Melioratsiya qurilishida qo’llaniladigan tashish vositalari uzlukli va uzluksiz harakatlanuvchi bo’ladi


Download 254.42 Kb.
bet1/2
Sana28.02.2020
Hajmi254.42 Kb.
  1   2

Tashish vositalari qurilishda bajariladigan ishlarning barcha turlari uchun qo’llaniladi, lekin ularni yer ishlarida foydalanilishi o’z ixtisosligiga egadir, bu tashishni alohida qurilish jarayoni sifatida qurishni taqozo qiladi.

Bu ixtisoslik shundan iboratki, katta hajmdagi guruntalar unchalik uzoq bo’lmagan masofalarga suriladi, shuningdek tashish vositalarining ishlashi tuproq inshootning konstruktsiyasi, qurilish maydoniniing reylefi, yer qazish mashinalarining ishchi o’lchamlari bilan uzviy bog’liqdir.

Barcha yer qazish mashina va mexanizmlari (yumshatkichlardan tashqari) bir vaqtning o’zida tashish vositasi ekanligini ham nazarda tutish lozim.

Gidromelioratsiya qurilishida gruntni tashish vositalari bilan surish zaruriyati katta xandaklar qazilmalarini va chuqur qazilmadagi magistral kanallarning uchastkalarini qazishda; profilli to’kmalarga gruntni tashishda va qayta ko’mishda paydo bo’ladi.

Melioratsiya qurilishida qo’llaniladigan tashish vositalari uzlukli va uzluksiz harakatlanuvchi bo’ladi.

Uzlukli harakatlanuvchi tashish vositalariga relsli va relssiz, uzluksiz harakatlanuvchiga gidravlik, konveyerli va osma kiradi.

Gruntlarni tashish uchun tashish vositalari ularning texnik-foydalanish ko’rsatkichlari va qo’llanilish shart-sharoitlari asosida tanlanadi.

Tashish vositalarining texnik foydalanish ko’rsatkichlariga: yuk ko’tarish qobiliyati (uzlukli vositalar usul), xarakatlanish tezligi, ish unumdorligi, yo’llarga qo’yiladigan talablar (chegaraviy qiyaligi, ko’tarilishlar, qoplamalar va xokazolar), yo’llar va tashish vositalaridan foydalanish narxi, foydalanishda qulayligi kiradi.





U yoki bu tashish vositasidan foydalanishga ta’sir qiladigan ob’ektlar shartlariga quyidagilar kiradi: qurilish maydonining reylefi, planda inshootlar o’lchamlari va qazilma va to’kmalarga o’zaro joylashishi, er ishlari hajmi, bajarilish muddatlari, gruntni qazish vositalri, ularning ish unumdorligi, ishchi parametrlari, yo’llarning mavjudligi va holati.

Avtomobil transporti. Suv xo’jaligi qurilishida relssiz uzlukli tashish vositalari: yuk ko’tarish qobiliyati 12 t gacha bo’lgan avtomobillar va sig’imi 9…12 m3 bo’lgan o’rmalovchi traktorlarga tirkamalar keng tarqalgan.

Avtomobil va traktor transportini ishlatishda quyidagi talablar qo‘yiladi: 1) yo‘lning nishabligi (0.08 gacha); 2) tashish masofasi (100 km gacha); 3) yo‘lning holati (1 qatorlama harakatli yo‘lda uning kengligi 5,5 m dan, ikki to m o n la m a harakatli y o ‘lda 8 m dan kam bo‘lmasligi kerak); 4) bajariladigan ishning arzon b o ‘lishi.

Grunt tashish uchun orqaga yoki yon tomonlarga o’zi tushiruvchi kuzovlari bilan avtomobil – avtosamosvallar qo’llaniladi.

Vaqt bo’yicha ekskavatordan foydalanishni yaxshilash va gruntni kuzovga tashishidan avtomobilning eyilishi kamaytirish uchun ekskavator kovsh sig’imi va avtosamosval kuzovining sig’imi orasidagi nisbat 1: 6-1:8 ga teng bo’lishi kerak, nisbat 1:3 bo’lganda tashish vositalari almashganda turib qolishlar sababli ekskavator ish unumdorligi 40 foizga kamayadi.

Tashish masofasi uzoq bo’lganda (2-3 km dan ortiq) katta avtosamosvallar bilan kam quvvatli ekskavatorlardan foydalanish samaradorliroqdir.

Gidromelioratsiya qurilishida kovsh sig’imi 1,0-1,25 m3 bo’lgan bir kovshli qurilish ekskavatorlaridan keng foydalanilgani sababli yuk ko’tarish qobiliyati 12 t dan ortiq avtosamosvallardan kam foydalaniladi. Quvvati katta avtosamosvallar katta gidrouzellar qurilishida va tog’ konlarida keng qo’llaniladi.

Temir – yo’l transporti. Temir – yo’l transportidan foydalanish yo’llarga qo’yiladigan talablar va temir – yo’l qurishning yuqori narxi bilan chegaralangan.

Relsli transportdan qazilmalar bir joyda joylashgan yirik ob’ektlarda, yo’llarning to’g’ri va egri uchastkalarini joylashtirishga etarli maydonlarda, gruntni nisbatan uzoq masofalarga tashish uchun foydalanish qulaydir.



Tasmali transportyorlar. Ular xarakatlanuvchan va ko’chuvchan, sektsiyali yoki zvenoli bo’ladi.

Grunt qaytib tushmasligi uchun transportyor tasmasining nishabligi 220-260 dan oshmasligi kerak. Tashilayotgan materiallarning yo’qotilishini kamaytirish uchun nov tasmali transportyorlardan foydalangan ma’quldir. Tashilayotgan zarrachaning eng katta o’lchami tasma kengligining 1/3 qismidan oshmasligi kerak. Tasmaning xarakatlanish tezligi 2-4 m/s bo’lishi mumkin.


Download 254.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling