Menejment kafedrasi


Download 0.61 Mb.
bet11/24
Sana01.10.2020
Hajmi0.61 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24

Tayanch iboralar

Tashkiliy tuzilma, chiziqli tuzilma, chiziqli-funktsional tuzilma, matritsali tuzilma, loyihali tuzilma,boshqaruv uslublari: tarbiyaviy uslub, moddiy-rag’batlantiruvchi uslub, mahmuriy-tashkiliy uslub, boshqarish sanhati, boshqaruv qarorlari, rahbarning tashkilotchilik qobiliyati, rahbarning ruhiy-psixologik xususiyatlari, rahbarning ruhiy-fiziologik sifatlari, rahbarning ishbilarmonlik sifatlari, rahbarning nutq madaniyati, rahbar tomonidan ziddiyatlarni bartaraf etish usullari.

Nazorat va muhokama uchun savollar.

  1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida biznes psixologiyasining mazmuni va mohiyati nimalardan iborat?

  2. Boshqarish sanhati deganda nimani tushunasiz?

  3. Sizningcha, tadbirkor rahbarning ruhiy-psixologik xususiyatlarining muhim tomonlari nimalardan iborat.

  4. Rahbar xodimning boshqarish faoliyatidagi ruhiy-psixologik jarayonlari bosqichlarining mohiyatini tushuntirib bering.

  5. Xo’jalik faoliyatini boshqarish davomida rahbar bilan xodim o’rtasida yuzaga kelayotgan ziddiyatlar sabablarini izohlab bering.

  6. Sizningcha, rahbar tomonidan ziddiyatlarni bartaraf etishning yana qanday yo’llari bo’lishi mumkin?

  7. Biznesning axloq me’yorlari deganda nimani tushunasiz?

  8. Tadbirkorlik etikasi deganda nimani tushunasiz?

  9. Ishbilormanlarning un nasihatiga izoh bering.

  10. Tadbirkorning shaxsiy xususiyatlarini shakllantirish uchun qanday umum- ijtimoiy sifatlar zarur?

  11. SHeriklar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni mustaxkamlashda nimalarga ahamiyat berish kerak ?

  12. Xizmat yuzasidan munosabatlarni takomillashtirish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish lozim ?

  13. Mijozlar munosabatlarni takomillashtirish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish lozim?


9-Mavzu. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA MARKETING VA TOVARLARNI SOTISH

Reja

  1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikfaoliyatida marketingning mohiyati, maqsadi, vazifalari va turlari.

  2. Marketing tadqiqotlari, oldindan bilish va rejalashtirish.

  3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikfaoliyatida tovarlarni sotishni tashkil qilish usullari

  4. Tovarlarni sotishda reklamaning o’rni.




  1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketingning mohiyati, maqsadi, vazifalari va turlari

Kichik biznesdagi xo’ijalik yurituvchi sub’ektlar har doim haridorni mo’ljal qilib quyidagi savollarga Qancha? Qanaqa? Nima? Qachon?javob topishlari kerak: Bundan ma’lumki kichik tadbirkorlik tarkiblari soni, sifati, fazoviyligi va vaqt o’lchamlari bo’yicha cheklangan.

Ular bozorni egallash uchun amalga oshirayotgan xo’jalik operatsiyalarining harajatlarini haridorlar uchun olib boriladigan raqobat kurashida yutib chiqish uchun kamaytirib borishlari zarur. Natijada potentsial haridor uning taklif etgan tovarini harid qiladi. Bu muammoni yechishda marketing muhim dastak hisoblanadi.

Marketing (inglizchadan market - bozor) — bu mahsulotni ishlab chiqarishdan boshlab toki uni sotishni tashkil etilishigacha bo’lgan majmuaviy tizimdir. U aniq haridorlarni talabini qondirish, bozorni o’rganish va oldindan ko’ra bilish asosida foyda olishga mo’ljallangan.

A. Xosking aytishi bo’iyicha marketing — bu biz sotishimiz mumkin bo’ilgan mahsulotni sotish emas, balki sotiladigan mahsulotni ishlab chiqarishdir.

Biznes - rejaning maqsadi bu iste’molchini yaratish va biznesni ikki asosiy vazifasi mavjud bo’lib, ular marketing va innovatsiya. Marketing va innovatsiya natijani paydo qiladi va marketing biznesda asosiy rolni o’ynaydi. Marketinga Amerika Marketing Asotsatsiyasi shunday deydi “Marketing institutlarning jamlanmasi va yaratish jarayoni shuningdek, iste’molchilar, xaridorlar, sheriklar va jamiyat o’rtasidagi aloqani ta’minlash takliflarni ayriboshlashdir. Markting - bu iste’molchilarni talabiga ko’ra xoxishiga ko’ra tovar va xizmatlarni yaratadi.”20



Marketingni asosiy maqsadi - bozorni har tomonlama o’rganish, tahlil qilish va konьyunktura o’zgarishini oldindan bilish asosida yuqori foyda olishdir.

Biznes muammosini keng qulayliligi va ko’p ro’yxatligi shu jumladan uning kichik shakllarini, bir qator maqsad muammolarini ishlab chiqarish jarayonida, sotishda, reklama ishlarida qo’yishi va yechilishini ko’zda tutadi. SHuning uchun iqtisodiy adabiyotda «Marketing» tushunchasi to’g’risida turli-tuman takliflar o’rin olgan va bir necha turdagi marketing ajratib ko’rsatilgan.

Marketing - bu haridorni mahsulot yoki xizmatga bo’lgan talabini aniqlash va uni so’nggi iste’molchiga daromad olish maqsadida sotishni izohlash va tarqatish jarayonidir.

Marketing - bu menejmentning javobgarligi darajasini aniqlash, oldindan ko’rish va talablarni qondirish uchun rag’batlantirish jarayonidir (marketing instituti).

Marketing - bu sotish bozorlarini bunyod etish yoki talabni bunyod etishdir.

Marketing faoliyati bu Amerika Marketing uyushmasi tomonidan berilgan ta’rifga ko’ra”...shunday faoliyatki, u jamiyatlarni tashkil qilish va tashkil jarayoni, xaridorlarga, mijozlarga, hamkorlarga va boshqalarga ko’plab foydali takliflarni yetkazishda o’zaro muloqot vositasi bo’lib xizmat qiladi. Bu rasmiyatchilikni bir chetga qo’yib, marketing - maxsulot qiymati va nafliligini yetkazib berish; Xaridorlarga zarur va ular xoxlaydigan maxsulotlarni, ularga ma’qul (xatto undan xam ziyoda) narxlarda va ularning sotib olish uchun qulay va tayyor joylarni aniqlashdan iborat. Marketing mijozlar sotib olish uchun mavjud tovar va xizmatlari haqida ma’lumotlar berish va reklama qilish kabi faoliyatini ham qullab-quvatlaydi. Muvaffaqiyatli marketing boshqa barcha kompaniya operatsiyalar uchun to'laydigan daromadni ishlab chiqaradi.

Marketingsiz- biznes uzoq faoliyat olib bora olmaydi. Bu kichik bisnesga qo’yilgan juda muhim va juda oson talab.

Marketing mahsulotlar, xizmatlar, tadbirlar, tajribalar, odamlar, joylar, xususiyatlari, tashkilotlar, korxonalar, g'oyalar va ma'lumotlar uchun amal qiladi.

Bu yerda Marketingni tushunish uchun bir nechta asosiy tushunchalar bor: marketing konsepsiyasi, mijozlar qiymati, marketing mix, segmentatsiyasi, maqsadli bozor, marketing muhiti, marketing boshqaruvi va marketing strategiyasi kabilardir”21- deyilgan.

Marketingning bir necha turlari mavjud bo’lib ularning mazmun va mohichtini keltirib utish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Konversion marketing - bu marketing turlaridan biri. Uning tavsifli belgisi zaruriy sharoit yaratib tovar va xizmatlarni taklif qilish uchun talabni bunyod etish va shakllantirish. Konversion marketing maqsadi mazkur tovarga nisbatan baozi toifadagi fuqaro va korxonalarni salbiy munosabatini bartaraf etish va ularni potentsial iste’molchilar doirasiga jalb qilishdan iboratdir. Bu uchun maqsadga muvofiq yo’inaltirilgan reklama faoliyati, har tomonlama tarqalgan servis xizmati va yuqori darajadagi ta’minlash o’ta zarurdir.

Marketing «Miks»(marketing majmuasi) - korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarga bo’lgan talabga ta’sir ko’rsatish uchun zaruriy marketing tizimidir. Bu kabi vositalarga quyidagilar kiradi: tovar, narx, sotuvning o’rni va sharti, reklama va rag’batlantirish.

Horijiy manbalarda keltirilishicha Marketing «Miks» son va eng taniqli marketing terminlaridan biri hisoblanadi. Odatda "5 P" deb nomlanuvchi an'anaviy marketing mix yani mahsulot, narx, rag'batlantirish, va joyi (tarqatish) birikmasini anglatadi. Har bir komponent kompaniya tomonidan nazorat qilinadi, lekin ularning barchasi kompaniyaning ichki va tashqi omillar ta’siri bo'ladi.

Bundan tashqari, marketing mixning har elementi boshqa elementlar uchun qabul qilingan qarorlarga ta'sir etiladi. Bu degani, marketing mix ning bir elementning o'zgartirishi, shuningdek, xuddi shunday boshqa elementlar ham o'zgartirishi kerak bo'ladi. Ular ajralmas va uzviy bog'liq. Biznes yoki tashkilotning kattaligidan qat'i nazar har doim bir marketing mix mavjud bo'ladi22.




MARKETING MIKC MAJMUI

5P




TOVFRLAR (PRODUCT)




NARX

(PRICE)




ODAMLAR (PEOPLE)


JOYLASHTIRISH (PLASE)

SILJITISH (PROMOTION)


Har bir ko’rsatilgan elementni ishlatilishini hisobga olib marketing «Miks» quyidagilarni bildiradi:

  • iste’molchini mo’ljal qilish;

  • uning talabini o’rganish;

  • iste’molchi talabini hisobga olgan holda mahsulot va xizmat assortimentini shakllantirish;

  • barcha tovarni oxirgi iste’molchigacha qoniqtiradigan to harakatga keltiruvchilar uchun egiluvchan narx belgilash siyosatini olib borish;

  • qulay va amalga oshirilishi mumkin bo’ilgan oldi-sotdi jarayonini amalga oshirish, sotuvchilarni va vositachilarni mahsulot sotgani uchun iste’molchilarni esa ushbu firmani mahsulotini sotib olgani uchun turli rag’batlantirish va siylash chora-tadbirlarini ishlatish.

Remarketing - tovar o’ziga bo’lgan talabni pasayishini seza boshlaganda remarketingni qo’llash kerak bo’ladi. Bunda marketing xizmati bozorda tovarga bo’ilgan talabni pasayishini bartaraf etish variantlarini izlab topadi.

Qo’llovchi marketing - korxonaning marketing faoliyatining bir turi bo’lib tovar va xizmatga bo’lgan talabni yetarli saviyasini saqlab qolishni ta’minlab beradi. Qo’llovchi marketingning maqsadi — talab va taklif muvozanatini doimiy diqqat e’tiborini talabni o’zgartiruvchan omillarga qaratilishi hisoblanadi.

Taraqqiyot toptiruvchi marketing- korxonaning marketing faoliyatini bir turi bo’lib u tovar va xizmatga bo’lgan potentsial talabni qondirish va barcha tovar uchun real talabni izlab topishdan iboratdir.

Taraqqiyot toptiruvchi marketingning asosiy maqsadi-marketingni belgilash harakatini talab taraqqiyotini kerak tomoniga yo’naltirish.

Sinxron marketing - bir qator tovarlarni mavsumiy iste’mol qilinishida sotishni barqaror qilish uchun va talabni o’zgarishini pasaytirish uchun qo’shimcha choralar ehtiyoji ko’rilish paydo bo’lgan holatlarda ishlatiladi.

Rag’batlantiruvchi marketing - marketing turi bo’lib, talabni shakllantirish va rag’batlantirishga yo’naltirilgan. Rag’batlantirish marketingni ishlatilishining uch xil sohasi bo’lishi mumkin:

  • iste’molchi ushbu tovar uning hech qanday manfaatga ega emas deb hisoblaganda;

  • tovar uchun sotilish regioni to’g’ri tanlamaganda;

  • iste’molchi va bozor yangi tovar vujudga kelishga tayyor bo’lmaganda.

Kichik biznes sub’ekti xo’ijalik faoliyatiga marketing kiritilishi tadbirkorlik samarasini oshirishga ko’maklashadi.

Kichik shakldagi xo’jalik yuritish sub’ektlarini kundalik amaliyotida marketingni strategik masalalarini amalga oshirilishi quyidagi yo’nalishlarida amalga oshiriladi:

  • mahsulot sotish to’g’risida o’z vaqtida ma’lumot olish va uni to’g’ri tahlil qilish;

  • marketing maqsadlarini to’g’ri qo’yish va ularga erishishning asosiy yo’llari;

  • resurslarni maqsadlar bilan, maqsadlarni esa iste’molchilar talabi bilan maqbul birlashtirish.

  • mahsulot turi va assortimentini bozor talabini yuqori darajada qondirish uchun shakllantirish;

  • jamoa bilan ishlash, shaxsiy tadbirkorlik faoliyatini potentsial haridorlar, ishlovchilar orasida tan olish va qo’llashga erishish uchun tashviqot ishlarni olib borish;

  • bozorda sotish tarmog’ini bunyod etish orqali, reklamalar sotuvini rag’batlantiruvchi tadbirlarni o’tkazish, sotuvchi vositachilarni, o’z haridorlarini va bozor maydonini topish uchun harakat qilish;

  • marketing tizimini yangi firma sharoitiga moslashtirish uchun kundalik boshqaruv ishini tashkil etish.

Marketingni kichik biznesda samarali ishlash shartlari quyidagilardan iborat: taraqqiyot topgan bozorni mavjudligi;

  • ishlab chiqaruvchini erkinligi;

  • axborot to’plash tizimini;

  • barcha uchun tushunarligi;

  • tadbirkorlarning tayyorlanganliga va hokazo.

Kichik biznesda haridor va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar munosabatlari majmuasi bo’yicha javobgarlik to’g’ridan-to’g’ri marketing tizimiga hisoblanadi. Yechiladigan masalalarga asosan marketing vazifasi bir necha kichik vazifalarga bo’ilinishi mumkin.

Marketing vazifasi - bu tadbirkorlikning muhim vazifasi korxonani ishlab chiqqan tovar va xizmatini almashuv jarayoni bilan bog’liq boshqaruv tizimi.
2. Marketing tadqiqotlari, oldindan bilish va rejalashtirish

Marketing tadqiqotlari - bu tovar va xizmatlarni ayirboshlash va ishlab chiqaruvchining sotish bilan bog’liq barcha ma’lumoti va muammolarning maqsadli to’plamini tahlil qilishdir.

Marketing tadqiqotlari muayyan tovar bozorining mavjudligi va uni egallash hamda mustahsamlanib qolish kabi savollarga ko’iproq amaliy javob beradi.

Marketing tadqiqotini o’tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • masalani qo’iyilishi va firma oldida turgan muammolarni aniqlash;

  • tadqiqot maqsadlarini aniqlash va harajatlarning
    qiymatini baholash;

  • axborot to’iplash va uni turkumlash;

  • dastlab berilgan, so’ing hisoblanganlarni tahlil qilish;

  • tavsiyanomalarni ishlab chiqish.

Marketing tadqiqotlarining asosiy yo’nalishlari -bozorni o’rganish va marketing majmuasining asosiy elementlarini, tovarni, tovar narxini, tovar harajatini va sotishni rag’batlantirish natijalarini tahlil qilish.

Marketing tadqiqotlari natijasida olingan axborot tadbirkorlar uchun xo’jalik strategiyasini ishlab chiqishda va amalga oshirilishida muhim ahamiyatga ega. Uni marketingni boshqaruvchini vazifalari asosida ishlatilishi A.Xosking tomonidan bir necha omillarini hisobga olib keng tasvirlangan: ya’ni:

  • haridorlar talabini bir xilga keltirish;

  • haridor bozorini tavsiflash;

  • haridorning xulqi va harajat imkoniyatlarini o’rganish;

  • sotish va pullashni o’zgarishi;

  • reklama harajatlari va ularni o’zgarish yo’nalishlari;

  • tovarni harakatlantirish tadbirlari;

  • bozorni kengaytirish imkoniyatlari;

  • haridorni kengroq va aniqroq tavsiflash (ya’ni yoshi, oila tarkibi, daromadlar saviyasi ma’lumoti, jo’g’rofik taqsimlanishi, uzoq muddat ishlatiladigan tovarga egaligi, ular qaerda va qanday sotib olinadi, axborot qanday vositalar bilan olingan va boshqalar);

  • asosiy raqobatchilar tomonidan egallangan bozor qismi;

  • taqsimlanish tarkibi;

  • bozor holatiga ta’sir ko’rsatadigan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy kuchlarni aniqlash;

  • tovarlarni va ularni sezilishini o’rganish;

  • mahsulot belgisi (markasi);

  • tovarni joylashtirish;

  • shakli, o’lchamlari, himoyalanish xususiyati, yorliqlari va etiketkalarining turlari;

  • xizmatlar, reklama, aloqa yo’llari, sotilishda izlanishlar;

  • taqsimlash, narx va sotib olishga qiziqtirish;

• eksport bozorlari.

Marketing bo’yicha mutaxassislar tadbirkorlikda marketing asosida rejalashtirishni bashorat qilishda ular o’rtasidagi sezilarli farqni ko’rib chiqadilar. A.Xosking tahriflashi bo’yicha, “Uzoq muddatli rejalashtirishda talab asosan tashqi omillar bilan aniqlanishi, so’ng esa kompaniya marketingni majmuasini o’zgarishi bilan aniqlanishi faraz qilinadi”23.

Marketingni rejalashtirish - bu bir necha variantdagi muqobil rejalar ichidagi eng yaxshisini tanlab olish jarayonideb hisoblash mumkin. Kichik shakldagi xo’jaliklarni marketing rejalashtirilishiga quyidagilar kiradi:

  • firma xo’jaligi ichidagi bo’linmalarining faoliyat harakatlarini muvofiqlashtirish;

  • tashqi muhitning kutiladigan taraqqiyoti omillarini va uni o’zgaruvchilik darajasini aniqlash;

  • firma xodimlarini kutilmagan holda paydo bo’lganda befoyda harakatlarini kamaytirish;

  • bajaruvchilar oralig’idagi samarali munosabatlarni ta’minlash.

Marketingning yetrategik rejasi korxonaning xom-ashyo, mehnat, moliya va boshqa resurslarni samarali ishlatilishiga mo’ljal qilib yo’naltirilgan. Firmaning maqsadlarini va imkoniyatlarini navbatdagi 3-5 yil ichida o’zaro bog’lanishi uchun marketing sohasida strategik marketing dasturi kelajagi ishlab chiqiladi. Ushbu dastur bozor konьyunkturasining o’zgarishlari asosida tartibga solib turiladi.

Marketingni amaldagi rejasi yaqin maqsadlarining hozirgi holati marketing vaziyatini tavsiflash, imkoniyatlar tahlilini, raqobatchilarni kuchli va zaif tomonlarini, moliyalar harakatini rejalashtirilgan daromadlar va harajatlar muvozanatini, tashkiliy-boshqaruv harakatlarini nazorat qilishni yo’lga solinishini va ularni amalga oshirilishini o’z ichiga oladi.

Marketing boshqarilishi — bu marketing majmuasining elementlariga ta’sir ko’rsatish jarayoni bo’lib haridorlar bilan belgilangan maqsadli almashuvini shaxsiy yoki ikki tomonlama foyda olish uchun qo’llanadi.

Marketing faoliyatida samarali natijalarga erishish (tovar)ni mahsulot o’zining narxi, bozorda joylashtirish va harakatlantirish choralari bilan bog’liq.

Marketing boshqaruvining tashkiliy tarkibi idoralarning yaxlit tizimi bo’lib, ishchi-xizmatchilarni samarali ishlashini xo’jalik yurituvchi sub’ektni oldiga qo’ygan maqsadga erishishini ta’minlaydi. U quyidagi turlardan tashkil topgan bo’lishi mumkin: funktsional, tovar funktsional va bozor-funktsional.

Marketing boshqaruvining funktsional tashkiliy tarkibi bo’linmalar javobgarligini va ularning ixtisoslashuvini marketing vazifasi bo’yicha aniqlashni ko’zda tutadi. Ya’ni:

  • assortimentni rejalashtirish va yangi mahsulotni ishlab chiqarish,

  • marketingda izlanishlar olib borish,

  • tovar harakatini tashkil etish,

  • reklama va sotuvni rag’batlantirish,

  • xizmatlar va savdo xizmatini tashkil qilish.

Marketing boshqaruvining tovar-funktsional tashkiliy tarkibi tovarga mo’ljallangan va tarkibiy bo’linmalarning bir qismi ixtisoslashishi tovar assortimentlarining aloxida guruhlari bo’yicha qurilgan.

Marketing boshqaruvining bozor funktsional yoki regional tashkiliy tizimi bo’limlari funktsional bo’linmalarini qo’ishimcha tashkil qilish regional bozorlariga yoki iste’molchilar turlariga yo’naltirilgan.

SHunday qilib marketing boshqaruvining tashkiliy tarkibi faoliyat turlarini tadbirkor-menejerlar yoki firmaning alohida tarkibiy bo’linmalari orasida aniq taqsimlanishini belgilaydi.



Strategik nazorat xo’jalik yurituvchi marketing sub’ektlari faoliyatini bozorda haqiqiy jarayonlar oqimiga to’g’ri kelishini tekshirib turishdir. Daromad olinishi bo’yicha nazorat qilish tadbirkorlik tarkibi faoliyatidan olingan daromadni va ko’rgan zararlarni, harajat va natijalarni solishtirish asosida tahlil qilish. Yillik reja nazorati — bu amaldagi nazorat bo’lib, qo’iyilgan masalalar yechimi va ko’izlangan maqsadga erishishdir.


        1. Download 0.61 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling