Men, Xamrayev Og`abek Oybek o`g`li, 1999-yil 24-oktyabr sanasida Xorazm viloyati Xonqa tumanida tug`ilganman


Download 20.65 Kb.
Sana08.10.2023
Hajmi20.65 Kb.
#1695493
Bog'liq
TARJIMAI HOL


TARJIMAI HOL
Men, Xamrayev Og`abek Oybek o`g`li, 1999-yil 24-oktyabr sanasida Xorazm viloyati Xonqa tumanida tug`ilganman. Hozirda Xorazm viloyati Xonqa tumani Navxos qishlog`i Nurafshon MFY Jaloladdin Manguberdi ko`chasi 9-uyda yashayman. 2006-yil Xonqa tumanidagi 2-son umumiy o`rta ta`lim maktabining 1-sinfiga o`qishga qabul qilindim. O`qishga bo`lgan ishtiyoqim yuqori bo`lganligi sababli barcha fanlarni a`lo baholarga o`qirdim. Ayniqsa fanlar ichida matematika, fizika, ingliz tili kabi fanlar mening eng sevimli fanlarim edi. 9-sinfda fizika fanidan fan olimpiadasiga qatnashib, tuman bosqichida faxrli 1-o`rin, viloyat bosqichida esa munosib ishtirok etib birinchi beshtalikdan joy olganman. 2015-yilda maktabni tugatib, qiziqishim bo`yicha Xonqa tumanidagi Xonqa axborot texnologiyalari kasb hunar kollejining Kompyuter injeneringi yo`nalishi bo`yicha o`qishga qabul qilindim. Hamda a`lo baholarga o`qib, informatika fanidan fan olimpiadasining viloyat bosqichida ishtirok etib, diplom bilan mukofotlandim. 2018- yil kollejni a`lo baholar bilan tamomladim. Xorijiy tillardan ingliz tiliga qiziqaman va shu fanni ham mukammal o`rganishni istayman.
Otam, Xamrayev Oybek Shavkatovich 1975-yil 20-dekabr sanasida Xorazm viloyati Xonqa tumanida tug`ilgan. Hozirda Xorazm viloyati Xonqa tumani Navxos qishlog`i Nurafshon MFY Jaloladdin Manguberdi ko`chasi 9-uyda yashaydi. Hozirda Xorazm hududiy elektr tarmoqlari AJ da Iste`molchilar bilan ishlash bo`yicha yetakchi muhandis lavozimida ishlab kelmoqda.
Onam, Sharipova Manzura Ozodovna 1977-yil 21-yanvar sanasida Xorazm viloyati Xonqa tumanida tug`ilgan. Hozirda Xorazm viloyati Xonqa tumani Navxos qishlog`i Nurafshon MFY Jaloladdin Manguberdi ko`chasi 9-uyda yashaydi. Hozirda uy bekasi.
Singlim, Solayeva Zarafshon Oybek qizi 2002-yil 1-avgust sanasida Xorzm viloyati Xonqa tumanida tug`ilgan. Hozirda Xorazm viloyati Xonqa tumani Navxos qishlog`i Nurafshon MFY Jaloladdin Manguberdi ko`chasi 9-uyda yashaydi. Hozirda O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2-bosqich talabasi.
Men 2020-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filialiga hujjatlarimni topshirib, test sinovlaridan muvaffaqiyatli o`tib “Suv xo`jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ta`lim yo`nalishiga davlat granti asosida o`qishga qabul qilindim. 1-bosqichdan fanlarni a`lo baholarga o`zlashtira boshladim.
Hozirda 2021-yil Urganch davlat universiteti texnika fakulteti talabasiman. Ilmga bo`lgan qiziqishim tufayli bir qator ilmiy maqola va tezislar chop etib ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashdim. Bu esa o`z samarasini bermasdan qolmadi. Jumladan, 2021 yil 10-17 noyabr kunlari Urganch davlat universitetida bo`lib o`tgan “Millatim faxrisan bayrog`im” mavzusidagi videoroliklar tanlovida qatnashib faxrli 1-o`rinni egalladim. 2021-yil 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan o`tkazilgan “Korrupsiyasiz hayot, kelajak poydevori” mavzusidagi maqolalar tanlovida faxrli 3-o`rinni egalladim. Yil talabasi 2021 Respublika ko`rik tanlovining “Yilning eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo`yicha qatnashib universitet bosqichida faxrli 2-o`rinni egalladim. Qozog`istonning Nur-sulton shahrida MDH davlatlari o`rtasida o`tkazilgan “Yil talabasi 2021” xalqaro tanlovida qatnashib, 1-darajali diplom va ko`krak nishoni bilan taqdirlandim. Международной молодежной олимпиаде 2021 "Volga Universe"da matematika fanidan olimpiadada ishtirok etib, diplom bilan taqdirlanganman. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2021 yil 23-25 dekabr kunlari tashkil qilingan “O‘zbekiston yoshlari forumi - 2021”da taklifim eng zo‘r 200 ta takliflar qatoriga kirdi va “Yoshlar elchisi” maqomiga ega bo`ldim. “One Million Uzbek Coders” ya`ni “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasida Data Analysis, Android Programming, Full-Stack Development va Frontend Development yo`nalishlari bo‘yicha onlayn kurslarni muvaffaqiyatli tugatganman. Bugungi kunda Urganch davlat universitetining ilmiy-amaliy anjuman va jurnallarida maqola va tezislar chiqarib kelmoqdaman. Hozirgacha 15 dan ortiq maqola va tezislarni Respublika va Xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarda chop etdim.
O`qish bilan birgalikda Aktiv va reaktiv quvvat isrofini kamaytiruvchi tejamkor elektroenergiya qurilmasi mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib boryapmiz. Darsdan bo`sh vaqtlarimda “Fakultetlararo umumtexnika fanlari” kafedramizning ilmiy tadqiqot va ilmiy uslubiy ishlarida bevosita ishtirok etib o`z hissamni qo`shib kelyapman. Shu ilmiy tadqiqot natijalari bo`yicha bir qator ilmiy maqolalar, tezislar va bir nechta uslubiy qo`llanmalar yaratishda ishtirok qilyapman.
Mening eng katta va asosiy orzuyim – o`z yo`nalishim bo`yicha yuqori darajada bilim olib, kelgusida o`qishimni magistraturada davom ettirish va ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish orqali jamiyatga foydam tegishini istayman. Buni amalga oshirish uchun albatta, texnika fanlarini mukammal egallab jonajon O`zbekistonim taraqqiyotiga o`z hissamni qo`shish.

Xamrayev.O.O ___ ___ 2022 yil ___­________


(imzo)
Download 20.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling