Men Xojiyev Ilhom o`zimning pedagogik amaliyotimni o`tash maqsadida Samarqand viloyati Payariq tumanidagi xo’jaobod ziyo education’’ o’quv markaziga yo`llanma oldim


Download 15.39 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi15.39 Kb.
#1452204
Bog'liq
HISOBOT 222


HISOBOT
Men Xojiyev Ilhom o`zimning pedagogik amaliyotimni o`tash maqsadida Samarqand viloyati Payariq tumanidagi “XO’JAOBOD ZIYO EDUCATION’’ o’quv markaziga yo`llanma oldim. Amaliyotning birinchi kunida kimyo fakulteti professor-o`qituvchilari bilan yig`ilish o`tkazilib amaliyotchi talabalar rahbarlariga topshirildi. U yerda S.D. Aranbayev rahbarligida pedagogik amaliyotni boshladim. S.D. Aranbayev to`ldiriladigan hujjatlardan namunalar ko`rsatdi. O’quv markaziga borganimda kimyo o`qituvchisi abturentlar bilan ehtiyotkorlik, xushmuomlalik, yangi interfaol medodlarni qo`lash haqidagi tushunchalar berib borishini pedagog sifatida amaliy yordam berishini aytdi.
Amaliyotning dastlabki birinchi haftasida dars jarayonlarida kuzatuvchi sifatida qatnashdim.Darslarda men o`qituvchilardan kasb va mahorat sirlarini qunt bilan o`rgandim. Dastlabki darsalarda bir necha kamchiliklarga yo`l qo`yganimni biologiya o`qituvchisi Normurodova M. tushuntirdilar. Keyinchali darslarda bu kamchiliklarni bartaraf qildim. Pedagogik amaliyot mobaynida menga kimyo fanidan belgilangan darslarni o`tdim. Bundan tashqari o’quv markaziga maktablarining me`yoriy hujjatlari bilan tanishib chiqdim. Ushbu me`yoriy hujjatlar: buyruq va xatlar, pedagogik kengash qarorlari,iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash, kimyo o`qituvchisi hujjatlari, o`zlashtirishi qoniqarsiz o`quvchilar bilan ishlash ko`rgazmali o`quv qurollari bilan ishlash qoidalari bilan tanishib chiqdim.Shuningdek pedagogik amaliyot jarayonida men umuniy o`tra ta`lim maktabi an`analari, ilg`or mutaxassislarning ish tajribalarini o`rganib ularni amaliyotga tadbiq qilish ko’nikmalariga ham ega bo`ldim, eng muhimi o`quv va tarbiya jarayonini tashkil qilish, darsda qo`llaniladigan darslik va qo`llanmalardan foydalanish yo`l yo`riqlarini o’rgandim.
Amaliyot rahbari: S.D. Aranbayev
Amaliyotchi: I.Q. Xojiyev
Download 15.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling