Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar


Download 18.95 Kb.
bet1/3
Sana07.04.2022
Hajmi18.95 Kb.
#627777
  1   2   3
Bog'liq
1-мавзу-маъруза
1-A'meliy, 3D Max dasturi panellari., MM Konstruksiyalash 2 OH(1), MM Konstruksiyalash 2 OH(1), MM Konstruksiyalash 2 OH(1), MM Konstruksiyalash 2 OH(1), MM Konstruksiyalash 2 OH(1), MM Konstruksiyalash 2 OH, ЯН 2-оралик, 1, 1, ekologiya yakuniy , guruh, menejment usullari (1), mustaqil ish usti bekzod

1-mavzu: Pedagogik menejment fanining predmeti, vazifalari va metodlari
Asosiy savollar

  1. Pedagogik menejment tushunchasi.

  2. Pedagogik menejmentning mohiyati va shakllanishi.

  3. Pedagogik menejmentning predmeti, maqsad va vazifalari.



Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Pedagogik menejment, Pedagogik menejmentning predmeti, pedagogic menejmentning maqsadi, pedagogik menejmentning vazifasi, ilmiy tadqiqot metodlari.


1-savolning bayoni:

“Menejment” va “Menejer” so’zlari hozirgi davrda bizning ishbilarmonlik va kundalik hayotimizda davlatni bozorga o’tishdagi iqtisodiy taraqqiyoti g’oyalarini aks ettirib keng ishlatiladi. “Management“ inglizcha so’z bo’lib, o’zbek tilida boshqaruvni tashkil qilish, rahbarlik qilish ma’nosida tarjima qilinadi. Shunday qilib, umumiy rejada menejment boshqaruvni bildiradi, ya’ni u yoki bu faoliyat turini (tashkil etishni va rahbarlik qilishni) iqtisodiy, moliyani va boshqa inson hayotidagi ishbilarmonlik sohasini tashkil qilish va boshqarishni bildiradi.


G’arb adabiyotidan menejmentning juda ko’p tushunchalari o’rin olgan. Ulardan uchtasini keltiramiz:
Tashkilotni maqsad-niyatlariga, unda ishlovchi odamlar harakatini aniq yo’nalishga solish hisobiga erishish;
Tashkil etilmagan bir necha odamlarni samarali, maqsad sari yo’naltirilgan va unumli mehnat guruhiga (tashkilotga) aylantiradigan maxsus faoliyat turidir;
Tashkilotni orzu-niyatlariga erishishdagi mehnat va moddiy resurslarni aniq yo’nalishda ishlatilishi evaziga erishiladigan rejalashtirish, tashkil qilish, boshqarish va nazorat qilish jarayonidir.
Bu tushunchalar turlicha bo’lishiga qaramay, uchta bir xil belgiga ega:
Boshqaruvda aniq maqsad borligini ko’rsatadi.
Bu turdagi faoliyatning alohida aqliy tavsifi borligi ajratib ko’rsatiladi. Har bir tashkilotda boshqaruvning o’rni borligidan axborot beriladi.
Pedagogic menejment tushunchasi bugungi kunda ta’limni samarali yo’lga qo’yish boshqarish bilan izohlanadi. Pedagogik menejment samarali ta’lim -tarbiyaning olib borilishini ko’zda tutadi. Pedagogik menejment fani – bu rahbarlarga boshqaruv faoliyatini to’g’ri amalga oshirish , xodimlar faoliyatini smarali boshqarish vamuvfiqlashtirishda , shuningdek, korxona va muassasa oldiga qo’yilgan maqsadlarga hamda ko’zlangan natijalarga erishishda muhim ahamiyat kasb etuvchi qarorlarni qabul qilish va ularning bajarilishini nazorat va tahlil qilishni o’rgatuvchi pedagogic jarayn bo’lib, ta’limni boshqarishning barcha bo’g’inlarida samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iboratdir,
Ta’lim menejmenti bu – ilmiy asosda tashkil etilgan o’ziga xos pog’onaviylikka asoslanga n boshqaruv : rahbar, pedagog jamoasi, . Shunga ko’ra boshqaruvni turli xil modellar orqali tashkil qilish mumkin: integral model, , birinchi pag’ona, pedagogic faoliyatni boshqarish, ikkinchi pog’ona – o’quvchilar aoliyatini boshqarish.
2-savolning bayoni:

Ilmiy menejment kontseptsiyasining asosiy g’oyasi korxona tashkilot boshqaruvini takomillashtirish hisobiga mehnat unumdorligini oshirish manbai bo’lgan g’oyat samarali va maqbul usullarni izlashdan iborat.


Mumtoz menejmentning mohiyati shundan iboratki, ilmiy menejment namoyondalari, asosan korxonaning tashkiliy boshqaruvini takomillashtirishga yoki yanada aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, ishlab chiqarish darajasidagi boshqaruv bilan shug’ullanadigan bo’lsa, mumtoz menejment kontseptsiyasi tashkilotga keng qamrovli kelajak nuo’tai nazaridan yondashish yo’li bilan undagi umumiy xususiyatlar va qonunlarni aniqlashga yordam beradi. Maqsad boshqarishning universal tamoyillarini yaratish va muvaffaqiyatga erishishdir.
Insoniy munosabatlar kontseptsiyasi bo’yicha korxonadagi mehnat unumdorligining oshishida asosiy omil inson, ya’ni ijtimoiy faoliyat hisoblanadi. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, tashkilot ichida inson munosabatini qo’llab quvvatlovchi tizim shakllantiriladi. Bunda boshqaruv uslubiga va uning mehnat unumdorligi ko’rsatgichlari hamda xodimlarning o’z mehnatidan manfaatdorligiga alohida e’tibor qaratiladi.
Bunday sharoitlarda menejerlarning asosiy vazifasi ohir- oqibatda korxonaning o’z maqsadlariga erishishga olib keluvchi personalni boshqarish hamda uni tashkil qilishdir.
Tizimli yoki zamonaviy menejment yo’nalishi boshqa yo’nalishlarga nisbatan ancha keyin paydo bo’lgan bo’lib, zamonaviy menejmentdagi to’rtta yondashuvni alohida ajratib ko’rsatadilar: tizmli, vaziyatli, funktsional va miqdoriy.
Shunday qilib, menejment nazariyasi va amaliyoti turli davrlarda o’ziga xos ko’rinishlarda shakllangan bo’lib, hozirgi zamon boshqaruv fanidir. Masalan, 50-60 yillarda boshqaruvning tashkiliy-tarkibi diqqat markazida turgan bo’lsa, 60-70 yillarda strategik rejalashtirish vujudga keldi. 80-yillardan boshlab esa, ilg’or g’arb firmalarida strategik rejalashtrishdan strategik boshqaruvga o’tildi. Ayniqsa, menejmentning marketing nazariyasi bilan uyg’unlashuvi bozor boshqaruvi kontseptsiyasining vujudga kelishiga asos bo’ladi. Hozirgi davrda boshqaruv nazariyasi va amaliyotida sodir bo’layotgan o’zgarishlar “Tinch boshqarish inqilobi” deb atalmoqda.
Xorijiy olimlar tomonidan taklif etilgan kontseptsiyalarni tahlil qiladigan bo’lsak, shuni takidlash joizki, ularni Uzbekistondagi bozor iktisodiyotining shakllanish amaliyotida qo’llash o’ziga xos iqtisodiyotni boshqarishni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga yordam beradi.

Download 18.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling