Mehnatni muhofaza qilish to‘G‘risida


Download 212.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana09.10.2023
Hajmi212.11 Kb.
#1696499
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
O‘RQ-410-сон 22.09.2016. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
“MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA
O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 10-
martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2016-yil 25-avgustda
ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Mehnatni
muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 839-XII-sonli 
Qonuniga
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 223-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 1, 20-
modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (
ilova
qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini
qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga
kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2016-yil 23-sentabrdagi 188 (6623)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 22-sentabr,
O‘RQ-410-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA
(yangi tahriri)
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni
tartibga solishdan iborat.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2-modda. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik
hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar
belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 212.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling