Mavzusini joriy qilish


Download 259.64 Kb.
bet2/3
Sana14.05.2020
Hajmi259.64 Kb.
1   2   3

2-rasm: “Aqliy hujum” bosqichlari


Ushbu metodning afzalliklari va kamchiliklari o’rtasidagi muvozanatning siljishi qaysi mavzu o’tilayotganda qo’llanilishiga bog’liq. Masalan, alkanlar mavzusini o’qitishda “Aqliy hujum” metodini qo’llash albatta muvozanatni afzalliklar tomoniga siljitadi. Sababi alkanlar mavzusidagi izomeriya hodisasi va izomerlarni nomlash nafaqat o’qituvchining salohiyati va dars olib boorish metodikasiga, balki o’quvchilarning ijodiy fikrlashlariga ham bog’liqdir.

Shundan kelib chiqib, “Aqliy hujum” metodining afzalliklari sifatidagi quyidagilarni keltirishimiz mumkin:



  • natijalar baholanmasligi ta‘lim oluvchilarda turli fikr-goyalarning tug‘ilishiga olib keladi;

  • ta‘lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;

  • fikr-g‘oyalar vizuallashtirib boriladi;

  • ta‘lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini baholash imkoniyati bo‘ladi;

  • ta‘lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘onadi.

:

2.3. Alkanlar mavzusini o’qitishda “Aqliy hujum” metodini joriy qilish

Respublikamizda ta’lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarni qo’llashga doir keng ko’lamda ish olib borilmoqda. Ushbu muammoning ilmiy-nazariy asoslari, har bir pedagogik texnologiyaning o’ziga xos jihatlari ishlab chiqilib, yetarli darajada tajribalar to’plandi. Ta’lim jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy etishda xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari yakindan yordam ko’rsatmoqda. Ozbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bajarilishi oquv tarbiya jarayonini yuqori sifatli oquv adabiyotlari bilan taminlash ularda talimning milliy yonaltirilganligi, talim va tarbiya uzviy bogliqligining korsatilishi muhim ahamiyatga ega.

Shu o’rinda savol tug’iladi. Pedagogik texnologiya atamasining moxiyati nimada? «Texnologiya» yunoncha so’z bo’lib, “techne” - maxorat, san’at, “1ogos” tushuncha o’rganish demakdir.

Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim o’z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif beradi. Hali bu tushunchaga to’liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng maqsadga muvofig’i YUNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi.

Pedagogik texnologiya — ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayoniga inson salohiyati va texnik resurslarni qo’llash, ularning o’zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir.

G. K. Selevkoning «Zamonaviy ta’lim texnologiyalar»i o’quv qo’llanmasida ta’lim jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalar jamlangan bo’lib, ularning ilmiy-nazariy, metodologik asoslari, tasnifi va amaliyotda qo’llash mexanizmi yoritilgan.

Kimyo fani insoniyat taraqqiyotida vujuda katta o‘rin tutadi. Tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, umuman, barcha sohalar rivojida mazkur fan olamida erishilgan yutuqlar yotadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o‘qitishdan asosiy maqsad esa o‘quvchilarda fan va texnikani o‘rganishga qiziqish uyg‘otish, pirovardida, intellektual salohiyatli avlodni voyaga iboratdir.


Hozirgi kunda o‘qitish jarayonida ilg‘or, zamonaviyb pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib darslarni tashkil etish maqsadga muvofiq. Xususan, mahoratli o‘qituvchilar tajribasi asosida o‘quv -laboratoriya jihozlaridan samarali foydalanish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, to‘garak ishlari sifatini oshirish davr talabidir.

Kimyo fani ta’limida yuqori samaradorlikka erishish, fan yo‘nalishidagi yangiliklarni izlab topish va ta’lim jarayoniga tatbiq etish, o‘quvchilarning fanga qiziqishini oshirib, hozirgi zamon fan va texnikasini o‘rganishga intilishlarini o‘stirish o‘qituvchi zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Shu bois 2019-2020-o‘quv yili oldidan o‘tkaziladigan an’anaviy avgust kengashi sho‘ba yig‘ilishlarida qatnashchilar quyidagilar haqida fikr almashishlari maqsadga muvofiq:


– kimyoga oid nazariy bilimlarni tajribalar orqali isbotlash, sinflar kesimida har bir mavzu asosida keltirilgan laboratoriya mashg‘ulotlarini talab darajasida o‘tkazish;
– kimyo darslarida zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlaridan samarali foydalanish, tugab qolgan kimyoviy moddalar va yaroqsiz holga kelgan jihozlarning o‘rnini qayta to‘ldirishga buyurtmalar berish tartibi;
– hududlarda tashkil etilgan “Mahorat maktablari” o‘qituvchilari tomonidan zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (elektron darsliklar, elektron qo‘llanmalar, o‘quv filmlar, virtual laboratoriya ishlari va animatsion ko‘rgazmali tajribalar, videodars lavhalari), plakatlar to‘plamlaridan foydalanib, ko‘rgazma-namoyishli darslarni o‘tkazish;

– murakkab mavzularni o‘rgatish hamda masalalar yechishning turli usullari yuzasidan tavsiyalar berish .

O`quvchilarga davlat ta`lim standartlari talablariga javob beradigan darajada bilim va ko`nikmalarni shakiiantirish uchun zamonaviv texnologiyalari usullaridan keng va samarali foydalanish zarurati kundan kunga oshib bormoqda Bu esa har bir o`qituvchidan o`z ustida tinimsiz ishlashini , ta`lim berishning barcha usul va metodlarini muvafaqiyatli o`zlashtirib olishga intilishi kerakligini taqozo etadi.

Dars jarayonlarida yuqori samaradorlikka erishish uchun quyidagi metod va usullardan foydalanish mumkin:

1.Bahslar. O`quv guruhni ikki komandaga bo`lgan holda , biror mavzu bo`yucha o`zaro bahs , fikr almashinuv tarzida o`tkaziladi.

2. O`yinlar. Ishbilarmonlik yoki vaziyatli o`yinlar – muammoli vazifaning bir turidir. Faqat bu o`rinda matnli material o`rniga o`quvchilar tomonidan rollar o`ynaladigan hayotiy vaziyat saxnalashtiriladi.

3. Kitob bilan ishlash . Ushbu usul ta`lim oluvchining o`quv materialini mustaqil o`zlashtirishini o`z-o`zini tekshiruv malakalarini , berilgan matnning mazmunini to`liq va ongli ravishda bayon etishga qaratilgan usuldir.

4. Individual (amaliy) usul . Ta`lim oluvchining faoliyatida olingan bilimlarini amaliy vazifani yechishga qaratadilar. Bu usul nazariy olingan bilimlarni amaliyotda tadbiq qilishdir.

5. Davra suhbati . Ta`lim oluvchilar davra stolid o`tirib ,bir-birlarining savollariga konvert orqali javob yozadilar.

Ta`limning interfaol usullari haqida to’xtaladigan bo’lsak, pedagogik nashrlarda o`qitish metodlarini faol yoki sust guruhlarda ajratish hollari mavjud. Agar har bir metod belgilangan u yoki bu maqsadni yechishga o`z o`rniga qo`llanilsa ,shubhasiz faoldir.Pedagogik texnologiyalar ham darsda o`quvchilar faolligini yuqori darajasini ta`minlash asosida oldindan belgilangan maqsadga erishishga qaratiladi. Shuni ham ta`kidlash lozimki ,o`qitish metodlari bevosita ta`lim amaliyoti bilan aloqador konsepsiyadir.

O`qitish jarayonida qo`yilgan vazifaning mazmuni , uni yechish yo`llariva usullarini belgilash , muhokama qilish taklif qilinadi . Bunda ilgari surilayotgan takliflarni hamkorlikda baholash orqali uni amalga oshirish , bajarilgan ishni birgalikda tahlil qilish, hamkorlikda topilgan natijani oldin shakllantirib, so`ngra taqdim etish so`raladi.

“Aqliy hujum”, “muammoli vaziyat “, bahs-munozara, tadqiqot, davra suhbati, kichik guruhlarda ishlash, ajurli arra, kitob bilan ishlash usullari bunga misol bo`labi.(1-sxema)

O`qitish jarayonida ta`lim vositalaridan foydalaniladi . Ta`lim vositalari deganda metod va ta`limni tashkil etish saklarini amalga oshirishga yirdam beruvchi vositalar tushiniladi. Ta`lim jarayonida qo`llaniladigan real vositalariga ishlab chiqarish korxonalari, laboratoriya , doska, texnik vositalarga: kadoskop, kompyuter, vidioproektor, bosma variantlarga; chop etilgan o`quv materiallari , kitob, jadval, ma`ruza matnlari misol bo`ladi. Ta`lim vositalari imkoniyat , metod va ta`limni tashkil etish shakllariga asosan tanlanadi.

Yuqoridagi ta`lim vositalari o`qituvch uchun o`quvchi uchun hamda dars o`tkazish uchun alohida variantlarni to`gri tanlash muhim ahamiyatga ega .



  1. O`qituvchi uchun vositalar: o`quv predmetini o`qitish metodikasi bo`yicha qo`llanmalar, shaxsiy metodika murakkab masalalar bo`yicha metodik tavsiyalar, o`qituvchilar tomonidan tayyorlangan metodik ishlanmalar.

  2. O`quvchi uchun vosita: darslik, o`quv qo`llanma yoki o`qituvchining ma`ruza matnlariar, jadvallar, yo`l yo`riq xaritalar, topshiriq kartoshkalari.

  3. Dars o`tkazish uchun : plakatlar, diagrammalar, modellar, etalonlar namoyish qilish jiohozlari , laboratoriya va amaliy mashg`ulotlar o`tkazish uchun jihozlar , audiovisual vositalar, diafilim, vodioyozuvlar, diopozitivlar.

Tanlab olingan metod , shakl vositalar bir-birini to`ldirish yani uyg`unlashuvi kerak. Xullas, ta`lim texnologiyasida usullarni, vosita va t a`limni tashkil etish shakllarini to`g`ri tanlash samarali qo`llash katta ahamiyatga ega.

Uglevodorodlar — ikkita elementdan — uglerod bilan vodoroddan tarkib topgan eng oddiy organik birikmalardir. Tarkibi umumiy CnH2n+2 formula bilan ifodalanadigan (bunda n — uglerod atom larining soni) birikmalar to'yingan uglevodorodlar yoki alkanlar (xalqaro nomi) deyiladi. To'yingan uglevodorodlarning molekulalarida uglerod atomlari bir-biri bilan oddiy (birlamchi) bogianish orqali bogiangan, qolgan barcha valentliklari esa vodorod atomlari bilan to'yingan boiadi. Alkanlar parafinlar ( aktiv emas, passiv) ham deyiladi.

Gomologik qatorda uglevodorodlar fizik xossalarining asta-sekin o'zgarishi kuzatiladi: qaynash va suyuqlanish temperaturalari ko'tariladi, zichligi ortadi.

Odatdagi sharoitda (temperatura 22 °C) qatorning dastlabki to'rtta a’zosi (metan, eten, propan, butan) — gazlar, C5H12 dan C16H34 gacha — suyuqlikdir, C17H36 dan boshlab — qattiq moddalar.

Alkanlarning hammasi vodorodga batamom (maksimal) to'yingan. Ularning uglerod atomlari sp3 - gibridlanish holatida, demak, oddiy (birlamchi) bog’lanishli bo’ladi

Nomenklaturasi:

Tarixiy nomenklatura. Organik birikmalarning ko‘plab kashf etilishi natijasida ko‘pchilik organik moddalarga trivial(empirik, tarixiy, tasodifiy)nomlar berilgan. Masalan, to‘yingan uglevodorodlarning birinchi to‘rtta vakiliga metan, etan, propan va butan deb, tasodifiy nom berilgan. Pentandan boshlab alkanlarning nomiga molekula tarkibidagi uglerod atomi sonining grekcha nomiga (“penta”- 5, “geksa”- 6, “gepta”- 7, “okta”- 8, “nona”- 9, “deka”- 10) “an” qo‘shimchasini qo‘shib hosil qilinadi. Masalan: pentan – C5H12, geksan – C6H14, Alkanlar gomologik qatorining birinchi a’zosi metan CH4. Uglevodorod nomidagi -an qo'shimcha to'yingan uglevodorodlar nomiga xos qo'shimchadir. Metandan keyin etan C2H6, propan C3H8,butan C4H10 keladi. Beshinchi uglevodoroddan boshlab uglevodorod nom i m olekuladagi uglerod atom lari sonini ko'rsatuvchi grekcha son nomiga -an qo'shimchasini qo'shib hosil qilinadi. Bular pentan C5H12, geksan C6H |4, geptan C7H16, oktan C8H18, nonan C9H20, dekan CI0H22 va h.k

Ratsional nomenklatura. XIX asrdan boshlab organik moddalarni nomlashda ratsional (lotincha “ratio” fikrlash, idrok demakdir) nomenklatura qo‘llanildi. Ushbu nomenkla turaga asosan barcha alkanlar metanning hosilasi deb qaraladi. Metan tarkibidagi vodorodlar o‘rniga radikallarning almashinishidan alkanlar hosil bo‘ladi Ratsional nomenklatura bo‘yicha alkanlarni nomlashda eng ko‘p tarmoqlangan uglerodni metan markazi sifatida qaraladi va shu uglerodga bog‘langan radikallarning nomi va oxirida metan so‘zini aytish bilan modda nomi tugallanadi.


Formulasi

Nomi

Formulasi

Nomi

CH4

Metan

C8H18

Oktan

C2H6

Etan

C9H20

Nonan

C3H8

Propan

C10H22

Dekan

C4H10

Butan

C11H24

Undekan

C5H12

Pentan

C12H26

Dodekan

C6H14

Geksan

C20H42

Eykozan

C7H16

geptan

C30H62

trikozan

Metan (kon gazi, botqoq gazi), CH4 — rangsiz, hidsiz gaz. Suvda kam eriydi, etanol, efir, uglerod (IV)-xlorid va uglevodorodlarda eriydi. M. — to'yingan uglevodorod qatorining dastlabki vakili bo'lib, boshqa alkanlar singari radikal oʻrin almashinish reaksiyalari (galogenlash, sulfoxlorlash, sulfooksidlash, nitratlash va boshqalar)ga kirishadi.

Metan — tabiiy va kon gazlarining asosiy qismini tashkil etadi, sellyulozaning anaerob achishidan ham hosil bo'ladi.Saturn, Yupiter va uning yo'ldoshi bo'lgan Titan atmosferasining asosini tashkil etadi. M. sanoat miqyosida tabiiy gazlardan yoki krekinggazdan past temperaturali distilyasiyalash yo'li bilan ajratib olinadi. Labaratoriyada atsetatlardan, karbid yoki metallarning metilgalogenidlaridan olinadi. Metan yonilg'i, sintezgaz xom ashyosi, vodorod, atsetilen, texnik uglerod, uglerod (1U)-xlorid, xloroform, freonlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda qo'llanadi. Zaharli emas, ammo portlovchi aralashmalar hosil qiladi, ko'mir konlarida yuz beradigan noxushliklar shuning oqibatida kelib chiqadi. Bundan tashqari uylarda va xonadonlarda ishlatiladigan tabiiy gaz ham metandir.

Etan (CH3—CH3) — rangsiz, hidsiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi — 183,23°, zichligi 572 kg/m3(—100°da). Suvda oz, etanol va uglevodorodlarda yaxshi eriydi. Kimyoviy xossalariga koʻra, E. toʻyingan uglevodorodlarning yaqqol vakili. Radikal mexanizm boʻyicha turli almashinish reaksiyalariga kirishadi. 550—650° da termik degidrogenlanganda etilenga aylanadi, 800°da atsetilen hosil qiladi. 300—450° da xlorlanganda etil xlorid, oksidlanganda CH3CHO va CH3COOH aralashmasi, gaz fazada nitrolanganda nitroetan va nitrometan aralashmasini beradi. Etan — tabiiy va yoʻlakay gazlar komponenti (hajmiga koʻra 10%) boʻlib, ulardan past temperaturada rektifikatsiyalash yoʻli bilan ajratib olish mumkin. Neft xom ashyosini krekinglashda koʻp miqdorda etan hosil boʻladi. Laboratoriya sharoitida etan metil yodid CH3I dan Vyurs reaksiyasini qoʻllab, (CH3COO)2Ca dan Kolbe reaksiyasiga koʻra, etilbromid C2H5MgJ dan Grinyar reaksiyasidan foydalanib, etilenni yoki atsetilenni gidrogenlab olinadi.

Etan — etilen va vinilxlorid olishda xom ashyo. Etanning havo bilan aralashmasi portlash xususiyatiga ega. Chaqnash temperaturasi 152°, oʻz-oʻzidan alangalanish temperaturasi 472°.



Download 259.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling