Mavzy: “Siddiqiy- ajziy ijodida ma’rifat va Vatan mavzusi talqini.”


Download 0.77 Mb.
Sana20.11.2020
Hajmi0.77 Mb.
#148440
Bog'liq
Mammatova Mahbuba.(mus.ish)

Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti o’zbek tili ta’lim yo’nalishi 183-guruh talabasi mammatova mahbubaning “o’zbek adabiyoti tarixi” fanidan mustaqil ta’lim uchun taqdimoti

Mavzy: “Siddiqiy- Ajziy ijodida ma’rifat va Vatan mavzusi talqini.”

Reja:

  • 1.Siddiqiy-Ajziy ma’rifatparvar shoir, tarjimon.
  • 2.Siddiqiy-Ajziy ijodida ma’rifat mavzusi.
  • 3.Siddiqiy-Ajziy ijodida Vatan mavzusi talqini.

Ajziy - haqiqiy ismi: Saidahmad Hasanxo‘ja o‘g‘li Siddiqiy — o‘rta osiyolik o‘zbek jahongashta yozuvchisi, tarjimon-poliglot va jadid. Saidahmad Hasanxo‘ja o‘g‘li Siddiqiy 1864 yil Samarqandning Halvoi qishlog‘ida kambag‘al oilada dunyoga kelgan. Bolaligida ota-onadan yetim qolgan, ammo mahalliy madrasada ta’lim olishni davom ettirgan. Bobosi va xolasining qo‘lida tarbiyalangan. Ta’limni yakunlab, soatsozlar bilan ishlagan. Ozgina voyaga yetib, Buxoroga, katta madrasada ta’lim olgani yo‘l oladi. Orada ikki-uch yil o‘tib, madarasadagi ta’limni yakunlab, turli lavozimlarda, shu o‘rinda, Kadining qo‘lida kotib sifatida faoliyat yuritadi.

1901 yil Siddiqiy otasidan meros qolgan uyni hovli yeri bilan sotib, muqaddas Haj va Makkaga karvon otliqlar bilan yo‘l oladi. Haj ziyoratini amalga oshirgach, Siddiqiy jahongashtalikni boshlab, Arab yarim oroli, Turkiya, Iroq, Afg‘oniston kabi mamlakatlarda bo‘ladi. Siddiqiy, shuningdek, Kavkaz, Rossiya Imperiyasi shaharlari, jumladan, Baku, Tiflis, Moskva, Sankt-Peterburg, Velikiy Novgorod kabi shaharlarga tashrif buyuradi. Uzoq safardan so‘ng O‘rta Osiyoga qaytib keladi. 1900 yil Rossiya Imperiyasining Jiddadagi elchixonasida tarjimon bo‘lib ishlaydi. Sayohati davomida Bakuda u Kavkaz ortidagi jadidlar bilan tanishadi va uyiga qaytgach, Is'hoq Ibrat ismli jadid bilan birga Halvoi qishlog‘ida yangi uslubdagi maktab ochishadi. U asos solgan maktab bugungi kungacha saqlanib qolgan. U hanuz faoliyat yuritib keladi vа unga Siddiqiya Ajziya nomi berilgan.

1913 yil dekabr oyida Ulug‘bek madrasasining imomi ularni tanbeh bergani o‘z huzuriga chorlaydi va dinni tahqirlashda ayblab, o‘ldirtirmoqchi bo‘ladi. Siddiqiy Ajziy o‘zbek, tojik, fors, arab, turk va ozarbayjon tillarini mukammal egallagan. Keyinroq, rus tilini ham mukammal darajada o‘rgangan. Atoqli yozuvchi va shoirlarning asarlarini tarjima qilgan. Xususan, 1908—1910 yillar u Lev Tolstoyning asarlarini, Ivan Krilov masallarini va Nikolay Gogolning “Shinel” nomli qissasini o‘zbek va tojik tillariga tarjima qilgan. Shuningdek, Siddiqiy Ajziy O‘rta Osiyo maktablari uchun maxsus darsliklar ishlab chiqqan. 1880 yillar she’rlar yozishni boshlayi, ular orasida: “Ayn ul-adab” (Axloq chashmasi) va “Ganjinai hikmat” (Hikmatlar xazinasi). 1912 yil uning “Andjumani arvox” (Arvoxlar anjumani) nomli dostoni chop etiladi, 1914 yil esa “Mir’oti ibrat” (Ibrat oynasi) dostoni nashrdan chiqadi. “Mir’oti ibrat” dostoni Turkistonning muammolari va fojiaviy ahvolidan so‘zlaydi, shuningdek, ushbu muammolarni bartaraf etish haqidagi fikrlar bilan to‘ldirilgan.

1917 yilgi fevral inqilobidan so‘ng Ajziy xalq harakatida ishtirok etishni boshlaydi. 1918 - 1921 yillar Samarqand viloyat sudida komissar bo‘lib ishlaydi. 1922 yil barcha davlat lavozimlaridan voz kechib, o‘zining avvalgi ishiga qaytadi va maktabda o‘qituvchilik qiladi. Keyinchalik u “Mashrab” va “Mulla Mushfikiy” hajviy jurnallari, shuningdek, o‘zbek va tojik tillaridagi “Zarafshon” gazetasining tashkil etilishida faol ishtirok etgan. Mazkur gazeta va jurnallar uchun u maxsus hajviy qissalar yozgan: “Mayna”, “Ginagina”, “Shashpar”, “Tir”, “Gumnom” va “Olmos”. Ushbu hajviy qissalarda o‘sha davrlarda hukm surgan tuzim va uning natijasidan xavfsirash ishoralarini payqash mumkin. 1920-yillar Ajziy ta’lim va madaniyatning muhim arbolaridan biri bo‘ldi. 1926 yilning qishida Ajziy og‘ir betob bo‘lib qoladi va 1927 yil Samarqandda vafot etadi.

Dunyo adabiyoti tajribasida yozuvchilarning oʻzlarini oʻylantirayotgan, tashvishga solayotgan muammolarni turli ramzlar, poetik vositalar yordamida tasvirlash, bayon qilish uslubi bor. Baʼzi adiblar oʻz zamonidagi muammolarni fantastik uslubda yoritsa, ayrim ijodkorlar tarixiy-qiyosiy uslub orqali ifodalaydi. Ana shunday badiiy usullardan biri, asar qahramoni xayoliy-utopik bir mamlakatga tushib qolishi va shu mamlakatdagi ijtimoiy, siyosiy va shaxsiy munosabatlar vositasida muallif hayotdagi ziddiyatlarni, illatlarni yoritib berishdir. Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohati”, Gerbert Uelsning “Sehrli doʻkon”, Antuan de-Sent Ekzyuperining “Kichkina shahzoda”, Ismoilbek Gʻaspiralining “Dor ur-rohat musulmonlari” asarlarini shular jumlasiga kiritish mumkin. Bu yuqoridagi asarlarda ijtimoiy muammolar, oilaviy, siyosiy masalalar, umuman, kishilik jamiyati va insonning oʻz hayotida duch keladigan barcha hodisalar qamrab olishga harakat qilingan. Ularning baʼzilarida kinoya va ishoralar yordamida maqsad bayon qilinsa, baʼzilarida ramziylik yetakchilik qiladi. Qanday vosita tanlanishidan qatʼi nazar, asar mualliflarining barchasini mavjud jamiyatdagi illatlar, undagi iqtisodiy, maʼnaviy choʻkishlar bezovta qilgani sezilib turadi.

Mana shunday asarlar qatoriga oʻzbek maʼrifatparvar adibi, shoir va tarjimon Sayidahmadxoʻja Hasanxoʻja oʻgʻli Siddiqiy Ajziyning “Mirʼoti ibrat” (“Ibrat oynasi”) nomli dostonini ham qoʻshish mumkin. Siddiqiy Ajziy yashagan yillar (1864–1927) Turkiston xalqlari hayotida keskin oʻzgarishlar yuz berdi, bu oʻzgarishlar oʻsha zamondagi adiblar, shoirlar ijodida turlicha shaklda oʻz aksini topdi. Siddiqiy-Ajziy oʻz davrining peshqadam ziyolisi oʻlaroq yurt uchun qaygʻurgan, uning shonli oʻtmishini bilgan, kelajagidan tashvishga tushgan maʼrifatchi adib edi. Adibning bu xavotirlari uning asarlarida, xususan, biz soʻz yuritmoqchi boʻlgan “Mirʼoti ibrat” dostonida yaqqol seziladi

Dostondagi voqealar adib ruhiyatidagi bedorlik va uyqu oʻrtasidagi holatda kechadi. Muallif shu holda butunlay boshqa bir dunyoga tushib qoladi:   Koʻz ochmishim ila bir zamona, Kelmish edim oʻzga bir jahona. Bir kimdin eshitmamishdim oni, Ne shahri, ne tomi, ne nishoni…   Shundan soʻng muallif oʻzi kelib qolgan makon tasvirini beradi, bu manzilning hech qanday oʻxshashi – misoli yoʻqligini taʼkidlaydi:   Har fokiha jinsi rasta-rasta, Navʼi chechak erdi dasta-dasta. Bogʻ ichra zilol arigʻda joriy, Gullar-la doʻlu arigʻ kanori. Gullarda chekub navola bulbul, San oʻylaki nagʻmasoz oʻlub gul…  

Bu xayoliy maskanning taʼrif-tavsifini keltirib oʻtgandan keyin muallif oʻquvchini asta-sekin asl maqsad sari yetaklaydi. Bir keksa-nuroniy kishiga yoʻliqadi. Bu kishi undan nasl-nasabini, yurtini soʻraydi. Asar qahramoni oʻzining yurti firdavsmonand Samarqand ekanini, bu yerning jannatbaxsh havosi, muhtasham imoratlari, goʻzal tabiati haqida zavq bilan soʻzlaydi. Bu qadim kentning dunyodagi eng yirik va tarixiy shaharlar bilan boʻylashadigan shuhrati borligini faxrlanib bayon qiladi. Shunda uning gaplarini eshitib, qariya kinoya bilan unga tahsin aytadi:   Pir ayladi bu soʻzumga tahsin, Tahsini kinoya erdi tayin…   Soʻngra bu odam uni ishning mohiyatidan xabardor etadi. Bu aytilgan obodliklar, bozorlardagi moʻl-koʻlchiliklar oʻz yoʻliga ekanini, lekin haqiqiy taraqqiyot, jamiyatning ruhiy va aqliy yuksalishi oʻqish-oʻrganish, gʻayrat va shijoatga bogʻliq ekanini taʼkidlaydi:   Aygum sanga bir misoli monand, Mahbubi gʻarizatek Samarqand. Lekin badaninda illati vor, Ham illatu ham kasolati vor. Zohirda erur latifu zebo, Botinda xaroblik muhayyo.

Muallif qariya tilidan XX asr boshlarida Turkiston xalqlari hayotida, turmushida ildiz otgan yalqovlik, dunyoparastlik kabi illatlarni qoralaydi, ilm-fan, taraqqiyotdan orqada qolish millatning boshqalarga qaram boʻlib qolishiga sababchi boʻlishini taʼkidlaydi. Siddiqiy-Ajziy oʻzi muallim boʻlgani uchun asarda ham taʼlim masalasiga alohida eʼtibor beradi. Millatning yuksalishida maorif va tarbiyaning ahamiyati beqiyos darajada ulkan ekaniga urgʻu beradi. Ayni paytda hozirgi taʼlim usulining butunlay yaroqsizligini, oʻquvchilar bir haftada uch-toʻrt kun dam olishini, dars boʻlgan kunlari ham aksar vaqtlari oʻyin bilan oʻtib ketishini tanqid qiladi. Shundan soʻng qariya uning qoʻlidan ushlab, bir qushning oldiga olib boradi va bu qushning ilm-fanda benazir ekanini, kelajak voqealardan ham xabardor ekanini aytadi. Qush asar qahramoniga nasihat qilib, uch ish bilan olam xarob boʻlishini aytadi. Bularning biri – ilm tahsilini tark qilish, ikkinchisi – birovning nasihatiga quloq solmaslik, uchinchisi esa taraqqiyotga intilmaslikdir:   …Uch ish-la oʻlur xarob olam, Dut bu soʻzumi quloqa mahkam: Tahsili ulumi noqis etmak, Ham mavoizing kanora otmak. Al chekmak erur daha funundin, Bu hibsi natijai junundin…  

Shundan soʻng sayohatning ikkinchi qismi boshlanadi. Qahramon otda sahroga sayohatga chiqadi. Yoʻlda bir daryoga duch keladi. Suv goʻyo ulkan ajdahodek afsun qilib, uni oti bilan oʻz domiga tortadi. U suv ichiga choʻmib ketadi. Lekin bundan u hech qanday ziyon koʻrmaydi. Suv ichida bir yoʻl paydo boʻlib, u shu yoʻldan daryo qirgʻogʻiga – boshqa bir olamga chiqib qoladi. Yoʻlda bir odamni uchratadi. Bu hamroh uni oʻz uyiga taklif etadi. Uning uyi podsholarning qasridek hashamatli edi. Muallif bu qasrni mufassal vasf etadi. Mezbon uni qasrga joylashtiradi. Bir-ikki kun u yerda turgan, jarchi kelib, bir afsungarning oʻyin koʻrsatishini, aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirishini, xohlaganlar bu ishlarni koʻrishi mumkinligini eʼlon qiladi. Asar qahramoni shuurini bu oʻyinlarni koʻrish orzusi chulgʻab oladi. Soʻng u oʻyin koʻrsatiladigan maydonga boradi. Maydonga borsa, undan boshqa hech kim yoʻq. Qayerdandir bir qush paydo boʻlib, bitta tuxum qoʻyadi. Tuxum yorilib, ichidan bir mitti bola chiqadi. Bola bir lahzada ulgʻayib, odam boʻladi. Bu odamning qoʻlida bir roʻmolchasi bor edi. Roʻmolchasini yerga yozib, sehrgarlardek baʼzi harakatlarni qiladi. Soʻng biror soʻz demasdan roʻmolchasini yerdan koʻtaradi. Bir choʻl namoyon boʻlib, unda bir jamoa insonlar paydo boʻladi. Bu odamlarning baʼzilari yalangʻoch boʻlib, ayrimlarining kiyimi hayvon terisidan edi. Turar joylari xarsanglar va chodirlardan iborat boʻlib, yemishlari qoʻyning suti edi. Xullas, ibtidoiy jamoaga xos bir hayot tarzi namoyon boʻladi.

Bu holatni koʻrgan sayyoh hayratda qoladi. Bu qanday jamoa? Qayerdan keldi? Qayerga boradi? Hech narsaga fahmi yetmaydi. Sehrgar unga hech narsani tushuntirmay, yana bir ish borligini aytadi. Bir lahzada bu manzara gʻoyib boʻladi. Sehrgar roʻmolchasini yana qayta yerga yozib, gʻaroyib harakatlar qiladi. Shunda butunlay boshqa bir manzara – Samarqandning yangicha manzarasi koʻrinadi. Shahar butunlay obod boʻlib ketgan: koʻchalarida minglab tramvay va avtomobillar yurar, elektr chiroqlaridan koʻchalar charogʻon boʻlib ketgan. Har bir kishining qoʻlida telefon boʻlib, ular kim bilandir soʻzlashar va telefon oynasidan soʻzlashayotgan odamini koʻrib turar edi. Xullas, shahar favqulodda obod boʻlib ketgan. Sayyoh shu holda hayron boʻlib turar ekan, afsungar uning oldiga kelib, u koʻrgan ikki manzaraning sharhini aytadi. Birinchi holatdagi jamoa ilm-irfonsiz, faqat savdo-sotiqni oʻylagan odamlar ekanini, jaholat ularni oxir-oqibat shu koʻyga solganini aytadi. Namoyon boʻlgan sahro jaholat sahrosining ramzi edi. U oʻz soʻzini shunday tugatadi:   Bilmishsa bular ulumi darkor, Oʻlmazdi bu ofata giriftor.

Ikkinchi holatda esa ilm-fan choʻqqilarini egallagan jamoaning ahvoli aks etganini soʻzlaydi. Sahroda yurgan kishilar jaholatlari tufayli shahardan chiqarilib sahroga haydalganini, keyingilar ilm-maʼrifat sababli shaharga kiritilganini taʼkidlaydi. Voqea shu yerga yetganda sehrgar uni bir qafasga solib, qafasni roʻmolcha bilan berkitadi. Shunda qahramon oʻziga kelib koʻzini ochadi, u daryo boʻyida ot ustida turgan boʻladi. Bu hodisalar bir-ikki lahzada boʻlib oʻtadi. Muallif bu hodisalardan xulosa chiqarib, oʻquvchiga murojaat qiladi, uni tafakkurga chaqiradi:   Majnun bani san-da hushyor oʻl! Afkori salima barqaror oʻl. Oʻyloq-la bani tasavvur ayla, Ammo san oʻzing tafakkur ayla.

Siddiqiy-Ajziyning “Mirʼoti ibrat” asaridagi fikrlar bugungi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Bu asarni sinchiklab tadqiq va tahlil qilish yangi-yangi ilmiy xulosalar beradi.  

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.

  • 1.Ibrat. Ajziy. Soʻfizoda. Tanlangan asarlar. Nashrga tayyorlovchilar: Begali Qosimov, Sunnatilla Ahmedov, Ulugʻbek Dolimov. – T.: Maʼnaviyat, 1999. 173-191-betlar. Milliy uygʻonish.(toʻplovchi:Shuhrat Rizayev) T.: Universitet-1993.  96-103-betlar.
  • 2.Ziyonet
  • 3Wikipedia

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling