Mavzuning dolzarbligi


Download 22.69 Kb.
Sana30.09.2023
Hajmi22.69 Kb.
#1690296
Bog'liq
2MAVZUNING DOLZARBLIGI


MAVZUNING DOLZARBLIGI. Mamlakatimiz mustaqillikga erishgan dastlabki kunlardan boshlab ko'plab soha va yo'nalishlarda islohatlar amalga oshirilib davlatimizning iqtisodiyotida yangi o'zgarishlar davri boshlandi.Shuningdek avtomobilsozlik sanoatida birinchi prezidentimiz ISLOM KARIMOV tashabbusi bilan avtomobil sanoati rivojiga katta e’tibor qaratgan.Jumladan, 1992-yil iyun oyida Janubiy Koreya tashrifi chog‘ida«DAYEWOO» zavodi bilan tanishib, hamkorlikda Andijon viloyati Asaka shahrida avtomobil zavodini qurish to‘g‘risida Memorandum imzolandi va shu tariqa «UzDAEWOO» zavodiga asos solindi. 1996-yil19-iyulda zavod ishga tushishi bilan O‘zbekiston dunyodagi o‘z avtomobiliga ega bo‘lgan 28-davlatga aylandi.«UzDAEWOO» bu Markaziy Osiyodagi birinchi avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod hisoblanadi. Zavod jahon standartlari talablariga javob beruvchi o‘ta zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan bo‘lib,o‘sha vaqtda umumiy hisobda yiliga 200 000 dona avtomobil (o‘rta sinfli «NEXIA» avtomobillari - 100 000 dona, «TICO» avtomobillari - 50 000dona, «DAMAS» avtomobillari – 50 000 dona) ishlab chiqarish quvvatiga ega edi. Bu avtomobillarga ehtiyot qism va materiallarning o‘zimizda mahalliylashtirish dasturiga asosan ishlab chiqarish joriy qilinmoqda. Tinimsiz izlanishlar natijasida «TICO» avtomobili o‘rniga «MATIZ», «SPARK», «DAMAS» avtomobilining kuchaytirilganvarianti, «NEXIA» avtomobili o‘rniga «NEXIA-2», «LACETTI» avtomobillari ishlab chiqarilib, Respublikamiz va chet mamalakatlarda avto ishqibozlar e’tiborini tortmoqda. 2008 yil mart oyida O‘zbekiston avtomobil sanoati hayotida muhim voqyea ro‘y berdi. Zavod negizida «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi va «General Motors» kompaniyasi ta'sischiligida, yangi «GM Uzbekistan» korxonasi tashkil etildi. Buning natijasida o‘zbek avtomobillari yanada zamonaviy va ko‘rkam avtomobil rusumlari hisobiga kengaya boshladi. «Chevrolet» brendi ostida «Captiva» rusumli avtmobil ishlab chiqarilishi boshlandi. Shu yilning noyabr oyida esa Asaka avtomobil zavodi konveyeridan o‘zida ko‘rkam va keng interyerni mujassamlashtirgan millioninchi avtomobil - «Lacetti» avtomobili chiqdi.
Qisqa davr ichida zavodda «General Motors» kompaniyasining yana ikki yangi global rusumi - «Spark» va «Kobalt» avtomobillarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 noyabrdagi «2013-2015 yillarda Xorazm viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi 1856-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 21 fevraldagi «Xorazm viloyatida «Damas» rusumli yengil avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 51-sonli qaroriga muvofiq viloyatda «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatining Xorazm viloyat filiali - «Xorazm avto» zavodi ishga tushirildi.
2014 yilning birinchi yarmida «Damas» va «Orlando» rusumli avtomobillarni yig‘ish boshlandi. Shu yilning o‘zida 30,7 ming dona«Damas» va «Orlando» avtomobillari ishlab chiqarildi. Bundan tashqari, yurtimizdagi kichik biznes egalari va xususiy tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida o‘tgan yilning oxirida «Labo» avtomobilini ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida GM korparatsiyasi bilan shartnoma tuzilib, zavod «GM-Uzbekiston»qo‘shma korxonasiga aylantirildi va quvvati yiliga 250000 donaga oshirildi. Avtomobilsozlikni rivojlanish istiqbollari avtomobillarda elektr va elektron jihozlarni keng ko`lamda ishlatilishi bilan bevosita boqliqdir. Hozirgi zamon avtomobillarining elektr jihozlari ishchi jarayonlarni avtomatlashtirish, harakat xavfsizligini va haydovchilar ish sharoitini yaxshilash tadbirlarini ta`minlovchi murakkab tizim bo`lib, avtomobillarni samarali ishlatish darajasi ko`p jihatdan aynan elektr jihozlarning ishonchliligiga bog`lik bo`ladi. Elektr energaya dastlab, 1860 yilda ichki yonuv dvigatellarida yonilg`i aralashmasini o`t oldirish uchun ishlatilgan. Yonilg`i aralashmasini yuqori kuchlanishli elektr uchquni yordamida o`t oldirilishi, o`t oldirish daqiqasini aniq rostlash va bu o`z navbatida ichki yonuv dvigatellarining (IYoD) quvvatini va tejamliligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Shuning uchun yonilg`ini elektr uchqun vositasida o`t oddirish boshqa usullarni siqib chiqardi va hozirgi kunda karbyuratorli dvigatellar uchun yagona tizim hisoblanadi. Elektr energiya dvigatelni ishga tushirish, yoritish va turli xil asboblarni tok bilan ta`minlash uchun ishlatilishi avtomobillarda elektr ta`minot, ishga tushirish va yoritish tizimlarini vujudga keltirdi. Elektr ta`minot tizimi akkumulyatorlar batareyasi, generator va rele-rostlagichlardan iborat. Qariyb 50 yil davomida avtomobillarda asosan o`zgarmas tok generatorlari ishlatildi. Elektron sanoatning rivojlanishi va bu sohada erishilgan muvaffaqiyatlar avtomobillarda yarim o`tkazgachli to`g`rilagichlarga ega bo`lgan o`zgaruvchan tok generatorlarini ishlatish imkonini berdi. O`zgaruvchan tok generatorlari o`zgarmas tok generatorlariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo`lib, xususan ularning ishlatish jarayonidagi ishonchlilik va chidamlilik darajasi ancha yuqori, o`lchamlari nisbatan kichik bo`lgan holda katta quvvatga ega, tannarxi ancha past va xokazo. Avtomobil dvigatellarining ishga tushirish tizimi akkumulyatorlar batareyasi, starter, kommutatsiya jixozlari, dvigatelni ishga tushirishni yengillatuvchi moslamalardan tashkil topgan. Akkumulyatorlar batareyasi avtomobil elektr jihozlarining zarur qismlaridan biriga aylandi. Avtomobilsozlik sanoatida yangi yutuqlarga erishishni birdanbir manbai bu ilm-fan, bilim, malakaviy tajribalar va amaliy ishlarda o'z aksini topadi.O'zbekistoda ishlab chiqarilayotgan damas, matiz, nexsiya va boshqa modellardagi avtomobillarning butlovchi qismlari, elektr jihozlari,oynalar, mahalliylashtirilgan sharoitlarda ishlab chiqarilmoqda. Avtomabillarni elektr jihozlari va elektr manbaisiz tasavvur qilish qiyin shuning uchun elektr ta'minot tizimi avtomobilning ishlashi uchun zarur tizimlaridan biri bo'lib asosan elektr toknini ishlab chiqaruvchi manba bular akumulyator batareyasi va generatordir.Generatorlar mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib istemolchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlaydi. Avtomobil generatorlari haqida biz umumiy va chuqur bilim va tajribaga ega bo'lgan holda avtomobil generatorlarining tuzilishi va ishlashini o'rganish uning ishlash samaradorligini oshirish borasida ilm-fan yutuqlari va yangi texnologiyalar asosida uning ishlash unimdorligini yanada yaxshilash,tannarxini arzonlashtirish,ishlash davrini uzaytirish, xavsiz ishlashini ta'minlash, texnik xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash borasida izlanishlar olib borilmoqda.
Shunday ekan menga berilgan mavzu ''Damas'',,avtomobilining generatorini ishlash samaradorligini oshirish bo'yicha bilim va tajribalarimni amaliy ish faoliyat orqali namoyon qilibgina qolmay unga yangicha texnalogiyalarni jalb qilgan holda,ishlab chiqarish afzalliklarini, tannarxini arzon bo'lishini,hamda xavsizlik va ishonchlilik darajasi yuqori bo'lishi ustida izlanishlar olib borishim zarur.
Download 22.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling