Mavzu:““O‘zgaruvchan tok zanjirida rezonans hodisasi” mavzusini kichik guruhlarda ishlash metodi orqali o‘qitish metodikasi”


Download 277.28 Kb.
Sana30.11.2020
Hajmi277.28 Kb.
#156339
Bog'liq
Radjabova

SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI

Mavzu:““O‘zgaruvchan tok zanjirida rezonans hodisasi” mavzusini

kichik guruhlarda ishlash metodi orqali o‘qitish metodikasi”


MALAKA ISHI

Fizika guruhi tinglovchisi

Radjabova Mashxura Sheraliyevnaning

Reja:

I.Kirish.

II. Asosiy qism.

2.1. O’qitishning interfaol usullari va uning nazariy asoslari

2.2. “Kichik guruhlarda ishlash” metodi.

2.3. Mavzuni kichik guruhlarga bo’lib o’tish metodikasi.

III. Xulosa

IV. Foydalanilgan adabiyotlar

V. Ilovalar

I. Kirish

Ta’lim samaradorligini oshirish uchun o‘quvchilarni yalpi o‘qitish bilan bir qatorda, individual va kichik guruhlarda o‘qitishni tashkil etish maqsadga muvofiq. Topshiriqlarni individual bajarish jarayonida o‘quvchilarning aqliy faoliyati jalb etiladi, ularning o‘z bilimi, kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchi ortadi. Oqibatda har bir shaxs o‘z imkoniyati darajasida rivojlanadi.

Bu tarzda tashkil etilgan bilish faoliyatida vaqtdan unumli foydalaniladi. Pirovard natijada, ta’lim samaradorligi ortadi. Ta’limning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanib o‘tiladigan darslarda o‘quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil etiladi.

Malaka ishi mavzusi ““O‘zgaruvchan tok zanjirida rezonans hodisasi” mavzusini kichik guruhlarda ishlash metodi orqali o‘qitish metodikasi” deb nomlangan bo’lib, men ushbu metodni qo‘llash orqali mavzuni o’qitishda ta’lim sifatini oshirish va talab qilingan samaralarga erishish haqidagi fikrlarimni yoritishga harakat qildim.

“Kichik guruhlarda ishlash” metodi:

“Kichik guruhlarda ishlash” metodi: - ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o‘quv materialini o‘rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish. Ushbu metod qo‘llanilganda ta’lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli nuqtai- nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.

“Kichik guruhlarda ishlash” metodi qo‘llanilganda ta’lim beruvchi boshqa interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. CHunki ta’lim beruvchi bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim oluvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi.

Mavzuni kichik guruhlarga bo’lib o’tish metodikasi.

Mavzuni kichik guruhlarga bo’lib o’tish metodikasi.

10-sinfda o’tiladigan «O‘zgaruvchan tok zanjirida rezonans hodisasi» mavzusini shu metod asosida o’rganish haqidagi fikrlarimizni bayon qilamiz.

O’tilgan mavzu “Aktiv qarshilik, induktiv g‘altak va kondensator ketma-ket ulangan o‘zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni” haqida bo’lib, unga doir bilimlar savol-javoblar va mashqlar orqali mustahkamlangandan so’ng yangi mavzu e’lon qilinadi.

O’qituvchi mavzuni elon qilib, bugungi o’tiladigan darsning maqsadini tushuntiradi va bu maqsadga erishish uchun sinfning guruhlarga bo’linib ishlashini aytadi. Sinf o’quvchilari o’qituvchi tomonidan to’rt guruhga bo’linadi. (Bu guruhlar soni bundan boshqacha bo’lishi ham mumkin, biz mavzuning mohiyatidan kelib chiqib to’rt guruhta ajratyapmiz).

1-guruh “Elektr”

2-guruh “Tebranish”

3-guruh “Qarshilik”

4-guruh “Rezonans”

O’qituvchi guruhlarning vazifasini tushuntirib, ularga quyidagi savollarni beradi:

O’qituvchi guruhlarning vazifasini tushuntirib, ularga quyidagi savollarni beradi:

1. O‘zgaruvchan tok zanjirida nima sababdan tok kuchi tebranishlari

bilan kuchlanish tebranishlari orasida faza siljishi vujudga keladi?

2. Nima sababdan reaktiv qarshiliklarda energiya ajralmaydi?

3. Zanjirda aktiv qarshilik va g‘altak bo‘lgan hol uchun o‘zgaruvchan

tok kuchining amplitudaviy qiymatini hisoblash formulasini keltirib

chiqaring.

4. Zanjirda aktiv qarshilik va kondensator bo‘lgan hol uchun o‘zgaruvchan tok kuchi va kuchlanishi orasidagi fazalar farqini toppish formulasini yozing.

Har bir guruh o’ziga berilgan savolga o’tilgan mavzu, ya’ni “Aktiv qarshilik, induktiv g‘altak va kondensator ketma-ket ulangan o‘zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni” mavzusi bo’yicha olgan bilimlari asosida javob beradilar.

O’qituvchi guruhlarning javoblarini qiyoslab, zarur tuzatishlar kiritadi va to’g’ri javobni belgilaydi. Shundan so’ng guruhlarga ushbu masalani ishlash bilan aytiladi.

Masala. Kuchlanishning  maksimal  qiymati  120 V,  chastotasi  100 Hz  bo‘lgan o‘zgaruvchan  tok  manbayiga  kattaligi  200  Ω  bo‘lgan  aktiv  qarshilik,  sig‘imi 5·10–6 F bo‘lgan kondensator va induktivligi 400 mH bo‘lgan g‘altak ulangan.  Zanjirdagi  tok  kuchining  maksimal  qiymatini  toping.

Yangi mavzu.

Yangi mavzu.

1-topshiriq. Mavzuni o’qing asosiy tushunchalarni alohida ustunchalarga yozing.

O’qituvchi topshiriq qanday bajarilishi kerakligini aytadi. Mashqning birinchi sharti quyidagicha bajariladi:


“Elektr”

“Tebranish”

 

“Qarshilik”

“Rezonans”

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

So’ngra yana guruhlarga asosiy kattaliklar, tushunchalar ro’yzatini yozish aytiladi.


“Elektr”

“Tebranish”

“Qarshilik”

“Rezonans”

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Har bir test savoli bittadan guruhga beriladi va javobi eshitiladi.

Guruhlar uchun savollar beriladi.

I-guruh. Kuchlanishlar rezonansiga mos keladigan vektor diagramma chizing.

II-guruh. Qanday shart bajarilganda o‘zgaruvchan tok zanjirida elektr

teshilishlar vujudga kelishi mumkin?

III-guruh. Kuchlanishlar rezonansidan yana qayerlarda foydalanish mumkin?

IV-guruh. Toklar rezonansi ham bo‘ladimi?

Guruhlarning dars davomidagi faolliklariga baho beriladi, faol o’quvchilarga tegishli baholar qo’yiladi.


Xulosa.

Adabiyotlar bilan tanishish jarayonida men Fizika fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash quyidagi natijalar va xulosalarga olib keladi degan fikrga keldim:

Yuqori sinflarda Fizika fani murakkablashib, dars materialining hajmi ortib boradi. Bu esa dars sifati, o’quvchilarning o’zlashtirish ko’rsatkichiga salbiy ta’sir etadi. Bu muammoning oldini olish uchun yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash maqsadga muvofiq.

Fizika fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan maqsad ta’lim oluvchini dars jarayonining markaziga olib chiqish, o’quvchilarni o’quv materiallarini shunchaki yodlab olishlaridan, ixtiyoriy takrorlashlaridan uzoqlashtirib, mustaqil va ijodiy faoliyatini rivojlantirish, darsning faol ishtirokchisiga aylantirishdir.

Fizika fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash uchun o’qituvchi yuksak pedagogic mahoratga ega bo’lib, dars mavzusi, o’quvchilar soni, ularning qiziqishi, qobiliyatlarini har tomonlama hisobga olishi kerak.

Mavzuni o’qitishda “Kichik guruhlarda ishlash” metodini qo’llash natijasida:

- o’quvchilar o’rtasida sog’lom raqobat muhitining yuzaga kelishi;

- o’zaro hamkorlik;

- bir-birini tinglash;

- o’z xatosini tushunish;

- fanga bo’lgan qiziqishning ortishi;

- ijodiy izlanish;

va boshqa shu kabi ijobiy natijalar kuzatiladi.

Mening fikrimcha “Kichik guruhlarda ishlash” metodini qo’llab o’tkazilgan fizika dars jarayonlari o’quvchilar tomonidan ham ma’qullanadi. Oddiy, an’anaviy usulda tashkil qilingan dars jarayonidan farqli ravishda yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’tkazilgan dars jarayoni o’zining sezilarli samarasini ko’rsatadi.


Download 277.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling