Mehnat muhofazasi


Javobgarlik turlari 3 ga bо‘linadi


Download 50.49 Kb.
bet3/10
Sana04.11.2023
Hajmi50.49 Kb.
#1746078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mehnat muhofazasi база

Javobgarlik turlari 3 ga bо‘linadi:

1. Ma’muriy javobgarlik – uyaltirish, xayfsan e’lon qilish, vaqtincha yoki butunlay past darajali ishga о‘tkazish, imtiyozlarni cheklash.

2. Jinoiy javobgarlik – О‘zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual Kodeksiga binoan olib boriladi. Masalan:
-qoidaning buzilishi baxtsiz hodisaga olib kelsa, bir yilgacha ahloq tuzatish ishlariga yoki ozodlikdan mahrum qilish yoki 5 minimal ish haqi miqdorida jarima yoki ishdan bо‘shatish choralari qо‘llanadi.


-korxonadan chiqayotgan chiqindilar tufayli havo va suv havzalarining ifloslanishi uchun 1 yilgacha ahloq tuzatish ishlariga yoki 5 minimal ish haqi miqdorida jarima tо‘lanadi.

3. Moddiy javobgarlik – qonunsiz ravishda ishdan bо‘shatilgan, majburiy ish qoldirgan, kasbiy kasallik tufayli jabrlangan kishiga tо‘lanadigan haqni rahbar lavozimidagi xodimdan qisman yoki tо‘liq undirib olish.

3- Amaliy mashg‘ulot.

Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy termin va tushunchalari.

Hayot faoliyat – bu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va yashash tarzidir.

Atrof-muhit –bu insonni o’rab turgan muhit bo’lib, insonning hayot faoliyatiga, uning sog’ligi va nasliga to’g’ridan to’g’ri, birdan urinma yoki masofadan ta’sir etishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, ximiyaviy, biologik, informatsion, ijtimoiy) shartli yig’indisidir.

X avf-xatar deganda, odam sog’ligiga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazadigan ko’ngilsiz hodisalar tushuniladi

Xavflar taksonomiyasi - bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to’g’risidagi fandir.

Xavflar ruyxati – bu aniq bir tartiblar bo’yicha qo’yilgan nomlar, atamalardir (o’zgaruvchan harorat, havo harakatining tezligi, havo bosimi, yorug’lik, havoni ionlash, portlash, gerbitsid, shovqin, tebranish, yong’in, zaharli moddalar, lazer nuri, elektr yoyi va boshqalar).


Download 50.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling