Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni Mehnat munosabatlari


Download 62 Kb.
bet1/4
Sana12.11.2021
Hajmi62 Kb.
  1   2   3   4

Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni


Mehnat munosabatlari – bu bir tomondan ish beruvchilar boshqa tomondan ishga yollanuvchilar hamda davlat va kasaba uyushmalari o`rtasida ishchi kuchini yollash yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy munosabatardir.

Ishga yollash bo`yicha ma`muriyat va ishchilar o`rtasidagi mehnat munosabatlari mehnat shartnomalari yordamida tartibga solinadi.


Mehnat munosabatlarining ob'ekti - bu ish beruvchi tomonidan to'lanadigan ishchi tomonidan bajariladigan mehnat funktsiyasi.

Mehnat munosabatlarining sub'ektlari xodim va ish beruvchidir. Xodimjismoniy shaxs ish beruvchi bilan mehnat munosabatlariga kirgan. Ish beruvchi-bu jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs xodim bilan mehnat munosabatlariga kirgan (tashkilot).

Sub'ektiv huquq - bu qonun sub'ektining qonun bilan ta'minlangan mumkin bo'lgan xatti-harakatlari o'lchovidir. Burch - bu huquq sub'ektining to'g'ri xatti-harakatlari o'lchovidir. Sub'ektiv huquq va majburiyatlar huquqiy munosabatlarning mazmunini tashkil etadi.




Mehnat shartnomalarining tarkibiy tuzilishi:

  • Ish haqi stavkasi;

  • Me`yorida ortiqcha bajarilgan ishlar uchun ish haqi to`lash tartibi;

  • Dam olish kunlari, tanaffuslar va mehnat ta`tilining belgilanish tartibi;

  • Pensiya fondlari va sog`liqni saqlashga ajratmalar miqdori;

  • Narxlar o`zgarishini hisobga olib, iste`molchilik savatini tartibga solish sharoitlari;

  • Mehnatning boshqa umumiy va tashkiliy shart – sharoitlari.


Davlatning mehnat munosabatlariga ta`sir ko`rsatish usullari va yo`llari:

Maqsadli ijtimoiy dasturlarni (kam ta`minlangan oilalarga yordam, ishsizlik bo`yicha nafaqa, turli ijtimoiy to`lovlar, pensiya ta`minoti) ishlab chiqarish va amalga oshirish;

Bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini amalga oshirish;

Ishga yollashning umumiy shart – sharoitlarini belgilash;

Mehnat munosabatlarining barcha tomonlari qamrab oluvchi qonunchilik faoliyati;

Davlat ta`lim tizimi orqali ishchilarni o`qitish va qayta tayyorlashni tashkil qilish.

Ish haqining eng kam darajasi (minimal ish haqi) ni aniqlash va o`zgartirish;

Kasaba uyushmalarining mehnat munosabatlariga ko`zlangan asosiy maqsadlar:



Ish haqini oshirishga erishishga qaratilgan chora – tadbirlar:

  • Ishchi kuchiga talabni ko`paytirish:

  • Ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatga talabni rag`batlantirish;

  • Mehnatni unumdorligini oshirish;

  • Ishchi kuchi billan birgalikda foydalaniladigan boshqa resurslar narxini o`zlashtirish.


II. Ishchi kuchi taklifini qisqartirish:

  • Immigratsiyani cheklash;

  • Bolalar mehnatini qisqartirish;

  • Pensiyaga o`z vaqtida chiqishni qo`llab – quvvatlash;

  • Ish havtasini qisqartirishga erishish.

  • Kasbni malakali lisenziyalash:

  • Ta`lim darajasi, mutaxassislik bo`yicha ish staji, atestatsiya natijalari va shaxsiy fazilatlari bo`yicha.



Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling