Mavzuga doir mustaqil yechish uchun masalalar


Download 26.5 Kb.
Sana05.06.2020
Hajmi26.5 Kb.

Mavzuga doir mustaqil yechish uchun masalalar

1. 2A + B =2D reaksiya berilgan. A moddaning dastlabki

konsentratsiyasi 1,5 mol/1, B moddaning 3 mol/l. Reaksiya tezlik

konstantasi 0,4 l2 mol-2 m in-1 . Reaksiyaning dastlabki vaqtdagi

tezligi va A moddaning 75% reaksiyaga kirishgan vaqtdagi tezligini

hisoblang.


2. Azot (I) - oksidning oltin sathida yuqori haroratda

parchalanishi

2N20=2N2+02

tenglama bo‘yicha kechadi.

Reaksiyaning 900oC dagi tezlik konstantasi 5-10-4 I mol-1 min-1

Azot (I) oksidning dastlabki konsentratsiyasi 3,2 mol/1.

Reaksiyaning dastlabki va 0,8 mol azot (I) - oksid parchalangan

vaqtdagi tezliklarini hisoblang.


3. Birinchi tartibli reaksiyada 3 soatda reaksiya uchun olingan

moddaning yarmi reaksiyaga kirishdi. Xuddi shu sharoitda 75%

modda reaksiyaga kirishishi uchun qancha vaqt kerak?
4. Berilgan haroratda 10 soat ichida 30% modda parchalandi.

99% modda qancha vaqtda parchalanadi?


5. Vodorod peroksidining parchalanishi birinchi tartibli reaksiya

qonuniga bo'ysunadi. Reaksiyaning tezlik konstantasi 0,05081 min.

Reaksiyaning yarim yemirilishi davri va 99,9 % modda

parchalanishi uchun ketadigan vaqtni hisoblang.


6. Birinchi tartibli reaksiyada 25% modda 25 minutda reaksiyaga

kirishdi. Reaksiyaning tezlik konstantasini hisoblang.


7. Reaksiya tezligi 90 marta ortishi uchun haroratni necha

gradusga ko‘tarish kerak? Reaksiyaning harorat koeffitsiyenti 2,7.


8. Vodorod yodidning parchalanish reaksiyasining 356oC dagi

tezlik konstantasi 8,09-10 -5 s -1. Reaksiyaning 374 oC dagi tezlik

konstantasini hisoblang. Harorat koeffitsiyenti 2.
9. Reaksiyaning tezlik konstantasi 298 va 323 K da mos ravishda

9,3-10 -3 va 8,06-10 -2 min -1 ga teng. Reaksiyaning aktivlanish

energiyasini hisoblang.
10. Katalizator reaksiyaning aktivlanish energiyasini 60 kJ/mol

dan 20 kJ/mol ga pasaytiradi. 300 K da katalizator harorat



koeffitsientiga qanday ta’sir qiladi?
Download 26.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling