Mavzu: Zaryadlangan zaralarni hisoblash qurilmalari


Download 363.51 Kb.
Sana19.01.2022
Hajmi363.51 Kb.
#403849
Bog'liq
FEZIKA
11-sinf-jismoniy-tarbiya, 6 topshiriq

05.05.2021

Mavzu: Zaryadlangan zaralarni hisoblash qurilmalari



  1. Vilson kamerasi

  2. Geyger hisoblagich.

Vilson kamerasi - zaryadlangan atom zarralari (proton, elektron va b.)ning harakat trayektoriyasini kuzatish, impulsi va zaryadi ishorasini aniqlash uchun moʻljallangan asbob. Ishi oʻta toʻyingan bugʻning kondensatsiyalanishiga, boshqacha aytganda tez zaryadlangan zarralarning izi boʻylab hosil boʻladigan ionlarda mayda suyuqlik tomchilari hosil boʻlishiga asoslangan. Stereoskopik tasvirni hosil qilish uchun zarralar izlari bir necha fotoapparatlar yordamida fotosuratga olinadi. Kamera hajmi tez kengayganda t-ra keskin pasayadi, shu tufayli bugʻ oʻta toʻyinadi. Ch. Vilson ixtiro qilgan (1912). V.k. yordamida yadro reaksiyalarida vujudga keladigan elementar zarralarning turgʻunligini, yadroning faolligi va b. xususiyatlarini oʻrganish mumkin. V.k. bir necha oʻn yillar davomida zaryadlangan zarralar izlarini qayd qiladigan yagona detektor vazifasini bajardi. 50—60-y.larda u oʻz ahamiyatini yoʻqotdi va hozir pufak kamerasi va uchqun kamerasi ishlatilmoqda.



Geyger - MYULLER HISOBLAGICHI — yorugʻlik va rentgen nurlari, kosmik zarralar, a-, [$- zarralar, u-kvantlarni tekshirish uchun moʻljallangan asbob. Dastlab (1908 y. da) X. Geyger va E. Rezerford a-zarralar uchun gaz-razryadli hisoblagichni loyihalashgan, keyinchalik X. Geyger va V. Myuller hisoblagichni mukammallashtirgan. G. — M. h. germetik berk silindrik idish boʻlib, uning oʻqi boʻylab ingichka sim (katod) tortilgan. Silindrik idish (anod vazifasini bajaradi) 0,1 — 0,2 atm bosimgacha gaz (havo, vodorod, geliy, argon va h. k.) bilan toʻldiriladi, unda zarralar tushadigan kichik teshik boʻladi (1-rasm). G.—M. h. ni ulash sxemasi 2-rasmda berilgan; bunda: Vo — gaz razryadi hosil qiluvchi boshlangʻich potensial; G.—M. h. da potensial V gacha (V = 500 — 1000 V) ortadi, hisoblagichga tushgan zaryadlangan zarra gazni ionlashtiradi va tok razryad (chaqnash) hosil qiladi, natijada hisoblagichda 10’ — 10"6 s da bir juft ion paydo boʻladi. Bu tok impulsi kuchaytirgichga beriladi, soʻngra elektromagnit hisoblagich uni qayd qiladi. G.—M. h. ga tushgan har bir zarra tok impulsini hosil qiladi va har safar qayd qilinadi (qayd qilish vaqti YU"4— 10"3 s). G. — M. h. fizika, biol., tibbiyot, sanoat va texnikaning bir qancha sohalarida keng ishlatiladi.

Shisha nai v Katod Anod yemirilish davri bilan a-zarra energiyasi orasidagi bogʻlanishni ifodalaydigan qonun; quyidagi formula bilan ifodalanadi: ]gT = C + -f=, iYe bunda Ye — a-zarra energiyasi (Mev), T — yarim yemirilish davri (s), Sva D — doimiy miqdorlar. Bu qonun katta ener-giyali ozarra chiqaruvchi yadroning yarim yemirilish davri kichik boʻlishini bildiradi. X.Geygerva J. Nettol 1911 — 12 y. larda aniklashgan. G. — N. q. baʼzi elementlarning yarim yemirilish davrini aniqlash da tatbiq qilinadi.




Download 363.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling