Men yoshlar kelajagiga befarq emasman


Download 44 Kb.
Sana04.04.2022
Hajmi44 Kb.
#624831
Bog'liq
Abdunazarova Mariya analitik esse
2020 2021 Ўзбекистон энг янги тарихи якуний умумй саволлари, Shoxrux fizikadan maruza, xWAWLvNVNJRQUL1ixT RAXqUxS6VaB5I, 12.4 Freight transportation and freight turnover by transport type uzb-2, 21900, MATLAB Simmechanics paketidagi ekzoskeletning vertikal jarayonining kompyuterli modellashtirish, Печатга 1 M M 301 Sayriddinova Shohsanam 3 marta 1, млао, Amaliy ish 3 (1), Lab 1 Algoritmlarni loyihalash, 13-MAVZU. IQTISODIY O`SISH - UMUMIY TAVSIFI (1), Amaliy topshiriq docx, pedagogika, matematika mustaqil ish Safarova Madina IV-semestr

MEN YOSHLAR KELAJAGIGA BEFARQ EMASMAN”
Mening fikrimcha, bugungi kunda migratsiya masalasi siyosiy ahamiyatga ega,har bir davlat miqyosida “ taftish ishi”ga aylanishi kerak bo’lgan sohalardan biri hisoblanadi. Chunki bugungi kunda mamlakatlararo migratsiya ustidan nazoratning yo’qolishi, muhojirlar oqimi va uning integratsiyasini tartibga solishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish uchun bir nechta milliy asosda ishlab chiqilgan rejalarni talab etmoqda. Bu muammolarga duch kelishning asosiy sabablari quyidagi kesimlarda ko’rishimiz mumkin:

  • chet el diplomlarini tan olinmasligi;

  • migrantlar orasida muloqotni oshirish uchun til kurslari sustligi;

  • mehnat bozorida ishlaydiganlar uchun aniq dastur ishlab chiqilmaganligi;

  • ularning jamiyat hayotida ishtirok etishini rag’batlantirish pastligi va boshqalar.

Xorijiy mamlakatlarning migratsiya sohasidagi amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish davomida Fransiya davlati milliy qonunchiligini misolida ko’rib chiqdim. Bu borada o’tgan yillar davomida Fransiyada tadbiq etilgan qonunlar o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Birinchi xususiyati, Fransiya fuqaroligini olishni istagan migrantlar uchun avtomatik ravishda “erkinlik, tenglik, birodarlik” asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham siyosatshunoslar tomonidan fransuzlarni “Axloqiy odoblar” mamlakati, u “millat”emas deb ta’kidlashadi. Integratsiyaning fransuz modeli “ respublika modeli” deb nomlanadi. Ikkinchi xususiyati bu migratsiya integratsiyasi muammolarini bartaraf etishning to’g’ridan-to’gri miqdoriy hisoblash tizimi hisoblanadi. Fransiya qonunchiligiga ko’ra chet el fuqarolarini ish bilan ta’minlash va ularni joylashtirish masalalari hal etish uchun Milliy agentlik tashkil etilgan. Amalda esa ko’pincha “mehmon” ishchilarni yollash va tartibga olish korxonalarning o’zlari tomonidan amalga oshiriladi. SONA, COTRA va FAS kabi bir nechta jamoat tashkilotlari bunga misol bo’ladi. Keyinchalik Fransiya immigratsiya va integratsiya xizmati tashkil etilib, uning vazifasi “muhojirlarning birlashishini” nazorat qilishdan iborat bo’lgan.
2005 yilga kelib Fransiyadagi diniy ekstremizm bilan sodir bo’lgan voqealar integratsiya g’oyalarining o’sishi qiyinlashtiradi. Shuni ham hisobga olish lozimki, mamlakat doirasida yomon moslashuvchan va shu bilan birga muvaffaqiyatli integratsiya hisoblangan, fransuz aholisining eng ko'p qismini tashkil etuvchi - Shimoliy Afrika mamlakatlaridan kelgan migrantlar ham alohida ahamiyatga ega. Bu esa mamlakat miqyosida iqtisodiy va ijtimoiy muammolar keltirib chiqarmoqda. Misol tariqasida ,u yerda yashayotgan migrantlarning kamsitilishi, ta’lim sifatining yomonligi va diniy omillarni bilan bog’liq muammoli vaziyatni yuzaga keltirmoqda . Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun siyosiy tizimda “respublika modeli” ishlab chiqildi. Unga asosan, shahar muhitini yaxshilash, muhojir sifatida kelgan ishchi kapitalini uy-joy bilan ta’minlash, ularga beriladigan imtiyozlarni ko’paytirish va e’tiqodiy kamsitishni yo’qotish orqali vaziyatni tubdan o’zgartirishga harakat qilmoqda.
Shu bilan birga, migratsiya jaroyoni Yevropada hokimiyat va jamiyat vakillari tomonidan muhojirlarni “istiqbolli kuch” deb qabul qilishi bir nechta asoslarga ega:
- birinchidan, ishchi resursi va migratsiya siyosati uchun sarf qilingan xarajatlar foydali sarmoyadir;
- ikkinchidan, inson kapitali orqali turli iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ko’nikmalari va insonlarning aqliy qobiliyatidan foydalanishi;
- uchinchidan migrant ekologik sarmoyador kuchini ham tashkil etishini hisobga olinishi;.
- to’rtinchidan esa yuqori malakali migrantlar mehnat bozoridagi bo’shliqni to’ldirish uchun afzalroq.Ya’ni allaqachon ma’lum bir bilim va ko’nikmaga ega migrant past malakali migrantdan ko’ra qabul qilinuvchi davlat uchun hech qanday sarf-xarajat talab qilmaydi.
Mening o’ylashimcha, bu faqat Yeropa davlatlarigina emas, xususan O’zbekiston miqyosida ham hal qilinishi va migratsiya sohasidagi muammolarni bartaraf etish chora tadbirlarini ishlab chiqishni zaruratga aylantiradi. O’zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligida ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib, migratsiya borasida quyidagi takliflarni ishlab chiqish mumkin:

  • noqonuniy immigratsiya va odam savdosiga qarshi kurashish uchun bir nechta jamoat tashkilotlarni tashkil etish;

  • mamlakat chegaralarini nazoratga olish;

  • mamlakatimizda ta’lim olish istagini bildirgan ta’lim oluvchilarning qabul qilinishi va joylashishi uchun yangicha dasturlar va mablag’lar, xususan ta’lim grandlarini e’lon qilish;

  • ijtimoiy munosabatlarda muammolarni bartaraf etish uchun “til kurslari” ni tashkil etish;

  • mamlakat hududida erkin harakat qilishlari uchun muhojirlar yangi “yo’l xaritasi” ni ishlab chiqish va boshqalar.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, barcha davlatlararo migratsiya oqimini tartibga solish muammosi tizimli tartibda ko’rib chiqish asosiy o’rinda turadi. Ijtimoiy sharoitda iqtisodiy va siyosiy inqiroz barcha qarama-qarshiliklar va hal qilinmagan muammolar fojiali darajaga ko’tarilishini unutmasligimiz kerak.
Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling