Menejment kafedrasi


Resurslarning ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi kо‘rsatkichlari


Download 0.61 Mb.
bet22/24
Sana01.10.2020
Hajmi0.61 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24

3. Resurslarning ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi kо‘rsatkichlari


Mehnat unumdorligi. Bu kо‘rsatkich bilan xodimlarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi aniqlanadi. Bu ishlab chiqarish samaradorligining eng muhim о‘lchovlaridan biridir. Mehnat unumdorligining о‘sishi jonli va buyumlashgan mehnatning tejalishini bildiradi.

Mehnat unumdorligi – bu bir xodim tomonidan ish vaqti birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulotning mikdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarishga ish vaqtining mikdo­ri bilan о‘lchangan jonli mehnat sarfining samaradorligidir.

Birinchi kо‘rsatkich bir xodimning vaqt birligi ichida ishlab chiqargan mahsulotini aniqlaydi:

Ishlab chiqarish

=

Ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori (Q)

Ishlangan vaqt (T)

Ikkinchi kо‘rsatkich mehnat sarfini, ya’ni mahsulot birligiga sarflangan vaqtni aniqlaydi:


Mehnat sarfi

=

Ishlangan vaqt (T)

Ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori (Q)


Mehnat unumdorligining oshishi mahsulot ishlab chiqarishni kо‘paytirishga, mahsulot tannarxini pasaytirishga, ish kuchiga ehtiyojni nisbatan qisqartirishga, xodimlar ish haqining о‘sishini ta’minlashga imkon beradi. Bularning barchasi kichik korxonaning muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarurdir.

Mehnat unumdorligining quyidagi kо‘rsatkichlari mavjud: bir ishchining о‘rtacha yillik ishlab chiqarishi (mahsulot hajmini ishlovchilarning о‘rtacha rо‘yxat soniga bо‘lish yо‘li bilan aniqlanadi); bitta ishchiga tо‘g‘ri keladigan о‘rtacha yil­lik ishlab chiqarish (mahsulot hajmini ishchilarning о‘rtacha rо‘yxat soniga bо‘lish yо‘li bilan aniqlanadi); bitta ishchi­ga tо‘g‘ri keladigan о‘rtacha kunlik ishlab chiqarish (bir kunlik mahsulot hajmini barcha ishchilar soniga bо‘lish yо‘li bilan aniqlanadi); bitta ishchiga bir soatga tо‘g‘ri keladigan о‘rtacha ishlab chiqarish (bir soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini barcha ishchilar soniga bо‘lish yо‘li bilan aniqlanadi).

Fondning qaytarilishi va fondning sarflanishi. Bu kо‘rsatkichlar bilan korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi aniqlanadi. Fondning qaytarilishi asosiy fondlarning bir sо‘miga tо‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarilgan mahsulot mikdori (summasi)ni kо‘rsatadi.

Fondning qaytarilishi

=

Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (Q)

Asosiy fondlarning qiymati (F)


Fondning sarflanishi – bu fond qaytarilishining teskari miqdori bо‘lib, mahsulot birligiga asosiy fondlar­ning qanday summasi tо‘g‘ri kelishini kо‘rsatadi:


Fondning sarflanishi

=

Asosiy fondlarning qiymati (F)

Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (Q)


Fondning qaytarilishining oshishi mahsulot ishlab chi­qarish hajmini kо‘paytirishga, ishlab chiqarilgan mahsulot­ning tannarxini pasaytirishga va asosiy fondlarga ehtiyoj­ni nisbatan qisqar-tirishga imkon beradi.

Fondning qaytarilishi va fondning sarflanishi mikdoriga har xil omillar ta’sir qiladi. Fondning umumiy qaytarilishi asosiy ishlab chiqarish fondlari о‘rtacha yillik qiymatidagi mashinalar va uskunalar о‘rtacha yillik qiymatining bir sо‘miga tо‘g‘ri keladigan mahsulot chiqarishiga bog‘liqdir. Mashinalar, uskunalar qiymatining bir sо‘miga tо‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish mehnatdan foydalanishning samaradorligini ifodalaydi. Ushbu kо‘rsatkichlarning tahlili 11-jadvalda berilgan.

Jadval ma’lumotlari kо‘rsatishicha, hisobot yilida asosiy fondlardan foydalanishning samaradorligi, ya’ni fondning qaytarilishi о‘tgan yilga nisbatan 0,2 sо‘mga kо‘paygan, bu korxona ishiga ijobiy ta’sir qilgan.

Mahsulotga material sarflanishi. Bu aylanma fondlar (mablag‘lar)dan foydalanishning umumlashtiruvchi kо‘rsatkichi bо‘lib, u korxonaning iste’mol qilingan aylanma fondlari qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi.

11-jadval

Fondning qaytarilishi va sarflanishi kо‘rsatkichlari tahlili

Kо‘rsatkichlar

О‘tgan yil uchun

Hisobot

yili uchun



Farqi

(+; -)

Taqqoslangan va ulgurji narxlardagi tovar mahsuloti (ming sо‘m)

14006

14493

+487

Asosiy ishlab chiqarish fondlarining о‘rtacha yillik qiymati (ming sо‘m)

9337

8526

+297

Asosiy ishlab chiqarish fondlarining fond qaytarilishi

1,5

1,7

+0,2

Asosiy ishlab chitsarish fondlarining fond sarflanishi

0,7

0,6

+0,1


Mahsulot birligiga sarflangan xom ashyo va materiallarning miqdori haqida darak beruvchi tabiiy о‘lchovdagi aniq kо‘rsatkichlarni ham xuddi shu kо‘rsatkichga о‘xshab hisoblash mumkin. Bu kо‘rsatkichlar xо‘jalikni isrofgarchilik yoki tejamkorlik bilan olib borilganligini kо‘rsatadi. Bu pirovardida tannarxning pasayishi va foydaning kо‘payishiga ta’sir qiladi.

Kо‘rib о‘tilgan kо‘rsatkichlar korxona faoliyatini baholash uchun muhim ahamiyatga ega bо‘lsada, biroq cheklangan xarakterga egadir. Ular ishlab chiqarish va xarajatlarning iqtisodiy samaradorligi haqida tо‘liq tasavvur bermaydi, balki faqat resurslarning ayrim turlaridan foydalanishni ifodalaydi. Xarajatlarning umumiy samaradorligi haqidagi yaxlit ta’rifni umumiy va solishtirma iqtisodiy samaradorlik beradi. Umumiy iqtisodiy samaradorlik quyidagi formula bо‘yicha hisoblanadi:
YE = Foydaning о‘sishi (P) / Kapital qо‘yilmalar (K)

Har bir alohida holda xarajatlarning umumiy iqtisodiy samaradorligi kо‘rsatkichlari boshqa davrlar yoki boshqa korxonalar uchun meyoriy yoki huddi shunday kо‘rsatkichlar bilan solishtiriladi.

Yechimlar variantlarini solishtirishda xarajatlarning solish-tirma iqtisodiy samaradorligi hisoblanadi. Eng kam qilingan xara-jatlar eng muvofiq variantning kо‘rsatkichi bо‘lib xizmat qiladi:
Zp = S + Yep K → mini ,
bu yerda, Zpushbu variant bо‘yicha berilgan xarajatlar;

S joriy xarajatlar (tannarx);

Kkapital qо‘yilmalar;

Yep kapital qо‘yilmalar solishtirma iqtisodiy samara-dorligining meyoriy koeffitsiyenti. Xalq xо‘jaligi bо‘yicha u 0,16 deb belgilangan.

Ushbu koeffitsiyentdan kelib chiqqan holda xarajatlarning о‘rnini qoplash muddatini aniqlash mumkin:

Tok = 1 : 0.16 = 6,25 yil


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling