Mavzuni mustahkamlash uchun savollar Metod so‘zining ma’nosi nima?


Download 9.2 Kb.
Sana03.10.2020
Hajmi9.2 Kb.
#132287
Bog'liq
2.seminar


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

  1. Metod so‘zining ma’nosi nima?

Metod (yun. metodos — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot) — vo-qelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻlyoʻriklar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli. Metod ning kelib chiqish tarixi kishilarning amaliy faoliyatiga borib taqaladi. Biror ishni bajarish metodini egallagan kishi shu ishni boshqalarga nisbatan oson, tez va soz bajara oladi. Metodni egallamagan inson esa bu ishni bajarish uchun koʻp vaqt va kuch sarflaydi. Metod oʻz mazmuni jihatidan amaliy yoki nazariy shaklda boʻlishi mumkin. Insonning amaliy faoliyatiga oid Metodlar ham voqelikka xos boʻlgan qonuniyatlarni anglab yetish, bilib olishga borib taqaladi. Metodlar haqidagi taʼlimot fanda metodologiya deb ataladi.

  1. Ananevning ilmiy tadqiqot usullari klassifikatsiyasi haqida gapirib bering.

 B.G.Ananev tomonidan tavsiya qilingan metodlarni sanab o‘tishga harakat qilamiz. U tekshirish metodlarini to‘rt guruhga bo‘ladi: Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to‘plash usulidir. O‘z-o‘zini kuzatish esa odam o‘zida kechayotgan biror o‘zgarish yoki xodisani o‘zi o‘rganish maqsadida ma’lumotlar to‘plash va qayd etish usulidir. So‘rov metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar to‘plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo‘yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo‘ladi. Psixologik eksperimentning mohiyati shundaki, unda ataylab shunday sun’iy bir vaziyat shakllantiriladi va tashqil etiladiki, aynan shu vaziyatda qiziqtirayotgan psixik jarayon yoki xodisa ajratiladi, o‘rganiladi, ta’sir ko‘rsatiladi va baholanadi. Modellashtirish metodi kuzatish, so‘roq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida o‘rganilayotgan xodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qo‘llaniladi. Bunda o‘sha xodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, o‘sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o‘rganiladi va xulosalar chiqariladi.

  1. Empirik metodlar guruhiga qaysi metodlar kiradi?

Empirik tadqiqotning birinchi bosqichi: Bu bosqichda avval tadqiqot obyekti yuzasidan kuzatuv va eksperiment o’tkazish nazarda tutiladi. Empirik tadqiqotning ikkinchi bosqichi: Bu bosqicj tadqiqot obyektiga xos xossa, xislatlarni, obyektiv xulosa va ularni muayyan guruhlarga ajratish va taqsimlashga qaratilgan. Empirik tadqiqotning uchinchi bosqichi: narsa, hodisalar orasidagi ichki aloqa va munosabatlar aniqlanadi, dastlabki empirik ulashmalar hosil qilinadi.
Download 9.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling