Mavzuga oid savollar


Download 13.46 Kb.
Sana24.09.2020
Hajmi13.46 Kb.
#131084
Bog'liq
ilk amaliy mutolaa


IFODALI O‘QISH FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI

Mavzuga oid savollar

  1. Ifodali o‘qish tarixi qaysi soha tarixi bilan bir xil?

Badiiy adabiyotning yuzaga kelish tarixi qanchalik qadimiy bo‘Isa, ifodali o‘qish tarixi ham shu qadar uzoq zamonlarga borib taqaladi.

  1. Hamma davrlarda ham kishilarni nima o‘ziga jalb etib kelgan?

Mazmundor va ifodali nutq hamma davrlarda ham kishilarni o‘ziga jalb etib ijtimoiy hayotda alohida o‘rin egallab kelgan.
Qadimgi dunyoning mashhur so‘z ustasi Mark Tulliy Sitseron nutq ja­ rayonida ohang eng muhim va eng ta’sirchan vosita ekanligini ta’kidlab bunday deydi: “Shunday nutq ohangi tanlanishi zarurki, u tinglovchi-laming e’tiborlarini o‘ziga jalb etib tursin va u nafaqat huzurbaxsh, balki jonga tegmaydigan, ko‘ngil qolmaydigan huzurbaxsh bolsin”.

Olimning fikricha, no­ tiq tilidagi turli “qorishmalar”, ya’ni so‘zlaming noto‘g‘ri va noo‘rin talaffiiz qilinishi, jumlalaming mantiqan har xil tuzilishi so‘zlovchining katta xatosidir. Aristotel har bir jumlaning asosiy fikmi ifoda etishga qaratilishi lozimligini, tinglovchi tushunadigan darajada sodda va ra­ von bo‘lishini talab etadi. U notiqning hissiyot bilan so‘zlashi mulo-haza yuritayotgan fikrini tinglovchi qalbiga tez yetishida muhim omil bo‘lishini alohida ta’kidlaydi. Shuningdek, Aristotel notiqning auditori-yani o‘ziga jalb etishi uchun turli hazil-mutoyiba so‘zlar bilan lirik che-kinish qilib tinglovchilarni hayajonlantira bilishi zarurligini, agar turli ko‘rgazmali qurollardan foydalansa, har xil sifatlash, chog‘ishtirish va metaforalami qo‘llasa, nutqining ta’sirchanligi yanada oshishini uqtirib o‘tadi.



  1. Badiiy adabiyot dastlab qanday shaklda paydo bo‘lgan?

Badiiy adabiyot dastavval xalq og‘zaki ijodi shaklida paydo bo‘lgan.

  1. Xalq yaratgan asarlarning keng tarqalishida nima muhim ahamiyat kasb etgan?

Xalq yaratgan asarlarning keng tarqalishida esa og'zaki ijrochilik san’ati muhim ahamiyat kasb etgan.

.


  1. Kim bir paytning o‘zida ham ijodkor, ham ijrochi edi? Qo‘shiq, ertak, doston, qissa kabi og‘zaki adabiyot namunalarini yaratgan xalq namoyandasi (ertakchi, qissaxon, baxshi) bir paytning o‘zida ham ijodkor, ham ijrochi edi.



  1. Qo‘shiq, ertak, doston, qissa kabi og‘zaki adabiyot namunalarini yaratgan xalq namoyandasi (ertakchi, qissaxon, baxshi) bir paytning o‘zida ham ijodkor, ham ijrochi edi.

  2. Asrlar davomida yaratilgan afsona va rivoyatlar, maqol va matallar, qo‘shiq va dostonlar nima orqali bizgacha etib kelgan?

Asrlar davomida yaratilgan afsona va rivoyatlar, maqol va matallar, qo'shiq va dostonlar, og'zaki ijrochilik, ifodali nutq san’ati tufayligina bizgacha yetib keldi.

  1. Og‘zaki ijrochilik nimani talab qilgan?

Xalq yaratgan asarlar qanchalik donishmandlik va san’atkorlik mahsuli sifatida yuzaga kelgan bo‘Isa, ulaming og‘zaki ijrochiligi ham shu qadar mahorat va san’atkorlikni talab qilgan.

  1. San’at namunalari nimaning badiiy ifodasi sifatida maydonga kelgan?

Qadim tariximizda yorqin iz qoldirgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, inson qalbidagi g‘am-andun, shodlik va quvonch tuyg‘ularining badiiy ifodasi sifatida maydonga kelgan jamiki adabiyot namunalarini xalq san’atkorlari (qo‘shiqchi, roviy, qissaxon, baxshi) shunchaki jo‘n, badiiy tasvir vositalarisiz, xilma-xil ovoz tovlanishlarisiz, shukuhsiz bir tarzda ijro etganlarida edi, ehtimol bu asarlar uzoq saqlanib qolmagan bo‘lur edi.

  1. ….. bunday asarlarni shunchaki jo‘n, badiiy tasvir vositalarisiz, shukuhsiz bir tarzda ijro etganlarida edi, bu asarlar uzoq saqlanib qolmagan bo‘lurdi.

Qadim tariximizda yorqin iz qoldirgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, inson qalbidagi g‘am-andun, shodlik va quvonch tuyg‘ularining badiiy ifodasi sifatida maydonga kelgan jamiki adabiyot namunalarini xalq san’atkorlari (qo‘shiqchi, roviy, qissaxon, baxshi)

  1. Ifodali o‘qish san’ati o‘tmish zamonlarda og‘zaki ijodda qanday ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, …….. da ham shu qadar muhim o‘rin tutadi.

yozma adabiyotda ham shu qadar muhim o‘rin tutadi. Zero, badiiy adabiyotning estetik ta’sir kuchi ifodali o‘qish jarayonida yanada yorqinroq namoyon bo‘ladi.

  1. Badiiy adabiyotning ta’sir kuchi ifodali o‘qish jarayonida qanday namoyon bo‘ladi?

Ifodali o‘qish, ayniqsa, asarning g‘oyaviy mazmunini chuqur tushunishda, badiiy xususiyatlarini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Badiiy asarlami ifodali o‘qish inson ongi va hissiyotiga ta’sir etib, axloqiy-estetik tuyg‘ularini shakllantirishga, ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladi.

To‘g‘ri, g‘oyaviy-badiiy jihatdan mukammal yaratilgan har qanday asar og‘zaki ifodali nutqsiz, ovoz chiqarmasdan mustaqil o‘qilganda ham o‘zining axloqiy-estetik jihatdan ta’sir kuchini yo‘qotmaydi, insonni tarbiyalash vazifasi kamayib qolmaydi. Lekin ifodali o ‘qish ja-rayonidagi maftunkor ohang, xilma-xil ovoz tovlanishlari, jozibador intonatsiya kabi vositalar badiiy asaming emotsional ta’sir kuchini yanada oshiradi, eshituvchiga beqiyos zavq-shavq bag‘ishlaydi.



  1. Asarning g‘oyaviy mazmunini chuqur tushunishda, badiiy xususiyatlarini aniqlashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan soha.

Ifodali o'qish san'ati



  1. Inson hissiyotiga ta’sir etib, axloqiy-estetik tuyg‘ularini shakllantirishga, ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladigan faoliyat.

Ifodali o'qish

  1. Ifodali o‘qish jarayonida badiiy asarning emotsional ta’sir kuchini oshirib, eshituvchiga beqiyos zavq, huzur bag‘ishlaydigan vositalar

maftunkor ohang, xilma-xil ovoz tovlanishlari, jozibador intonatsiya kabi vositalar

  1. Notiqlik san’atini, ifodali o‘qish madaniyatini puxta egallashi zarur bo‘lgan kasb egalari.

So‘z san’ati bilan shug‘ullanuvchi kishilar, ayniqsa, inson ta’lim-tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan muallim-lar
Download 13.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling