Mavzu. Zamonaviy dasturlash texnologiyalari


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/23
Sana10.09.2022
Hajmi0.74 Mb.
#803898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
5-6-maruza
xrpt m1r2e2bhxg5itt7skfz6va6pgb6adi3p0ige0ilvog6022rc8f8sg40n56n9efndouin5uai36h, xrpt m1r2e2bhxg5itt7skfz6va6pgb6adi3p0ige0ilvog6022rc8f8sg40n56n9efndouin5uai36h, Fan dasturi, AIB va A baholash mezonlari, 1, M 2 temp, M 3, M 16, Azizbek, Azizbek, Inomov Jasurbek 2-lab, Inomov Jasurbek 2-lab, 1-mavzu (2), 5-sinf portfolio, 7
Muhokama uchun savollar: 
1. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyasi boshqalaridan nimasi farq qiladi? (muhokama) 
Savol yakuni:
Dasturlashtirish sohasini sanoatda qo‘llash uchun bevosita maxsus dasturiy ilovalar va til vositalari 
zarur bo‘ladi va ular yordamida ishlab chiqilgan axborot tizimlari orqali qo‘llash mumkin bo‘ladi.
 
2-savol bayoni. 
 
2-savol bo‘yicha dars (o‘qituvchi) maqsadi: Dasturlash tillari va ularning qisqacha 
imkoniyatlari haqida ma’lumotlarni talabalarga berish. 
 
2. Dasturlash tillari va ularning turlari.


Ilk bor kompyuterlar uchun dasturlar yaratish hisoblash texnikasini ishlab chiqaruvchilar 
tomonidan bajarilgan. Keyinchalik, texnikaning rivojlanishi oqibatida, ushbu jarayon yuqori 
idrokli jarayonga aylandi. Chunki har bir dasturni tuzishda maxsus ilmiy bilimlarga ega bo‘lgan 
va chuqur fikrlash qobiliyatlari mavjud mutaxassis talab etiladi. Ushbu mutaxassisni biz 
dasturlovchi deb nomlaymiz. 
Dasturlovchi hozirgi kunda fanlarning ko‘p sohalarini chuqur bilishi, mantiqiy va abstrakt 
fikrlash qobiliyati, yangiliklarni qo‘llashda iste’dod sohibi, xirurgday aniqlik va yozuvchidek 
badiiy asarlar yaratish qobiliyatlariga ega bo‘lgan shaxsdek bo‘lishi kerak. Shu bois ham 
dasturlovchilarning mahsulotlarini san’at asari yoki ilmiy ishlanma bilan taqqoslash mumkin. 
Dasturlash ko‘nikmalarini hosil qilish va mahoratni oshirish uchun faqatgina har xil 
masalalar uchun dasturlar tuzish lozim bo‘ladi.
Dasturlovchi masalani yechishda quyidagilarni bajarishi kerak: 
- masalani chuqur anglab olish; 
- umumiy yechimga olib keluvchi rejani tuzish; 
- reja asosida dasturni tuzish; 
- natijani tahlil qilish. 
Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun dasturlovchi ko‘p sohalardan bilimga ega bo‘lishi 
kerak. 
Dasturlash tillari quyi va yuqori darajali tillarga tasniflanadi. Quyi darajali tillarga 
quyidagilar kiradi: 

mashina tillari – kompyuterning kodlar tizimi; 

mashinaga yo‘naltirilgan tillar – assembler, mnemokod. 
Yuqori darajali tillarga quyidagilar kiradi: 

muammoli yo‘naltirilgan tillar – Fortran, Algol, Kobol, Ada va b.; 

universal tillar – Algol 68, PL\1, Pascal, QBasic, C++, C# va b.; 

loyihalovchi dasturlash tillari – Visual Basic, Delphi, MS Visual Si#, Borland C++ Builder
va b.; 

gipermatn tuzuvchi tillar – HTML, XML va b.; 

jarayonni aniqlashtiruvchi tillar – makroslar, MS Office dasturlarida keng qo‘llaniladi; 

tizimlarni modellashtiruvchi tillar – GPSS (General PurPose Simulating System) – modellarni 
dasturlash jarayonini avtomatlashtiruvchi tillar. 
Quyi darajali dasturlash tili – protsessordagi jarayonni amalga oshiruvchi til. 
Ushbu tillarda dasturlar yaratish dasturlovchidan maxsus tayyorgarlikni va maxoratni 
talab qiladi. Ushbu tillarda mashina kodlarida yoziladi. Ushbu dasturlar kompyuter
uchun samarali bo‘lsada, inson tomonidan uni o‘qib, tushinib olish juda qiyin 
hisoblanadi. Bunda dasturlovchi xotira adreslari bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi.
Ilk bor haqiqiy dasturlash tili deb e’tirof etilgan til – 1949-yilda Mochli 
boshchiligida yaratilgan ShortCode (qisqartirilgan kod). Bunda ifodalarni ikkilik sonlar 
bilan emas, balkim ikki belgili kombinatsiyalar orqali yozish mumkin bo‘lgan. 
Assembler tili – mashinaga yo‘naltirilgan til bo‘lib, mashina tilini belgilar bilan 
tasvirlaydi va u mnemonika (ingl. mnemonic) deyiladi. Mnemonika asosida tuzilgan 
mashina buyruqlari mnemokod (ingl. Mnemonic code ) deyiladi. Bir necha 
mnemokodlarni to‘plab, ularni makrobuyruq sifatida alohida nomlab, keyinchalik uni 
nomi bilan chaqirib, qo‘llash mumkin bo‘ladi. Shunga qaramasdan ushbu tilda ham 
dasturlarni tuzish murakkab va hajmi jihatidan juda katta bo‘lib ketadi. Lekin, kompyuter 
qurilmalari bilan ishlaydigan dasturlar uchun juda samarali hisoblanadi. Shu bois, 
tushinarli va qulay bo‘lgan dasturlash tillarini yaratishga ehtiyoj juda katta bo‘lgan. 


Yuqori darajali dasturlash tillari inson tillariga juda yaqin bo‘lib, uni o‘rganib 
olish ko‘p qiyinchilik tug‘dirmaydi.
1954-1957-yillarda IBM firmasida Djon Bekus boshchiligida Fortran (Formula 
Translation) dasturlash tili yaratildi. Unda matematika va injenerlik sohalariga taaluqli 
masalalar yechiladi. Dasturda kodlarni yozilishida qat’iy qoidalar yengillashtirilgan, 
masalan, matematik formulalar qariyb odatiy ko‘rinishda yoziladi.
1958-yilda Syurixda o‘tkazilgan ilmiy majlisdan so‘ng ALGOL (ALGorithmic 
Language) dasturlash tili yaratildi. Bu til ham hisoblash jarayonlarini dasturlashga 
qaratilgan bo‘lib, unda dastur bloklanib yoziladi.
1959-yilda tijorat masalalarini yechishga qaratilgan COBOL (Common Business 
Oriented Language ) – universal til bo‘lib, juda yaxshi tarkiblangan tildir. Cobol dasturi 
to‘rt qismdan tashkil topgan bo‘lib, ular aniq ketma-ketlikda bo‘ladi: identifikatsiyalash 
(unda dasturning nomi, yordamchi ma’lumotlar) ; qurilmalar (kompyuterning 
ko‘rsatkichlari); ma’lumotlar (qayta ishlanadigan ma’lumotlar tavsifi beriladi); 
protseduralar. 
1964-yilda IBM tomonidan PL\1 (Programming Language One) tili taklif etildi. 
Unda Fortran, Algol-60 va Cobol tillarining imkoniyatlari jamlangan edi. Bu esa uni 
murakkablashtirib, o‘rganishga noqulaylik tug‘dirdi. 
1961-1965-yillarda Djon Makkarti tomonidan LISP (List Processing Language) 
tili taklif etildi. Ushbu til «ro‘yxat»ni qayta ishlovchi belgili tildir. «Ro‘yxat» sifatida 
algebraik ifoda, graf, to‘plam va shunga o‘xshash tushunchalar bo‘lishi mumkin. 
1966-yilda Rossiyalik Valentin Turchin tomonidan РЕФАЛ (РЕкурсивных 
Функций АЛгоритмический) tili taklif etildi. Ushbu til funktsional dasturlash tili 
hisoblanib, belgilarni qayta ishlashga qaratilgan bo‘lib, unda qatorni qayta ishlash, 
algebraik ifodalarni qayta ishlash, matnni tarjima qilish, sun’iy idrok sohasidagi 
masalalarni yechishga qaratilgan. 
1965-yilda Kiyevdagi Kibernetika institutida akademik V.M.Glushkov 
boshchiligida Almir ishlab chiqildi. U Algol tiliga o‘xshash bo‘lib, faqatgina kirill 
alifbosidan foydalangan. 
1971-1972-yillarda Alan Kolmari tomonidan Prolog (Programming in Logic) tili 
taklif etildi. Ushbu til sun’iy idrok tizimlarini yaratishga qaratilgan. Ushbu til orqali 
kompyuter «fikrlashtirish» qobiliyatini yaratish mumkin bo‘ladi. 
1965-yilda Djon Kemeni va Tomas Kurtz tomonlaridan BASIC (Beginner’s All-
purpose Symbolic Instruction Code ) tili ishlab chiqildi. Shu yerda ta’kidlash lozimkim, 
1975 yilda Pol Allen va Bill Geyts Altair 8800 mikrokompyuteri uchun ilk bor Basic tili 
dasturini kiritishgan, keyinchalik ular mashxur Microsoft kompaniyasini yaratishdi.
1969-yilda N.Virt tomonidan Pascal tili yaratildi. Ba’zi bir adabiyotlarda uning 
kelib chiqishini Paskal olimiga bag‘ishlangan deyilgan bo‘lsa, boshqalarida “Philips 
Automatic Sequence CALculator” so‘zlaridan kelib chiqqan deb yozilgan. U yuqori 
darajadagi algoritmik til hisoblanib quyidagilarga ega: 
1. Dasturlashtirish konsepsiyasini va tarkibini tizimli va aniq ifodalaydi; 
2. Dastur tuzishni tizimli olib borish imkonini beradi. 
3. Dastur tuzish uchun boy termin, tarkiblanish sxemalariga ega. 
4. Hosil bo‘lgan xatoliklarni tahlil qilish tizimiga ega bo‘lib, u dasturlashtirishni 
ma’lum darajada o‘rgatishni tashkil eta oladi.
1975-1980-yillarda J.Ishbia boshchiligida Ada tili yaratildi. Eng qiziqarlisi, ushbu til 
bevosita Pentagon tomonidan buyurilgan bo‘lib, harbiy obyektlarning bort tizimlarini 
boshqarish uchun ishlab chiqilgan. 
Ada tili obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillariga mansub bo‘lib, bevosita Pascal tiliga 
o‘xshash hisoblanadi. 
1979-yilda N.Virt tomonidan Modula-2 tili yaratildi. Unda ham Pascal tiliga o‘xshashlik 
va modullik tamoyilligi mavjud. 


1987-yilda N.Virt Oberon tilini yaratdi. Unda ko‘p yaxshi jihatlarni umumlashtiruvchi til 
sifatida qarash kerak, shu o‘rinda kombinatsiyalashgan tiplar, obyektga yo‘naltirilgan 
dasturlash. Bundan tashqari translyatsiya jarayonida dastur kodlarini qat’iyatlik bilan 
nazorat qilish imkoni mavjud. 
1972-yilda D.Ritchi va B.Karnigan “C” dasturlash tilini yaratishdi. Keyinchalik 1979-
yilda Bern Stroustrop C tiliga klass tushunchasini kiritdi va 1983-yilda C++ tilini ishlab 
chiqdi. 
Hozirgi kunda bir necha ming dasturlash tillari mavjud. Ulardan keng tarqalgani 
loyihalovchi dasturlash tillari – Visual dasturlash tizimlari, bularga Visual Basic, Delphi, 
C++ Buelder, Visual C++ tillarini misol qilib aytish mumkin. Ilk bor 1991-1993-yillarda 
Microsoft firmasida Visual Basic yaratildi. 1995-yilda Borland firmasi Delphi tilini 
ishlab chiqdi, Microsoft esa Visual C++ tilini yaratdi. 
Internetning rivojlanishi quyidagi tillarning yaratilishi bilan bog‘liq bo‘ldi. 
1987-yilda Larry Wall PERL (Practical Extraction and Report Language) – tilini yaratdi.
Undan ma’lumotlarni fayllardan o‘qib olish va hisobotlarni tuzishda foydalanish 
mumkin. U orqali katta hajmdagi matnlar va fayllar qayta ishlanadi. Tilning sintaksis 
qoidalari C tiliga o‘xshash . Ushbu tilda web-serverlar bilan muloqotga kirish va HTML 
shakllaridan ma’lumotlarni o‘qib olish mumkin bo‘ladi. 
1991-yilda “Sun Microsystem” firmasi tomonidan Java tili yaratildi. Ushbu tilni 
D.Gosling, P.Noton, K.Vort, E.Frenk, M.Sheridanlar ishlab chiqqanlar va uni OAK deb 
nomlashgan. Asosiy maqsad – har xil platformalarda ishlaydigan dasturlash tili yaratish 
bo‘lgan. Java tilida istalgan masalalarni yechimini aniqlash mumkin, undan tashqari u 
veb-sahifalarning imkoniyatlarini kengaytirish imkoniga ega. Java tilida tuzilgan dastur 
kompyuter arxitekturasiga bog‘liq emas, bunga esa Java dasturi maxsus mustaqil bayt-
kodga translyatsiya qilinadi. Java tilida kompyuter viruslaridan va ruxsatsiz kirishlardan 
himoya mavjud.
Keyinchalik Netscape firmasi LiveScript tilini ishlab chiqdi. U orqali HTML fayllariga 
oddiy dasturlarni kiritish mumkin bo‘lgan. Sun firmasining ruxsati bilan ushbu til 
JavaScript deb nomlandi. 
HTML (Hyper-Text Markup Language) – web-sahifalarni yaratish uchun qo‘llaniladigan 
til. Ushbu tilda matn, grafika, jadvallar va boshqa obyektlarni joylashtirish teglar orqali 
amalga oshiriladi. Bu faylni ochish uchun esa maxsus brauzerlar ishlab chiqilgan. Uning 
faqatgina HTML 2.0 versiyasi standart sifatida 1995-yilda qabul qilindi. 
Jeneva SERN (CERN) da ishlovchi fizik Tim Bernes Li 1990 yil gipermatnli loyihani 
taklif etdi. Bu loyiha fizik olimlarga Internet orqali tadqiqot natijalarini o‘zaro almashish imkonini 
berar edi. Shunday qilib Xalqaro axborot tarmog‘i – World Wide Web (WWW) ga poydevor 
bo‘ldi.
Ushbu kashfiyot Dunyo olimlari tomonidan maxsus Mingyillik sovriniga The Millennium 
Technology Prize tavsiya etildi. Ushbu sovrin (The Millennium Technology Prize) – Finlyandiya 
tomonidan joriy etilgan eng yirik xalqaro sovrin bo‘lib, odamlarni xayotini o‘zgartirishga 
qaratilgan eng yirik texnologik kashfiyotlar uchun taqdim etiladi. Sovrindorlar tanlovi har 2 yilda 
o‘tkaziladi. Ilk bor ushbu sovrin 2004-yili Tim Berners-Liga berildi.
1991-yilda Gollandiyalik Guido van Rossum tomonidan “Python” tili yaratildi. Unda 
dasturlash texnologiyalarining barcha imkoniyatlari mujassamlashtirilgan: tarkiblangan, obyektga 
yo‘naltilgan, funktsional, imperativ va aspektli yo‘naltilgan .
1994-yilda Daniyalik Rasmus Lerdorf tomonidan PHP (Personal Home Page) tili 
yaratildi. Unda dinamik veb-sahifalarni yaratish imkoniyatlari mavjud bo‘lib, hozirgi kunda keng 
qo‘llaniladigan tillardan biridir.
SQL (Structured Query Language)– protsedurasiz yuqori darajali dasturlash tili, shu bilan 
u boshqa algoritmik tillardan farqlanadi. U relyatsion ma’lumotlar bazasida 
ma’lumotlarni yaratish, qayta ishlash va boshqarish uchun ishlab chiqilgan. Ushbu tilni 
ishlab chiqish 1970-yillarda IBM firmasida boshlangan va SEQUEL (Structured English 


QUEry Language ) tili yaratilgan. 1986-yilda ANSI standarti tomonidan SQL deb qayd 
qilingan.
2000-yilda Microsoft firmasida Anders Xeylsberg tomonidan C# (Si sharp) ishlab 
chiqildi. Unda .NET Framework muhitida ishlash imkoni va shu bois boshqa tillarga 
muammosiz ko‘chirilishi mumkin bo‘ladi. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling