Menejment kafedrasi


Download 0.61 Mb.
bet2/24
Sana01.10.2020
Hajmi0.61 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24





Farg`ona 2017

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
MENEJMENT KAFEDRASI

fanidan


Farg’ona 2017

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
MENEJMENT KAFEDRASI

KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK”



fanidan

MA’RUZALAR MATNI

FarPI uslubiy

Kengashida tasdiqlangan

bayon№___ «____ » 2017 y.

O’quv uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Farg’ona Politexnika instituti uslubiy kengashida 28.05.2015 yilda ko’rib chiqilgan va o’quv ishlari bo’yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan muvaqqat dasturga muvofiq ravishda tayyorlandi. Ma’ruzalar matni Iqtisodiyot, КТ(Iqtisodiyot), BX va A va barcha noiqtisodiy ta’lim yo’nalishlari uchun mo’ljallangan.




Tuzuvchi: k.o’. Yu.SHokirova

Taqrizchilar: i.f.n., dots. J. Qambarov

i.f.n., dots. G.Davlatova




“Menejment” kafedrasi

uslubiy seminarida ko’rib chiqilgan

201_ yil “__ ” __dagi__ - son bayoni.

Ishlab chiqarishda boshqaruv fakul’teti

Uslubiy Kengashida muhokama etilgan

20__yil ”__”__ dagi __- sonli bayoni.


KIRISH
O’zbekiston Mustaqil bo’lganidan erishganidan so’ng, uning jahon hamjamiyatidagi mavqei va obro’sini ko’tarish maqsadida ijtimoiy- iqtisodiy

SHuning uch un ham mustaqil ishbilarmon va tadbirkorlarga katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda, ularning tashabbusi har tomonlama qo’llab quvvatlanilmokda. Mulkchilikning davlat, jamoa, xususiy ko’rinishlari tobora ijtimoiy hayotimizdan mustahkam o’rin olmoqda.

Bu borada  aynan shu maqsadlardan kelib chiqadigan vazifalarni yanada chuqurlashtirish va jadallashtirish maqsadida 2017 yil 5 oktyabr kuni qabulqilingan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Prezident Farmoni1 tadbirkorlik sohasidagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi.

Farmon asosida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga asossiz aralashishlarga qarshi ishonchli huquqiy kafolatlarni ta’minlashga yo’naltirilgan davlat nazoratining printsipial jihatdan yangi qator mexanizmlari joriy etilgani deputatlar tomonidan alohida qayd etildi.

 Farmon ayniqsa, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangidan tashkil etilgan ishlab chiqarish korxonalari uchun alohida dastak va qo’shimcha imkoniyat bo’lib xizmat qiladi, chunki ularga barpo etilgandan boshlab besh yil mobaynida ular ro’yxatdan o’tkazilgan sanada amalda bo’lgan soliq stavkalari va boshqa majburiy to’lovlarni qo’llash huquqi beriladi.

Zero, bozor iqtisodiyotiga o’tishda, mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan taraqqiy ettirishda va shu asosda jamiyat ahzolarining moddiy va mahnaviy farovonligini ta’minlashda tadbirkorlar alohida o’rin egallaydi. Bu muhim soha iqtisodiy asoslarining nazariy, amaliy mohiyati va ahamiyatini tushunadigan, bu boradagi barcha yangilik va tashkiliy o’zgarishlarni his eta oladigan kadrlarni tayyorlashda “Kichik biznes va tadbirkorlik” fani alohida ahamiyat kasb etadi.

Ayniqsa bugungi kun talabidan kelib chiqib kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatiga yoshlarni jalb etish va ularni shu sohani tashkil qilish va boshqarishga doir bilimlar bilan qurollantirish, yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash Oliy o’quv yurtlari oldida tutgan muhim vazifadir. Bu oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari oldiga ham bir qator vazifalar qo’yadi. Ulardan biri iqtisodiyotni barcha sohalari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash, xodimlar malakasini oshirish, ularni zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy bilimlar bilan qurollantirishdir. Bu yo’nalishda zarur bo’lgan moddiy-texnik baza respublikada bozor munosabatlariga o’tish bilan bir vaqtda yaratilib, rivojlantirib borilmoqda. Ushbu mavzular matni o’z oldiga imkoni boricha kichik biznes va tadbirkorlik sohasidagi ko’proq ma’lumotlarni qamrab olishni maqsad qilib qo’ygan.

Ma’ruzalar matnida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mohiyati va iqtisodiyotda tutgan o’rni, uning rivojiga ta’sir etuvchi omillar, xorijda va O’zbekistonda kichik biznesning shakllanishi va rivojlanishi, kichik biznes faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish, tahlil etish,kichik biznesni bank, soliq xizmati va audit bilan aloqalari, uni moliyaviy holati va kredit bilan ta’minlash shakllari ko’rsatib berilgan. SHuningdek, ushbu mavzular matnida kichik biznesni axborot bilan ta’minlash usullari, kichik biznesda marketing faoliyati va tovarlarni sotishni tashkil etish yo’llari, kichik biznesni boshqarish psixologiyasi, kichik biznesda bankrotlik, kichik biznesni istiqbollari kabi dolzarb muammolar ham batafsil bayon etilgan.

«Kichik biznes va tadbirkorlik» fani muayyan iqtisodiy fanlar: marketing, menejment, korxona iqtisodiyoti, buxgalteriya hisobi, moliya va kredit, statistika, iqtisodiyot nazariyasi va boshqa ko’plab fanlar bilan chambarchas bog’liq holda o’rganiladi.

Ushbu fanning asosiy maqsadi iqtisodiy bilimlarning amaldagi yutuqlaridan biznes faoliyatida maqsadga muvofiq foydalanishi, kichik biznes korxonalarining samaradorligini oshirish, jahon bozoriga, raqobatga bardosh beradigan yuqori sifatli mahsulot turlarini ishlab chiqarishni ta’minlash va uning asosida xalq farovonligini yuksaltirish yo’llarini talabalarga o’rgatishdan iboratdir.

O’quv fanini o’rganishning asosiy vazifalari:


  • talabalarga bozor munosabatlari davrida iqtisodiyotda amal qiladigan qonuniyatlar harakatini, bozor mexanizmining nazariy va amaliy asoslarini, jamiyatdagi resurslar tanqisligi va kishilar ehtiyojining cheksizligi va ularni qondirish zaruriyati to’g’risidagi iqtisodiy mushohadalar yuritish va ularni amalga tadbiq etish yo’llarini;

  • insonlarni erkin, qizikarli, maqsadli va foydali mehnat orqali ehtiyojini qondirish;

  • jamiyat ehtiyojini qondirish va tanqislikka barham berish;

  • yangi ishchi o’rinlarini tashkil etish;

  • fan va texnika yutuqlaridan tezkorlik bilan foydalanish;

  • jamiyat va kishilarni boyitish manbai;

  • jamiyatni demokratik rivojlantirish va mahnaviy sog’lomlashtirish;

  • ishlab chiqarishi va foyda olib sotish mumkin bo’lgan talablarni izlash;

  • tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish uchun ishlab chiqarishni tashkil etish;

  • tovarlarni tayyorlash;

o’z tovar va xizmatlarini sotish va shu kabilarni o’rgatishdan iborat.

Kichik biznes va tadbirkorlik” fanidan tayyorlangan ushbu ma’ruzalar matni iqtisodiy va barcha noiqtisodiy ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun mo’ljallangan.



1-Mavzu. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY RAVNAQIDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING O’RNI. “KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK” FANINING DOLZARBLIGI, MAQSADI VA VAZIFALARI

Reja

  1. Kichik biznes va tadbirkorlik” fanining dolzarbligi, maqsadi va vazifalari.

  2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tushunchasi, maqsadi va vazifalari, rivojlanish tarixi.




  1. Kichik biznes va tadbirkorlik” fanining dolzarbligi, maqsadi va vazifalari

O’zbekistonda tadbirkorlikni ko’llab-quvvatlanishi-raqobatchilikni rivojlanishiga iste’mol bozorini tovarlar va xizmat ishlari bilan to’ldirishga yangi ish joylarini yaratish, katta miqdordagi mulk egalari va tadbirkorlarni shakllanishiga xrvmat qiluvchi Resiublikada o’tkazilayotgan iqtisodiy isloxatlarning eng muhim yo’nalishlaridan biridir. Tadbirkorlikni ko’llab quvvatlanishi nafaqat iqtisodiyotni muttasil rivojlanishi, ho’jalik aloqalarini tuzatish, raqobatni rivojlantirish va iste’mol bozorini to’ldirish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy maqsadlarni ta’minlashi zarur. Bulardan tashqari bunday davlat yordami iqtisodiy siyosiy vazifalarni xal etishi respublikaning barcha xududlarida siyosiy mo’’tadillikni mustaxkamlashi, tadbirkorlik faoliyatiga tegishli bo’lgan ijobiy ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishi,unga axolining aktiv qismini jalb etishi ishsizlikni, infnlyatsnya va boshqa negativ salbiy ijtimoiy holatlarni oldini olishi lozim.

Bulardan ko’rinib turibdiki kichik biznes va tadbirkorlik fanini o’qitilishi davr talabining taqozosi, bozor munosabatlariga o’tishning ob’ektiv zaruriyatidan kelib chiqqan. SHu tufayli bu fanni o’qish, o’rganish yoshlarimizni, talabalarni va shunday faoliyat turi bilan shugulanuvchilarni bilimini oshiradi, to’ldiradi,ularnnng tadbirkorlik sohasidagi qobiliyati, tashabbusi va foydali xatti - harakatlarini oshiradi. Demak, fanning maqsadi - zamonaviy biznes yo’nalishlarini taxlil qilish. o’rganish, uning rrtvojini ta’minlash yo’llarini ko’rsatish va unga taahluqli bo’lgan nazariy bilimlar bilan, biznes sohasida qo’lga kiritilgan tajriba va yutuklar bilan tanishtirish, ularni o’rganish hisoblanadi.

"Kichik biznes va tadbirkorlik" fanining vazifasi - konkret firma va korxonalarni rivojlantirish darajasini o’rganish, istiqbollarini ko’rsatish, undagi xodisa va jarayonlarini taxlil qilish, ijobiy tajribalarini Uzbekiston Respublikasi sharoitida ko’llash imkoniyatlarini aniqlashdan iboratdir. Hodisa va jarayonlarni taxlil qilish rakobatchilik sharoitida amal qilayotgan xo’jaliklarning xatti-harakatlarini foydali bo’lish yo’llarini o’rgatishd dadbirkorlikning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishini, lizing va lizing operatsiyalarini, biznesni rejalashtirish, kichik va xususiy korxonalarning iqtisodiy samaradorligi hamda bu soxadagi nazariy va amaliy bilimlar bilan talabalarni qurollantirishdan iboratdir.

"Kichik bizies va tadbirkorlik" fanining o’rganish ob’ekti bo’lib nodavlat mulk shakllariga asoslangan firma yoki korxonalar hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlar va resurslarni taksimlanishi, ulardan foydalanishni tashkil etish, va pirovard natijada iste’mol bozorini tovarlar bilan to’ldirib maksimal foydaga erishish yo’llarini topish hisoblanadi. Albatta foydaga erishish uchun birinchi galda kimga nima ishlab chiqarish zarurligi to’g’risida bir qarorga kelish zarur. Firmalarning faoliyat yuritish muhitini taxlili asosida o’sish imkoniyatlarini tanlash, rivojlanish strategiyasinn belgilash va uni rejalatirishni tashkil etish hamda boshqa strategik ahamiyatga molik bo’lgan savollar va muammolarga javob berish ham ushbu fanning ob’ektlari jumlasiga kiradi.

Fanni o’rganishda biznesning nazariy va amaliy tomonlarini bog’lab olib borish zarur. Biznes soxasidagi bilimlarni kengaytirish, takomillashtrgrish uchun AKSH, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi iqtisodiy rivojlangan davlatlarning mashxur firmalari faoliyatidan va to’plagan tajribalaridan misollar keltirib o’rganiladi.

Hozirgi vaqtda biznesni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan fanlar va soxalar tobor kengayib bormokda. Ular: «Bozor iqtisodiyoti asoslari», «Biznes asoslari», «Biznesni boshqarish», «Xalkaro biznes», «Biznes etikasi», «Mikroiqtisodiyot», «Makroiqtisodiyot», «Iqtisodiy nazariya», «Mikroiqtisodiy statistika», «Bank statistikasi», «Korxona iqtisodiyoti» «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi» va boshqa fanlar. Bir-biriga tutash, bog’lik fanlar soxasidagi bilimlarni egallash, kichik biznes va tadbirkorlik fanini chuqur egallashga xizmat kiladi.


  1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tushunchasi, maqsadi va vazifalari, rivojlanish tarixi

Barcha yangi mustakil davlatlarda islohotlardan oldingi davrda mulkchilikning davlat shakli ustunlik kilgan. Xo’jalikning davlat sektorida mexnatkashlar umumiy sonining 4/5 kismi, kooperativlarda 14-15% (bulardan yarimidan ko’pi kolxozlarda), xususiy sektorda 3%ga yakini band bo’lgan. 80-yillarning ikkinchi yarimida xo’jalikning kooperativ sektorini yaratish, ijarani rivojlantirishga harakat kilingan. Bu harakat bozor infratuzilmasini rivojlanmaganligi davlat mulkchiligining hukmronligi, xo’jalik yuritishning yangicha shakllarini davlat sektoriga qaramligi, xo’jalik qonunlarining noaniqligi va bir kator sabablar tufayli natijasiz bo’lgan.

Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish iqtisodiy islohotlarning yetakchi bo’g’inidir. Xususiylashtirish natijasida demokratik jamiyatning ijtimoiy zaminini tashkil qiluvchi xususiy mulkchilik qatlami shakllanib bordi.

Iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga doir dastlabki tadqiqotlar XVIII asrda R. Kontilьon, A. Tyurgo, F. Kene, A. Smit va J.B. Sey asarlarida amalga oshirila boshlandi. Biroq hozirga qadar jamoatchilik fikrida “tadbirkorlik” tushunchasining ko’p ma’noliligi saqlanib qolmokda. Ilmiy adabiyotda ushbu tushuncha haqida ko’pincha bu favkulodda xodisaning iqtisodiy, tashkiliy va ruxiy tavsiflaridan (turli-tuman qarashlar) iborat har xil tasavvurlar mavjud.

Xorijiy adabiyotlarda2 biznes ta’rifini ko’p turlari mavjuddir. Inson jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog’lik bo’lgan3.

Dastlabki bosqichlarda tadbirkorlikning eng muhim alomati biron bir shaxs-tadbirkor faoliyatining foydali yoki zararligini belgilovchi noaniqlik omili hisoblangan. Tadbirkorlikning ijtimoiy - iqtisodiy vazifasi turli bozorlarda talab bilan taklif orasida muvozanat o’rnatishga doir faoliyatidan iborat deb tan olingan.

Keyinchalik “sarmoya egasi” va “Tadbirkor”tushunchalari bir-biridan farqlana boshlandi. Tadbirkor sarmoyaning muomalada yuritishni, ko’payib borishini ta’minlaydi va bu borada u venchur sarmoyador, ya’ni jalb qilingan moliyaviy mablag’larni ustalik bilan tasarruf etuvchi shaxs sifatida ishni yuritishga o’z g’oyalari, bilimi va ko’nikmalarini tatbiq qilib, ko’p foyda olish maqsadida o’sha mablag’larni tavakkalli ishlarga sarflaydi.

O’zbekistonda va MDXda biznes haqidagi maqolalar, adabiyotlar 60-yillarning o’rtalarida paydo bo’ldi. Xususiy mulkchilik esa o’sha davrda bizning mafkuramiz uchun butunlay yod narsa edi. Lekin bizda biznesni fan tariqasida o’rganish faqatgina 90-yillarning boshlarida bozor munosabatlariga asta-sekin o’tish bilan boshlandi.

“Biznes” - so’zi inglizcha so’z bo’lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so’z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir.

Xorijiy adabiyotlarda biznes ta’rifini ko’p turlari mavjuddir. Inson jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog’lik bo’lgan.

Biznesmen (tadbirkorlik) so’zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIIIasrda paydo bo’lib, u “Mulk egasi” degan ma’noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta’riflab, uni foyda olish uchun kandaydir tijorat g’oyasini amalga oshirish maksadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir, - deb ta’kidlaydi. Tadbirkorni o’zi, o’z ishini rejalashtiradi, ishlab chiqarishni tashkil etadi, maxsulotni sotadi va olgan daromadiga o’zi xo’jayinlik qiladi.

Biznes- bu avvalo ishlab chiqarishni tashkil etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, hayotni o’zi so’ngra esa pul ishlash demakdir. Biznes- bu xorijiy so’zdir. U butun dunyo bo’yicha tarqalgandir, undan barcha mamlakatlarda foydalanadilar. O’zbek tilida esa, biznes so’zi tadbirkorlik, biznesmen esa tadbirkor demakdir. O’zbekcha so’z xorijiy so’zga to’g’ri keladi, lekin unga qo’shimcha ma’no ham beradi. Bu so’zlarni ortida “ish” ya’ni ish bilan shug’ullanish yoki korxona tashkil qilish yotadi. SHunday qilib, biznes - bu korxona tashkil qilish demakdir (sanoat korxonasi, savdo do’koni, xizmat ko’rsatish korxonasi, auditorlik idorasi, advokat idorasi, bank va x.k.). Demak, biznes bu yo’q narsadan pul qilish emas, balki murakkab ishlab chiqarishni yoki xizmat ko’rsatishni tashkil etish demakdir. Tadbirkorlik - bu doimo o’z ishining fidoiysi, bilimdonidir. Tadbirkorlik uchun o’qish kerak, nafaqat dastlabki paytlarda, balki tadbirkor bir umr o’qishi, izlanishda bo’lishi kerak.

Tadbirkor nimalarni bilishi va qilishi kerak? U eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatini kanday amalga oshirishni, kanday sharoitda amaliy harakat qilishni, tadbirkoroldida uchraydigan to’siqlarni hal qilish yo’l larini va kanday yutuklarga erishishni bilishi kerak. Tadbirkor - ishlab chiqarishni tashkil etishni, hamda maxsulotni sotishni bilishi kerak. U bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan anik sharoitlarni baholashni va to’g’ri yo’l tanlashni bilishi kerak. Hech kim, hech qachon tadbirkorga nima qilishni o’rgatmaydi va og’ir paytdlarda yordamga kelmaydi. Har bir tadbirkor fakat o’z kuchiga, bilimiga va zakovatiga ishonishi va suyanishi lozim.

XVIII-XIX asrlarda olimlarni tadbirkorlik to’g’risidagi qarashlarini tahlil qilish eng muhim xulosalardan birini qilishga imkon beradi. Ularda tadbirkorlik, tadbirkorlar to’g’risida hozir ham o’z dolzarbligini yo’qotmagan fundamental holatlar mavjud. Bir vaqtning o’zida tadqiq etilayotgan masalalarga keng ko’lamda qarashlar mavjudligini ta’kidlash mumkin. O’z asarlarida ushbu olimlar tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyatidagi mohiyati va roliga ilmiy-amaliy ta’riflar bergan. XIX asrning boshlaridayoq ularning ishlarida tadbirkorlikning iqtisodiy, tashkiliy va psihologik belgilari ajratilgan, keyinchalik uning asosiy funktsiyalariga shaklini o’zgartirgan. O’sha vaqtdayoq XIX asrda iqtisodchi olimlar tadbirkorlikning innovatsion harakterini ko’rsatishgan. Bu nuqtai nazar XX asrda, xususan 2-yarmida keng foydalanilmoqda.

O’zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega klassik iqtisodiy ta’limot tarixidan ko’pchilik nuqtai nazarlardan eng asosiylarini tanlab olib qisqacha xulosalarni ifoda etishga harakat qilamiz (1-jadval).

Zamonaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun XVIII-XIX asr iqtisodchi olimlarining xulosalari muhim ahamiyatga ega. Tadbirkor – bu kapital egasi, xususiy ish egasi, uni boshqaradigan ba’zan ko’pincha xususiy kapital (ish) faoliyat ko’rsatishi birinchi bosqichida mulkdor funktsiyasini shaxsiy ishlab chiqarish mehnat faoliyati bilan qo’shib olib boradi. Ularning asarlarida keltirilgan tadbirkorlik motivlari – mahsulot ishlab chiqarish (ishlar bajarish) va ularni iste’molchilarga ularning talabiga mos ravishda realizatsiya qilish yo’li bilan foyda (daromad) olishni – tadbirkorlikning umumiqtisodiy asos sifatida qarash mumkin.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida vujudga kelishi mumkin bo’lgan eng avvalo ushbu faoliyat boshlanishining noaniqligi bilan yuzaga keladigan barcha risk turlarini o’z zimmasiga oladigan xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatidagi tadbirkorning ta’rifi dolzarbdir.

SHunday qilib, klassik iqtisodiy nazariya asoslarini tadbirkorlikning eng muhim xususiyatlaridan birini – bu faoliyatning risk harakterini birinchi bo’lib aniqladilar. SHuning uchun tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishda muvaffaqiyatlarga erishish uchun riskning oldindan ko’ra bilish va uni oqibatlarini ogohlantirish bo’yicha tadbirlarini oldindan ishlab chiqish zarur.

1-jadval.

“Antreprener” terminining rivojlanishi.


O’rta asrlarda: tadbirkor – bu paradlar va musiqali tomoshalarni tashkil etuvchi; yirik ko’lamli qurilish yoki ishlab chiqarish loyihalarini bajarishga javobgar shaxs.

XVII asrda: tadbirkor – bu davlat bilan qiymati oldindan kelishilgan kontrakt tuzgan shaxs. Bunday kishi kontrakt shartini bajarishga butun moliyaviy javobgarlikni o’z zimmasiga oladi, lekin agar uni kam harajatga qila olsa, unda farqini u o’ziga o’zlashtiradi.

1725 y. Richard Kantilьon (RichardCantillon): tadbirkor – bu risk sharoitida harakat qiluvchi kishidir; kapitalni taqdim etish funktsiyasi tadbirkorlik funktsiyasidan farq qiladi.

1797 y. Bodo (Beaudeau): tadbirkor – bu qilinayotgan ishga javobgar shaxs; korxonani rejalashtiradigan, nazorat etadigan, tashkil qiladigan va egalik qiladigan odamdir.

1803 y. Jan Batist Sey (JeanBaptisteSay): kapitaldan olinadigan daromad tadbirkorlik daromadidan farq qiladi.

1876 y. Frensis Uoker (Fransis Walker): kapitalni taqdim etib, unga foiz oluvchilar va o’z tashkilotchilik qobiliyatlari sharofati bilan foyda oladiganlarni farqlash lozim.

1934 y. Djozef SHumpeter (Joseph Schumpeter): tadbirkor – bu yangi texnologiyalar ishlab chiqadigan novatordir.

1961 y. Devid Makklelland (David McClelland): tadbirkor – bu sezilarli risk sharoitida harakat qiladigan haratchan odam.

1964 y. Piter Druker (Peter Drucker): tadbirkor – bu har qanday imkoniyatni maksimal foyda bilan foydalanadigan odamdir.

1975 y. Alьbert SHapiro (Albert Shapiro): tadbirkor – bu tashabbus ko’rsatadigan, ijtimoiy iqtisodiy mexanizmlarni tashkil etadigan odamdir. Risk sharoitida harakat qilib, u mumkin bo’lgan muvaffaqiyatsizlikka to’liq javobgarlikni o’z zimmasiga oladi.

1980 y. Karl Vesper (Karl Vesper): tadbirkor iqtisodchi, psiholog, boshqa tadbirkorlar va siyosatchilar nigohida turli xil bo’ladi.

1983 y. Gifford Pinshot (Gifford Pinchot): intreprener va antreprener: intreprener – bu yangi korxona yaratadigan antreprener-tadbirkordan farqli, mavjud korxona sharoitida harakat qiladigan antreprener.

1985 y. Robert Xizrich (Robert Husrich): tadbirkorlik – bu qiymatga ega yangi nimanidir yaratish jarayonidir, tadbirkor esa – bularning hammasiga zarur vaqt va kuch sarflaydigan, mukofotga pul va erishilgan yutuqdan qoniqish olib, butun moliyaviy, psihologik va ijtimoiy riskni o’z zimmasiga oladigan odamdir.

Mana nima uchun tadbirkorlik faoliyatida faqat iqtisodiyotning aniq tarmoqlaridagi mutaxassislar bilimli, aqlli, faol, intizomli, shaxsiy sifatlarga ega odamlar muvaffaqiyatlarga erishishi to’g’risidagi olimlarning fikri shunchalar muhimki, chunki biznesni yuritish uchun albatta vujudga keladigan noqulay sharoitlarni bartaraf etish imkonini beradigan ya’ni qarshiliklarni yenga oladigan insonlargina tadbirkorlik bilan shug’ullana oladilar.

Klassiklar asarlarida tadbirkorlikning novatorlik innovatsion funktsiyalari to’g’risidagi nuqtai nazarlar bayon qilingan. SHu munosabat bilan olimlarning tadbirkorlik muhitida raqobatni rivojlantirish to’g’risidagi, monopolistik faoliyatni cheklash to’g’risidagi, hamda davlatni erkin tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvi, tadbirkorlikning soliq, boj to’lovi, foiz va boshqalar kabi tartibga soluvchilar roli to’g’risidagi xulosalari katta ahamiyatga ega bo’ladi.

XX-asrning oxirgi o’n yilligida turli xil kasbdagi olimlar (iqtisodchilar, faylasuflar, psixologlar, sotsiologlar va boshqalar) tadbirkorlik nazariyasini rivojlantirishga, uning mohiyati va harakteristikasiga, mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi roliga jiddiy e’tibor qaratgan. Doimo o’z biznesiga muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlarning shaxsiy harakteristikasi jiddiy tadqiq qilindi. Tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Halqaro konferentsiyalar o’tkazildi. Tadbirkorlikni o’qitish keng rivojlantirildi. Ko’pchilik mamlakatlarda tadbirkorlikni xususan, kichik biznesni qo’llab-quvvatlashda davlatning roli yanada ko’proq kuchaydi.

XX -asrning ikkinchi yarmi – bu ko’pchilik g’arb mamlakatlarini amaliy tsivilizatsiyalangan tadbirkorlikni rivojlantirish davridir. Rivojlangan bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik tashkilotlari (firmalar, kompaniyalar) uy xo’jaligi va davlat bilan bir qatorda muhim xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisoblanashini nazarda tutib shu vaqtning o’zida ushbu dolzarb masalaga taniqli olimlar murojaat qiladi.

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng tadbirkorlikka keng yo’l ochildi va 1991 yilda “Tadbirkorlik to’g’risida” gi Qonun qabul qilindi va tadbirkorlikning tashkiliy xuquqiy asoslari belgilab berildi.

Tadbirkorlik - mulkchilik sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyatdir.4

Mamlakatimizda zamonaviy bozor iqtisodiyotini barpo etish borasida misli ko’rilmagan o’zgarishlar amalga oshirilayotgan bo’lib, tadbirkorlik va xususiy mulkka asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining rivojlanishiga keng imkoniyatlar tizimining yaratilayotganligi buning yaqqol isboti bo’la oladi. Bugungi kunda iqtisodiyotning ushbu sektori dunyoning deyarli barcha mamlakatlari va mintaqalarida asosiy rivojlanish manbaiga aylangan. AQSH, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya kabi rivojlangan mamlakatlarda ham kichik biznes sub’ektlari milliy iqtisodiyotning asosini tashkil etib, ular hissasiga mamlakat YaIM ning 50-60% va band bo’lgan aholi sonining 60-70% to’g’ri keladi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon bozoridagi o’zgarishlarga muvofiq ravishda qayta tiklanishi, unda yangi xo’jalik munosabatlarini, shu jumladan, tashqi iqtisodiy munosabatlarning o’rnatilishi, ishlab chiqarish va innovatsiya faoliyatining rivojlanishi, mulkdorlar sinfining shakllanishi va eng asosiysi, aholi turmush darajasining o’sishi kabilarga erishishda kichik biznesning rivojlanishi hal qiluvchi o’rin tutadi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, iqtisodiyotning ushbu sektorini rivojlantirishning zarur me’yoriy-qonunchilik hujjatlari qabul qilinib, ularni samarali amalga oshirish mexanizmi shakllana boshladi va uni davlat tomonidan keng miqyosda qo’llab-quvvatlash tizimi vujudga keltirildi.

Mohiyatan olib qaraganda, dunyoning barcha mamlakatlarida, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasida ham kichik biznesning tashkil etilish maqsadlari va faoliyat ko’rsatish asoslari deyarli bir xil mazmun va ahamiyat kasb etadi. Biroq turli mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi va o’ziga xos shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda ulardagi kichik biznes sub’ektlarini aniqlashda turlicha yondashiladi. Bunda asosan kichik biznes faoliyatini baholash ko’rsatkichlari yoki mezonlaridan foydalaniladi.

Kichik biznesning ahamiyati quyidagi holatlarda namoyon bo’ladi: kichik biznes – aholining asosiy qismi uchun mehnatini qo’llaydigan jabha va daromad manbaidir. Kichik korxonalar butun iqtisodiyotning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi va iqtisodiyotning hududiy tuzilmasini yaxshilaydi.

Alohida shaxs uchun ham kichik biznesning manfaati juda katta. Ular uchun kichik biznes quyidagilar manbaidir:


  • bandlik va daromadlar;

  • o’z kelajagini yaxshiroq boshqarish imkoniyati;

  • ish va shaxsiy hayotni yanada yaxlitroq birlashtirish imkoniyati;

  • o’z ishini topish, o’z qobiliyatlari va istehdodini namoyon qilish imkoniyati.

Kichik biznesning potentsial imkoniyatlari uni rivojlantirishga jiddiy e’tibor berishga majbur qiladi. Mamlakatimizda kichik biznes sektorining rag’batlantirilishi respublika ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotining hal qiluvchi strategik omillaridan hisoblanadi.

Bir qator hukumat qarorlari natijasida boshlangan kichik korxonalarni yaratishni rag’batlantirish jarayoni keyingi yillarda iqtisodiyotda ular ahamiyatining oshishiga olib keldi.

Kichik biznesning iqtisodiyotdagi ahamiyatini tavsiflovchi to’rt asosiy ko’rsatkichni belgilash mumkin. Bular uning:


  • ro’yxatga olingan, shuningdek haqiqatdan faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar umumiy sonidagi hissasi;

  • YaIMda, sanoat, qishloq xo’jaligi mahsulot hajmida, qurilish ishlari, savdo va xizmat ko’rsatish sohasidagi hissasi;

  • iqtisodiyotdagi band aholi sonidagi hissasi;

  • eksport mahsulot hajmidagi hissasi.

O’zbekistonda kichik biznes xususiy tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalardan tashkil topgan. Ammo hozirgi davrda iqtisodiyotda kechayotgan murakkab jarayonlar, kichik tadbirkorlik faoliyati turli-tumanligi, mamlakatimizda uning o’ziga xos xususiyatlari ushbu belgilarning barchasini o’z ichiga olgan klassifikatsiyani ishlab chiqishni talab etadi.

Hozirgi kunga qadar, iqtisodiyotning ushbu sektorini rivojlanishini belgilab beruvchi bosqichlar mamlakatimizda bozor munosabatlarining bosqichma-bosqich asosda shakllanib borishining ta’siri bilan harakterlanadi.



Birinchi bosqich (1991-1995 yillar). Yuqorida aytib o’tganimizdek, mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirishga e’tibor qaratila boshlandi. Ushbu bosqich kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining shakllanishi va ular miqdorining keskin sur’atlarda o’sishi bilan tavsiflanadi.

Ikkinchi bosqich (1996-1999 yillar). Ushbu bosqichda respublikadagi kichik biznes sub’ektlarining rivojlanishi oldingi bosqichga qaraganda ma’lum darajada sustlashdi.

Uchinchi bosqich (1999 yildan hozirga qadar). Ushbu bosqich O’zbekistonda kichik biznes rivojlanishining yangi yo’nalishini ochib berdi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida O’zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi qonuni va respublika hukumati tomonidan boshqa ko’plab me’yoriy hujjatlarining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bugungi kunga kelib bunday chora-tadbirlarning barchasi o’zining ijobiy natijalarini bera boshladi.
Nazorat savollari

  1. Biznes, tadbirkorlik tushunchlarini mazmunini tushuntirib bering.

2."Kichik biznes va tadbirkorlik" fanining vazifasi nimalardan iborat?

3. "Kichik biznes va tadbirkorlik" fanining maqsadi haqida gapirib bering.

4. Fanning ob’ekti va predmeti.

5. Tadbirkorlikni rivojlanish tarixi xaqida gapiring.

6. O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlanish bosqichlari.




2- Mavzu: KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINING IQTISODIY, IJTIMOIY, HUQUQIY ASOSLARI VA DAVLAT TOMONIDAN QO’LLAB-QUVVATLANISHI

Reja:

  1. Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy, va huquqiy asoslari.

  2. Tadbirkorlik muxiti va unga ta’sir etuvchi omillar

  3. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo’llab quvvatlanishi


1.Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy, va huquqiy asoslari

Tadbirkorlik jamiyatda ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mav­jud muammolarni hal qilishda va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida katta rol o’ynaydi. U ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko’rsatish sohalarida yangi ish o’rinlari yaratib, aholini ish bilan ta’minlash va ishsizlikni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan mamlakatlarda ham, O’zbekistonda ham har yili yaratilayotgan yangi ish o’rinlarining yarmidan ortig’i kichik va xususiy tadbirkorlikka to’g’ri keladi. Demak, tadbirkorlik aholining ish bilan bandligi, mehnat va iqtisodiy faolligining o’sishi va buning natijasida uning daromadlarini oshishiga katta hissa qo’shadi. Bu jarayonning ikki oqibatini e’tiborga olish lozim. Bir tomondan, aholining moddiy va mahnaviy ehtiyojlarining o’sishini, kengayishi bo’lsa, ikkinchi tomondan, ularni to’laroq qondirish imkoniyatlarining yaratilishidir. Bu pirovard natijada aholi hayotini yaxshilash, turmush darajasini ko’tarish farovonligini oshirishni ta’minlaydi. Tadbirkorlikning rivojlanishi bilan uning mazkur sohadagi roli ortib boradi.

Bu borada tadbir­korlik muvofiqlatirish vazifasini bajarish, talab bilan taklifni o’zaro muvofiqlatirish, narxlarni barqarorlatirish, bozorda muvozanat o’rnatish va uni ushlab turish, mavjud ehtiyojni kengaytirish va to’laroq qondirishga xizmat qiladi, uning bilan birga tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatning shakllanishi, rivojlanishida va mahsu­lot sifati va raqobatbardoshligini ko’tarish, ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot tannarxini pasaytirish, faoliyat samaradorligini oshirishda muhim rol o’ynaydi.

Tadbirkorlik nafaqat shaxsiy daromad manbayi, balki davlat uchun ham salmoqli daromad manbayi bo’lib xizmat qiladi. Davlat byudjeti tushumlarining anchagina qismi tadbirkorlik sektoriga to’g’ri keladi. Demak, tadbirkorlik byudjetni to’ldirib, davlatning kuch-qudratini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni mablag’ bilan ta’minlashda ham katta rol o’ynaydi.

SHunday qilib, tadbirkorlik aholi turmushi va farovonligini yaxshilash, uning madaniy-mahnaviy yuksalishi, mamlakat ishlab chiqarish, eksport, iqtisodiy salohiyatini ko’tarish, mustaqilligini mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.



Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur huquqiy muhitni yaratish yagona konseptsiya asosidagi qonunchilik va me’yoriy bazani yaratish va doimo takomillashtirib borish tizimining mavjudligini taqozo etadi.

Bunday tizim quyidagilarni nazarda tutadi:

  • qonunchilikda xususiy biznesning erkinligi, himoyasi va qo’llab- quvvatlanishini ta’minlaydigan aniq huquqiy kafolatlarni belgilash;

  • mavjud me’yoriy-huquqiy bazani yangi qonunlarga muvo­fiqlatirish;

  • xususiy mulkni hech kim olib qo’ya olmaydigan huquqini konstitutsiya orqali mustahkamlash;

  • xususiy korxonalarning mustaqil ravishda xo’jalik faoliyati yuritishini, xususiy mulk himoyasi va daxlsizligini kafolatlash;

  • qonun hujjatlarini qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari, shuningdek, tadbirkorlarning manfaatlarini ifodalaydigan nodavlat tashkilotlari orqali amalga oshirish mexanizmini shakllantirish;

  • hududiy, tarmoq, boqarish va hukumat organlarining, jamoat takilotlarining o’zaro kelishib faoliyat ko’rsatishi va boshqalar.

Tadbirkorlikning me’yoriy-huquqiy bazasini quyidagilar ta’minlaydi:

  • qonun chiqaruvchi organlar;

  • hukumat organlari: vazirliklar, davlat qo’mitalari va muassasalari;

  • qonun hujjatlarining ayrim qoidalarini aniqlashtiradigan davlat boshqaruv organlari va hokimliklar;

  • tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat markaziy organlari;

  • tadbirkorlik doiralari manfaatlarini ifodalovchi nodavlat tashkilot­lari, shu jumladan, tadbirkorlar uyushmalari;

  • qonun hujjatlarini qo’llash ob’ektlari hisoblangan vateskari aloqa mexanizmini ta’minlaydigan tadbirkorlik tuzilmalari;

  • respublikada qonun hujjatlariga rioya qilinii va ularning bir xil talqin etiliini nazorat qiladigan organlar;

  • qonun hujjatlarini takomillashtirining asosiy yo’nalishlarini aniqlovchi, qonun hujjatlarini ekspertiza qiluvchi, ularni amalda qo’llash samaradorligini oldindan aytish va monitoringi bilan shug’ullanuvchi ilmiy muassasalar (xorijiy ekspertlar ham kiradi);

  • makroiqtisodiyotning strategik va innovatsiya yo’nalishlarini belgilovchi ijtimoiy-institutsional tashkilotlar va guruhlar.

Tadbirkorlikning me’yoriy-huquqiy asoslarini qonunlar va qonunosti hujjatlar tashkil qiladi.Ularni ikki guruhga ajratish mumkin: umumiy va maxsus.

  • Umumiy me’yoriy-huquqiy hujjatlarga quyidagilar kiradi:

  • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

  • O’zbekiston Respublikasi Qonunlari.

  • O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari.

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari.

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari.

  • Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari.

  • Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.

Me’yoriy-huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari hisoblanadi va ular qonun hujjatlari majmuyini tashkil qiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Qonunlar hisoblanadi. Qolganlari qonunosti hujjatlardir. O’zbekistonda uning Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi so’zsiz tan olinadi.

Me’yoriy-huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari hisoblanadi va ular qonun hujjatlari majmuyini tashkil qiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Qonunlar hisoblanadi. Qolganlari qonunosti hujjatlardir. O’zbekistonda uning Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi so’zsiz tan olinadi.

Maxsus me’yoriy-huquqiy hujjatlar bevosita tadbirkorlik sohasiga tegishli bo’lib, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rasmiylashtirish, amalga oshirish, rivojlantirish, qo’llab-quvvatlash va boshqa masalalarni tartibga soladi. Ularga tadbirkorlikka oid qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik­lar. davlat qo’mitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organla­rining qarorlari kiradi.

Tadbirkorlik sohasining huquqiy asoslarini shakllantirish va tizimli ravishda takomillashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Xususiy mulk, kichik biznes va tadbirkorlik sohasining huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi hamda «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi Qonun asosida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan, jumladan, Qonunlar, Prezident Farmoni, Qarori va Farmoyishlari,  Vazirlar Mahkamasi qarorlari,  turli vazirlik va idoralarning normativ-huquqiyhujjatlari tashkil etadi.

 Aynan shu maqsadlardan kelib chiqadigan va zifalarni yanada chuqurlashtirish va jadallashtirish maqsadida 2017 yil 5 oktyabr kuni qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Prezident Farmoni5 tadbirkorlik sohasidagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi.

Farmon asosida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga asossiz aralashishlarga qarshi ishonchli huquqiy kafolatlarni ta’minlashga yo’naltirilgan davlat nazoratining printsipial jihatdan yangi qator mexanizmlari joriy etilgani deputatlar tomonidan alohida qayd etildi.

 Farmon ayniqsa, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangidan tashkil etilgan ishlab chiqarish korxonalari uchun alohida dastak va qo’shimcha imkoniyat bo’lib xizmat qiladi, chunki ularga barpo etilgandan boshlab besh yil mobaynida ular ro’yxatdan o’tkazilgan sanada amalda bo’lgan soliq stavkalari va boshqa majburiy to’lovlarni qo’llash huquqi beriladi.

Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputatlari toonidan xususiy mulkchilikni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilash borasida beshta eng ustuvor soha bo’yicha 42 ta aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi  Kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanganligi, xususan, “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”, “Ma’muriy tartib-taomillar to’g’risida”, “Davlat xaridlari to’g’risida” va “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida”gi qonunlarni qabul qilish nazarda tutilmoqda.


4. Tadbirkorlik muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar

Tadbirkorlik muhiti deganda layoqatli fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun iqtisodiy erkinlikni ta’minlovchi barcha bozor sub’ektlari ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan mamlakatda mavjud qulay ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, fuqarolik-huquqiy, holatlarni tushunish lozim.

Har qanday tadbirkorlik ma’lum bir hududda: mamlakat, viloyat, shahar yoki qishloq miqyosida olib boriladi. Tadbir­korlik faoliyatini samarali olib borish uchun ma’lum bir ishchi muhiti bo’lishi kerak.

Bunday muhit ayrim hududlar miqyosida mujassamlanib, o’zida ishbilarmonlik funktsiyalarini amalga oshirishni mujassamlantirgan. Umumiy holda tadbirkorlik muhiti asosan quyidagi to’rtta omil: huquqiy, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarning o’zaro bog’likligi natijasida amalga oshiriladi. Ular ijobiy yoki rag’batlantirish ko’rinishida ham shakllanishi mumkin. Ushbu holda mamlakat yoki mintaqadagi mavjud shart-sharoitlar tadbirkorlik faoliyatini olib bo­rish uchun mos bo’ladi. CHunki, bunday muhit tadbirkorga amal­ga oshirayotgan ishlarining natijalari qanday bo’lishini oldindan ko’ra bilishiga keng imkoniyat tug’diradi. Tadbirkorning o’z ishi natijalarini oldindan ko’ra bilishi tavakkallik tushunchasiga teskari holda ifoda etiladi. Agar tadbirkor ma’­lum bir muhitda tavakkalchilik asosida faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsa, u holda u o’zgaruvchanlik, barqarorsizlik, tavakkalchilik bilan tavsiflanadi. Bunday muhit yuqorida keltirilgan ijobiy muhitga to’g’ri kelmaydi. Amalda ko’p hollarda tadbirkor­lik muhitining ma’lum bir omili tadbirkorning ish natijalariga asosiy ta’sir ko’rsatadi, deb bo’lmaydi. CHunki, tadbirkorni ko’proq tadbirkorlik muhitini belgilovchi omil­larning o’zaro bog’liqligi qiziqtiradi.

Yuqorida ta’kidlab o’tilgan omillardan huquqiy omillar asosiy omil bo’lib hisoblanadi, chunki tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun tadbirkorlik muhitida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan o’yinlar qoidasini ko’rsatib beradi. O’yinlar qoidasi tushunchasi ruxsat etilgan va amalga oshirilayotgan ish (harakat)larni o’z ichiga oladi. Ruxsat etilgan ish (harakat)larga nisbatan o’yin qoidalari turli shaklda namoyon bo’ladi. O’yin qoidalari nima qilish mumkin-u nima qilish mumkin emas tamoyili asosida ishlab chiqilishi mumkin. Bu qoidalarda tadbirkorlik faoliyatini olib borish yo’lidagi barcha chegara yoki cheklovlar yaqqol ko’rsatilib berilishi kerak. Umuman olganda, huquqiy omil – tadbirkorlik faoliyatini yuritish yo’lidagi barcha qonunlar (soliq, yer, mehnat munosabatlari) va yo’riqnomalar majmui bo’lib, tad­birkorlik faoliyatini tartibga soladi hamda tadbirkorning iqtisodiy jarayondagi boshqa sub’ektlar bilan munosabatini mujassamlantiradi.

Huquqiy bazaning to’liq yoki bir me’yorda yuritilmasligi tadbirkorlik faolligi darajasiga katta salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida amaliyotda tadbiq qilinayotgan iqtisodiy islohotlarning asosini tashkil qilayotgan bir butun huquqiy baza mavjuddir.

Huquqiy omilning tavsifiga «huquqiy madaniyat» tushunchasi ham kiradi. Buning ostida millatning qonunlarga to’liq rioya qilishi, ya’ni insonlarning ongida qonunlar talabini bajarish kerak degan tushunchaning bo’lishi tushuniladi. Agar, kerak bo’lgan barcha qonunlar qabul qilinsa-yu, lekin ular amalda ishlamasa yoki tadbiqqilinmasa, bunday jamiyatni qonunlarga bo’ysunuvchan deb bo’lmaydi va buni tadbir­kor o’z faoliyatini yuritishda e’tiborga olishi shartdir.

Siyosiy omil tadbirkorlik jarayonida bo’layotgan barcha hodisalarga davlatning munosabatini va ularga davlatning ta’sirini belgilab beradi. Davlatning tadbirkor faoliyatiga qay darajada ta’sir ko’rsatishi yoki aralashishi kerakligi ham siyosiy omil tushunchasiga kiradi. Bunday aralashish oldindan belgilanmagan yoki belgilangan bo’lishi mumkin. Umu­man olganda, tad-birkorlik faolligi darajasiga davlatning munosabati rag’batlantirish yoki qo’shilishmaslik ko’rinishida namoyon bo’ladi.

Har bir mamlakatda tadbirkorlikning rivojlanishiga undagi siyosiy tizimning barqarorligi katta ta’sir ko’rsatadi. Agar siyosiy tizim barqaror bo’lmasa, tadbirkorlar kat­ta investitsiyalarni jalb qilmasdan yuqori darajadagi foyda olish maqsadida kichik muddatga mo’ljallangan turli xildagi operatsiyalarni amalga oshirishga harakat qilishadi. Siyo­siy ahvolning barqarorligi tadbirkorga o’z faoliyatini strategik jihatdan loyihalashtirish, ya’ni uzoq muddatga mo’ljal­langan ishlarni amalga oshirish imkonini beradi.



Ijtimoiy omil boshqalarga nisbatan o’zining tarkibijihatidan anchagina murakkab hisoblanadi. SHuning uchun ham uning tarkibi ko’pgina elementlardan tarkib topadi. Agar tadbirkor ularni e’tiborga olmasa, kelgusida salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Quyidagilar bu omilning asosiy elementlari hisoblanadi:

  • jamiyatda mafko’raning holati;

  • milliy urf-odatlar;

  • millatning madaniy va maishiy odatlari;

  • atrofdagi kishilarning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga bo’lgan munosabati;

  • davlatning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga bo’lgan munosabati.

Iqtisodiy omil bozordagi raqobatni va narx-navo holatini o’zida aks ettiradi. Narx-navo tizimi, o’z navbatida, narxlarning darajasi, ishlab chiqarish jarayoniga tadbir­kor tomonidan jalb qilinayotgan ishlab chiqarish omillari, ishchi kuchi, kredit stavkasi miqdori hamda soliq va majburiy to’lovlarni o’z ichiga oladi. Bunda bozordagi raqobat shart-sharoitlari sifat va miqdoriy jihatdan tahlil qilib chiqiladi.

Tadbirkorlikni davlat tomonidan ma’lum bir shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshirish mumkindir. Uning tarkib topishi avvalambor jamiyatdagi ma’lum bir vaziyatning vujudga kelishi bilan bog’liq bo’lib, undagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat tadbirkorlik faoliyatini tarkib toptirishga yo’naltirilgan bo’ladi. SHuning uchun ham O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bo’yicha kerakli qonunlar, qarorlar, farmonlar va shu kabi huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilingan bo’lib, ular hayotga tadbiq kelinmoqda. SHu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish maqsadida ikkita fond: tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznesni rivojlantirishga ko’maklashish fondlari tashkil etilgan.

Tadbirkorlik faoliyatining kelajagi tadbirkorlik muhiti bilan belgilanadi, u esa jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni aks ettiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga iqtisodiy mustaqillik, tadbirkorlar sinfi, iqtisodiy aloqalarda bozorning ustuvorligi, tadbirkorlik kapitalini mujassamlantirish sharoitining mavjudligi va kerak bo’lgan resurslarni ishlatish kiradi.

Tadbirkorlik muhitini shakllantirish boshqariladigan jarayondir. Lekin boshqarish usullari ma’muriy yoki direk­tiv ko’rinishida bo’lishi mumkin emas. Ularning asosiy tad­birkorlik faoliyati sub’ektlariga ta’sir qiladigan choralardan emas, balki shunday sub’ektlarning tarkib topishi yo’lida qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo’lishi kerak.

Tadbirkorlik muhitini tarkib toptirish ko’p jihatli jarayon bo’lib, u o’z ichiga quyidagi tarkiblarni qamrab oladi:

  • ijtimoiy, iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy falsafaning hamda ular bilan bog’liq bo’lgan jamiyat a’zolari psixologiyasining o’zgarishi;

  • tadbirkorlikni rag’batlantiruvchi milliy dastur qabul qilinishi.

Tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiy o’sishining qo’shimcha manbai sifatida ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda katta rol o’ynaydi, bandlik muammolarini hal etish, milliy boylikni o’stirish va millatning farovonligi uchun xizmat qiladi. (2-rasm).

Hozirgi sharoitlarda tadbirkorlik muhitini tarkib top­tirish nafaqat milliy, balki xalqaro muammolardan hisoblanadi. Mavjud bo’lgan mamlakatlararo guruhlarda, masalan, Yevropa Ittifoqi miqyosida yagona tadbirkorlik muhiti vu­judga kelmoqda. Bu degani tadbirkorlik faoliyatini yuritish Yevropa jamiyatiga kiruvchi barcha mamlakatlarda bir-biriga o’xshab ketmoqda.


Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy falsafaning shakllanishi




Tadbirkorlik muhitini shakllantirish




Iqtisodiy faollikning alohida shakli sifatida tadbirkorlikni shakllantirish

























Ijtimoiy muhitni tarkib toptirish




Tadbirkorlik infratuzilmasini shakllantirish




Milliy boylik va milliy faravonlikning o’sishi








2-rasm. Tadbirkorlik muhitining shakllanishi
Iqtisodiy faollik va mustaqillikning muhim shakli bo’lmish tadbirkorlik respublikamizda bandlikning aniqshaklini va yangi ish joylarini barpo etish yo’lida eng rivojlangan davlatlar tomonidan qo’llab-quvvatlanib kelinmoqda. Tadbirkorlikning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi bir necha yillar mobaynida maslahatlar berish, moliyaviy yordam ko’rsatish yoki soliqlar to’lashda tadbirkorlar uchun ma’lum bir imtiyozlar berilishida aks etmoqda.

Tadbirkorlik muhiti mamlakatning rivojlanishi asosini tashkil qiladi va ishbilarmon kishilarning faoliyat mazmunini belgilab beradi. Turli mamlakatlarda tadbirkorlik muhiti turlichadir. Rivojlangan mamlakatlarda bunday muhit o’zining qulayligi hamda iqtisodiy jarayonlarning yuqori darajada unumli tashkil qilinishi bilan ajralib turadi.

Iqtisodiy jarayonlar qanchalik unumli bo’lsa, jamiyat moddiy va ma’naviy jihatdan shunchalik yuqori darajada bo’ladi. Iqtisodiy jarayonlarning samarasi amalda faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlarning soni va sifati hamda shu faoliyat bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan kishilar soni bilan belgilanadi. Bu o’z navbatida, tadbirkorlik ishiga yangi tadbirkorlarni jalb qilish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va tad­birkorlik muhiti darajalariga bog’liqdir. Oxirgisi tadbir­korlik faoliyatiga davlatning aralashishi darajasiga bog’liq. Davlat shunday shart-sharoitlar yaratib berishi kerakki, unda tadbirkorlarning va tadbirkor bo’lmoqchi bo’lganlarning qiziqishi, xohishi va intilishlari maksimal darajada o’z ifodasini topsin. Jahon tajribasi ham iqtisodiy jihatdan rivojlanishga erishgan mamlakatlarda tadbirkorlik uchun barcha qulayliklar yaratib berilganligini ko’rsatmoqda.

Biznesni samarali yuritish unga tashqi muhitdan aralashishni yoqtirmaydi. Biznesni yuritishda tashqaridan ozgina aralashuv bo’lsa, uning yemirilishiga olib kelmasa ham tad­birkorlik tarkiblarining faoliyat ko’rsatishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun ham davlat iqtisodiyot uchun kerakli bo’lgan barcha shart-sharoitlarni yaratishi va tadbirkorlar uchun ko’proq erkinlik berishi kerak. SHunga asoslangan holda ish olib borayotgan O’zbekiston jahon iqtisodiyotida o’zining munosib o’rnini topmoqda.

Yuqoridagilarni hisobga olib, tadbirkorlik muhitini yaratish bilan bog’liq bo’lgan omillar guruhlarga ajratilgan va shu asosda uning shakllanish va rivojlanish mexanizmining tashkiliy-iqtisodiy modeli yaratilgan.

Tadbirkorlik muhitiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

- aniq bir mahsulotga iste’molchilarning to’lov qobiliyati. Bunda bozordagi mavjud hakiqiy talab bilan kutilayotgan talab farqlanadi.

Agar, mahsulot (tovar) o’zining xususiyatlari bilan avvalgi-laridan ajralib tursa, unga bo’lgan talab marketing usullari bilan aniqlanadi:

- tavakkalchilik va bozordagi xatarlarni o’z zimmasiga olib, mulk javobgarligi asosida ish yurita oladigan tadbirkorlar. Ular o’z mulki, bilim va sarmoyasini samarali ishlata oluvchi yuqori malakali va ma’lum bozor vaziyatlariga moslasha olish qobiliyatiga ega bo’lishlari kerak;



- sarmoyaga ega bo’lgan investorlar. Bunga jismoniy shaxslar yoki erkin sarmoyaga ega korxonalar, tashkilotlar hamda tadbirkorlarning o’zlari ham kiradi. Ular bir qancha toifani tashkil qiladi: banklar, jamg’armalar, sug’urta kompaniyalari, davlat tashkilotlari, chet el investorlari va boshqalar;

- tadbirkorlik faoliyatini bir me’yorda olib borish imkonini beruvchi infratuzilmalar. Ular qatoriga moliya-kredit, audit, marketing, konsalting, axborot, sug’urta va shu kabi xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlar kiradi;

- qaror qabul qilish tizimi. Bu tizim tarkibiga avvalo,biznesning ishonchliligi va samarali bo’lishini baholash imkonini beruvchi mezonlar, usullar to’plami kiradi. Tadbir­kor bu tizim orqali o’z ishi natijasini tekshirish imkoniga ega bo’lishi kerak.



SHu omillarning tizimli va o’zaro harakat qonuniyatlaritadbirkorlikni faollashtiradi va u xo’jalik mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Natijada, ayrim hudud va tarmoqlarda yangi korxonalar, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va boshqa tadbirkorlik ob’ektlari vujudga keladi. Bunday faoliyatlar tadbirkorning bilimi, sarmoyalar, bozor talabi, davlat va boshqa tashkilotlarning o’zaro manfaatli harakati tufayli faollasha boradi va bozorga moslashadi.

Ishbilarmonlik muhitini tahlil qilish jarayonida tad­birkor har bir millatning an’analari, urf-odatlari, qanday oziq-ovqatlarni iste’mol qilishi va qanday buyumlarni kiyishini inobatga olishi maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari xalqning to’lov qobiliyatini bilish ham katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu omil iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni tashkil qilishdakatta rol o’ynaydi. Tadbirkor shu omilni har tomonlama tahlil qilishda o’z mamlakatidagi bozor vaziyatini hamda ushbumahsulotni kelajakda eksport qilish mumkin bo’lgan qo’shni mamlakatlar bozorini ham ko’rib chiqishi kerak.

Har bir tadbirkor o’zini o’rab turgan muhitga qo’shilib ketishi uchun ishni uning tahlilidan boshlashi lozim. Tadbirkorlik muhitini tahlil qilishda tadbirkor ma’lum bir chegarada kasbiy faoliyat ko’rsatish uchun qanday iqtisodiy manfaatini amalga oshirishi mumkinligini belgilab oli­shi kerak. Iqtisodiy manfaatni amalga oshirish, avvalambor tadbirkorning o’zishini tashkil qilganlik darajasiga bog’liq bo’ladi. O’z ishini tashkil qilganlik esa tadbirkorning ma’lum bir ishbilarmonlik muhitiga mustaqil kirishi bilan belgilanadi.

Tadbirkor ma’lum bir tadbirkorlik muhitiga kirishar ekan, diqqat-e’tiborini faqat o’z g’oyalarini amalga oshirishga emas, balki qanday qilib investorlarning mablag’larini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilishga ham qaratishi kerak.



Tadbirkorning o’z ishini tashkil qilishidagi asosiy vazifa, avvalo, o’z g’oyalarini ma’lum bir muhitga tadbiq qilish uchun kerakli bo’lgan birlamchi kapitalni barpo qilishdan iboratdir.

Tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish jarayonining mavjudligi talab qilinadi.

Tadbirkor ishbilarmonlik g’oyalariga va maqsadlariga to’g’ri keladigan va jalb qilingan kapitalning hajmidan kelib chiqqan holda yangi ishlab chiqarish tarkibini shakllantiradi. Agar tadbirkor o’z g’oyasining tashabbuskori va investori sifatida ishtirok etayotgan bo’lsa, faoliyatining tashkiliy-huquqiy shaklini, korxona uchun qo’shayotgan o’z hissasini oldindan bel­gilab olishi kerak. SHunday qilib, tadbirkorning o’z ishini tashkil qilish tamoyili jamiyat uchun yangi ishlab chiqarish tarkibini shakllantirish va unda o’zining qay darajada ish­tirok etishini belgilab olishdan iboratdir.

O’z ishini to’g’ri tashkil qilish tadbirkorlikning asosiy omillaridan hisoblanadi. SHuning uchun ham tadbirkor bu fenomenni barpo kiluvchi barcha qismlarni har tomonlama e’tiborga olishi kerak. Tadbirkor faoliyatining bu jihatlarini o’rganishda uning faoliyati ketma-ketligini kuzatish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda tadbirkorning asosiy harakatlari ketma-ketligi quyidagicha bo’lishi mumkin:



  • birinchidan, biznes g’oyasini ishlab chiqish;

  • ikkinchidan, ishbilarmonlik muhitini chuqur o’rganib chiqish;

  • uchinchidan, tadbirkorning iqtisodiy manfaati bilan biznes g’oyasi-ning o’zaro to’g’ri kelishi, tadbirkorlik g’oyasi bilan tadbir-korlik muhitining o’zaro muvofiqligi;

  • to’rtinchidan, g’oyani amalga oshirish uchun kerakli bo’lgan kapital hajmini belgilab olish;

  • beshinchidan, biznes g’oyani amalga oshirish uchun kerak bo’lgan korxona yoki tashkilotni tarkib toptirish.

Har bir tadbirkorlik faoliyatining asosini ma’lum bir g’oya tashkil qiladi. Bu g’oyalar oddiyligi bilan ajralib turadi: kimdir tovarni yangicha jildlash g’oyasini beradi, bozorda mavjud bo’lgan tovarga yangiliklar kiritadi va shu asosida unga bo’lgan talab darajasini oshirishga harakat qiladi va hokazo.

Ishbilarmonlik g’oyasi ko’pincha o’z professional faoliyatida mustaqillikka erishish va qo’shimcha fonda olish ishtiyoqida bo’lgan kishilarda paydo bo’ladi. Buning uchun kishi iqtisodiy jarayonlarni har tomonlama tahlil qilib, undagi mavjud bo’lgan yetish-movchiliklarni aniqlab, unga o’z faoliyatini yo’naltirishi lozim.

Agar tadbirkorda o’z biznesini tashkil qilish yuzasidan biron bir g’oyamavjud bo’lsa, u holda u ishbilarmonlik muhitini o’z g’oyasi va iqtisodiy manfaati bilan mutanosiblik darajasini tahlil qilishi kerak.

Avvalo, tadbirkor ma’lum bir muhitda aniqg’oyani amalga oshirish shaklini belgilab olishi kerak. Bunday shakllarning turi juda xilma-xildir. Tadbirkorlik vazifalari yakka holda va guruh bo’lib amalga oshirilishi mumkin. Qanday shakllarni tanlash g’oyaga hamda tadbirkorlik muhitiga bog’liqdir.

Tadbirkorlik muhiti va g’oyasini har tomonlama tahlil qilish shu g’oyaniamalga oshirish uchun kerak bo’lgan kapital miqdorini belgilab olishga yordam beradi. Bunda tadbirkor bankdaan yoki biznes-fonddan kredit olishi uchun biznes-reja yoki texnik-iqtisodiy asosni (TIA) ishlab chiqishiga to’g’ri keladi.

Biznes-rejada tadbirkor ishbilarmonlik g’oyasiga tayangan holda tovarlar yoki xizmatlar ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan shart-sharoit-larni amalga oshirishning barcha harajatlari qancha qiymatni tashkil etishini aks ettiradi. Ushbu holda gap kerak bo’lgan birlamchi kapital hajmini belgilash, tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirish uchun jalb qilinishi lozim bo’lgan moliyaviy resurslarni aniqlash haqida ketmoqda.

Tadbirkorlik g’oyasini ma’lum bir muhitda amalga oshi­rish mumkinligi aniqlanib, ishni tashkil etish bo’yicha kerak bo’lgan moliyaviy mablag’larni olish manbai tanlangandan keyin tadbirkor o’z faoliyatini uch yo’nalishga qaratmog’i lozim.

Birinchi yo’nalish – ishlab chiqarish jarayonlari va tadbirkorlik tarkiblarini boshqarish. Tadbirkorlik faoliya­tining ushbu yo’nalishi menejment tamoyillarining turi sifatida mustaqil rivojlanadi. Tadbirkor menejmentning asosiy tamoyillarini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi va zamonaviy menejer bo’lmog’i lozim.

Ishlab chiqarishni boshqarish hech qachon tadbirkorning boshqa yo’nalishlaridan ajratilgan holda olib borilishi mumkin emas: u ishlab chiqarishni faqat iste’molchilar uchun tashkil qiladi. SHuning uchun ham tadbirkor faoliyatining ikkinchi yo’nalishi bozorni har tomonlama o’rganishdir. Bozorda bo’layotgan jarayonlarni tahlil qilmasdan turib tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish mumkin emas.

SHeriklar bilan bo’ladigan aloqalarni yaxshi yo’lga qo’yish tad-birkorlik faoliyatining uchinchi yo’nalishidir. Bunda tadbirkor-likni yanada rivojlantirish yo’lida sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko’tarish va eski munosabatlardan voz kechish maqsadga muvofiqdir.

Yuqorida zikr etilgan ilmiy asoslar, tamoyillar O’zbekistonda tadbirkorlik, uning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik­ni rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni tizimli tahlil qilish, bashoratlash hamda qaror qabul qilishga asos bo’ladi.

Tadbirkorlik muhitiga ta’sir etuvchi omillar va aynan shu omillar aniqlaydi:

1. Siyosiy va boshqaruvdagi o’zgarishlar bularga yangi qounlar kiradi

2. Iqtisodiy kuchlar –umumiy saog’liq va foyda va foiz stafkasi( qiziqish darajasi)

3. Ijtimoiy ma’naviy zamonaviy va demografik o’zgarishlar

4. Texnologik o’zgarishlar – yangi texnikalarning muvjudliligi



So’ngra yuqoridagilarning qaysi biri mavjudliligi yoki yoqliligini aniqlashdir.6

Tadbirkorlik tashqi muhiti:

  • Mamlakatda va hududlarda iqtisodiy holat;

  • Jamiyat va davlat barqaror rivojlanishini tavsiflovchi siyosiy holat;

  • Tadbirkorlar va boshqa bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining huquq, majburiyatlari, javobgarligini aniq belgilovchi huquqiy muhit;

  • Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish va qo’llab-quvvatlash;

  • Aholining (ist’emolchilar) to’lov qobiliyatiga ega talabi darajasi, ishsizlik darajasi bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy holat;

  • Tadbirkorlik biznesining ma’lum bir turi bilan shug’ullanish imkoniyatini ta’minlovchi aholi ma’lumoti darajasini taqozo etgan madaniy muhit;

  • Ilmiy-texnik, texnologik muhit;

  • Faoliyatning ma’lum turlarni rivojlantirish uchun zarur ishlab chiqarishning tabiiy omillari miqdorining yetarli darajada mavjudligi;

  • Tadbirkorlik tashkilotlari faoliyat ko’rsatish jarayoniga ta’sir etuvchi iqlim (ob-havo) sharoitlari bilan bog’liq fizik muhit;

  • Tabiiy bo’hronlarning yo’qligi;

  • Tijorat operatsiyalarini, ishbilarmonlik aloqalarini amalga oshirish imkoniyatimni ta’minlovchi yetarli sondagi tashkilotlar mavjudligi to’g’risida guvohlik beruvchi institutsional-tashkiliy muhit va hakozo.

Tadbirkorlik ichki muhiti:


  • Zarur xususiy kapital hajmi mavjudligi;

  • Korxona tashkiliy-huquqiy shaklini to’g’ri tanlash;

  • Faoliyat predmetini tanlash;

  • Hamkorlar komandasini tanlash;

  • Bozorni bilish va marketing tadqiqotlarini malakali o’tkazish;

  • Kadrlarni tanlash va personalni boshqarish, uni moddiy rag’batlantirish;

  • Tadbirkorlik sirini saqlash mexanizmi va boshqalar.


3. Kichik biznesni davlat tomonidan qo’llab – quvvatlanishi

Tadbirkorlik - mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida, amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko’rsatishidir.

Tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:

  • qonun bilan taqiqlanmaydigan har qanday tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda tadbirkorning o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulkdan foydalanish erkinligi;

  • tadbirkorning xo’jalik faoliyatini yuritishdagi va faoliyat mahsulini taqsimlashdagi mustaqilligi;

  • tadbirkorning barcha turdagi ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatini yuritishda, mulk shakllaridan kathiy nazar, qonun oldida teng xuquqliligi;

  • tadbirkorlikni amalga oshirish va xodimlar yollashning ixtiyoriyligi;

  • daromad olishning manbalari va usullari qanday bo’lishidan qathiyy nazar, soliq idoralari huzurida hisob berishning asoslov (deklarativ) shakli, tadbirkorlarning daromadlarini yashirib qolganlik (pasaytirib ko’rsatganlik) uchun O’zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan moddiy javobgarligi.

Mamlakatda ayrim resurslar cheklanganligi tufayli tadbirkorlik sub’ektlari ulardan foydalanishda davlat yordamiga muhtoj. Bundan tashqari, tadbirkorlik sub’ektlari texnika va texnologiyani olish hamda qo’llashda, yangilarini joriy etish, mutaxassislar bilan ta’minlanish va boshqa masalalarda davlat ko’magiga tayanadilar. SHunday qilib, tad­birkorlik davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanmasa, u yetarli darajada rivojlana olmaydi va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy tizimida o’ziga munosib o’rinni egallay olmaydi.

SHuning uchun O’zbekistonda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash siyosati, tizimi, mexanizmi shakllantirilgan va ular amalga oshirib kelinmoqda. Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash siyosati – bu tadbirkor­likni qo’llab-quvvatlashning nazariy asoslari. kontsepsiyasi, dasturlari, amalga oshirish mexanizmi, yo’llari, yo’nalishlari, vositalari, usullari, chora-tadbirlari majmuyidir. Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash tizimi bu tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash siyosati, dasturlari, mexanizmi va ularni amalga oshirishni tashkil etishni ta’minlashga mashul davlat organlari va nodavlat tashkilotlari majmuyi hisoblanadi.



Tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash quyidagi asosiy yo’nalishlarda amalga oshiriladi.

Tadbirkorlikka oid me’yoriy-huquqiy bazani yaratish va takomillashtirib borish. O’zbekistonda tadbirkorlikning me’yoriy-huquqiy bazasi asosan, yaratilgan va takomillashtirib borilmoqda. Tadbirkorlikka oid bir qator qonunlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilindi va ularning qatori kengayib bormoqda. Faqat ularning haqiqiy ijrosini ta’minlash va nazorat qilish lozim.

Tadbirkorlikning rivojlanishini tashkiliy ta’minlash. Bu yo’nalish qo’llab-quvvatlash davlat organlari va nodavlat tashkilotlarini aniqlash va tuzish, markaziy va mahalliy organlarning shu sohadagi vakolatlari va vazifalarini aniq belgilash, tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash davlat dasturi va mintaqaviy dasturlarini tuzish va amalga oshirishni tashkil etish hamda boshqa tashkiliy tadbirlarni o’z ichiga oladi.

Tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash. Bunday qo’llab-quvvatlash sarmoya to’plash, investitsiyalarni jalb qilish va amalga oshirishga ko’maklashish. imtiyozli kreditlar berishni tashkil etish va lini kafolatlash. soliq imtiyozlari berish, bojxona to’lovlaridan to’liq yoki qisman ozod qilish, to’lovlarni kechiktirish. tezlashtirilgan amortizatsiyani joriy qilish, sug’o’rta ishlariga ko’maklashish va boshqa vo’llar bilan amalga oshiriladi. Respublikada tadbirkorlikni kredit­lar yordamida qullab-quvvatlash salmoqli o’rinni egallaydi va u tez surhatlar bilan o’sib bormoqda.

Tadbirkorlik faoliyatini, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish sohasida ko’maklashish. Bu yo’nalishda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik tashkilotlaridan yangi texnika va tugallangan ishlanmalami tadbirkorlik sub’ektlariga berishni tashkil etish, patent- litsenziya siyosatini o’tkazish. bozor tadqiqotlariga yordam berish, xomashyo va moddiy-texnika resurslarining kafolatli ajratilishini tashkil qilish, tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirish uchun biznes-inkubatorlar tarmog’ini shakllantirish kabi tadbirlar amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat buyurtmalarini bajarishga jalb etish, ularni bajarish uchun turli imtiyozlar berish va qulayliklar yaratish.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni qo’llab-quvvatlash. Bu sohada tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini ro’yxatdan o’tkazish, mazkur faoli­yatni axborot bilan ta’minlash, moslashuvchan soliqlar va imtiyozlar belgilash. boshqa moliyaviy yordam ko’rsatish, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog’liq tavakkalni sug’o’rta qilish, mahsulotni eksport va import qilish tartibini belgilash, tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, valyuta jamg’armalari va boshqa jamg’armalar tashkil qilish va ulardan foydalanish tadbirlari nazarda tutilgan.

Kichik korxona bilan shartnomalar tuzishga ko’maklashish. Kichik va yirik xo’jalik sub’ektlarini bir-biriga qarama-qarshi qo’ymasdan, ular bir-birlarini to’ldirishlari, ma’lum sohada kichik va yirik korxonalar birgalikda o’zaro uzviy bog’liq yagona majmua tarzida ishlashlari va rivojlanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish singari tadbirlar amalga oshirilishi ko’zda tutiladi.

Tadbirkorlik sohasini mutaxassis va boshqa xodimlar bilan ta’minlash.

Tadbirkorlikning axborot-maslahat ta’minotini tashkil etish va amalga oshirish.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling