Men Nazarov Zoir o’zimning malakaviy amaliyotimni o’tash uchun Samarqand viloyat Bulung’ur tumani 18- o’rta umumta’lim maktabiga yo’llanma oldim


Download 25.5 Kb.
Sana08.07.2020
Hajmi25.5 Kb.
#123269
Bog'liq
hisobot


HISOBOT

Men Nazarov Zoir o’zimning malakaviy amaliyotimni o’tash uchun Samarqand viloyat Bulung’ur tumani 18- o’rta umumta’lim maktabiga yo’llanma oldim. 2019-yil 7- sentyabr kuni Bulung’ur tumanidagi 18- o’rta umumta’lim maktabi direktori Rajabov T. va maktab o’qituvchilari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. O’sha kuni biz amaliyotchilarni sinflarga bo’lishdi. Men 9”A”sinfiga biriktirildim. Bizga amaliyot rahbari etib Eshbekova N. tayinlandi. Dastlab Eshbekova N. bizlarga bajariladigan vazifalarga oid tanishtirish va tushuntirish ishlarini olib bordi. To’ldiriladigan hujjatlardan namunalar ko’rsatdi. Darslarda bizlar o’qituvchilardan kasb va mahorat sirlarini o’rgandik. O’quvchilar talabi to’liq qondirilayotgani, ba’zida esa ayrim kamchiliklar ham uchratotganiga e’tibor berdik. Amaliyotimning dastlabki bosqichida men kuztuvchi sifatida ishtirok etib, o’qituvchilarning bevosita drs jarayonini kuzatdim. Kuzatuvchi sifatida 9-“A” sinfining barcha fan o’qituvchilarining dars o’tish jarayonlarini kuzatdim va o’zimga kerakli xulosalarni chiqardim. Fan o’qituvchilarining dars o’tish usullari, metodlarini o’rgandim. Amaliyotimning 19-kunida men o’zim mustqil dars o’tish qobilyatimni sinab ko’rdim. 9-“A” sinfiga “Applying for a job” mavzu bo’yicha mustaqil dars o’tdim. Dars o’tish jarayonida amaliyotim davomida o’rgangan metodlarimdan foydalandim. Dars jarayonini menga biriktirilgan o’qituvchi Eshbekova N. kuzatib bordi va darsdan keyin yo’l qo’ygan kamchiliklarimni tushuntirdi. Amaliyotimning yakunida men biriktirilgan o’qituvchimdan barcha kerakli hujatlarni olib o’zimga nusxa qilib oldim. Amaliyotim davomida har bir o’qituvchining pedagogik mahoratini kuzatib, kerakli bilim va ko’nikmalarni oldim.
Download 25.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling