Mehr qolur, muhabbat qolur O'tar bu shon-u shavkat


Download 8.46 Kb.
Sana04.10.2022
Hajmi8.46 Kb.
#831086
Bog'liq
Mehr qolur, muh-WPS Office
Document-WPS Office.jamol.html, 7-sinf-algebra-2-d187d0bed180d0b0d0ba, Unix Shutdown system, malumotlar bazasi 555, 2 5384461543918279404, 2 5264981583877640765, diplom16, jaxon-siyosiy-mafkuraviy-talimotlar-tarixi, jaxon-siyosiy-mafkuraviy-talimotlar-tarixi, Светофор код, 2 5350340154760369635, 06 price uz, Документ (4), Tezis, KIRISH-WPS Office

Mehr qolur, muhabbat qolur
O'tar bu shon-u shavkat,
Boylik mol-davlat,
O'tar bu el-u saltanat,
Hashamatli qasr, imorat,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

G'amlar o'tar, ko'zdagi namlar o'tadi,


Yurakdagi armon ham o'tar
Bizga hisob bermay yillar o'tadi,
Umr ham bir zumda o'tadi,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Kimgadur aytilmagan bir yaxshi so'z,


Kimgadur qilinmagan bir yaxshilik.
Kimgadur ochilmagan dil izhori,
Barchasi o'tadi, o'tib ketadi.
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Yurak og'rig'i ham o'tar ketar,


Qalb uyg'oqligi oʻtmasa ekan.
Insonlar orasida mehr ham ketar,
Muhabbat ketmasin bizni tark etib.
SHoiring qalb so'zi abadiy bo'lsin,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

QALBIMIZDASIZ

Yuzi nurli, chehrasi gulgun,
Boqib sira to'ymaydi ko'ngil,
Ey siz ollohimning suygan bandasi,
Mudom qalbimizda borsiz shoirim.

She'rlaringiz yuragimning malhami,


Satrlari ovutar bu nozik dilni
Yodimizda avaylaymiz hanuz sizni,
Yuragimizda yasharsiz hassos shoirim.
Vatan ne ekanligini anglatib bizga.
Yurt mehrin jo etib har satringizda,
Yuraklarda uyg'otib milliylik hissin,
Biz bilan birgasiz doim shoirim.

Yurtimni ardoqlab, dardini kuylab,


O'tdingiz har damda xalqimni o'ylab.
Bor mehringizni borliqqa soʻylab,
Tabiatni quchgan kapalak shoirim.
Hamon oramizda kezib yurasiz,
Mehr-muhabbatni targ'ib etasiz.
Ko'klamoyim ko'kidan bahra olasiz,
Qirdagi qizg'aldoq go'zal shoirim.
Download 8.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling