Mehnat faoliyatining tengligi va og‘irligini baholash. Mehnat muhofazasi xaqida tushuncha


Download 18.5 Kb.
Sana03.12.2020
Hajmi18.5 Kb.
#157178
Bog'liq
2hayotseminar
Mitti hikoyalar(Kutubxona), Mitti hikoyalar(Kutubxona), Mitti hikoyalar(Kutubxona), EKSPERT, OOO, gandbol, 2hayotseminar, 2hayotseminar, Integratsiya, Integratsiya, Integratsiya, 1Nilu, Mavzu, soliqlar va soliqqa tortish

Mehnat faoliyatining tengligi va og‘irligini baholash.

1. Mehnat muhofazasi xaqida tushuncha.

2. Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va tashkil qilish.

3. Mehnat muhofazasi qonunlari bo‘zilganligi uchun javobgarlik turlari.

4. Mehnat yo‘riqnomalari.

Mehnat muhofazasi fani quyidagi bo'limlardan iborat:

1. Mehnat muhofazasi qonunchiligi va uni tashkil etish.

2. Xavfsizlik texnikasi.

3. Ishlab chiqarish sanitariyasi.

4. Yonginni oldini olish tadbirlari.

Mehnat muhofazasi qonunchiligi-mehnat qilish va dam olishning huquqiy qoidalarini o'z ichiga oladi, hamda ularni himoya qilishni kafolatlaydi.

Xavfsizlik texnikasi-ishlovchilarga ishlab chiqarishdagi xavfli omillarning ta'sir etishining oldini olishga qaratilgan tashkiliy texnikaviy tadbirlar hamda vositalar tizimini o'rgatadi.

Ishlab chiqarish sanitariyasi-ishlovchilarga ishlab chiqarishdagi zararli omillarning ta'sir etishining oldini oluvchi tashkiliy, gigiyenikaviy va sanitariya, texnikaviy tadbirlar hamda vositalar tizimidan iboratdir.

Yong'inni oldini olish- ishlovchilarni yong'in va portlashdan himoya qilishiga qaratilgan texnikaviy va tashkiliy tadbirlar yigindisidan tashkil topgandir.

Meqnat qonunchiligining umumiy me'yorlari O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida, O'zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi, O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qabul qilgan qonunlarda, hamda maxsus.

O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 21 dekabr 1995 yil № 161-qarori bilan O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qabul qilindi. Yangi qabul qilingan mehnat kodeksida fuqarolarning mehnat huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi deb ta'kidlangan. Mehnat huquqlari davlat tashkilotlari, shuningdek kasaba uyushmalari va boshqa jamoa tashkilotlari tomonidan muhofaza qilib boriladi va shu bilan birgalikda mehnat intizomiga rioya qilish, halq mulkiga extiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish ko'rsatilgan.

Korxonalarda yo'l-yo'riqning quyidagi turlari o'tkaziladi.

1. Kirish. 2.Ish joyidagi.

Kirish yo'l-yo'rig'i. Yangi ishga qabul qilingan shaxslar bilan mehnat muhofazasi muxandisi yoki bosh muxandis tomonidan o'tkaziladi.

Ularga quyidagi tadbirlar tanishtiriladi va o'rgatiladi:

1 .Korxonalarda ichki mehnat tartibi qoidalari, ya'ni ishning boshlanish vaqti, tanaffuslar va uni boshqa korxonalardan farqi;

2.Ishchilarning mehnat muhofazasi qoidalarini bajarishdagi vazifalari;

Korxona va tashkilotlar mehnat muhofazasi bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun quyidagi ajratmalar hisobidan mablag' bilan ta'minlanadilar.

1. Sex va umum ishlab chiqarish xarajatlari hisobidan.

2. Amortizasiya jamg'armasi hisobidan (qayta ta'mirlash uchun mo'ljal-langan sarmoya).

3.Bank beradigan qarz hisobidan: (Agar tadbirlar bank tomonidan mablag' bilan ta'minlanganda, yangi texnikani tadbiq etish yoki ishlab chiqarishni kengaytirish hisobidan).



4. Davlat kapital mablag'lari hisobidan.
Download 18.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling