Maxsulot hayotiy davri konsepsiyasi reja: Marketing tizimida tovar tushunchasi va uning o’rni. Tovarning hayotiy davri va bosqichlari
Download 33.21 Kb.
|
MAXSULOT HAYOTIY DAVRI KONSEPSIYASI
MAXSULOT HAYOTIY DAVRI KONSEPSIYASI Reja: 1. Marketing tizimida tovar tushunchasi va uning o’rni. 2. Tovarning hayotiy davri va bosqichlari. 3. Yangi tovar ishlab chiqarish strategiyasi. 1. Marketing tizimida tovar tushunchasi va uning o’rni Oddiy bozorda tovar ishlab chiaruvchi korxonaning bozor va butun xo’jalik siyosati bo’yicha taqdirini belgilaydi. Shu sababli ham tovarni yaratish, ishlab chiqarish, takomillashtirish, sotish, sotilgandan keyingi xizmat ko’rsatish, reklama tadbirlarini ishlab chiqish, shubhasiz, tovar ishlab chiqaruvchining butun faoliyatida markaziy o’rinni egallaydi. Mana shu kompleks tadbirlar tovar siyosati deb ataladi. Aynan shu sababli, ishlab chiqaruvchida iste’molga qaratilgan sifatli tovar bo’lmasa, unda hyech narsa yo’q! – bu marketingning qat’iy qoidasi hisoblanadi. Tovar – butun marketing kompleksining asosidir. Agar tovar xaridorning talabini qondirmasa, u holda marketing tadbirlari uchun hyech qanday qo’shimcha xarajatlar raqobatli bozorda uning mavqyeini yaxshilay olmaydi. Endi esa marketingda tovar qanday ta’riflanishini keltiramiz. Tovar deb ma’lum bir ehtiyojni qondirish maqsadida bozorga sotib olish, foydalanish va iste’mol qilish uchun taklif etilayotgan mahsulot tushuniladi. Mahsulotga narx belgilanishi va bozorga taklif etilishi bilanoq tovarga aylanadi. Shuning uchun ham «tovar» atamasi «mahsulot» atamasi bilan teng ma’noda ishlatiladi. Marketing nuqtai nazaridan tovar ma’lum bir iste’mol qiymatga ega bo’lishi kerak. Tovarning iste’mol qiymati esa, inson ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo’lgan xususiyatlarining majmuidan tashkil topadi. Amerikaning taniqli olimi, marketolog F.Kotlerning tasnifiga ko’ra tovarning uch darajasi mavjud 1. Tovarni yaratish g’oyadan boshlanadi. Bu g’oyada yaratiladigan Tovar iste’molchining qanday muammosini hal qilishi va undan qanday asosiy foyda olinishi o’z aksini topadi. 2. Tovarning texnik tasnifi, dizayni, narxi, o’rab-joylanishi, sifati, markasi qanday bo’lishi, ya’ni real bajarilishini o’ylab ko’rish zarur hisoblanadi. 3. Tovarni sotish, yetkazib berish va o’rnatish, sotishdan keyingi xizmat ko’rsatish, kafolatlar, kreditlash, rag’batlantirish, ya’ni tovarni qo’llabquvvatlovchi omillar haqida ham o’ylash kerak bo’ladi. `Tovarlarga baho berishda uning sifati asosiy o’rinda turadi. Tovarning sifati – maqsadiga ko’ra bu iste’molchilarning talabini qondirishi mumkin bo’lgan foydali xususiyatlarning majmuidan iboratdir. Marketingda tovar qator belgilari bo’yicha guruhlanadi. Tovarlar ishlatilish muddatiga qarab quyidagi uch guruhga bo’linadi: 1. Uzoq muddat ishlatiladigan tovarlar. Bu guruhga kiyim-kechaklar, sovutgichlar, mashinalar va boshqa tovarlar kiradi. 2. Qisqa muddatda foydalaniladigan tovarlar. Bu tovarlar bir yoki bir necha marta ishlatiladi. Bularga pivo, sovun, tuz, oziq-ovqatlarning boshqa turlarini kiritish mumkin. 3. Xizmatlar – insonga foydali natija va qoniqish beradigan xatti-harakatlar. Bundan tashqari tovarlarga so’nggi qo’llanilishi nuqtai nazaridan qaraganda ular ikki guruhga bo’linadi: iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish– texnik maqsadlarga mo’ljallangan tovarlar. Iste’mol tovarlari – bu bevosita insonlarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan eng zarur tovarlardir. O’z navbatida iste’mol tovarlari jiddiy tanlanadigan tovarlar, alohida ahamiyatga ega bo’lgan tovarlar, talab juda kichik bo’lgan tovarlar guruhlariga bo’linadi. Kundalik ehtiyoj tovarlari – bu iste’mol tovarlari bo’lib, xaridor uni o’ylamasdan va boshqa tovarlar bilan deyarlik taqqoslamasdan, tez-tez xarid qiladigan tovarlardir. Jiddiy tanlov tovarlari – bularga sotib olish vaqtida sifati, narxi, tashqi ko’rinishi, yaroqlilik darajasi kabi ko’rsatkichlari bo’yicha o’xshash tovarlar bilan solishtiriladigan tovarlar kiradi. Masalan, kiyim-kechak, mebel, elektrotovarlarni shu guruhga kiritish mumkin. Alohida ahamiyatga ega bo’lgan tovarlar – bular tengi yo’q tavsifga ega bo’lgan yoki mashhur firmaning nomi bilan bog’liq bo’lgan tovarlardir. Masalan, mashinaning noyob markasi, o’ta qimmatbaho taqinchoqlar. Talab juda kichik bo’lgan tovarlar – bular kam iste’mol tovarlari bo’lib, odatda xaridorlar bu tovarlarni sotib olishni o’ylamaydilar. Masalan, yangi tovarlar. Bu guruh tovarlarini sotish uchun anchagina marketing harakatlarini bajarishga to’g’ri keladi. Ishlab chiqarish – texnik maqsadlarga mo’ljallangan tovarlar – bu yakka shaxslar va tashkilotlar tomonidan boshqa tovarlarni ishlab chiqarishni davom ettirish yoki biznes sohasida foydalanish uchun sotib olinadigan tovarlardir.Tovar bilan bog’liq elementlardan biri uning markasi hisoblanadi. Marka – bu nom, atama, belgi, rasm, simvol bo’lib, u muayyan tovarni identifikasiyalashda qo’llaniladi. Bu bilan tovar raqobatchilar tovaridan osongina farqlanadi. Markali tovar tovarlarning umumiy massasi orasidan yaqqol ko’rinadi, iste’molchilar ongida u ijobiy tasavvurga egadir. Marka siyosatini amalga oshirish marka nomini tanlash, markaning bozor kuchini aniqlash va nihoyat, marka strategiyasini ishlab chiqish bilan bog’liq. Markaning nomi, avvalo, tovarning xususiyati, asosiy sifatini aks ettirishi va boshqa belgilarga to’g’ri kelmasligi kerak. Download 33.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling