Maxsus sirtqi ta`lim bo`yicha BADIIY GIMNASTIKA ixtisosligidan kasbiy
(ijodiy) imtihonlarining me’yoriy talablari va baholash mezonlari
(maksimal ball – 139)
35 yoshgacha va undan yuqori yoshli abiturientlar ixtisoslik bo’yicha kirish
imtixonlarini klassifikatsion dastur va maxsus jismoniy tayyorgarlik talablari
bo`yicha, amaldagi musobaqa qoidasi asosida topshiradilar.
35 yoshgacha bo`lgan abiturientlar ixtisoslik bo’yicha quyidagicha
topshiradilar.
Ixtisoslik bo’yicha 5 ta buyumdan xoxlagan 2 tasida (bulava, xalqa, to`p,
arg`amchi, tasma) mashqlarni bajarishlari shart.
Eslatma: Qizlar ko’pkurashda 2 buyumda mashqlar bajarishlari shart. Har
bir buyumda mashq bajarganda maksimal 69,5 balldan baholanadi.
Izoh: ixtisoslik bo’yicha texnik harakatlarni bajarishda musobaqa qoidasi talablari
asosida baholanadi.
“Gimnastika nazariyasi va uslubiyati”
kafedra mudiri A.K.Eshtayev