Mavzu. Zamonaviy dasturlash texnologiyalari


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/23
Sana10.09.2022
Hajmi0.74 Mb.
#803898
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
5-6-maruza
xrpt m1r2e2bhxg5itt7skfz6va6pgb6adi3p0ige0ilvog6022rc8f8sg40n56n9efndouin5uai36h, xrpt m1r2e2bhxg5itt7skfz6va6pgb6adi3p0ige0ilvog6022rc8f8sg40n56n9efndouin5uai36h, Fan dasturi, AIB va A baholash mezonlari, 1, M 2 temp, M 3, M 16, Azizbek, Azizbek, Inomov Jasurbek 2-lab, Inomov Jasurbek 2-lab, 1-mavzu (2), 5-sinf portfolio, 7


4
 
– Mavzu. Zamonaviy dasturlash texnologiyalari (5-6-ma’ruza – 4 soat) 
Asosiy savollar. 
1. Zamonaviy dasturlash texnologiyalari.
2. Dasturlash tillari va ularning turlari.
3. Translyatorlar va interpretatorlar.
4. Vizual dasturlash texnologiyalari.
5. Vizual dasturlash va vizual foydalanuvchi interfeyslarining asosiy afzalliklari va prinsiplari.
6. Vizual dasturlash muxiti obyektlari va elementlari.
7. Interfeys formalari va komponentlari.
8. Vizual dasturlash muhitida interfeysli dasturlar yaratish. 
 
 
Tayanch so‘z va iboralar:
 
Dasturlash tili; Algoritm; Dastur; Dasturlashtirish; Ada 
Lavleys; Algoritm xossalari; Algoritm tasviri; Dasturlash texnologiyasi; Fortran; Basic; Algol; 
QuickBasic; Pascal; LISP; РЕФАЛ; C; PERL; HTML; PHP; SQL; Obyektga yo‘naltirilgan 
dasturlashtirish texnologiyasi; O‘zgarmas miqdorlar; O‘zgaruvchi miqdorlar;Public ; Static ; 
Private ; Dim ; Const ; If …Then…Else ; Select Sase ;For....Next ;Do…While ; Do…Until 
;Massiv;Msg Box ;InputBox ;Set; Qism dastur;Sub; End Sub;Function; End Function; 
 
1-savol bayoni. 
 
1-savol bo‘yicha dars (o‘qituvchi) maqsadi: Dasturlash tillari tarixi haqida va unga 
bog‘liq asosiy ma’lumotlarni talabalarga berish. 
 
1. Zamonaviy dasturlash texnologiyalari.
Ilk bor kompyuterni dasturiy boshqarish tamoyillarini va dasturni xotirada saqlanish 
g‘oyalarini 1830 yillarda Charlz Bebbidj taklif etgan. Uning shogirdi Ada Lavleys (1815-1852) 
1843 yilda Charlz Bebbidj ma’ruzalari bo‘yicha yozilgan maqolaga yozgan izohida 
dasturlashtirishning asosiy tamoyillarini keltirib o‘tgan, unda ilk bor buyruqlar ketma-ketligini 
takroriy bajarilishi mumkinligini qayd qilgan. Ada Lavleys tuzgan birinchi dasturlar ikki 
noma’lumli tenglamalar sistemasini yechishga va Bernulli sonini hisoblashga mo‘ljallangan 
bo‘lgan. Shu bois eng birinchi dasturlovchi deb Ada Lavleys e’tirof etilgan. 
Kompyuterlarni yaratilishi bilan amaliy matematikaning yangi sohasi, ya’ni 
dasturlashtirish yuzaga keldi. 1950-yillar orasida paydo bo‘lgan ushbu sohada mashina kodlarida 
dastur tuzilar edi. Bunda dasturlar juda katta va undagi xatoliklarni aniqlash juda ham mushkul 
bo‘lgan. Ushbu qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida mnemokod ishlab chiqildi. Assembler 
yordamida mnemokodda tuzilgan dasturni mashina kodiga o‘tkazib bergan. Ushbu texnologiya 
hozirgi kungacha qo‘llaniladi. Keyinchalik avtokod ishlab chiqildi, uni har xil kompyuterda 
qo‘llanilishi va dasturlarni o‘zaro almashtirish imkoni mavjud bo‘lgan. 
1954 yilda J.Bekus boshchiligida Fortran (Formula Translation) birinchi yuqori darajali 
dasturlash tili yaratildi. Ushbu dasturlash tili hozirgacha keng qo‘llanilib kelinmoqda. 
1965-yilda D.Kemen va T.Kurtslar tomonidan Fortranning soddalashtirilgan Basic 
varianti ishlab chiqildi. 
1958-1960-yillarda Yevropada ALGOL yaratildi va keyinchalik unga o‘xshash AlgolW 
(1967), Algol 68, Pascal (N.Virt, 1970), C (D.Ritchi va B.Kernigan, 1972), Ada (J.Ishbia, 1979 ) 
, C++ (1983) dasturlash tillari yaratildi.
1961-1962-yillarda Dj.Makkarti tomonidan Lisp tili yaratildi.


1970-yilga kelib dunyoda 700 dan ortiq yuqori darajali dasturlash tillari yaratilgan edi. Shu 
paytlarda tarkiblangan dasturlashtirish texnologiyasi yuzaga kela boshladi. Uning asosi 
quyidagilardan iborat: 
- murakkab masala kichik oddiy masalalarga bo‘laklanadi. Har bir masalada bitta kirish va 
chiqish nuqtasi bo‘ladi; 
- umumiy boshqaruvchi dastur, bevosita elementar misollar to‘plamidan tashkil topgan 
bo‘ladi; 
- dastur qadamba-qadam ishlab chiqiladi. 
Keyinchalik modulli dasturlashtirish texnologiyasi yaratildi, unga binoan: 
- funksional nuqtai nazar masala mustaqil kichik masalalarga , ya’ni modullarga, ularni 
faqatgina kiritiladigan va chiqariladigan qiymatlar orqali bog‘lanadi; 
- modullarni qaysi tilda dasturlanligidan qat’iy nazar ularni bitta dasturga bog‘lash 
mumkin. 
1970-1980-yillarda dasturlashtirish mustaqil ilmiy soha sifatida ajralib chiqa boshladi va 
unda dasturiy ta’minotni yaratish usullari o‘rganiladi. 
Keyinchalik dasturlashtirish texnologiya darajasiga ko‘tarildi. Dasturiy ta’minotni yaratish 
usullari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

yechimni aniqlashdagi harajatlarni hisoblash usullari; 

algoritmni tuzishda matematik usullar; 

tizim talablarini, uni tashkillashtirishni va bashoratlashni boshqaruvchi usullar. 
1990-yillarda obyektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyasi yuzaga kela boshladi. 
Dasturlashtirish sohasini sanoatlashtirishda dasturlovchi va tadbirkor Bill Geytsning 
(Gates William Henry, 1955) hissasi juda ulkandir. 1972-yilda Bill Geyts o‘zining sinfdoshi Pol 
Allen bilan birgalikda «Tref-o-Deyta» firmasini tashkil qilishadi. Ko‘chalarda avtomashinalar 
harakatlanishini tahlil qilish maqsadida 8008 mikroprotsessorli kompyuterda ma’lumotlarni qayta 
ishlashishgan. Keyinchalik, 1975-yilda Garvard universitetining talabasi bo‘lgan do‘sti Allen bilan 
birgalikda MITS firmasining Altair kompyuteri uchun Basic interpretatorini tuzishadi. Eng 
qiziqarlisi, ular MITS firmasi bilan tuzgan shartnomasiga binoan ushbu dastur kompyuter bilan 
birgalikda sotuvga qo‘yilishi kerak bo‘lgan (1980-yillarda Bill Geyts QuickBasic tilini yaratdi va 
u «Microsoft» firmasining harakati bilan keng tarqalgan edi ). Keyinchalik Bill Geyts va P.Allen 
«Microsoft» firmasini tashkil qilishgan. Unda ham ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotlar bevosita 
kompyuter ishlab chiqaruvchilarga litsenziyalar sotish orqali keng tarqalgan. 
1980-yilda IBM firmasi tomonidan yangi shaxsiy kompyuter uchun dasturlash tillarining 
translyatorlarini yaratishga buyurtma qiladi, keyinchalik bu shaxsiy kompyuterlar IBM PC nomi 
bilan keng tarqalib ketdi. 1981-yilda «Microsoft» firmasi T.Patersondan, u yaratgan diskli 
operatsion tizimni harid qilib oladi va keyinchalik IBM PC kompyuterlari MS DOS operatsion 
tizimi bilan sotuvga chiqarildi. Faqatgina 1988-yillarda «Microsoft» o‘zining «Windows» 
operatsion tizimini yaratdi. Hozirgi kungacha uning har xil versiyalarini qo‘llab kelmoqdamiz. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling