Maxsus transformatorlar turlari Avtotransformator, Payvandlash transformatori, O’lchov transformatorlari


Download 6.32 Kb.
Sana05.10.2023
Hajmi6.32 Kb.
#1692284
Bog'liq
Maxsus transformatorlar turlari Avtotransformator, Payvandlash t


Maxsus transformatorlar Avtotransformator Payvandlash transformatori O’lchov transformatorlari

Maxsus transformatorlar turlari Avtotransformator, Payvandlash transformatori, O’lchov transformatorlari.


  • EEE yo’nalishi 292-18 guruh talabasi Tadjiboyeva Baxriniso

Reja:

I Kirish Maxsus transformatorlar

II Asosiy qism

1.Avtotansformator

2.Payvandlash transformatori

3.O’lchov transformatorlari

III Foydalanilgan adabiyaotlar

IV Xulosa

I Kirish

O’zgaruvchan tokni o’zgarmasga va aksincha o’zgarmas tokni o’zgaruvchan tokka aylantirishlar ilgari elekrtr mashinalari ,elektr o’tkazgichlar yordamida amalga oshirilar edi. Bugungi kunda ularning o’rnini ixcham va arzon narxli o’zgaruchan tokni o’garmasga aylantiruvchi to’g’rilagichlar va o’zgarmas tokni o’zgaruvchan tokka aylantiruvchi invertor agregatlari egalladilar. Bu agregatlarning barchasida hozirgi zamon texnikasi axamyati juda kata bo’lgan transformator ishtirok etadi. Aksaryat o’tkazgiz transformatorlarning chulg’amlaridan nosinusoidal toklar oqadi. Ishlayotgan o’tkazgich sxemalari turiga qarab transformatorlarni nisbatan kichik bo’lgan chiqish kuchlanishlarida tok qiymatlari yuzlab kiloamperni tashkil etadi.

Maxsus maqsadlar uchun belgilangan transformatorlar maxsus transhformatorlar deyiladi. Ularning ishlash prinsplari ham, elektromagnit induksiya qonuniga asoslangan . Maxsus transformatorlar qatoriga avtotrasnformator, payvandlash transformatori, o’lchov trasformatori va shu kabi maxsus tuzilishga ega boshqa trasformatorlar kiradi.

1. Avtotransformator

Berk zanjirli po’lat o’zakka o’ralgan bitta chulg’amli transformator avtotrasnformator deyiladi. Avtotransformator ham oddiy transformator singari berilgan kuchlanishni kuchaychaytirish yoki pasaytirish uchun ishlatiladi. Kuchaychaytiruvchi avtotrasformatorda birlamchi chulg’am vazifasini ikkilamchi chulg’amning biror qismi bajaradi, pasaytiruvchi transformatorda esa, ikkilamchi chulg’amning vazifasini birlamchi chulg’amning biror qismi bajaradi.

1-rasm

1-rasmda, а da pasaytiruvchi, б da kuchaychaytiruvchi avtotrasformator sxemasi ko’rsatilgan. Avtotransformatorlar katta quvvatli asinxron va sinxron dvigatellarni ishga tushirish toklarini kamayrtirish Maqsadida foydalaniladi

2- rasmda labaratoriyalar va maishiy xizmat korxonalarida ishlatish uchun qulay bo’lgan va keng tarqalgan bir va uch fazali labaratoriya avtotrasformatorlarining sxemalari ko’rsatilgan. Avtotransformatorning trasformatsiya koeffisenti K=1,25…2 chegarasida bo’ladi Agar K>2 bo’lsa avtotrasformator tejamsiz bo’ladi. Birlamchi va ikkilamchi chulg’amlar o’zaro elektr bog’langanligi sababli avtotransformatordan namligi kata xonalarda 12…24 V kuchlanish olib ishaltilish man etiladi.

2-rasm

2.Payvandlash transformatori

Elektr tarmog’idagi kushlanishni salt ishlash rejimida 60-70V gacha pasaytirib beradigan va payvandlash uchun zarur kata tokka mo’ljallangan bir fazali transformator payvandlash transformatori deyiladi. 3-rasmda Payvandlash transformatorning prinsipial sxemasi ko’rsatilgan.

3-rasm
Unda payvandlash tokining qimatini rostlash uchun induktiv qarshiligi rostlanadigan drosseldan foydalaniladi. Drrosselning po’lat o’zaklari orasidagi havo oraligi oshirilsa, uning chulg’amidagi induktivlik qarshilik kamayadi va aksincha.



3.O’lchov transformatorlari Elektr tarmoqlaridagi yuqori kuchlanishni va kata qiymatli toklarni pasaytirib beruvchi transformatorlar o’lchov transformatorlar deyiladi. Bunda transformatorlardan releli himoyalash va avtomatik kontrol zanjirlarida ham keng foydalaniladi. Yuqori kuchlanishli qurilmalarda o’lchov transformatorlaridan foydalanisnish o’chov asboblarining hamda xizmat qiluvchi hodimlarining xavfsizligini taminlaydi.

Hozirgi paytda tok qiymatini rostlovchi drosseli transformator kojuxining ichiga o’rnatilgan STAN-1 tipidgi payvandlash transformatori keng tarqalgan. Bunday transformatorning quvvati 22KVA, payvandlash tokening rostlash diapazoni 60 - 480A, birlamchi kushlanishi 220 - 380V, salt ish rejimidagi ikkilamchi kuchlanishi 60 – 70V, foydali ish koeffisienti 0,83, quvvati koeffisienti 0,52, massasi 185 kg.

Kuchlanishni pasaytirish uchun belgilangan o’lchov transformatorlari kuchlanish transformatori, toki pasytriruvchi trasformator esa, tok transformatori deb ataladi. 4-rasm, а da kuchlanish transformatorini, б da tok transformatorini prinsipial sxemalari va shartli belgilari ko’rsatilgan.

Kuchlanishni pasaytirish uchun belgilangan o’lchov transformatorlari kuchlanish transformatori, toki pasytriruvchi trasformator esa, tok transformatori deb ataladi. 4-rasm, а da kuchlanish transformatorini, б da tok transformatorini prinsipial sxemalari va shartli belgilari ko’rsatilgan.

4-rasm

III Foydalanilga adabiyotlar


  • K. T. Olimxo’jaeva, U.T. Berdiev “Elektr mashinalari Transformatorlar” o’quv uslubiy qo’lanma Toshkent 2008.

  • S.Majidov “Elektro texnikadan” ruscha- o’zbekcha lug’at- spravochnik Toshkent- - 1985.

IV Xulosa

Men xulosa qilib shuni aytamanki elektr mashinalari xalq xo’jaligida keng qo’laniladi ish unumini oshiradi maxsus transformator turlari avtotrasformator,payvandlash transformatorlar va o’lchov transformator bo’lishi ularni sxemalarini va shartli belgilarini o’rgandim. Bu transformatorlar maxsus maqsadlar uchun belgilan transformatorlar hisoblanadi ular ishlash prinsipi bilan farqlanadi. Avtotransformator bitta chulg’amdan iborat, payvadlash transformatori payvandlash uchun zarur bo’lgan tokka mo’jalangan bir fazali transformator, o’lchov transformator esa yuqori kuchlanishni va katta qiymatli toklarni pasaytirib berish uchun mo’jalangan.



http://hozir.org
Download 6.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling