‘‘Maylida kimgadir yoqsa yoqmasa’’ Maylida kimgadir yoqsa yoqmasa


Download 14.78 Kb.
Sana26.02.2023
Hajmi14.78 Kb.
#1233265
Bog'liq
Maylida kimgadir yoqsa yoqmasa


‘‘Maylida kimgadir yoqsa yoqmasa’’
Maylida kimgadir yoqsa yoqmasa,
Ularga qo’shilib yig’lasharmidik.
Biz baxtli bo’lamiz xudo xoxlasa,
Xudo xoxlamasa uchrasharmidik.
Rayxon xidlaringni yo’llarimga sep,
Kut meni har oqshom.
Ko’kda oy chiqqan.
Faqat yig’lamagin gunohim ne deb,
Aybing onang seni chiroyli tug’gan.
Menga bir tabassum hadya et ey yor,
Nur tomsin lablaring sohillaridan.
O’zing ayt senday qiz yana qayda bor,
Kipriklari uzun kokillaridan.
Iymayib yashama xayol pinjida,
Yoyil yayra jonim o’rtanma g’amda.
Tuxmatlarga chida g’iybatga chida,
Sen bittasan axir bu yorug’ olamda.
Men esa oshig’ing sening eng g’arib,
Tundan so’z qarz olib tobgga tutguvchi.
Sening yoningda ham seni axtarib,
Seninhg yoningda ham seni kutguvchi.
Download 14.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling