Men kitobxonni chalgʻitmoqchi emasman! Afrikada hech qachon avliyo ota Dryumon degan zot oʻtgan emas; ehtimol hech qachon boʻlmas ham: men ona yurtimni yaxshi bilaman. Uning uchun bunday missionerlar ortiqcha dahmaza


Download 9.18 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi9.18 Kb.
#1014651
Bog'liq
Denov Tadbirkor-WPS Office


Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika yoʻnalishi 8- Pedagogika 2022 guruh talabasi Bobilova Sitoraning Maʼnaviyatshunoslik fanidan Mongo Betining ,,Bombalik bechora Iso" romani boʻyicha yozgan essesi.

Men kitobxonni chalgʻitmoqchi emasman! Afrikada hech qachon avliyo ota Dryumon degan zot oʻtgan emas; ehtimol hech qachon boʻlmas ham: men ona yurtimni yaxshi bilaman. Uning uchun bunday missionerlar ortiqcha dahmaza. Romanda keng oʻrin olgan afrikaliklarga kelsak, ular turmushda qanday boʻlsa shunday tasvirlangan. Kitobda hayot haqiqatidan yiroq boʻlgan birorta epizod yoʻq.


Mongo Beti

Roman afrikaliklar toʻgʻrisida ularning ogʻir hayoti haqida boʻlib, unda Boʻmba, Mombe, Timbo, Koʻto, Evindi, Ekogo, Idimi, Zino, Akamba, Telba, Koʻndo, Kuma kabi qishloqlar tilga olinadi. Ularda yashovchi bechora Afrika aholisi turmush tarzi gavdalantiriladi.


Tarixdan maʼlumki Afrika mamlakatlari ,, Buyuk geografik kashfiyot"lardan soʻng Yevropa mamlakatlari tomonidan bosib olinadi. Men oʻqigan romanda Fransiya tomonidan boʻysundirilgan Boʻmba haqida soʻz boradi. Har bir davlat mustamlakasiga aylantirilgan joyda oʻz soʻzi, oʻz dini, oʻz dunyoqarashini, turmush tarzini singdirishga harakat qiladi. Bularning asosiysi esa din hisoblanadi, albatta. Dinni singdirish uchun esa uni targʻib qiluvchi missionerlar kerak, ulardan biri yuqorida aytib oʻtilgan Dryumon ota, Boʻmba va unga yaqin boʻlgan qishloqlarda xristian dinini tarqatishi kerak edi. Bu esa unchalik ham oson kechmadi Chunki Afrikaning necha asrlar mobaynida shakllangan oʻz dini, oʻz urf-odatlari, anʼanalari boʻlib ularni unittirish unchalik ham osonlik bilan boʻlmaydi. Bu yoʻlda mustamlaka kuchlari har xil turdagi usullari qoʻllashdi. Bularni esa 12 yoshli Deni ismli qora tanli bola tilidan bilib olish mumkin.
Romandan nimani anglash mumkin bu hayotda faqat kuchlilar gʻolib boʻladi, dunyo ularniki, hayot ularniki hatto butun insoniyat uchun yozilgan ,,Injil" ularni qoʻllagan, yon bosgandek . Chunki dinning ularga singdirilishi qora tanlilarni madaniyatli qilish uchun emas, ularning mamlakati bilan birga insonlarning ongini ham egallash maqsadida qilingan ish. Dryumon ota tilidan hikoya qilingan bir hikoya meni chuqur oʻyga toldirdi: Saba qabilasidagilar doim safarga ikki kishi boʻlib chiqishar ekan. Bittasi ikkinchisidan bir necha kun oldin yoʻlga chiqarkan-da, yoʻl- yoʻlakay tevarak atrofga koʻzni shilpiq qiladigan dori sepib ketarkan. Goʻyo mamlakatga oʻlat tarqalgandek odamlar yoppasiga kasal boʻlar ekan. Bir necha kun oʻtib ikkinchi sabalik kelib oʻzini ularni davolovchi avliyo qilib koʻrsatarkan va oldin sepilgan dorini yoʻqotuvchi dori berib davolarkan va koʻp boylik ortirarkan. Bu hikoya huddi mustamlaka Afrika va battol Fransiya hikoyasiga oʻxshaydi. Chunki ular ham huddi shunday yoʻl tutgan birinchi ularning erkinliklarini tortib olib soʻng maʼrifat ulashmoqchi boʻlib hayot ularni ortidan ergashtirishga urinishdir. Xulosa nima? Har bir inson oʻz hayotini oʻzi boshqarishi, har bir davlat oʻz dini oʻz urf-odatlarini asl holidek saqlab qolishi, xatto u oʻzgalar nazdida oʻta iptidoyi, oʻta qoloq boʻlib koʻringan boʻlsa ham.
Download 9.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling