Mavzusini joriy qilish


Download 259.64 Kb.
bet3/3
Sana14.05.2020
Hajmi259.64 Kb.
1   2   3

Propan - toʻyingan uglevodorod, rangsiz, hidsiz yonuvchi gaz; suyuqlanish temperaturasi — 187,7°; Propan erituvchi sifatida, qurum olishda, metall qirqishda, avtomobillar uchun tutunsiz yonilgʻi, butan bilan aralashmasi maishiy gaz sifatida ishlatiladi. Sanoatda propanni katalitik degidrogenlab propilen, nitrolab esa nitrometan olinadi.

Metanning struktura va fazoviy tuzilishi:



dd d

3-ras,3

3-rasm: Navoiy yonilg’I zavodi

Qo’shimcha sifatida dars so’ngida o’quvchilarga alkanlar bilan bog’liq laboratoriya tajribalari ko’rsatib, so’ng ulardan izoh talab qilish orqali ham o’quvchilarda fikr va mulohazalar tug’dirish mumkin. Quyida misol tariqasida bir necha laboratoriya mashg’ulotlari keltirilgan:



1- tajriba. Metan olish va uning xossalarini o`rganish.

Tabiiy gazning asosi metan yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. Metandan metil spirt, sirka kislota, etil spirt, sintetik kauchuk, mochevina olinadi va metallarni qirqishda, payvandlashda ishlatiladi. Dixloretan, xloroform va tetraxlormetanlar erituvchi sifatida foydalaniladi. Xloroform tibbiyotda narkoz sifatida ishlatiladi.



Reaktivlar: natriy atsetat, natron ohak (NaOH+Ca(OH)2 aralashmasi), bromli suv, 1% li kaliy permanganat eritmasi.

Ishning borishi:Quruq probirkaga bir qism natriy atsetat va ikki qism natron ohakdan iborat aralashmadan 2 gr solinadi. Probirkaning og`zi gaz chiqish nayi o`rnatilgan tiqin bilan berkitiladi va probirka qisqich yordamida shtativga o`rnatiladi. Nayning ikkinchi uchi suvli boshqa probirkaga tushiriladi. Shundan so`ng aralashmali probirka gorelka alangasida qizdiriladi, gaz holidagi mahsulot metan hosil bo`lishi kuzatiladi.

Ajralib chiqayotgan gazga nay og`zida gugurt alangasi tutilsa, u ko`kimtir alanga berib yonadi. Demak, bu gaz - metan.

CH3COONa + NaOH = CH4 + Na2CO3

CH4 + 2O2 = CO2 + H2O

Ajralib chiqqan gaz avval bromli suv solingan probirkadagi eritma orqali, keyin kaliy permanganat solingan probirkadagi eritmadan o`tkaziladi. Ikkala holatda ham eritmalar rangi o`zgarmaydi, ya`ni reaksiya amalga oshmaydi. Bu tajriba ham ajralib chiqqan gaz metan ekanligini tasdiqlaydi.

2- tajriba. Alkanlarni konsentrlangan mineral kislotalar bilan ta`siri.

To‘yingan uglevodorodlar kimyoviy inert moddalar bo‘lib, oddiy sharoitda oksidlanmaydi va reaksiyaga kirishmaydi. Shuning uchun ular parafinlar (lotincha «parum offinis» — aktivmas) deb ataladi.



Reaktivlar: geksan, kons. H2SO4, kons. HNO3.

Ishning borishi: Probirkaga 1 ml geksan solib, unga teng miqdorda kons. H2SO4 aralashtiriladi. Bunda aralashma suv bilan sovutib turiladi. Geksan rangining o`zgarmasligi to`yingan uglevodorodlarning inertligini ko`rsatadi. Xuddi shunday tajriba kons.HNO3 bilan o`tkazilganda ham eritma rangi o`zgarmaydi. Demak, to`yingan uglevodorodlarga nitrat kislota ham ta`sir etmaydi.

3 - tajriba. Alkanlarga kaliy permanganatning ta`siri.

Reaktivlar: geksan, 1% li kaliy permanganat eritmasi 5% li natriy karbonat eritmasi.

Ishning borishi: Probirkadagi 1ml geksanga 1ml soda eritmasi va bir necha tomchi kaliy permanganat eritmasi qo`shiladi va qattiq chayqatiladi. Kaliy permanganatga xos binafsha rang yo`qolmaydi, chunki geksan va to`yingan uglevodorodlar bu sharoitda oksidlanmaydi.

Uyga vazifa sifatida esa DTM testlaridan namunalar berish orqali mavzu yanada mustahkamlanadi va kimyo fani bilan bog’liq kirish imtihon testlariga o’quvchilarni tayyorlagan bo’lamiz.



1-variant.

1. Uglevodorod molekulasida uglerod atomlari o’zaro σ- bog’ oraqali bog’lanib, qolgan valentliklari vodorod bilan to’yingan uglevodorodlar…… deyiladi.

A) alkanlar B) alkenlar

C) alkinlar D) arenlar

2. Alkanlarning umumiy formulasini keltrilgan jovobni aniqlang?

A) CnH2n B) CnH2n-2 C) CnH2n+2 D) CnH2n-6

3. Alkanlar tarkibidagi neytronlar sonini quydagi qaysi formula orqali topiladi?

A) 8n+2 B) 6n C) 8n-2 D)14n+2

4. Alkanlar tarkibidagi elektonlar sonini quydagi qaysi formula orqali topiladi?

A) 8n+2 B) 6n C) 8n-2 D)14n+2

5. Alkanlarning molekulyar massasi quydagi qaysi formula orqali topiladi?

A) 8n+2 B) 6n C) 8n-2 D)14n+2

6. Alkanlar tarkibidagi (-C-C-) bog’lar soni qudagi qaysi formula orqali topiladi?

A) 2n B) n+1 C) n-1 D) 2n+2

7. Alkanlar tarkibidagi (-C-H) bog’lar soni qudagi qaysi formula orqali topiladi?

A) 2n B) n+1 C) n-1 D) 2n+2

8. Alkanlar tarkibidagi umumiy bog’lar soni qudagi qaysi formula orqali topiladi?

A) 2n B) 3n+1 C) n-1 D) 2n+2

9. Alkanlar tarkibidagi sp3-gibrid orbitallar sonini quydagi qaysi formula orqali topiladi?

A) 4n+2 B) 4n C) 6n+1 D) 8n

10. Alkan tarkibidagi uglerod atomlarining oksidlanish darajalari yig’indisi quydagi qaysi formula orqali topiladi?

A) (-2n-2) B) 2n+2 C) -4n D) 8n+2

11. Quydagi keltrilgan uglevodlar pentanni aniqlang?

A)C6H14 B) C20H42 C) C30H62 D)C5H12

12. Quydagi keltrilgan uglevodlar geksanni aniqlang?

A)C6H14 B) C20H42 C) C30H62 D)C5H12

14. Quydagi keltrilgan uglevodlar eykozanni aniqlang?

A)C16H34 B) C20H42 C) C30H62 D)C15H32

15. Quydagi keltrilgan uglevodlar trikantanni aniqlang?

A)C16H34 B) C20H42 C) C30H62 D)C15H32

16. Quydagi qaysi uglevodorodlar trivial nomlangan?

1) metan 2) propan 3)pentan 4)geksan 5)butan 6)etan

A) 1,2,3,5 B)1,2,5,6 C)2,3,4 D) 5,6

17. Alkanlarni ratsional nomlashda dastlab radikallar nomi o’qilib so’ngra oxirida …… so’zini qo’shib o’qiladi.

A) etan B) propan C)metan D)butan

18. Quydagilar orasidan metilmetanni aniqlang?

A) CH3-CH2-CH3 B) CH3-CH3

C)CH3-C(CH3)2-CH3 D) CH3-CH(CH3)-CH3

19. Quydagilar orasidan dimetilmetanni aniqlang?

A) CH3-CH2-CH3 B) CH3-CH3

C)CH3-C(CH3)2-CH3 D) CH3-CH(CH3)-CH3

20. Quydagilar orasidan trimetilmetanni aniqlang?

A) CH3-CH2-CH3 B) CH3-CH3

C)CH3-C(CH3)2-CH3 D) CH3-CH(CH3)-CH3

21. Quydagilar orasidan tetrametilmetanni aniqlang?

A) CH3-CH2-CH3 B) CH3-CH3

C)CH3-C(CH3)2-CH3 D) CH3-CH(CH3)-CH3

22. Quydagilar orasidan etilmetanni aniqlang?

A) CH3-CH2-CH3 B) CH3-CH3

C)CH3-C(CH3)2-CH3 D) CH3-CH(CH3)-CH3

23. Quydagilar orasidan metiletilmetanni aniqlang?

A) CH3-CH2-CH3 B) CH3-CH3

C)CH3-CH2-CH2-CH3 D) CH3-CH(CH3)-CH3

24. Quydagilar orasidan dietilmetanni aniqlang?

A) CH3-CH2-CH3 B) CH3-CH2-CH2-CH2-CH3

C)CH3-CH2-CH2-CH3 D) CH3-CH(CH3)-CH3

25. Quydagilar orasidan metilpropilmetanni aniqlang?

A) CH3-CH2-CH3 B) CH3-CH2-CH2-CH2-CH3

C)CH3-CH2-CH2-CH3 D) CH3-CH(CH3)-CH3

26. Quydagilar orasidan trietilmetanni aniqlang?

A) CH3-CH2-CH3 B) CH3-CH2-CH2-CH2-CH3

C)CH3-CH2-CH2-CH3 D) C2H5-CH(C2H5)-C2H5

27. quydagi alkanni ratsional nomenklatura bo’yicha nomlang?

A) dimetilizopropilmetan B) tetrametilmetan

B) metilizopropilmetan D) trimetilizobutilmetan

28. quydagi alkanni ratsional nomenklatura bo’yicha nomlang?

A) dimetilizopropilmetan B) tetrametilmetan

B) metilizopropilmetan D) trimetilizobutilmetan

29. quydagi alkanni ratsional nomenklatura bo’yicha nomlang?

A) dimetiletilizopropilmetan

B) tetrametilmetan

B) metilizopropilmetan

D) trimetilizobutilmetan

30. quydagi moddani ratsional nomenklatura bo’yicha nomlang?

A) dimetildiizopropilmetan

B) tetrametilmetan

B) metilizopropilmetan

D) trimetilizobutilmetan


3. Xulosa.

Alkanlar mavzusini o’qitishda “Aqliy hujum” metodidan foydalanish ayniqsa, alkanlarning gomologik qatori, nomlanishi va izomeriyasini muhokama qilishda samarali bo’lib, sinfdagi o’quvchilarning ko’pchiligini dars jarayoniga faol qatnashishlariga olib keladi.

Aqliy hujum usuli g`oyat oddiy va samarali vosita bo`lib har bir darsda qo`llash mumkin . Chunki bu usul hech qanday maxsus tayyorgarlik va ta`lim vositalarini qo`llash majburiyatini keltirib chiqarmaydi. Uning mohiyati jamoa hamkorligi asosida muammoni eshitish vaqt bo`yicha bir qancha bosqichlarga ajratishdan iborat. Dars jarayonida aqliy hujum usulidan maqsadli foydalanish ijodiy, nostandart tafakkurlashni rivojlantirish garovi hisoblanadi. Aqliy hujumni uyushtirish birmuncha soda bo`lib , undan ta`lim mazmunini o`zgartirish jarayonida foydalanish bilan birgalikda ishlab chiqarish muammolarining yechimini topishga ham qo`l keladi.

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi» va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi Qarorlari asosida respublikamizning akademik litsey va kollejlarida hozirgi zamon talablariga javob beradigan o‘quvchilar va kasb-hunar ta’limi mutaxassislari tayyorlashga imkon yaratildi. Bu qarorlarda o‘quvchilarning milliy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zligini anglashi, zamonaviy-iqtisodiy tafakkurini o‘z faoliyatiga tatbiq eta olishi, elektron-hisoblash mashinalaridan foydalanish usullarini bilishi, fanlarni to‘liq o‘zlashtirishi, kasbining fidoyisi bo‘lishligi ta’kidlab o‘tilgan. Organik kimyoning nazariy asoslarini puxta o‘rganish, avvalo, bo‘lg‘usi kasb-hunar mutaxassislariga tabiatdagi biokimyoviy jarayonlarni va ulardan olinadigan kimyoviy moddalarning olinish texnologik uslublarini o‘zlashtirishga yaqindan yordam beradi. Hozirgi vaqtda xalq xo‘jaligining biron tarmog‘i yo‘qki, unga kimyo fani kirib bormagan bo‘lsin. Masalan, xalq xo‘jaligida ishlatilayotgan polietilen quvurlar, plyonkalar, ekinlarning hosildorligini oshirishda qo‘llaniladigan organik o‘g‘itlar, o‘simliklarni kasalliklardan hamda har xil zararkunandalardan saqlaydigan preparatlar va boshqa kimyoviy moddalarning deyarli hammasi kimyoviy modda — organik birikmalardir. Qishloq va o‘rmon xo‘jaligida yetishtiriladigan m ahsulotlar organik birikmalarning asosiy manbayi hisoblanadi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi o’qituvchilar oldiga har tomonlama yetuk, barkamol, sog’lom va yuksak manaviyatli yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazishdеk katta mas’ulyat yuklaydi. Xususan Rеspublikamiz iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri bo’lgan kimyo sanoatiga malakali kadrlar tayyorlashda o’quvchilarga kimyo fani asosiy tushunchalari maktabda bеriladi. Kimyo fanini 7-11 sinfda o’qitishda, o’quvchilar tomonidan mavzuni o’zlashtirilishiga katta ahamiyat bеrish zarur. Bugungi kunda o’quvchilar tomonidan mavzuning o’zlashtirilishi, eshitish orqali 10-15 % , ko’rish orqali 25-30 % , o’zi amaliy bajarish orqali 40-45 % ni tashkil qilishi adabiyotlardan ma’lum. Shunday ekan bugungi kun kimyo o’qituvchisi, mavzuga oid matеriallarni faqat axborot sifatidagina o’quvchiga yetkazadigan bo’lsa, oldiga qo’ygan maqsadga erisha olmaydi. Shuning uchun kimyo fanini o’qitishda har bir mavzuni tushuntirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib o’qitish,mavzuni har tomonlama yoritish, joiz bo’lsa qiziqarli tajribalar va masala yechish usullaridan foydalanish yaxshi natija beradi.

2012 yilga kеlib kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq maktab va o’rta maxsus kasb-hunar tizimini isloh qilish dеyarli oxiriga yetkazildi va 2018 yilga kelib ta’lim sifatini oshirish maqsadida umumiy o’rta ta’limda 10- 11 sinflar tizimi tashkil etildi. Maktablar zamonaviy talablar asosida yetarli miqdordagi asbob - uskunalar bilan jihozlandi. 7-11 sinf uchun mavjud davlat ta’lim standartlariga muvoffiq bеlgilangan mavzular bo’yicha ko’rgazmali matеriallar jamlanmalari (plakatlar) slaydlar tayyorlangan.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Karimov I.A. O‘zbekiston milliy istiqlol, siyosat, mafkura. «O‘zbekiston» nashriyoti. T.,1993.


2. Karimov I.А. Milliy mafkura haqida.– T.,2000.
3. Karimov I.А. Ma’naviy yuksalish yo‘lida. – T.,1998.
4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi «O‘zbekiston» nashriyoti. T.,1991.
5. O‘zbekiston Respublikasining qonuni «Ta’lim to‘g‘risidagi», «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi to‘g‘risida» «O‘zbekiston» nashriyoti. T.,1998.
6. Atamuradov S., Xusanov S., Rametov J. Ma’naviyat asoslari.– T.,2000.

7. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora­tadbirlari to’g’risidagi 2017 yill 20-apreldagi PQ-2909-son qarorini.

  1. Karimov.I.A. I.A.Karimovning «O’zbekiston buyuk kelajak sari» T.

  2. Parpiyev N.A, Rahimov H.R, Muftaxov A.G. Anorganik kimyo nazariy asoslari. Toshkent,“O’zbekiston”, 2000. 479 b.

  3. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – T.: O‘qituvchi, 2004.

  4. Abdullaeva M.M, Mardonov O’.M -Akademik litsey va kasb hunar kollejlari uchun darslik T. O’zbekiston 2002-yil

12. M.Nishonov, Sh.Mamajonov, B.Xo`jayev “Kimyo o`qitish metodikasi” Toshkent, O`qituvchi 2002, 112 b.

  1. A.Mavlonov S.Abdalova “Davlat Ta`lim Standartlari asosida pedogogik texnologiyani shakllantirish va amaliyotga joriy etish”. “Ta`lim texnologiyalari”, ”Ta`lim muammolari” Toshkent, 2009. 96 b. ilmiy-uslubiy jurnal.

  2. Asqarov I, Qayumova M, Rahimov X. Anorganik va umumiy kimyodan masalalar yechish. Toshkent “O‘qituvchi” 1995.

  3. I.A. Toshev, R.R. Ro’ziyev, I.I.Ismoilov “Anorganik kimyo” Toshkent 2004. 148b

  4. H.Rahimov N.Parpiyev A.Muftahov “Anorganik kimyo nazariy asoslari Toshkennt O`zbekiston 2000 yil 230 b


Elektron ta’lim resurslari:
1. www. tdpu. Uz
2. www. pedagog. Uz
3. www. Ziyonet. Uz
4. www. edu. Uz
5. www. nbgf. intal. uz.


Download 259.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling