Mavzusida 1-soatlik ochiq dars ishlanma Qarshi -2014/2015 o’quv yili Mavzu
Download 275.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqYagonasan mustaqi
2 тема, Документ Microsoft Word, falsafa, Paynet cheque, binary university, 3-BahodirovMiralisher, Kurs ishi. A. C. Doyle, 8-МАВЗУ казуслар Махал.давл.хок., Doc 0a61253dd6e74808a21a845cac181f9c, 4780024451366-ru-vodka-surqash-40-05l-03.04.2022, 7-maruza, 1652273929, Anorboyeva.kurs, 01 atakova takror (2), «Организация и планирование строительства»
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning maqsadi: Talimiy maqsad: o`quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun mohiyatiga oid bilimlar berish. Tarbiyaviy maqsad
- Darsning turi: Aralash. Darsning usuli
- Darsning texnik chizma
Yagonasan mustaqil Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida go’zal O’zbekistonim!” mavzusida 1-soatlik ochiq dars ishlanma Qarshi -2014/2015 o’quv yili Mavzu: "Yagonasan mustaqil Vatanim,sevgi va sadoqatim senga bahshida go’zal O’zbekistonim!" Reja:
2. Mustaqillik yillari falsafasi. 3. O`zbekiston - ulkan imkoniyatlar mamlakati. Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad: o`quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun mohiyatiga oid bilimlar berish. Tarbiyaviy maqsad: Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg`ularini o`stirish. Yoshlarning kelajakda ruhan pok, irodasi baquvvat, vijdoni uyg`oq bo`lishini ta'minlash, qalbida insoniy fazilatlarni shakllantirish. Rivojlantiruvchi ta'lim: O`quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoharashlarini o`stirish. Darsning turi: Aralash. Darsning usuli: "Muzyorar", suhbat, ko`rgazmalilik, bahs-munozara, guruhlarda ishlash. Darsning jihozi: Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, "Milliy istiqlol g`oyasi va ma'naviyat asoslari" darsligi, Islom Karimovning "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitobi, tarqatma materiallar, slaydlar. Texnik jihoz: Diaproektor, ekran. "Vatan tuyg`usi", "Milliy istiqlol g`oyasi va ma'naviyat asoslari" fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo`lganlaridan foydalanish. Darsning texnik chizma: Tashkiliy qism 5 daqiqa O`quvchilarni faollashtirish uchun savollar 10 daqiqa O`quvchilarning fikrlarini umumlashtirish 15 daqiqa Guruhlarda ishlash 10 daqiqa Uyga vazifa 5 daqiqa Darsning borishi: Dars boshida o`quvchilar uchta katta guruhga bo`lingan holda joylashadilar O`qituvchi darsni "Muzyorar" metodidan foydalanib, tanishuv mashg`uloti bilan boshlaydi. Bunda har bir o`quvchi oldin o`z ismini, so`ng ismidagi bosh xarf bilan boshlanuvchi o`zidagi bitta fazilatni aytishi kerak. Masalan, Xurshida- xushmuomala, Kamol- kamtarin va hokozo. O`qituvchi o`quvchilardan ushbu o`tkazilgan mashg`ulotdan olingan taassurotlar haqida fikrlashadi. O`quvchilarning tahminiy javoblari; 1-o`quvchi: Menda bu tanishuvdan ko`tarinki ichki hissiyot paydo bo`ldi. 2-o`quvchi: Men bu mashhulotda faol qatnashish mas'uliyatini sezdim. O`qituvchi: Sizlarga katta rahmat! Barchangiz tanishuv mashqulotida faol ishtirok etganingizdan juda mamnun bo`ldim. O`ylaymanki darsimiz davomida yanada ishchanlik kayfiyatida bo`lasizlar. Bugungi mavzu: O`zbekiston - ulkan imkoniyatlar, yangilanishlar va islohotlar mamlakati. (O`qituvchi sinf taxtasiga yozib qo`yilgan yangi mavzuni tushuntirish davomida uchraydigan tayanch so`z va iboralar ma'nosini o`quvchilar faolligini ta'minlagan holda izohlab beradi). O`quvchilarni faollashtirish uchun savollar 1.Mana bugun o`quv yilining birinchi kuni, maktabga kelishingizdan oldin siz o`zingizga qanday maqsad qo`ydingiz? O`quvchilarning javoblari umumlashtiriladi. (har bir o`quvchining fikrini olishga harakat qilinadi. Agar 9-sinf o`quvchilari bo`lsa, savolni davom ettirib, kelgusida qaysi kasbni egasi bo`lmoqchisiz, buning uchun nima ishlarni qilishingizni lozimligini o`ylab ko`rdingizmi? Degan savol ham berish mumkin.) 2. Bizning yashayotgan hududda sizlarning ertangi kuningiz uchun qanday imkoniyatlar mavjud? O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtirgan holda hududagi yangi qurilgan, zamonaviy maktab, kollej, akademik litsey binolari, hamda sport inshoatlarining rasmini ko`rsatadi va ularni nomini birma-bir sanab o`tadi. 3. Hotirjamlik, tinchlik, totuvlik, imkoniyat, mustaqillik, baraka, bag`rikenglik, iqtisod, qadriyat, ma'naviyat so`zlarini izohlashga harakat qiling. Ushbu so`zlardan hikoya tuzishga harakat qilib ko`ring. O`qituvchi o`quvchilarning javoblarini umumlashtiradi. Hurmatli o`quvchilar! Dunyoda buyuk tushunchalar, muqaddas qadriyatlar ko`p. Lekin ushbu tushunchaning bular orasida ayricha o`rni va alohida ahamiyati bor. Bu - ONA, VATAN, TINCHLIK, SOG`LIK. Ularni bir-biridan ayri tasavvur qilib ham bo`lmaydi. Ona Vatan, ona diyor, ona yurt - inson tug`ilib o`sgan, kindik qoni to`kilgan joyni Vatan deydi. Vatanni esa, dunyoda biz uchun eng aziz inson bo`lgan onaga tenglashtiriladi. XX asrning eng buyuk voqealaridan biri bu asrning so`ngi o`n yilligi boshida bu olamshumul harakatga qo`shildik - mustaqillikka erishdik. Vatanimiz, mamlakatimiz butun O`zbekiston xalqi 1991 yilning 31 avgustda o`zining mustaqil davlat ekanligini e'lon qildi. Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek Mustaqillik - ma'naviy tiklanish va va yuksalish demakdir. Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so`ng biz o`zligimizni, qadriyatlarimizni, ma'naviyatimizni teran anglay boshladik. O`zbek nomining shoni-shavkati, g`ururi dunyoga tanildi. Xalqim, tantiliging o`zi bir olam, Yurtboshing boshingda yonib turgan sham. Ta'rifingni bitib charchamas qalam, Mag`rur o`g`lonlaring doim bor bo`lsin. Darhaqiqat o`tgan 21 yil mobaynida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Shu davr ichida qo`lga kiritilgan yutuqlarni sarhisob qilish qiyin. Istiqlol davrining yilma-yil tahlili yana bir muhim xulosani aytishga asos beradi:O`zbekistonimizning siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy qiyofasi batamom o`zgardi. Odamlar tafakkurida keskin sifat o`zgarishi sodir bo`ldi. Bugungi xalq yigirma bir yil burungi xalq emas. Bu o`zgarishlar, o`n-o`n besh yildan keyin yana qanday shirin mevalar berishini bir ko`z o`ngimizga keltirib ko`raylik. Shunda ko`ngilga baxtiyor umidbaxshlik, shukr va faxr xissi inadi. Mustaqillik, avvalo, millatning o`z taqdirini o`zi belgilash huquqini kafolatlaydi. Bu degani esa - biz millat, xalq sifatida taqdirimiz bilan bog`liq barcha masalalarni o`zimiz hal etishimiz lozimligini anglatadi. Mamlakat hayotida yuz berayotgan o`zgarishlarni uchta - siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy islohotlarga bo`lib tahlil etish mumkin. Siyosiy jihatdan O`zbekiston Respublikasi jahondagi teng huquqli mustaqil davlat sifatida yuz ko`rsatdi. Xalqaro maydonda munosib o`rinni egalladi. O`z ovoziga, o`ziga xos mavqeiga ega bo`ldi. O`zbekiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritgach, davlat ramzlariga ega bo`ldi. O`z tiliga, qomusiga, gerbiga, bayrog`iga, Prezidentiga, madhiyasiga, chegarasiga, valyutasiga va milliy armiyasiga ega bo`ldi. Iqtisodiy jihatdan Mustaqillik yillarida iqtisodiy mustaqillikka erishdik: avtomabil va transport sanoati rivojlandi. Davlatimiz g`alla mustaqilligiga erishdi. Mamlakatimiz agrar davlatdan industrlashgan mamlakatga aylandi. Avvalari mamlakatimiz xom ashyo bazasiga aylangan bo`lsa, endilikda paxtani qayta ishlash korxonalari qurildi. Shahar va qishloqlarimiz qiyofasi o`zgarib, chiroy ochib, kollej, litsey, maktablar,guzar, choyxona, to`yxona va do`konlar ham iqtisodiy salohiyatimizdan dalolat beradi. Ma'naviy jihatdan yurtimizdagi o`zgarishlarga alohida to`xtalish lozim. Tilga, tarixga, merosga, dinga, urf-odatlarga, an'ana va qadriyatlarga, adabiyot va san'atga bo`lgan munosabatning o`zgarganligini misollar bilan sanab sanog`iga yetish qiyin. Murakkab iqtisodiy sharoitlarga qaramay, davlat xalq kelajagi uchun qayg`urib, ta'lim tizimiga qanchadan qancha mablag` ajratildi. Mustaqillikning og`ir sinovlari davri o`tdi. Har kimsaning bo`lsin o`zin boshpanasi, Har kimsa o`z kulbasida davrin sursin. Odamni-ku aytmay turay, bu dunyoda Hatto qushning yot butoqda ini bo`lsin. Download 275.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling