Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakulteti Logopediya yo’nalishi 204-guruh talabasi
Download 11.19 Kb.
|
204 logo Abdurahmonova Oydinoy
Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakulteti Logopediya yo’nalishi 204-guruh talabasi Abdurahmonova Oydinoyning Logopediya fanidan mustaqil ta'limi Maqsad:Ta’limiy: "F"tovushini to’g’ri talaffuz etishga o’rgatish.Tarbiyaviy:Gavdani to’g’ri tutishga va diqqat bilan tinglashga o’rgatish.Korreksion:Artikulyatsion nutq apparati harakatchanligini oshirish,fonematik idrokni rivojlantirish, lug’at boyligini o’stirish. Mashg’ulotning borishi:Tashkiliy qism:-Salomlashish;-Ob-havo,hafta kuni,oy va yil fasllari haqida suhbat.-Bolani diqqatini mashg’ulotga qaratish. Artikulyatsion gimnastika:-Massaj;-Artikulyatsion mashqlar:“Quymoq” , “Ninacha” , “Ariqcha” , “Kosacha” , “Qo’ziqorin”, “Arg’imchoq” , “Soatcha” , “Fudbol”.-Ovoz va nafas mashqlari. Asosiy qism:1)“F" tovushidagi artikulyatsion holatni tahlil etish:-Bolalar, “F”tovushini talaffuzida lablarimiz,tishlarimiz,tilimiz qanday holatda bo’ladi? Og’zimizdan qanday havo chiqadi?-”F” tovushi talaffuzida lablarimiz kulgu holatida, olingan havoni asta sekinlik bilan tuflash singari lablar orasidan chiqaramiz.Til tishlar orasida, biroz oldinga chiqarilgan.2)Tovushni nutqqa qo’yish(taqlid usuli): -Meni orqamdan takrorlab, “F”tovushini uzoq talaffuz et.Mexanik usul:1-usul:qo’limizga paxta dumaloqchalarini qo’yib,havo oqimini to’g’ri yo’naltirgan holda paxtalarni puflaymiz.2-usul:barmoq bilan pastki lab tepaga harakatlantiriladi.3-usul:bolaga lunjlarni ishirish buyuriladi va ikkala qo’l kafti bilan lunjlarga uriladi. Jismoniy daqiqa:“Barmoqlar salomlashishi” va “Uzukcha”mashqi.Fonematik idrokni rivojlantirish:1)Fonematik idrokni rivojlantirish:-Hozir men senga turli tovushlarni aytaman, sen esa faqatgina “F” tovushini eshitganingda chapak chalasan:K,B,L,F,S,P,SH,J,F,K,P,F.2)So’zlarni tovush-harf analizini rivojlantirish:Nomida “F” tovushi ishtirok etgan rasmlarni aniqlash. Mashg’ulotni yakunlash: 1)Uyga vazifa berish:”F” harfini yashil rangga bo’yash. 2)Mashg’ulotga xulosa qilish:Bugun biz sen bilan “F” tovushini to’g’ri talaffuz qilishni o’rgandik hamda “F”harfi bilan tanishdik. 3)Baholash va rag’batlantirish. Download 11.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling