomini olgan.
4. Buddaviylikning turli millatlar tomonidan keng qabul qilinishi va uning keng doirada tarqalib ketishining sababi uning turli milliy va diniy an'analar bilan kirisha olishi bo‘lib, bu narsa buddaviylikning hayotning barcha sohalari, jumladan, diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlarga kirib borishiga sabab bo‘ldi.

Bir guruh tadqiqotchilar mazkur din O‘rta Osiyoga kirib kelishini Kushonlar shohi Kanishka hukmronligi davriga taalluqli deb biladilar (I-asrning oxiri - II asrning boshlari). Ikkinchi guruh esa bu jarayonning boshlanishini biroz ertaroq deb hisoblaydi .
Tadqiqotchi B.A.Litvinskiyning fikricha, buddizm SHimoli-Fapbiy Hindiston va Janubiy Afg‘oniston (Qandaxor) orqali taxminan mil. av. III acrda Baqtriyaga (O‘zbekistonning janubiy hududlari) tarqala boshlagan.
5. Baqtriyaga buddizmning kirib kelishi va yoyilishi haqida boshqa fikr ham mavjud. Tadqiqotchi R.CH. Bagchi bu jarayon podshoh Ashoka (mil. av. 273—232 yillar) xukmronligi davrida yuz bergan, deb hisoblaydi. Ammo bu fikrni tasdiqlovchi arxeologik materiallar etarli emas. SHuning uchun ham buddizm bu hududga Kushonlar davrida kirib kelgan, degan fikr haqiqatga yaqinroq. CHunonchi B YA. Stavisskiy bu fikrni Kushonlar hukumatining hind viloyatlari va buddist jamoalarning homiylari bilan aloqalari mustahkam bo‘lganligi bilan isbotlaydi. Ammo shu bilan bir qatorda baqtriyaliklarning Kanishkaga qadar buddizm bilan tanish bo‘lganliklarini tasdiqlovchi ma'lumotlar ham mavjud. Mil. av I asr va milodning IV asrlari oralig‘ida Kushon imperiyasida buddizmning Maxayana yo‘nalishi davlat dini deb e'lon qilindi. Bungacha buddizm Hindistonda uzoq tarixga ega bo‘lsa-da, u erda asosiy yo‘nalish bo‘lgan Xinayana ham bunday mavqega erishmagan edi. Kanishka, Vima, Kadfiz va ulardan keyingi Kushon imperatorlari buddizmni keng yoydilar. Ular bu din an'analarini amalda rivojlantirish, boshqa xalqlar o‘rtasida tarqatish uchun Balx, Marv, Termiz, Samarqand, Buxoro, SHosh, Turkiston, Quva, Koson, O‘sh, Bolosog‘un, Qoshg‘ar va boshqa shaharlarda buddizm takyagohlari va xonaqohlari, ibodatxonalarini qurib, buddizmning muqaddas kitoblari, sutra va pastrilarni o‘rganish, tarjima qilish va sharh uchun sharoit yaratib berdilar.

Hozirgi Termizdagi Qoratepa, Fayoztepa, Sayram, Quva va boshqa joylarda topilayottan budda haykalchalari yoki ularning parchalari, Ayritomdagi ayvon peshtoqi parchasidagi buddist musiqachilarning tasviri va boshqa osori atiqalar, saroy va ibodatxonalar O‘rta Osiyodagi buddizm haqida xabar beruvchi manbalardir. Bu dinga tegishli yozma manbalar qadimgi turkiy yozuvda, uyg‘ur bitiklarida va boshqa yozuvlarda saqlanib qolgan. O‘rta Osiyoning janubida Sarvastivada maktabining ilk ko‘rinishi-Vaybxashika maktabining ta'limoti yoyilgan. U buddizmning Xinayana oqimiga tegishli. Ammo Vaybxashika ta'limoti ba'zi jihatlari bilan Maxayana doirasidagi maktablarga yaqin turadi. Bunda, ayniqsa, Maxayana doirasiga kiruvchi Sarvastivadaning Vinaya maktabi muhim ahamiyatga ega. Manbalarning habar berishicha, Xo‘tanda Vaybxashika maktabi vakillari Maxayanani yoyish uchun zamin tayyorlaganlar.
Download 10.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling