Reja:
Tovar sifatining asosiy ko’rsatkichlari va ularning belgilash uslublari
Mahsulotlar sifatining standart talablariga muvofiqligini aniqlash
Tovarlik sifatini belgilash va kimyoviy analiz uchun namunalarning tanlab olinishi
Tovar sifatining asosiy ko’rsatkichlari va ularning belgilash uslublari
Meva va saabzavotlar sifat ko’rsatkichlari organoleptik usulda yoki tahlil o’tkazish uchun ko’p vaqt talab qilmaydigan asboblar va qurilmalar yordamida aniqlanadi. Standartlarda odatda sifatning asosiy ko’rsatkichlarining bir necha guruhlarini ajratib ko’rsatishadi.
Tashqi ko’rinishi – kompleks ko’rsatkich bo’lib, unga ko’ra pomologik navga xos bo’lgan o’lchami, rangi, shakli, butunligi va mexanik shikastlanganligi, kasalliklar, zararkunandalar va fiziologik buzilishlar bilan zararlanganligi, ularning namoyon bo’lish darajasi baholanadi. Mahsulotlar turukumining pishganlik darajasiga qarab bir xilligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Meva va sabzavotlar o’lchamlar o’lchov chizig`I, shtangersirkul bialn, sharsimonlariniki – turli o`lchamdagi teshiklari bo’lgan qoliplar, maydalari – elaklar bilan aniqlanadi. Sharsimon obyektlar uchun asosiy o’lcham sifatida eng ko’p ko’ndalang diametric qabul qilingan. Masalan, I navli ertagi xildangi toza olmalar uchun 50 mm, II nav uchun – 35 mm qabul qilingan. Murakkab geometric shakldagi meva va sabzavotlar o’lchamini aniqlash bir muncha qiyinroq. Mahsulotning birmuncha cho’zilgan, uzunligi bo’yisha diametri o’zgargan, simmetriyaning bir necha o’qlari yoki tekisliklariga ega nusxalari o’lhamni baholashning murakkab bo’lishini taqazo etadi. Kartoshka tugunaklari, ildizmevalarning ko’pgina turlari, piyoz, anjir, patisson, qalampir, baaqlajon, noklar va boshqalar murakkab shakldagi meva va sabzavotlarga kiradi. Aytib o’tgan va boshqa barcha hollarda o’lcham va shaklning belgilanishi birga qo’shib olib boriladi, bir necha o’lcham tavsifnomalar va ular nisbatlari (indekslari) joriy etiladi.
Ranggi – tashqi ko’rinishining jozibaligini, shuningdek, meva va sabzavorlarning pishganlik darajasini belgilaydigan asosiy sifat ko’rsatkichlaridan biridir. Ranggi, odatda, mahsulotning tashqi ko’rinishi ko’zdan kechirish orqali baholanadi. Biroq keying vaqtda rangni fotometrik usulda baholash, masalan, pomidor mevalari turkumini konserva qilishdan oldin ranggiga qarab (pishganlik darajasiga ko’ra) turkumlarga bo’lish usuli qo’llanila boshlandi. Shuningdek, ranglarning maxsus jadvallardan, masalan, A.S.Bondarsev jadvali ham qo’llaniladi. Rangning murakkab turlarini baholashda ustun bo’lgan rang nomning ikkinchi qismida yozib qo’yiladi. “Sarg’ish-yashil” rang deganda yashil rangning ustunligini anglatadi. SHu bilan birga, yumshoq etining rangi ham baholanadi, buning uchun mahsulot nusxalari kesib ko’riladi.
Bir xillik va butunlik — sifatning standartlarga kiritiladigan muhim ko`rsatkichlari. Bir xillik — o`lchami va rangi (pishganlik darajasi) bo`yicha bir tekisligi — mahsulot turkumiga nisbatan majburiy talab. Bir xillilikka erishish uchun yigim-terim paytida yoki undan so`ng terilgan xosil qo`lda yoki tovarga ishlov beriladigan mexanizatsiyalashgan qurilmalar yordamida standart talablariga binoan bo`lib chiqiladi. Nostandartlari — mahsulotning juda mayda va yiriklari, ko`p shikastlangan nusxalari chiqitga chiqariladi. Standartlarga ko`ra tovar navlariga ko`ra ifloslangani (aralashmalar mavjudligi), mexanik, zararkunandalar tegib, fitopatogen va fiziologik shikastlanishlarning yo`l qo`yiladigan turi va darajasi nazarda tutiladi, bu asosan tanlab olingan namunalar taxliliga ko`ra aniqlanadi. Bir qator ekinlar, masalan, kartoshka, olma va boshqalar uchun mahsulotning zararlanishi va shikastlanishining har xil turlari fotosuratlar, rasmlar va rangli jadvallarga ega atlaslar tuzilgan bo`lib, bu ularni turrini aniqlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |