Menejment va marketing


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana10.04.2020
Hajmi0.85 Mb.
#99094
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tijorat banklari likvidligini boshqarishda innovatsion strategiya


 

 



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI  

 

                       MOLIYAVIY MENEJMENT  FAKULTETI  

 

                    “MENEJMENT VA MARKETING” KAFEDRASI  

 

                         



 

G’ANIYEV AZAMAT BAHROM O’GLI 

 

“TIJORAT BANKLARI LIKVIDLIGINI BOSHQARISHDA 

INNOVATSION STRATEGIYA” 

 

                                                                      

 

                                                              «HIMOYAGA RUXSAT ETILDI» 



                                                                                          

                                                                                           

 

            



Bitiruvchi :   

                                      5230200 -“ Menejment”- ta’lim yo’nalishi  

4 -kurs talabasi 

                                                             

G’aniyev Azamat Bahrom o’gli

                     

 

____________________________                                                                                               



Ilmiy rahbar:                                                 i.f.n. Saydaxmedov Obidxon Anvarovich  

 

                                                                                                                       



                                    

           

 

 

 

 

 

 

 

TOSHKENT – 2015

 

«Moliyaviy 



menejment» 

fakulteti 

dekani iqtisod fanlari nomzodi, dotsent   

Astanakulov  Olim  Tashtemirovich 

_______________________________ 

«____»______________________2015 

 

«Menejment va marketing» kafedrasi 



mudiri   iqtisod fanlari nomzodi    

 Jumayev Otabek Tolibovich 

_______________________________ 

«____»______________________2015 

 


 

 



         Men

 

G’aniyev  Azamat  Bahrom  o’gli  ushbu  BMIni  mustaqil  bajardim, 



ko’chirmachilik  holati  yo’qligiga  javob  beraman.  Ko’chirmachilikka  yo’l 

qo’ygan holatimda BMI kafedra mudiri taqdimnomasiga asosan rektor buyrug’i 

bilan bekor qilinishi va “qoniqarsiz” baho qo’yilishini bilaman. 

    


___________________________      G’aniyev Azamat Bahrom o’gli 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



M U N D A R I J A  

 

KIRISH. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .  



I BOB.  TIJORAT  BANKLARI  LIKVIDLIGINING  MOHIYATI 



VA  UNI  BOSHQARISHNING  NAZARIY  XUQUQIY 

ASOSLARI 

 

 



1.1  Bank likvidligi tushunchasi va unga ta’sir qiluvchi omillar…   

1.2  Tijorat banklari likvidligini boshqarish nazariyalari…………  



20 

II BOB.  TIJORAT  BANKLARI  LIKVIDLILIGINING  JORIY 

HOLAT TAHLILI 

 

28 



2.1   O’zbekiston  Respublikasi  tijorat  banklarining  likvidligini 

boshqarish amaliyoti…………………………………………

 

 

28 



2.2  ATB  Agrobankning  moliyaviy-iqtisodiy  ko’rsatkichlari  va 

boshqaruv faoliyati taxlili…………………………………… 

 

36 


III BOB.  TIJORAT 

BANKLARINING 

LIKVIDLIGINI 

BOSHQARISHNI INNOVATSION STRATEGIYASI 

 

52 



3.1  Tijorat banklarining likvidligini ta’minlash xorij tajribasi….. 

52 


3.2  Tijorat banklari likvidligini boshqarishni takomillashtirish….  

57 


XULOSA………………………………………………………………… 

64 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI…………………. 

66 


 

 



KIRISH 

“Mamlakat iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o’sishi barcha mavjud imkoniyatlarning 

safarbar qilinayotganligi hamda o’zini oqlagan islohotlar strategiyasining izchil davom 

ettirilayotganligi hisobiga ta’minlanmoqda.

1

” 

                                                                                                                                I.A.Karimov. 



    Bitiruv  malakaviy  ishining  dolzarbligi.  Banklar  o’z  majburiyatlarini  to’liq 

bajarishi  uchun  mijozlari  oldida  ishonchli  imidjiga  ega  bo’lishi  lozim.  Bu 

ishonch  esa  banklarning  likvidligi  negizidan  kelib  chiqadi.  Iqtisodiyotni 

modernizatsiya  qilish  sharoitida  tijorat  banklari  o’z  faoliyatlari  barqarorligini 

ta’minlashi  uchun,  avvalo,  likvidlikka,  to’lov  qobiliyatiga,  daromadlilikka 

muntazam  e’tibor  qaratishi  talab  etiladi.  Tahlillar  shuni  ko’rsatadiki,  mavjud 

tijorat  banklarining  hisobot  davri  davomida  vakillik  hisobvaraqlarida 

mablag’lari  yetarli  bo’lishi  kuzatilgani  holda,  hisobot  davri  o’rtasida  vakillik 

hisobvaraqlari  sezilarli  tushib  ketmoqda  va  ushbu  holat  ularning  likviddigiga 

ham 


ta’sir  qilmoqda.  Natijada,  hisobot  davri  o’rtasida  mijozlar 

majburiyatlarining  birinchi  talabini  bajarishda  ayrim  qiyinchiliklar  yuzaga 

kelmoqda.  Shuningdek,  likvid  aktivlarning  bank  brutto  aktivlari  hajmidagi 

ulushi  yuqori  bo’lishiga  qaramay,  majburiy  zaxira  stavkalarining  yuqori 

bo’lganligi  sababli  Markaziy  bankning  majburiy  zaxirasida  deponentlangan 

mablag’lar  ulushi  ham  yuqoriligicha  qolmoqda.  Ushbu  mablag’lardan  banklar 

faoliyatini  amalga  oshirish  litsenziyasi  qaytarib  olingandan  keyingina 

foydalanilishini  hisobga  olsak,  ular  banklar  likvidligini  ta’minlashga  xizmat 

qilmayogganligi  ma’lum  bo’ladi.  Qolaversa,  tijorat  banklari  likvidligi  operativ 

hal  etilishida  Markaziy  bank  tomonidan  overdraft,  overnayt  va  boshqa 

likvidlikni  ta’minlaydigan  qayta  moliyalash  kreditlardan  foydalanilmayapti. 

Yuqoridagi  holatlar  tijorat  banklarida  likvidlilik  muammosining  dolzarbligini 

                                                 

1

 



O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  2015  –  yilda  iqtisodiyotimizning  tub  tarkibiy 

o’zgarishlarni  amalga  oshirish,  modernizatsiya  va  devirsifikatsiya  jarayonlarini  izchil  davom  ettirish 

hisobidan    xususiy  mulk  va  xususiy  tadbirkorlikka  keng  yo’l  ochib  berish  –  ustuvor  vazifamizdir.  Xalq 

so’zi.18.01.2015. 



   

 


 

 



belgilab  beradi  va  banklar  likvidligi  ta’minlanishini  takomillashtirish  yo’llarini 

chuqur ilmiy tahlil qilishni taqozo etadi. 

    Bankning  likvidligi  va  to’lovga  layoqatligini  ta’minlashda    likvidlik  siyosati 

va strategiyasini to’g’ri olib borish juda muhimdir.    

    Demak,  tijorat  banklari  likvidlikni  boshqarish,  u  bo’yicha  kuchli  siyosat  va 

strategiyaga  ega  bo’lishga  ma’lum  bir  davrda  emas,  balki  har  kuni  ahamiyat 

berishlari zarurligi taqozo etilmoqda. 

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-2015 

yillarda  respublika  moliya-bank  tizimini  yanada  isloh  qilish,  uning 

barqarorligini  oshirish  va  yuqori  xalqaro  reyting  ko’rsatkichlariga  erishishning 

ustuvor  yo’nalishlari  to’g’risida”gi  PQ-1438-sonli  qaroriga  muvofiq,  tijorat 

banklarining  kapitallashuv darajasi,  barqarorligi  va likvidligini  oshirish ustuvor 

yo’nalishlar  sifatida  belgilab  berildi.  So’nggi  yillarda  respublikamiz  tijorat 

banklarining  kapitallashuv  darajasini  oshirish,  aholining  banklarga  bo’lgan 

ishonchini  yanada  mustahkamlash,  tijorat  banklari  likvidligi,  to’lovga 

qobiliyatligi  va  barqarorligini  ta’minlash  borasida  ulkan  ishlar  amalga  oshirilib 

kelinmoqda. 

    2014 yilda bank tizimida amalga oshirilgan izchil va aniq maqsadli islohotlar 

banklar kapitallashuv darajasi va depozit bazasining yuqori sur’atlarda o’sishiga 

imkon 


berdi 

va 


natijada 

bank 


tizimining 

moliyaviy 

barqarorligi 

mustahkamlanib,  moliyaviy  vositachilik  roli  kengaydi  hamda  ko’rsatilayotgan 

bank xizmatlari sifati yanada oshdi. 2015 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, tijorat 

banklaridagi  aholi  va  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlari  depozitlari  umumiy  hajmi 

2013 yilga nisbatan 30,5 foizga oshib, 28,5 trln. so’mga etdi. 

 

    Shuningdek,  banklarda  uzoq  muddatli  resurs  bazasini  shakllantirish 



borasidagi  chora-tadbirlar  doirasida  aholi  va  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarning 

bo’sh  pul  mablag’larini  banklarga  jalb  qilishdagi  moliyaviy  vositalardan  biri 

hisoblangan  bank  qimmatli  qog’ozlarini  muomalaga  chiqarish  ishlari  ham 

jadallashtirildi. 



 

 



    Tijorat  banklari  tomonidan  muomalaga  chiqarilgan  qarz  qimmatli  qog’ozlari 

xajmi  2015  yilning  1  yanvar  holatiga  1,0  trln.  so’mni,  jumladan,  muomaladagi 

uzok muddatli obligatsiyalar 310,2 mlrd. so’mni va depozit sertifikatlari miqdori 

689,7 mlrd. so’mni tashkil etmokda.  

    Tijorat  banklarining  kapitallashuvini  oshirish  bo’yicha  ko’rilgan  chora  – 

tadbirlar natijasida 2014  yil  yakuni  bo’yicha bank  tizimida  kapitalning etarlilik 

darajasi 23,8 foizni tashkil etdi. Bu esa, bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi 

tomonidan belgilangan xalqaro me’yordan 3 barobar yuqoridir.

2

  

    Bank tizimi barqarorligining yana bir muhim ko’rsatkichi hisoblangan likvidlik 



darajasi  2014  yil  yakuni  bo’yicha    64,6  foizni  yoki  talab  etiladigan  minimal 

darajadan 2 barobardan ortiqni tashkil etdi. 



    Bitiruv  malakaviy  ishining  maqsadi  va  vazifalari.  Bitiruv  malakaviy 

ishining  maqsadi  tijorat  banklari  likvidliligini  boshqarish  siyosatini  nazariy 

asoslari  va  amaliy  jihatlarini  o’rganish,  tahlil  qilish,  bankning  oltin  qoidasidan 

kelib chiqib, tijorat banklari aktivlari va majburiyatlarining muvofiqligini hamda 

uning likvidlilikka ta’sirini o’rganish, shuningdek uni takomillashtirish borasida 

ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. 

    Bitiruv  malakaviy  ishida  ushbu  maqsadga  erishish  uchun  quyidagi  vazifalar 

belgilab olindi: 

  -  tijorat  banklari  likvidliligini  boshqarishning  nazariy-huquqiy  asoslarini 

o’rganish; 

   -  O’zbekiston  Respublikasi  bank  tizimining  aktiv  va  passivlari  tarkibi, 

dinamikasi va strukturasini tahlil qilish; 

   - tijorat banklarining likvidlilik  me’yorlarini tahlil qilish; 

   - tijorat banklari likvidliligini boshqarishda Xalqaro Bazel qo’mitasining yangi 

tavsiyalari  va  rivojlangan  mamlakatlar  bank  tizimi  tajribasidan  kelib  chiqib, 

respublikamiz 

bank 

tizimida 



qo’llaniladigan 

iqtisodiy 

me’yorlarni 

takomillashtirish hamda xulosa va takliflar ishlab chiqishdan iborat. 

                                                 

2

 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning mamlakatimizni “2014 yildagi makroiqtisodiy xolat va 



real sektor taxlili” ga bag’ishlangan  vazirlar mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. 2015-yil 17-yanvar. 

 

 



    Bitiruv  malakaviy  ishining  ob’ekti  bo’lib,  Respublikamiz  bank  tizimi  va 

tijorat banklari, ularning likvidlik darajasi, dinamikasini o’rganish hisoblanadi.  



    Bitiruv malakaviy ishining predmeti – tijorat banklari faoliyati va ularning 

likvidlik  holati,  shuningdek  likvidligini  boshqarish  siyosatini  takomillashtirish 

xususiyatlari hisoblanadi. 

    Mavzuning  nazariy  amaliy  ahamiyati.  Bitiruv  malakaviy  ishini  yozish 

jarayonida  tijorat  banklari  likvidligini  ta’minlash  maqsadida  amalga 

oshiriladigan  operatsiyalarni  rivojlantirish,  amalga  oshirish  jarayonida  mavjud 

muammolarni  hal  etish  bo’yicha  chora-tadbirlar  ishlab  chiqish  va  tavsiyalar 

berish.  

    Bitiruv malakaviy ishining tarkibining qisqacha tavsifi. Bitiruv malakaviy 

ishi kirish, uchta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan 

tashkil topgan. 

BMI matni 71 ta betni tashkil etib, unda 8 ta jadval, 6 ta rasm keltirilgan.  

    Kirish  qismida  bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusining  dolzarbligi  ko’rsatib 

o’tilgan,  bank  tizimida  tijorat  banklari  likvidliligining  ahamiyati,  maqsadi  va 

vazifalari  bayon  qilingan,  mavzuning  ilmiy-amaliy  jihatdan  muhimligi  asoslab 

berilgan. 

    Bitiruv  malakaviy  ishining  birinchi  bobida  likvidlilikning  iqtisodiy  mohiyati 

va  nazariy-xuquqiy  asoslari,  tijorat  banklari  likvidligini  boshqarish  siyosati  va 

strategiyasi, likvidlik ko’rsatkichlari va xalqaro talablar yoritilgan. 

    Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida  mamlakatimiz tijorat banklarining 

likvidlik holati, uni boshqarish siyosati va amaliyoti tahlil etilgan. 

    Bitiruv  malakaviy  ishining  uchinchi  bobida  tijorat  banklarining  likvidligini 

ta’minlash  xorij  tajribasi,  banklar  likvidliligini  boshqarish  siyosatini 

takomillashtirish yo’llari yoritilgan. 

    Bitiruv  malakaviy  ishining  xulosa  va  takliflar  qismida,  tijorat  banklari 

likvidliligini  boshqarish  va  undagi  muammolarni  hal  etish  bo’yicha  umumiy 

xulosalar, nazariy va amaliy tavsiyalar hamda takliflar ishlab chiqilgan. 

 


 

 



I BOB. TIJORAT BANKLARI LIKVIDLIGINING MOHIYATI VA UNI 

BOSHQARISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI. 

1.1. Bank likvidligi tushunchasi va unga ta’sir qiluvchi omillar. 

    Ma’lumki,  mamlakatning  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozga  yuz  tutishi  oqibatida 

bank  mijozlarining  moliyaviy  imkoniyatining  pasayishi,  ularga  ajratilgan 

kreditlar 

qaytarilishining 

susayishi, 

bank 

depozitlari 



(omonatlari)dan 

mablag’larni  olib  qo’yishi  jarayonlari  yuz  beradi,  va  aksincha,  iqtisodiyotning 

rivojlanishi  esa  banklarga  qo’shimcha  mablag’larining  kelib  tushishi  hamda 

bank resurslarining shakillanishi uchun zamin  yaratadi. Banklarning faoliyatiga 

miqdoriy  baho  beruvchi,  ishonchligini  ta’minlovchi  va  uning  faoliyatiga  aniq 

tashxis  qo’yuvchi  vositalaridan  biri  bu  –  bankning  likvidligi  hisoblanadi. 

Bankning barqaror rivojlanishi uning likvidlik darajasining ta’minlanishini talab 

etadi. Bank likvidligi nafaqat bankning barcha kontragentlari oldidagi moliyaviy 

va  qarz  majburiyatlarini  o’z  vaqtida  va  to’liq  bajarilishini  ta’minlash 

imkoniyatini  beradi,  balki  bank  kontragentlarining  kreditlarga  bo’lgan 

ehtiyojlarini ham ta’minlanishini belgilab beradi. 

    Likvidlik  tijorat  banklari  faoliyatida  eng  asosiy  tushunchalardan  biridir. 

Likvidlik  tijorat  banklari  ishonchliligi  va  barqarorligi  asosini  tashkil  etadi  va 

ularning  to’lovga  qobiliyatli  bo’lishiga  zamin  yaratadi.  Banklar  likvidligi 

ularning  to’lov  qobiliyati  va  ishonchli  bo’lishini  ta’minlashda  zarur  kategoriya 

hisoblanadi. 

    Shu  o’rinda  banklarning  likvidligi,  to’lov  qobiliyati  va  ishonchliligi 

to’g’risida fikr bildirsak. Tijorat banklarining mijozlar va kreditorlar oldida o’z 

imidjini saqlab qolishi uchun eng avvalo ularning likvidligi va to’lov qobiliyati 

mustahkam bo’lishi lozim. 

    Bank  likvidligi  bo’yicha  risklarning  ortishiga  ta’sir  qiluvchi  bir  qancha 

omillar  mavjudki,  bu  omillar  bank  likvidligiga  alohida  ahamiyat  berishni  va 

bank  likvidligi  bo’yicha  xatarni  doimiy  ravishda  kuzatib  borishni  talab  qiladi. 


 

 

10 



Shu  sababli  banklar  o’z  daromadidan  kechib  bo’lsa  ham,  likvidlikni  saqlab 

turishga majbur. 

    O’z  navbatida,  resurslar  banklarning  daromadliligini  oshirish  maqsadiga 

yo’naltirilsa,  unda  bu  bankning  likvidligiga  ta’sir  ko’rsatadi.  Demak, 

banklarning likvidliligi va daromadliligi o’zaro teskari mutanosiblikda namoyon 

bo’ladi. 

    Banklar  ishonchliligi  deganda  ularning  o’z  mijozlari  oldidagi  majburiyatini, 

ya’ni  birinchi  talab  bilanoq  amalga  oshirish  layoqatiga  ega  bo’lgan  faoliyatini 

tushunamiz.  Ishonchlilikka  erishish  uchun  esa  banklar  likvid  va  to’lov 

qobiliyatiga ega bo’lishi lozim (1-rasm): 

 

     


 

 

 



 

 

1-rasm. Banklar ishonchliligining amal qilish shartlari.

3

 

    Tijorat 

banklari 

likvidligi, 

to’lovga  qobiliyati  bank  ishonchlilik 

ko’rsatkichlarini ifodalovchi va bir-biri bilan chambarchas bog’liq elementlardir. 

    Likvidlik  -  bank  majburiyatlarni  kerakli  vaqtda,  ya’ni  talab  etilgan  vaqtda 

bajara  olish  qobiliyatidir.  To’lov  qobiliyati  esa  bank  majburiyatlarini  bajara 

olish  qobiliyatidir.  Agar  bank  depozitlarni  qaytarish  vaqti  etganda  bajara 

olmasa,  u  vaqtinchalik  likvid  bo’lmaydi,  lekin  bankka  mablag’lar  tushgandan 

keyin  u  to’lay  oladi  va  o’zining  likvidligini  tiklaydi.  Ushbu  vazifani  banklar 

tashqi  qarzlar  evaziga  xam  amalga  oshirishlari  mumkin.  O’z  vaqtida  bank 

majburiyatlarini  bajara  olmasligi  bankning  to’lov  qobiliyatiga  ta’sir  etmaydi. 

To’lovga qobiliyatli bank u ertami, kechmi o’z majburiyatlarini albatta bajaradi. 

Likvid  bank  esa,  o’z  muddatida  majburiyatlarini  bajaradigan  bankdir.  Bank 

                                                 

3

 Sattarov O.B. Tijorat banklari likvidligini boshqarish. Monografiya. Toshkent-2010y. 



Likvidlilik 

To’lov qobiliyati 

Ishonchlilik

 


 

 

11 



amaliyoti  ko’rsatishicha,  qisqa  vaqt  mobaynida  banklar  o’z  zimmasidagi 

majburiyatlarini  bajarishi  orqali  raqobat  sharoitida  mijozlari  va  imidjini  saqlab 

qoladi. Mijozlarni yo’qotmaslik va kelgusida yangi mijozlarni jalb qilish orqali 

banklar  daromad  manbaini  oshirib,  samarali  faoliyat  yuritishni  davom  ettiradi, 

chunki  banklarning  barcha  operatsiyalari  faqat  va  faqat  mijozlar  uchun 

bo’lmog’i lozim. 

    Tijorat  banklari  likvidligining  nazariy  asoslarini  tahlil  qilish  uchun  uning 

lug’oviy ma’nosini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq. 

    Likvidlik  atamasi  lotincha  "Likuidus"  so’zidan  olingan  bo’lib-"oquvchan", 

"suyuqlik",  “o’zgaruvchan”  degan  ma’nolarni  anglatadi.  Tushunchaning 

iqtisodiy  mohiyatidan kelib chiqadigan bo’lsak, bu moddiy qiymatliklarning va 

boshka aktivlarning tezda sotilishi va pulga aylanishini ifodalaydi. 

    Likvidlilik,  to’lovga  layoqatlilik  va  bankning  barqarorligi  orasidagi 

munosabat 2-rasmda aks etgan.  

Aktiv 

 

 



 

Passiv 


 

 

 



 

 

Bank talablari 



 

 

 



 

Bank majburiyatlari 

 

 

 



 

 

Likvidlilik 



 

 

To’lovga layoqatlilik 



 

 

 



 

 

Bank 



talablarining 

muddatida bajarilishi 

 

 

Majburiyatlarning 



muddatida bajarilishi 

 

 



 

 

Bank barqarorligi 



2-rasm. Bank barqarorligini ta’minlashning asosiy shartlari.

4

 

                                                 

4

 Sattarov O.B. Tijorat banklari likvidligini boshqarish. Monografiya. Toshkent-2010y. 



 

 

12 



Bank  majburiyatlarining  o’z  vaqtida,  to’liq  bajarilishi  va  ularni 

yo’qotishlarsiz  ta’minlashning  zarurligi  bank  rahbarlaridan  likvidlikning 

o’zgarishiga  ta’sir  qiladigan  omillarni  tahlil  qilib  borishni  talab  etadi.  Bank 

rahbari  tomonidan  likvidlikni  samarali  boshqarish  uchun  unga  ta’sir  etuvchi 

asosiy omillarni aniqlab olishi zarur, chunki bu omillarni aniqlash bank rahbari 

uchun  bank  amaliyotida  yuz  beradigan  negativ  o’zgarishlarni  oldindan  ko’ra 

bilish va unga nisbatan ehtiyot chorasini ko’rish uchun imkoniyat yaratadi. 

    Bank likvidligiga ta’sir etuvchi omillar bo’yicha iqtisodiy adabiyotlarda turli 

xildagi  qarashlar  mavjud.  Bank  likvidligining  mavjud  muammolari  bilan 

shug’ullangan  ko’pgina  iqtisodchi  olimlar  (O.I.Lavrushin,  T.V.Nikitina,  N.D. 

Belostotskaya,  Yo.Abdullaev,  T.Qoraliev  va  b.lar)  bank  likvidligiga  ta’sir 

etuvchi  omillarni  ichki  va  tashqi  omillar  guruhiga  ajratish  orqali  tahlil  qilib 

chiqqanlar.  Xususan,  bank  likvidligining  o’zgarishi  uning  faoliyatidan 

tashqarisida  mavjud  bir  qator  tashqi  omillar  bilan  ham  bog’liq.  Bu  omillar 

tarkibiga  mamlakatdagi  iqtisodiy  va  siyosiy  ahvol,  pul  va  qimmatli  qog’ozlar 

bozorining  rivojlanganlik  darajasi,  banklararo  bozorning  barqarorlik  va 

rivojlanganlik  darajasi,  Markaziy  bankning  qayta  moliyalashtirish  imkoniyati, 

Markaziy  bankning  nazorat  funktsiyasi  va  uning  samaradorligi  kabi  omillar 

kiradi. 

    Likvidlik holatini samarali kuzatishga hamda favqulotda holatlar uchun etarli 

darajada  amaliy  harakat  rejasini  ishlab  chiqishga  qobiliyatsizlik  aksariyat 

hollarda banklarni likvidlik inqirozga, hatto bankrotlikka olib keladi. Likvidliligi 

past bo’lgan vositalarga uzoq muddatlarga qo’yilgan mablag’lar hisobidan qisqa 

muddatli  likvidlikka  bo’lgan  ehtiyojlarni  qondirish  va  yuqori  foyda  olish 

o’rtasidagi  muvozanatni  saqlash  bankni  boshqarishning  asosiy  komponenti 

hisoblanadi. 

    Tijorat  banklari  likvidligi  tasnifini  kengrok  tarzda  quyidagi  rasm  orqali 

keltirish mumkin (3-rasm): 



 

 

13 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling